Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 30.03.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2771
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 30-martda 2771-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-14-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Budjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-sonli “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar — qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, maʼmuriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalarni (bundan buyon matnda toʻlovlar deb yuritiladi) undirilishini amalga oshiruvchi organlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona gʻazna hisobvaragʻi (bundan buyon matnda YAGʻH deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan boshqariladigan, budjet tizimi budjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladigan hamda xarajatlari toʻlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochilgan maxsus bank hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimi (bundan buyon matnda “OʻRMV” AT deb yuritiladi) — budjet tizimi budjetlarining budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari — budjet tizimi budjetlari daromadlarining gʻazna ijrosi jarayonida tegishli budjetlar daromadlarining tasdiqlangan miqdori, daromadlarning kassa tushumlari hajmi va tegishli budjetlarga va budjetlardan daromadlar turi va manbasi boʻyicha amalga oshirilgan qaytarish (hisobga olish) summalari boʻyicha maʼlumotlarni aks ettirish uchun moʻljallangan analitik hisob registrlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UzASBO” DM — budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan dasturiy majmua.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi “OʻRMV” ATda YAGʻHni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxslardan milliy valyutadagi toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan qabul qilinadi va YAGʻHga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjet tizimi budjetlariga toʻlovlar tushumi boʻyicha operatsiyalar hisobini yuritish va keyinchalik ularni budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlash uchun Moliya vazirligi tomonidan “OʻRMV” ATda har bir tuman, shahar uchun har bir toʻlov turi boʻyicha soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar kesimida daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi. Bunda daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilgan toʻlovlar, ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq Toʻlovlar turi tasnifidagi 08201 — 08203, 08301 — 08303 toʻlov kodlari bilan koʻrsatilgan toʻlovlardan tashqari, budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlanguniga qadar budjet tizimi budjetlariga toʻlovlar kontingenti (bundan buyon matnda toʻlovlar kontingenti deb yuritiladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Budjet tizimi budjetlariga toʻlovlar toʻlovchilar tomonidan har bir toʻlov turi boʻyicha alohida toʻlov hujjatlari bilan toʻlanadi va tegishli daromadlar turlari boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirilgan holda toʻliq YAGʻHga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari “OʻRMV” ATda ochilgan kundan boshlab, shuningdek kelgusida ularga oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda hududiy moliya organlari bir ish kuni mobaynida soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlarga bu haqda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻRMV” AT bilan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar va Markaziy bank axborot tizimlari oʻrtasida idoralararo oʻzaro axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilganida daromadlar boʻyicha ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar va kelgusida ularning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumot (bundan buyon matnda daromadlar boʻyicha SHGʻH maʼlumotnomasi deb yuritiladi) “OʻRMV” ATdan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar va Markaziy bank axborot tizimlariga avtomatik tarzda beriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Banklar Markaziy bankning axborot tizimi orqali olingan daromadlar boʻyicha SHGʻH maʼlumotnomasi maʼlumotidan budjet tizimi budjetlari daromadlariga jismoniy va yuridik shaxslardan toʻlovlarni qabul qilishda foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar toʻlovchilar eʼtiboriga hududiy moliya organlaridan olingan maʼlumotni va unga kelgusi oʻzgarishlarni yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kelib tushayotgan toʻlovlar Markaziy bankdan YAGʻHga toʻlovlar summasi kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushganidan soʻng “OʻRMV” AT orqali avtomatik rejimda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toʻlovlardan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) budjetlariga ajratmalar meʼyorlarining miqdorlari ular oʻrnatilganidan soʻng 3 ish kuni mobaynida Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarga, Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toʻlovlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlariga oʻrnatilgan ajratmalar meʼyorlarining miqdorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan tegishli tuman va shahar hokimliklariga, tuman va shahar hokimliklari moliya boʻlimlariga, tuman va shaharlar boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmalariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toʻlovlardan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va