Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017 15.03.2016 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017
Hujjat 20.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalarni (kontraktlarni) ekspertizadan oʻtkazish va ularning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-maydagi 286-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish asosida toʻqimachilik korxonalarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 4-fevraldagi PQ-2485-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalarni (kontraktlarni) ekspertizadan oʻtkazish va ularning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) va “Oʻzbekyengilsanoat” AJning shartnomalar (kontraktlar)ni sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunalarining quyidagi mezonlar boʻyicha zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangiligi — ishlab chiqarilgan yili (ekspertiza oʻtkazish paytida ikki yildan ortiq emas) bilan aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning eksportga yoʻnaltirilganligi va assortimenti — uning eng avvalo tashqi bozorlarda xaridorgirligi bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish unumdorligi — vaqt birligida muayyan toʻqimachilik mahsulotini ishlab chiqarish hajmi sifatida hisoblab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi — sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunasi dvigatellarining belgilangan quvvatini uning texnik-texnologik parametrlariga muvofiq, boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunga oʻxshash asbob-uskunalariga qiyoslab tahlil qilish yoʻli bilan aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunaning narxlari parametrlari — sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunasi narxlarini xuddi shunday texnik-texnologik parametrlarga ega boʻlgan toʻqimachilik asbob-uskunasi jahon narxlari darajasi bilan taqqoslash asosida qiyoslab tahlil qilish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlariga — shartnomalar (kontraktlar)ning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan oʻz vaqtida ekspertizadan oʻtkazilishi, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mezonlarga va Nizomda belgilangan muddatlarga qatʼiy muvofiq xulosa berilishi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” AJ rahbarlariga — shartnomalar (kontraktlar)ning toʻqimachilik asbob-uskunasining tashqi bozorlardagi xaridorgirligini tahlil qilish asosida uni sotib olishning maqsadga muvofiqligi, unda ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimenti va eksportga yoʻnaltirilganligi boʻyicha koʻrib chiqilishi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi rahbarlariga — Agentlikning xulosasi asosida chetdan keltiriladigan toʻqimachilik asbob-uskunasining (TIF TN boʻyicha kodlari 8445, 8446, 8447) bojxona rasmiylashtiruvining oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda respublikaga istiqbolsiz, maʼnaviy va tabiiy eskirgan toʻqimachilik asbob-uskunasi keltirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-martdagi 77-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalarni (kontraktlarni) ekspertizadan oʻtkazish va ularning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish asosida toʻqimachilik korxonalarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 4-fevraldagi PQ-2485-son qaroriga muvofiq toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalar (kontraktlar)ning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan ekspertizadan oʻtkazish va xulosalar berish (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻqimachilik (paxta tolasini hamda toladan olingan mahsulotlarni qayta ishlovchi) asbob-uskunalarining asosiy turlarini (TIF TN boʻyicha kodlari 8445, 8446, 8447) yetkazib berishni nazarda tutuvchi shartnomalar (kontraktlar) (keyingi oʻrinlarda shartnoma (kontrakt) deb ataladi) Agentlikda ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 1-martgacha tuzilgan, ular boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan va/yoki toʻqimachilik asbob-uskunalari yuklab joʻnatilgan shartnomalar (kontraktlar) va ularga qoʻshimcha bitimlar Agentlikda ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikda ekspertizadan oʻtkaziladigan shartnomalarga (kontraktlarga) sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunasining texnik parametrlari, toʻqimachilik asbob-uskunalari qiymati va/yoki shartnomalar (kontraktlar) shartlari oʻzgarishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha bitimlar ham ushbu Nizom talablariga muvofiq Agentlikda ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shartnomalar (kontraktlar) va ularga qoʻshimcha bitimlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ekspertizadan oʻtkazish va xulosa olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xulosa olish uchun ariza beruvchi Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shartnoma (kontrakt)ning asl nusxasi va uning nusxasi (tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan, shartnoma (kontrakt) boʻyicha ariza beruvchining vakolatli shaxsi muhri va imzosi bilan tasdiqlangan, batafsil texnik tavsiflar va spetsifikatsiyalar bilan). Shartnoma (kontrakt)ning asl nusxasi ariza beruvchiga qaytarilishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tanlov varaqasini yoki asosiy texnik-texnologik parametrlarni (unumdorligini, energiya samaradorligini) hamda ariza beruvchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan toʻqimachilik asbob-uskunasi narxi parametrlarini qiyoslash asosida tuzilgan, shartnoma (kontrakt) tuzilgan sanada amal qiluvchi tasdiqlovchi hujjatlarni, shu jumladan tijorat takliflari yoki prays-varaqlarni yoki invoyslarni ilova qilgan holda kontraktda koʻrsatilgan narxning asoslanishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda barcha tasdiqlovchi hujjatlarda muqobil takliflarni taqdim etuvchi tashkilotlarning pochta manzillari (joylashgan joyi) va aloqa rekvizitlari boʻlishi kerak.
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar shartnoma (kontrakt) oʻtkazilgan tender savdolari yakunlari boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkazilgan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tuzilgan boʻlsa, tanlov varagʻi yoki kontraktda koʻrsatilgan narxning asoslanishi oʻrniga oʻtkazilgan tender savdolari yoki eng yaxshi takliflarni tanlash protokoli taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shartnomaga (kontraktga) qoʻshimcha bitim boʻyicha xulosa olish uchun ariza beruvchi Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shartnomaga (kontraktga) qoʻshimcha bitimning asl nusxasi va shartnoma (kontrakt)ning va unga qoʻshimcha barcha bitimlarning (tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan, tasdiqlangan) nusxalari, shartnoma (kontrakt) boʻyicha ariza beruvchining vakolatli shaxsi muhri va imzosi bilan tasdiqlangan, batafsil texnik tavsiyalar va spetsifikatsiyalar bilan). Qoʻshimcha bitimning asl nusxasi ariza beruvchiga qaytarilishi shart;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shartnomaga (kontraktga) qoʻshimcha bitim boʻyicha narxni asoslash — tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan tijorat takliflari yoki prays-varaqlar va shu kabilar taqdim etilgan holda yetkazib berish hajmi koʻpaygan, tovar nomenklaturasi ishlab chiqarish zavodi, uning kelib chiqish mamlakati, narxi va haq toʻlash shartlari oʻzgargan taqdirda.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi yuzasidan ariza beruvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 4 va 6-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni Agentlikka berish muddati shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitim imzolangan paytdan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish asosida toʻqimachilik korxonalarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 4-fevraldagi PQ-2485-son qarori qabul qilingunga qadar tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) va ularga qoʻshimcha bitimlar boʻyicha hujjatlarni berish muddati ushbu Nizom kuchga kirgan paytdan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xulosa olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar Agentlikka bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi (shartnoma (kontrakt)ning asl nusxasi yoki unga qoʻshimcha bitimning asl nusxasi bundan mustasno). Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xulosa olish uchun Agentlikka taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi. Ushbu roʻyxat hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan, hujjatlarni qabul qilgan shaxsning familiyasi, ismi koʻrsatilgan va uning imzosi bilan tasdiqlangan holda kechiktirilmasdan ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ekspertiza oʻtkazishga taqdim etilgan shartnomaga (kontraktga) va unga qoʻshimcha bitimga qoʻyiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat tilida yoki rus tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitim ekspertizaga qabul qilinadi. Boshqa hollarda shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitim koʻrsatib oʻtilgan tillardagi belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shartnoma (kontrakt) va unga qoʻshimcha bitim sahifalariga shartnoma (kontrakt) va unga qoʻshimcha bitim boʻyicha tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan viza qoʻyilgan boʻlishi (tasdiqlanishi) kerak. Shartnoma (kontrakt) va unga qoʻshimcha bitimning har bir varagʻi, shartnoma (kontrakt) va unga qoʻshimcha bitim matnidagi kiritilgan har qanday qoʻshimchalar, oʻchirib yozishlar, tuzatishlar tasdiqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnomada (kontraktda) va unga qoʻshimcha bitimda sotib olinayotgan toʻqimachilik asbob-uskunasining texnik-texnologik parametrlari, markasi, rusumi, soni, TIF TN