01.07.2008 yildagi 841-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining 2005 - 2007-yillardagi ishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi ishi toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib, Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga taalluqli qonunchilik bazasini takomillashtirish, qonunlar ijrosini nazorat qilish, mamlakat aholisining huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvarda boʻlib oʻtgan qoʻshma majlisidagi maʼruzasida ilgari surilgan, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish konsepsiyasini amalda roʻyobga chiqarishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan qonunchilik faoliyati dasturiga muvofiq amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan 2005 — 2007-yillarda 113 ta majlis oʻtkazilib, ularda qonun loyihalarining muhokamasiga, nazorat-tahlil faoliyatiga, tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishga hamda boshqa mavzularga doir 315 ta masala koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 7 ta qonun loyihasi tayyorlangan boʻlib, shulardan Qoʻmita aʼzolari B. Dadaboyev, M. Yoʻldoshev, H. Karimov va A. Saidov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida tayyorlangan va kiritilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun, shuningdek “Homiylik toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qonunlar nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlashga, homiylik faoliyatini rivojlantirishga, bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga, bola huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga, jamoat fondlari faoliyatiga daxldor qonunlarning ayrim normalarini tartibga solishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari qonun loyihalarini tayyorlash, muhokama va qabul qilishda Qonunchilik palatasining boshqa qoʻmitalari bilan faol hamkorlik qildilar. Masalan, qoʻmitalar tomonidan taqdim etilgan 105 ta qonun loyihasi yuzasidan 319 ta taklif berilgan boʻlib, ulardan 97 tasini Qonunchilik palatasi ikkinchi va uchinchi oʻqish jarayonlarida qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita 7 ta qonun va konvensiyaning 12 ta viloyatdagi va bir qator vazirliklardagi ijrosini oʻrganib chiqdi. Oʻrganish natijalari boʻyicha Qoʻmitaning kengaytirilgan majlislari oʻtkazildi. Qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorlar bevosita ijrochilarga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazildi, qonunlar normalarini takomillashtirish boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Qoʻmita qabul qilgan qarorlar ijrosining nazorati amalga oshirildi. Qoʻmita yigʻilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasining yakunlari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning joylardagi ijrosini oʻrganish chogʻida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha Qoʻmita aʼzolari tomonidan amaliy yordam koʻrsatilib, qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan ishlar olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qila borib, Qoʻmita sayyor majlislar oʻtkazishni yoʻlga qoʻydi. 2005 — 2007-yillarda 27 ta majlis joylarda tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini qonunchilik yoʻli bilan tartibga solishni talab qiluvchi masalalarni yanada chuqurroq oʻrganish maqsadida Qoʻmita konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazish kabi ish shakllaridan keng foydalandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005 — 2007-yillarda jami 40 taga yaqin tadbir oʻtkazildi. Ularda davlat hokimiyati organlarining, turli nohukumat tashkilotlarining vakillari, mamlakatimiz va chet ellarning yetakchi olimlari, ekspertlari ishtirok etganligi tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi. Bu tavsiyalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini tayyorlash, nazorat-tahlil ishlari va tadbirlar oʻtkazishda Qoʻmita huzuridagi Qonun loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik ekspert guruhi aʼzolari, shuningdek siyosiy partiyalar fraksiyalari aʼzolari faol ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yilning may-iyun oylarida Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhi bilan birgalikda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etishda faol ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari hisobot davrida oʻz saylov okruglarida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini, mamlakat rahbariyatining ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan yoʻlini keng tushuntirish boʻyicha ishlar olib bordilar, joylarda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda amaliy yordam koʻrsatdilar. Ular tomonidan saylovchilar bilan jami 600 dan ziyod uchrashuv oʻtkazildi, fuqarolarning 350 dan ortiq murojaati koʻrib chiqilib, tegishli choralar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining 2005 — 2007-yillardagi ishi toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunchilik tashabbusi subyektlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini va milliy qonun hujjatlarini “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga doir bola savdosi, bola fohishabozligi va bola pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokolni, shuningdek Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga doir bolalarning qurolli mojarolardagi ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni ratifikatsiya qilish haqidagi masalalarni oʻz vaqtida tayyorlash va Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qonunchilik palatasining boshqa qoʻmitalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlaridan kelib chiqadigan vazifalari haqida”gi № 789-I-sonli qarorini bajarish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining matni, unga doir sharh tayyorlanishi va nashr etilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoʻmitaning nazorat-tahlil faoliyatini tahlil qilish asosida ish rejasida avval monitoring bilan qamrab olinmagan inson huquqlariga doir qonunlar va xalqaro shartnomalar, shuningdek Qoʻmitaning dolzarb masalalarga doir oʻz qarorlari ijrosini oʻrganishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2008-yilning noyabr-dekabr oylarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylov oʻtkazilishi munosabati bilan Qoʻmitaning va Palata deputatlarining saylov kampaniyasiga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishiga doir taklif tayyorlasin va uni Qonunchilik palatasi Kengashiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A.X. Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
841-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 359-modda)