DMJ budjetlariga ajratmalar meʼyorlari “OʻRMV” ATga Moliya vazirligi Gʻaznachiligining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toʻlovlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlariga ajratmalar meʼyorlari “OʻRMV” ATga mos ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalarining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Moliya yili mobaynida oʻrnatilgan meʼyorlar oʻzgarsa yoki yangidan kiritilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha ajratmalar meʼyori oʻrnatilsa, yangidan oʻrnatilgan ajratmalar meʼyorlari miqdorlari ular oʻrnatilganidan soʻng 3 ish kuni mobaynida ushbu Yoʻriqnomaning 11 va 12-bandlarida oʻrnatilgan tartibda tegishli manfaatdor organlarga yetkaziladi. Bunda yangidan oʻrnatilgan ajratmalar meʼyorlarining amal qilish sanasining boshlanishi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toʻlovlardan budjet tizimi budjetlariga aniqlashtirilgan ajratmalar meʼyorlari ushbu Yoʻriqnomaning 13 va 14-bandlarida belgilangan tartibda “OʻRMV” ATga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Budjet tizimi budjetlari daromadlariga jismoniy (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklari) va yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi toʻlov topshiriqnomasiga asosan YAGʻHga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toʻlovni amalga oshirish uchun toʻlov topshiriqnomasida toʻlovchi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi” grafasida – tegishli daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻlov maqsadi” grafasida — ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq toʻlov turining kodi va toʻlov maqsadi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻlov maqsadida birinchi navbatda toʻlov turining kodi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bank xodimlari toʻlovni amalga oshirish uchun toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan toʻlov topshiriqnomalarini qabul qilganlaridan soʻng, “Daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi” grafasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqamini budjetga oʻtkazilayotgan toʻlovga muvofiqligini va toʻgʻriligini, “Toʻlov maqsadi” grafasida esa ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq koʻrsatilgan toʻlov turi kodining muvofiqligini tekshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Toʻlovchilarning bank hisob raqamlaridan YAGʻHga kelib tushgan toʻlovlar kontingenti summalari “OʻRMV” ATda tegishli daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida, shuningdek “OʻRMV” ATning “Tushumlarni boshqarish” modulida yuritiladigan Toʻlovlar kontingentini hisobga olish kitobida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bojxona toʻlovlari, ularni bojxona organlarining “OʻRMV” ATda ochilgan depozit shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirgan holda ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi toʻlov topshiriqnomasiga asosan YAGʻHga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bojxona toʻlovlarini bojxona organlarining depozit shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan daromadlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishi bojxona organlari tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladigan gʻazna memorial orderlariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “OʻRMV” ATda daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida va Toʻlovlar kontingentini hisobga olish kitobida kelib tushayotgan toʻlovlar kontingentining hisobi quyidagi talablarga rioya etgan holda yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushayotgan mablagʻlarni toʻlov turlari boʻyicha majburiy tartibda aks etish va guruhlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan toʻlovchilarning bank hisob raqamlaridan YAGʻHga oʻtkazib berilayotgan har bir summani kelib tushish sanasini majburiy tartibda koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir toʻlov turini hududiy belgisi va soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar boʻyicha majburiy tartibda guruhlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan toʻlovlarni kunlar, oylar, choraklar va birinchi yarim yil, toʻqqiz oylik va yillik ortib boruvchi yakun bilan majburiy tartibda hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari kelib tushgan toʻlovlar kontingentini tasdiqlangan meʼyorlarga muvofiq budjet tizimining tegishli budjetlari oʻrtasida amaliyot kuni mobaynida har soatda taqsimlash yoʻli bilan “nol” holatiga keltiriladi. Zarurat tugʻilganda kelib tushgan toʻlovlar kontingentini budjet tizimining tegishli budjetlari oʻrtasida taqsimlash real vaqt rejimida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Toʻlovlar kontingentini hisobga olish kitobi har bir moliya yili uchun alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maʼlum bir sabablarga koʻra tavsiflanishi va tegishli budjetga kiritilishi imkoniyati yoʻq boʻlgan toʻlovlar tushumi summalari, aniqlanmagan tushumlar sifatida idensifikatsiya qilinadi va YAGʻHga qaysi bank hisob raqamlaridan oʻtkazib berilgan boʻlsa, shu bank hisob raqamlariga gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan 3 ish kuni mobaynida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Aniqlanmagan tushumlar Toʻlovlar kontingentini hisobga olish kitobida