boʻyicha kodlari, sotib olinayotgan toʻqimachilik asbob-uskunasining kelib chiqish mamlakati, ishlab chiqargan zavod nomi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi, shuningdek foydalanilayotgan xomashyo hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tavsifnomasi va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar albatta boʻlishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 2016-yil 1-martdan keyin tuzilgan shartnomalarda (kontraktlarda) va ularga qoʻshimcha bitimlarda Agentlikning xulosasi olingandan keyin ularning kuchga kirishi toʻgʻrisidagi shartlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ekspertizani oʻtkazish tartibi va xulosa berish uchun mezonlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik ushbu Nizomning 4 va 6-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda shartnoma (kontraktni) va unga qoʻshimcha bitimni ekspertizadan oʻtkazadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchining xulosa olish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun kontrakt summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq boʻlmagan va bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ariza beruvchi xulosa olish toʻgʻrisida berilgan arizani rad etgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunasining zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligini aniqlash mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangiligi (ekspertiza oʻtkazish paytida ikki yildan ortiq emas) — ishlab chiqarilgan yili bilan aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning eksportga yoʻnaltirilganligi va assortimenti — uning eng avvalo tashqi bozorlarda xaridorgirligi bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish unumdorligi — vaqt birligida muayyan toʻqimachilik mahsulotini ishlab chiqarish hajmi sifatida hisoblab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi — sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunasi dvigatellarining belgilangan quvvatini uning texnik-texnologik parametrlariga muvofiq, boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunga oʻxshash asbob-uskunalariga qiyoslab tahlil qilish yoʻli bilan aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunaning narxlari parametrlari — sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunasi narxlarini xuddi shunday texnik-texnologik parametrlarga ega boʻlgan toʻqimachilik asbob-uskunasi jahon narxlari darajasi bilan taqqoslash asosida qiyoslab tahlil qilish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi tomonidan tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) va ularga qoʻshimcha bitimlarda, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mezonlar hisobga olingan holda, Agentlik tomonidan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan quyidagi shartlar majburiy tartibda aks ettirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan yili — ekspertiza oʻtkazish paytida ikki yildan ortiq emas, ishlatilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modifikatsiyasi — sotib olinayotgan toʻqimachilik asbob-uskunasining ishlab chiqaruvchi zavodning ishlab chiqaradigan oxirgi ikkita modeliga muvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-texnologik parametrlar (asbob-uskunaning pasporti) — sotib olinadigan har bir toʻqimachilik asbob-uskunasining funksional vazifasi, asosiy ishchi mexanizmlarining ish unumdorligi, tezlik koʻrsatkichlari va uning energiya isteʼmol qilishi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunasining kafolatli xizmat koʻrsatish muddati — ishlatish boshlangandan boshlab kamida bir yil.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda modifikatsiya ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sotib olinayotgan toʻqimachilik asbob-uskunasining funksional vazifasini hisobga olgan holda uning mavjud asbob-uskuna bilan uygʻunligini, avtomatlashtirish darajasini va sinab koʻrilganligini, toʻqimachilik asbob-uskunasini sotib olishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulot xususiyatlarini, foydalaniladigan xomashyo tipini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Faks, elektron pochta va boshqa aloqa vositalari orqali (ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan yoki Agentlik tomonidan) olingan tijorat takliflari, tayyorlovchi zavodning yoki boshqa yetkazib beruvchilarning, ishlab chiqaruvchining dilerlari (distribyutorlari)ning prays-varaqlari shunday shartnomalarda (kontraktlarda), axborotning foydalanish mumkin boʻlgan manbalarida koʻrsatilgan, shu jumladan bosma nashrlardagi axborot eʼlonlarida, butunjahon Internet axborot tarmogʻida koʻrsatilgan xulosalar asosida shakllanadigan oʻrtacha jahon narxlar darajasi jahon narxlari darajasi deb qabul qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Texnologik asbob-uskunaning yagona liniyasi narxlarini aniqlashda alohida elementlarning