Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 30-martda 2101-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-mart,
17-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-martdagi 17-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 2-apreldagi 26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2101, 2010-yil 26-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 135-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 30-dekabrdagi 88-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqning baʼzi bandlarining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2101-1, 2012-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 6-son, 64-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 120-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqning baʼzi bandlarining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2101-2, 2014-yil 10-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 31-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 123-modda)