hududiy mansubligi boʻyicha, yaʼni YAGʻHga mablagʻ oʻtkazilgan hisob raqami bankining joylashgan joyi koʻrsatilgan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Budjet tashkilotlari tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan toʻlovlar tegishli daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ushbu Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi gʻazna memorial orderiga asosan oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga toʻlovlarni toʻlashning ushbu Yoʻriqnomaning 18-bandida nazarda tutilgan tartibi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. YAGʻHga toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumot Moliya vazirligi tomonidan har kuni elektron shaklda “OʻRMV” ATdan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlarning axborot tizimlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Toʻlovlar jismoniy shaxs tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul mablagʻlari orqali amalga oshirilganida mablagʻlar toʻlovi ushbu Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi toʻlov hujjatini rasmiylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Toʻlov hujjati uch qismdan, eʼlon, kvitansiya va kirim orderidan iborat. Kirim orderi bank kuni hujjatlariga tikiladi, kvitansiya toʻlovni toʻlab bergan jismoniy shaxsga beriladi, eʼlon esa tegishli tuman (shahar) davlat soliq xizmati organi xodimlariga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank plastik kartochkasi orqali amalga oshirilganida mablagʻlar toʻlovi ushbu Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi toʻlov hujjatini rasmiylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining omonat hisobvaragʻidan tegishli daromad boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga amalga oshirilganida mablagʻlarni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) muvofiq amalga oshiriladi. Bunda koʻrsatilgan toʻlov summasi bank tomonidan memorial order orqali, unda tegishli daromad turi boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YAGʻHga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Toʻlovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish mazkur toʻlovlar ortiqcha, shu jumladan notoʻgʻri toʻlanganida soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslarida hamda toʻlovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish masalalarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarda mazkur paragrafda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, ushbu normativ-huquqiy hujjatlar qoidalari qoʻllaniladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Toʻlovlar jismoniy shaxs tomonidan naqd pul mablagʻlari orqali amalga oshirilganida qaytarish jismoniy shaxsning “20206-jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha depozitlari” hisobvaragʻiga, bank plastik kartasi orqali amalga oshirilganida esa jismoniy shaxsning “231XX-jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari” hisobvaragʻiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56-moddasiga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini hisobga olishda soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur boʻlganda, mazkur ariza ushbu Yoʻriqnomaning 7-ilovasidagi shaklga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 57-moddasiga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini qaytarishda soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur boʻlganda, mazkur ariza ushbu Yoʻriqnomaning 8-ilovasidagi shaklga muvofiq boʻlishi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Muayyan maʼmuriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyati boʻyicha ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, boshqa maʼmuriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyatini bajarish hisobiga hisobga olish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56 va 57-moddalariga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish uchun davlat soliq xizmati organi axborot tizimida mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron xulosa tayyorlaydi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali “OʻRMV” ATga elektron tarzda yuboradi. Elektron xulosa tuzishning imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, xulosalar davlat soliq xizmati organining yozma murojaatiga asosan tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga qogʻoz shaklida yuborilishi mumkin..
(332-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron xulosada quyidagilar albatta koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa taqdim etuvchi davlat soliq xizmati organining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR yoki toʻlovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha toʻlangan soliq yoki toʻlov turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchining mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oluvchining bank rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Davlat soliq xizmati organi axborot tizimidan “OʻRMV” ATga elektron tarzda yuborilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron xulosa tegishli tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqilib qonun hujjatlariga muvofiq xulosada koʻrsatilgan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olishga eʼtirozlari boʻlmaganida “OʻRMV” ATda xulosani tasdiqlaydi, eʼtirozlar boʻlganida esa, sababini koʻrsatgan holda qaytariladi.
