Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKENERGO” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 22-fevraldagi PF-2812-son Farmonini bajarish hamda energetika tarmogʻi korxonalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish, elektr energetikasi tizimida boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish, elektr energetikasi va koʻmir sanoati korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda uning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga belgilangan shtatdagi xodimlar soni doirasida oʻzgartirish kiritishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekenergo” DAK 2001-yil 1-iyulgacha tarmoqni monopoliyadan chiqarish va elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, sotish sohasida shuʼba korxonalar tashkil etish, shuningdek umumtarmoq funksiyalarini bajarish hamda oʻz tuzilmasini 1-ilovaga muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
3. Energetika korxonalarini monopoliyadan chiqarish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyalashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya (Atayev), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
2001-yil 1-maygacha “Oʻzbekenergo” DAK ustav jamgʻarmasini, asosiy fondlarni 2001-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qayta baholab chiqishni hisobga olgan holda, 3-ilovaga* muvofiq korxonalar, tashkilotlar va tarkibiy boʻlinmalar mulklari qiymati hisobiga shakllantirsinlar. “Oʻzbekenergo” DAKni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning aksiyalari emissiyasi prospektini roʻyxatdan oʻtkazish taʼminlansin;
“Oʻzbekenergo” DAK bilan birgalikda 4-ilovaga* muvofiq davlat rayon elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlarining belgilangan tartibda yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha aksiyalashtirilishini taʼminlasinlar;
“Oʻzbekenergo” DAK bilan birgalikda 5-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish tadbirlarini amalga oshirsinlar;
2001-yilda “Elektrqishloqqurilish”, “Energoqozontozalash”, “Oʻzqishloqelektrqurilish” aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalar davlat ulushining bir qismini, 25 foiz miqdordagi aksiyalar paketini davlatda saqlab qolgan holda, birja bozorida va birjadan tashqari bozorda sotsinlar;
6-ilovaga* muvofiq ijtimoiy infratuzilma obyektlarini xususiylashtirsinlar;
* 3—6-ilovalar berilmaydi.
2001-yil 1-iyungacha 7-ilovaga muvofiq issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi va elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan korxonalar aksiyalarining davlat ulushlari va paketlarini tegishli hududiy kommunal-foydalanish birlashmalariga ishonchli boshqaruvga bersinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekenergo” DAKni tashkil etish jarayonida chiqarilgan barcha aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va sotilmaydi yoki boshqacha tartibda begonalashtirilmaydi, ular garov predmeti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi qimmatli qogʻozlar chiqarishni taʼminlash uchun xizmat qilishi mumkin emas;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekenergo” DAKning 9-ilovaga muvofiq unitar korxonalari aksiyalashtirilmaydi;
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
elektr energiyasi sotish miqdoridan (uni yetkazib berish boʻyicha xizmatlaridan) Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Pensiya jamgʻarmasiga hamda Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga toʻlovlar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning korxonalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha faqat oxirgi isteʼmolchilarga elektr energiyasini sotish miqdori qismiga amalga oshiriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 134-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 21-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi istisno tariqasida (qonunchilikka muvofiq korxonalar ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlardan tashqari):
“Elektrqishloqqurilish”, “Energiyaqozontozalash”, “Oʻzqishloqelektr-qurilish” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek 5-ilovaning 2 va 3-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzbekenergo” DAKga energetika obyektlarining asosiy quvvatlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishda maqsadli foydalanish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 43-son, 456-modda)
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Kompaniya kengashi “Oʻzbekenergo” DAKning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi PQ-424-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 290-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi 6 aʼzodan, shu jumladan rais va uning 5 nafar oʻrinbosaridan iborat boʻladi. Rais, uning oʻrinbosarlari Kompaniya kengashi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. “Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisi maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra vazirga, birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzbekenergo” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yil 1-yanvargacha uy-joy fondining va kommunal soha muhandislik kommunikatsiyalarining qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga berilishini taʼminlasin.
8. “Oʻzbekenergo” DAK apparati Toshkent shahar, Xorazm koʻchasi, 6-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Oʻzbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligini tashkil etish haqida” 1990-yil 2-oktabrdagi 322-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.Yu.Atayev va Oʻ.Q.Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 24-fevral,
93-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Aksiyalarining davlat paketlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari (HKFB)ga ishonchli boshqaruvga berilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari
ROʻYXATI
|
T/r |
Korxonalar nomi |
Joylashgan oʻrni |
Kimga berilyapti |
|
1. |
“Buxoroenergomarkaz” |
Buxoro sh. |
Buxoro viloyati hokimligi HKFBga |
|
2. |
Fargʻona viloyati “Energomarkaz”i |
Fargʻona sh. |
Fargʻona viloyati hokimligi HKFBga |
|
3. |
“Qoʻqonenergomarkaz” |
Qoʻqon sh. |
Fargʻona viloyati hokimligi HKFBga |
|
4. |
Urganch issiqlik tarmoqlari |
Urganch sh. |
Xorazm viloyati hokimligi HKFBga |
|
5. |
Jizzax issiqlik tarmogʻi |
Jizzax sh. |
Jizzax viloyati hokimligi HKFBga |
|
6. |
Kattaqoʻrgʻon issiqlik manbai |
Kattakoʻrgʻon sh. |
Samarqand viloyati hokimligi HKFBga |
|
7. |
Toshkent issiqlik ishlab chiqarish markazi* |
Toshkent sh. |
Toshkent shahar hokimligi HKFBga |
* Toshkent shahar HKFB xodimlaridan davlat ishonchli vakili tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekenergo” DAKning aksiyalashtirilmaydigan korxonalari
(9-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Korxonalar nomi |
Joylashgan oʻrni |
|
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar | ||
|
1. |
Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi |
Toshkent viloyati |
|
2. |
Qodiriya GESlar kaskadi |
Toshkent viloyati |
|
3. |
Toshkent GESlar kaskadi |
Toshkent sh. |
|
4. |
Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi |
Toshkent viloyati |
|
5. |
Chirchiq GESlar kaskadi |
Toshkent viloyati |
|
6. |
Farhod GESlar kaskadi |
Sirdaryo viloyati |
|
7. |
“Oʻzelektrrotarmoq” elektr energiyasini uzatish korxonasi |
Toshkent sh., viloyatdagi filiallari bilan |
|
Umumtarmoq funksiyalarini bajaradigan korxonalar | ||
|
10. |
“Oʻzenergosozlash” |
Toshkent sh. |
(1-ilovaning 8, 9 va 11 pozitsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 288-modda)
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi aʼzolari
TARKIBI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakili
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakili
Davlat mulki qoʻmitasi vakili
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi vakili
Moliya vazirligi vakili
Adliya vazirligi vakili
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakili
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vakolatli vakillari:
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasidan
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligidan
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasidan
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasidan
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 16-modda; 2002-y., 19-son, 148-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 25-son, 288-modda; 43-son, 456-modda; 2005-y., 21-son, 153-modda; 2006-y., 28-29-son, 264-modda; 30-son, 290-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda, 2017-y., 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)