Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri E.H. Xalilovning arizasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri E.H. Xalilovning salomatligiga koʻra egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri E.H. Xalilovning arizasi toʻgʻrisidagi masala “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritilsin.
2. E.H. Xalilovning salomatligi yomonlashganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi iltimosini qanoatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga tavsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari A. ShODMONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-yanvar,
691-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 1-son, 56-modda)