(333-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, tegishli tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalari davlat soliq xizmati organidan qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisida elektron xulosani maqsadga muvofiqligini tekshirish uchun:
(333-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni ortiqcha toʻlagan yuridik shaxs va davlat soliq xizmati organi oʻrtasida eng soʻnggi sanaga tuzilgan oʻzaro solishtirma dalolatnomalar shaklidagi elektron maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni ortiqcha toʻlagan jismoniy shaxs boʻyicha davlat soliq organi xizmatining mazkur shaxsning soliq qarzi holati toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotnomalarini talab qilib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan “OʻRMV” ATda maʼqullangan xulosalar, xulosada koʻrsatilgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun bir ish kuni muddatida ijroga qabul qilinadi.
(334-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Soliqlardan tashqari ortiqcha toʻlangan summalarini qaytarish yoki hisobga olish toʻlovchining qaytarish yoki hisobga olish rekvizitlari toʻliq koʻrsatilgan arizasi hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organning ushbu Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi xulosasiga asosan mazkur vakolatli organ tomonidan tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga xulosa taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “UzASBO” DMga ulangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish uchun xulosani elektron raqamli imzo bilan imzolagan holda elektron ravishda tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga yuborishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron xulosada quyidagilar albatta koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa taqdim etuvchi organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR raqami yoki toʻlovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha toʻlangan toʻlov nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchining mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga havola qilingan holda, qaytarish yoki hisobga olishning aniq sabablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oluvchining bank rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Soliq boʻlmagan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mablagʻlarni boshqa toʻlov turiga hisobga olish (oʻtkazish) faqat soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organ tomonidan undiriladigan toʻlovlar oʻrtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. Maʼmuriy va iqtisodiy sudlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan davlat bojini qaytarish boʻyicha sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) mavjud boʻlganda tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga vakolatli organ tomonidan xulosa oʻrniga sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari mazkur Yoʻriqnomaning 34, 341 va 342-bandlariga muvofiq xulosa yoki sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) taqdim qilinganidan soʻng bir ish kuni muddatida ushbu hujjatlarda koʻrsatilgan toʻlovchining rekvizitlari va summalarni “OʻRMV” ATdagi maʼlumotlar bilan solishtiradilar. Barcha maʼlumotlar oʻzaro muvofiq boʻlganida taqdim etilgan xulosa yoki sud qarori (ajrimi, buyrugʻi) mablagʻlarni ularda koʻrsatilgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ijroga qabul qilinadi.
(341 — 343-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qaytarish yoki hisobga olish bank kuni davomida daromadlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlovlar kontingenti summasi doirasida amalga oshiriladi. Bank kuni davomida daromadlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlovlar summasi yetmaganda qaytarish yoki hisobga olish keyingi bank kunining tushumlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ortiqcha toʻlangan bojxona toʻlovlarining qaytarilishi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Alohida hollarda, agar 10 ish kuni mobaynida joriy tushumlarning yetishmasligi yoki mavjud boʻlmaganligi sababli qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati boʻlmasa, ortiqcha toʻlangan mablagʻni qaytarish yoki hisobga olish tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshirilishi mumkin.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371. Mazkur Yoʻriqnomaning 37-bandida belgilangan muddat oʻtganidan soʻng mablagʻni qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisidagi elektron xulosani ijro etish “OʻRMV” ATda avtomatik tarzda toʻxtatiladi va qaytarish yoki hisobga olish boʻyicha toʻlov hujjati shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻlov hujjati tegishli daromad turi uchun qaytarish yoki hisobga olish toʻgʻrisidagi xulosalar tasdiqlangan davridagi belgilangan ajratmalar meʼyoriga mutanosib ravishda xar bir budjet uchun alohida shakllantiriladi.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan qaytarilishi lozim boʻlsa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha gʻaznachilik boshqarmalari tomonidan;
(372-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shahar budjetlaridan qaytarilishi lozim boʻlsa — tuman va shahar Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan;
(372-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DMJ budjetidan qaytarilishi lozim boʻlsa — Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan bir ish kuni muddatida “OʻRMV” ATda maʼqullanadi.
(372-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan “OʻRMV” ATda maʼqullangan toʻlov hujjati shu kundan kechiktirmasdan tasdiqlanadi va mablagʻlar tegishli budjetdan mavjud qoldiqlar doirasida qaytariladi.
