Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn ikkinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn ikkinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Tojikiston “Talko” DUK korxonasining ishlab chiqarish faoliyati ekologiyaga va odamlar sogʻligʻiga koʻrsatayotgan halokatli taʼsirni bartaraf etish choralari toʻgʻrisida.
|
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
2. “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
|
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
3. “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
|
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
4. “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
|
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
|
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
|
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi |
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
|
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining raisini saylash toʻgʻrisida.
|
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 23-avgustdagi 389-II-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 8-son, 215-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-avgust,
SQ-383-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 8-son, 213-modda, 8-son, 215-modda)