(373-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374. Qaytarilgan va hisobga olingan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar gʻaznachilik boʻlinmalaridan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar oʻrtasida elektron maʼlumot almashish tartibi mavjud boʻlganida maʼlumotlar soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlarga “OʻRMV” ATdan elektron hujjat koʻrinishida yuboriladi va qogʻoz koʻrinishida taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375. Soliqlardan tashqari ortiqcha toʻlangan summalarini qaytarish mazkur Yoʻriqnomaning 37-bandiga muvofiq tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshirilganida mablagʻning soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlarning tegishli jamgʻarmasiga oʻtkazilgan qismi mazkur jamgʻarmadan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
376. Alohida hollarda agar 10 ish kun mobaynida mablagʻlar ortiqcha kelib tushgan daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga joriy tushumlar kelib tushishi kutilmayotgan boʻlsa (asoslangan holda) soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan xulosalar ijrosi istisno tariqasida, bir ish kuni mobaynida tegishli budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mablagʻlar mazkur Yoʻriqnomaning 371, 372 va 373-bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.
(371 — 376-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ortiqcha toʻlangan toʻlovlarni tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan qaytarish yoki hisobga olishda qaytarilgan yoki hisobga olingan summalar xarajatlarda aks ettirilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti yoki DMJ daromadlari ortiqcha yoki notoʻgʻri toʻlangan daromad turi boʻyicha qaytarish yoki hisobga olish summasiga kamaytiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Budjet tashkilotlarining joriy moliya yilida budjet yoki budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga toʻlangan toʻlovlari summasi budjet tashkilotining toʻlov amalga oshirilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytariladi. Bunda budjet tashkilotining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida joriy moliya yilining kassa xarajatlarining tiklanishi boʻyicha operatsiya aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agar budjet tashkiloti tomonidan oʻtgan moliya yilida budjet mablagʻlari hisobiga toʻlangan toʻlov summasi qaytarilayotgan boʻlsa, u holda mablagʻlar budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha (4004 mablagʻlar manbasi bilan) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga, kelgusida qaytarilgan toʻlov summasini tegishli daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish hamda tushgan toʻlov summasini tegishli budjet daromadiga taqsimlash orqali qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agar budjet tashkiloti tomonidan oʻtgan moliya yilida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga toʻlangan toʻlov summasi qaytarilayotgan boʻlsa, u holda mablagʻlar budjet tashkilotining tegishli budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytariladi. Bunday holatda, qaytarilgan toʻlov summasi budjet tashkilotining joriy yildagi budjetdan tashqari jamgʻarmasi tushumi manbasi sifatida aks ettiriladi, budjet tashkilotining oʻtgan moliya yilidagi kassa xarajatlari esa tiklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Toʻlovchilarga toʻlovlar qaytarilganligi yoki hisobga olinganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi, gʻazna memorial orderi va boshqa toʻlov hujjatlari har kuni elektron tarzda “OʻRMV” ATdan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlarning tegishli axborot tizimlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga kelib tushgan toʻlovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shahar budjetlari, DMJ budjetlariga ajratma qilingan toʻlovlar hisobini yuritish uchun “OʻRMV” ATning “Daromadlarni boshqarish” modulida har yili Toʻlovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Toʻlovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobi Davlat budjeti hamda DMJ budjetlari tarkibiga kiruvchi har bir budjet uchun alohida ochiladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Toʻlovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobida toʻlovlar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining budjet tasnifiga muvofiq yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Toʻlovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobida YAGʻHga kelib tushgan, Toʻlovlar kontingentini hisobga olish kitobida aks ettirilgan, budjet tizimining tegishli budjetiga taalluqliligini aniqlash va budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlash tartib-taomillaridan oʻtgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shahar budjetlari, DMJ budjetlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirilgan toʻlovlar summasi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Toʻlovlardan ajratmalarni hisobga olish kitoblarida kelib tushgan toʻlovlarning hisobi toʻlovlar turi va budjet tizimi budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazilgan sanalari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlarining daromad qismi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Toʻlovlar kontingenti tushumi hisobini yuritish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga toʻlovlar kontingenti prognozining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Toʻlovlar kontingentini hisobga olish kitobida jamlanadigan maʼlumotlar asosida “OʻRMV” ATda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar boʻyicha, shuningdek soliq toʻlovchilar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga toʻlovlar kontingenti tushumi toʻgʻrisida tezkor maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha, shuningdek soliq toʻlovchilar kesimida toʻlovlar kontingenti tushumi toʻgʻrisida tezkor jamlanma maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga toʻlovlar kontingenti tushumi toʻgʻrisida hisobot shakllantiriladi.
(49 — 53-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Daromadlar tushumi hisobini yuritish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlari daromadlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga daromadlar tushumi toʻgʻrisida tezkor maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar tushumi toʻgʻrisida tezkor maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar budjetlariga daromadlar tushumi toʻgʻrisida tezkor maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DMJ budjetlariga daromadlar tushumi toʻgʻrisida tezkor maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar tushumi toʻgʻrisida jamlanma maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga daromadlar tushumi toʻgʻrisida jamlanma maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlariga daromadlar tushumi toʻgʻrisida jamlanma maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ushbu Yoʻriqnomaning 54-bandida koʻrsatilgan maʼlumot asosida “OʻRMV” ATda budjet tizimining tegishli budjetlariga daromadlar tushumi toʻgʻrisidagi hisobot shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Daromadlar tushumi toʻgʻrisidagi hisobot toʻlovlar turlari kesimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar budjetlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DMJ budjetlari boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Daromadlar tushumi toʻgʻrisidagi jamlanma hisobot toʻlovlar turlari kesimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va DMJ budjetlari boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Toʻlovlar kontingenti tushishi va ulardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalar ustidan nazorat, shuningdek yoʻl qoʻyilgan xatolarni toʻgʻrilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Toʻlovlar kontingenti tushishi va ulardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalar ustidan nazorat yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Toʻlovlar kontingenti tushumi, shuningdek ulardan tegishli budjetlarga ushlanmalar toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlarining ishonchliligi va bir xilligini taʼminlash maqsadida moliya organlari, gʻaznachilik boʻlinmalari, davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari oʻrtasida toʻlovlar kontingenti tushumi, shuningdek ulardan budjet tizimining tegishli budjetlariga ajratmalar toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlarining majburiy ravishda taqqoslanishi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. YAGʻHga toʻlovlar kontingenti kelib tushishi va budjet tizimi budjetlari oʻrtasida toʻlovlarni taqsimlash jarayoni ustidan nazorat gʻaznachilik boʻlinmalari va xududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Kelib tushayotgan toʻlovlar kontingentini “OʻRMV” ATda tegishli tuman, shahar xududiy kodlari bilan ochilgan daromadlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirish, toʻlovlardan ajratmalar meʼyorlariga majburiy tartibda amal qilinishini taʼminlash, shuningdek kelib tushgan, qaytarilgan, hisobga olingan toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi va birxilliligini taʼminlash, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlash va ularni toʻgʻrilash boʻyicha choralar koʻrish nazoratning vazifasi hisoblanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yoʻl qoʻyilgan xatolarni toʻgʻrilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. YAGʻHga pul mablagʻlarini oʻtkazishda, shuningdek toʻlangan toʻlovlar summasidan budjet tizimi budjetlariga ajratishda yoʻl qoʻyilgan xatolar toʻgʻrilanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Banklar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolar banklar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalari hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda toʻgʻrilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Moliya organlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolar moliya organlari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalari hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda toʻgʻrilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan moliya organlari hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda toʻgʻrilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
651. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalar meʼyorlari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda yangidan belgilangan ajratmalar meʼyorlari ushbu Yoʻriqnomaning 13 va 14-bandlarida belgilangan tartibda “OʻRMV” ATga kiritilguniga qadar budjet tizimi budjetlariga amalga oshirilgan ajratmalar summasi boʻyicha yuzaga kelgan tafovut Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan daromad turlari kesimida ortiqcha oʻtkazilgan summalarni budjet tizimi budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan qayta hisob-kitob qilinadi va toʻgʻrilanadi.
(651-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-iyuldagi 84, 2019-44, 01-02/8-40-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2771-2, 21.08.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 10/19/2771-2/3609-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Toʻlov turi
Nomi
Tarkibi
Budjetga toʻlovlar boʻyicha
1.
08101
Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha oldindan toʻlov
Soliq boʻyicha majburiyatni muddatdan oldin ijrosi
2.
08102
Hisob-kitobga muvofiq soliq va boshqa majburiy toʻlovlar
Soliq hisoboti boʻyicha vujudga kelgan soliq majburiyati ijrosi, shuningdek soliq boʻlmagan boshqa majburiy toʻlovlar, maʼmuriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalar
3.
08103
Qayta hisoblashga asosan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlovi
Aniqlangan soliq hisoboti boʻyicha vujudga kelgan soliq majburiyati ijrosi
4.
08104
Kameral tekshiruvga asosan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlovi
Kameral tekshiruv natijasida vujudga kelgan soliq majburiyati ijrosi
5.
08105
Soliq tekshiruvi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlar toʻlovi
Soliq tekshiruvi natijasida vujudga kelgan soliq majburiyati ijrosi
6.
08106
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisob raqamlariga oʻtkazib berilgan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar toʻlovi
Tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisob raqamlariga oʻtkazib berilgan qoʻshimcha hisoblangan soliq summasi hisobidan soliq majburiyati ijrosi
7.
08107
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tomonidan undirib olinadigan soliq toʻlovlari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tomonidan undirib olingan soliq summasi hisobidan soliq boʻyicha majburiyatlari ijrosi
8.
08108
Penyalar
Soliq toʻlovlari muddatlarini buzganligi uchun hisoblangan penya boʻyicha soliq majburiyatlari ijrosi
Bir martalik hisobga olish uchun budjetga toʻlovlar
9.
08201
Bir martalik hisobga olish uchun budjetga asosiy toʻlov
10.
08202
Bir martalik hisobga olish uchun budjetga toʻlov boʻyicha penya
11.
08203
Bir martalik hisobga olish uchun budjetga toʻlov boʻyicha moliyaviy sanksiya
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida bir martalik hisobga olish uchun budjetga toʻlovlar
12.
08301
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida bir martalik hisobga olish uchun budjetga asosiy toʻlov
13.
08302
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida bir martalik hisobga olish uchun budjetga toʻlov boʻyicha penya
14.
08303
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida bir martalik hisobga olish uchun budjetga toʻlov boʻyicha moliyaviy sanksiya
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XULOSA №_________ __________________________________________________________________________________________________ (xulosa taqdim etuvchi vakolatli organning nomi)
_______________________________________arizasiga asosan (STIR —____________________________________)
(toʻlovchi yuridik shaxsning — nomi, STIR yoki toʻlovchi jismoniy shaxsning — F.I.O., STIR)
Ortiqcha (yoki notoʻgʻri) toʻlangan summani qaytarish yoki boshqa toʻlov hisobiga olish toʻgʻrisida _________________________________________________________________________________________________
Taqdim etilgan materiallar tekshiruvi natijasida 20___ yil “____” _____________________ holatiga ariza beruvchi tomonidan ________________________________________________________________________________________
quyidagi daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ____________________________________________________________
ortiqcha (yoki notoʻgʻri) toʻlangani aniqlandi.
(shgʻh)
Koʻrsatilgan summani qaytarish (yoki hisobga olish) quyidagi daromad shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlovlar kontingenti summasi doirasida amalga oshirilsin.
Mablagʻlar manbai va budjetlarning darajasi
Valyuta kodi
Nazorat kaliti
Hududiy tasnif kodi
Daromad turi
Tashkiliy tasnif kodi
Mablagʻ oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning nomi
Bank hisob raqami
Mablagʻ oluvchining bank nomi
Bank kodi (MFO)
STIR
Summa raqamda
Summa yozuvda
Toʻlov maqsadi
Rahbar
________________________
Bosh buxgalter (buxgalter, mutaxassis)
_____________________________
20__ yil “___” ______________.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 11-avgustdagi 121, 2017-40 va 01-02/8-32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2771-1, 29.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 941-modda)