narxlarini hisobga olmasdan butun liniyaning qiymatini koʻrib chiqish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab turgan texnologik liniya qoʻshimcha uskuna bilan qoʻshimcha ravishda butlangan taqdirda tegishli ishlab chiqaruvchi zavodlarning narxlari yoki ishlab chiqaruvchi zavodning narxlari mavjud boʻlmagan taqdirda — ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) narxlari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agentlik ariza beruvchining hujjatlari olingan sanadan boshlab ikki ish kunidan kechikmay shartnoma (kontrakt) nusxasini yoxud unga qoʻshimcha bitim nusxasini toʻqimachilik asbob-uskunasini sotib olishning maqsadga muvofiqligi, unda ishlab chiqariladigan mahsulotning eksportga yoʻnaltirilganligi va assortimenti yuzasidan koʻrib chiqish uchun “Oʻzbekyengilsanoat” AJga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” AJ besh ish kuni mobaynida shartnoma (kontrakt) nusxasini yoxud unga qoʻshimcha bitim nusxasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Agentlikka “Oʻzbekyengilsanoat” AJ va “Oʻzengsanloyiha” MChJning qoʻshma xulosasini quyidagilar yuzasidan taqdim etadi:
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunasida yoki uning bir qismi hisoblangan texnologik liniyada ishlab chiqariladigan mahsulotning eksportga yoʻnaltirilganligi va assortimenti, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulotning eng avvalo tashqi bozorda xaridorgirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni rivojlantirishning qabul qilingan dasturiy hujjatlariga koʻra toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun toʻqimachilik asbob-uskunasini (alohida yoki texnologik zanjirni) sotib olishning maqsadga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻtkazilgan ekspertiza yakunlari boʻyicha Agentlik xulosa beradi yoki uni berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar xulosa berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunalarining zamonaviy texnologik talablarga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinayotgan toʻqimachilik asbob-uskunalarining kontraktda koʻrsatilgan narxlari ekspertiza oʻtkazish paytida xuddi shunga oʻxshash texnik-texnologik parametrlarga va sifatga (modifikatsiyaga, shu jumladan boshqa ishlab chiqaruvchilarning) ega boʻlgan toʻqimachilik asbob-uskunasining jahon narxlari darajasiga nisbatan oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinadigan toʻqimachilik asbob-uskunasida ishlab chiqarish nazarda tutilgan mahsulotning tashqi bozorda xaridorgir emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya qilinmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berishning boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berishning rad etilishi yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xulosa berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi yoki beriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xulosa berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin ariza beruvchi takroriy ekspertiza oʻtkazish uchun Agentlikka shartnomani (kontraktni) va unga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Takroriy ekspertiza oʻtkazish uchun shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hujjatlar ariza beruvchi Agentlikning xulosa berishni rad etgan bildirishnomasini olgan kundan boshlab ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan muddat mobaynida shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hujjatlar takroran taqdim etilgan taqdirda ekspertiza oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin takroriy ekspertiza oʻtkazish uchun berilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hujjatlar yangidan berilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Agentlik tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining koʻrsatilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shartnoma (kontrakt) va unga qoʻshimcha bitimning ekspertizadan oʻtkazilishi natijalari boʻyicha ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq shakllarga binoan belgilangan tartibda xulosa rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shartnoma (kontrakt) va unga qoʻshimcha bitim boʻyicha xulosaning amal qilish muddati shartnoma (kontrakt) va unga qoʻshimcha bitimning amal qilish davriga muvofiq ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agentlik berilgan xulosalar reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalarni (kontraktlarni) ekspertizadan oʻtkazish va ularning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomani (kontraktni) va unga qoʻshimcha bitimni uning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 83-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 99-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalarni (kontraktlarni) ekspertizadan oʻtkazish va ularning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligiga

‎______________________________ dan


‎ARIZA

___________________________________________________________ni yetkazib berish yuzasidan

‎asbob-uskunalar nomi

‎‎_________________________________________________________________________________
‎tashkilot, mamlakatning toʻliq nomi

‎‎bilan _____________________________________________________________ oʻrtasida tuzilgan

‎‎tashkilot, mamlakatning toʻliq nomi

______________________dagi ________-son shartnoma (kontrakt) va unga qoʻshimcha bitim boʻyicha xulosa berishingizni soʻraymiz.


‎Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitimning umumiy summasi _____________________ni tashkil qiladi.
‎Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitim boʻyicha toʻlov quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi (qayd etilganlardan bittasi koʻrsatiladi):
‎oʻz mablagʻlari;
‎budjet mablagʻlari;
‎kreditlar (qarzlar);
‎boshqa manbalar.
‎Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitim ekspertizasi oʻtkazilgani uchun yigʻimning toʻlanishini kafolatlaymiz.
‎Ariza beruvchining pochta manzili (joylashgan joyi): _____________________________________
‎_________________________________________________________________________________;
‎Ariza beruvchining bank rekvizitlari: _________________________________________________.

‎‎Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
‎1. Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitimning asli va uning nusxasi.
‎2. Kontraktdagi narx hosil boʻlishining konkurent varagʻi yoki asoslanishi quyidagi ilovalari bilan:
‎a) ______________________________
‎b) ______________________________
‎v) ______________________________

Ariza beruvchi

‎‎________________
(imzo)

‎‎M. Oʻ.‎

‎‎(mavjud boʻlsa)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalarni (kontraktlarni) ekspertizadan oʻtkazish va ularning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

XULOSA
‎ № ______
‎201__yil “___” _______________
‎(Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim etish uchun)

Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitimning raqami va sanasi

‎‎

Ariza beruvchi/Xaridor

‎‎

Etkazib beruvchi (mamlakat)

‎‎

Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitim predmeti

‎‎

Shartnomaning (kontraktning) yoxud unga qoʻshimcha bitimning qiymati

‎‎

Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitim boʻyicha toʻqimachilik asbob-uskunalari asosiy turlarining qiymati (TN TIF 8445, 8446, 8447)

Moliyalashtirish manbai ‎‎
XULOSA


‎‎Imzolar:

‎‎‎Agentlik direktori

_______________
(‎imzo)

Agentlik direktorining oʻrinbosari

_______________
(imzo)

Agentlikning ekspertiza boshqarmasi boshligʻi

‎‎_______________
(imzo)

‎M.Oʻ.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalarni (kontraktlarni) ekspertizadan oʻtkazish va ularning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

XULOSA
‎ № ______
‎201__yil “___” _______________
‎(tijorat bankiga taqdim etish uchun)

Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitimning raqami va sanasi

‎‎

Ariza beruvchi/Xaridor

‎‎

Etkazib beruvchi (mamlakat)

‎‎

Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitim predmeti

‎‎

Shartnomaning (kontraktning) yoxud unga qoʻshimcha bitimning qiymati

‎‎

Shartnoma (kontrakt) yoxud unga qoʻshimcha bitim boʻyicha toʻqimachilik asbob-uskunalari asosiy turlarining qiymati (TN TIF 8445, 8446, 8447)

Moliyalashtirish manbai ‎‎
XULOSA


‎‎Imzolar:

‎‎‎Agentlik direktori

_______________
(‎imzo)

Agentlik direktorining oʻrinbosari

_______________
(imzo)

Agentlikning ekspertiza boshqarmasi boshligʻi

‎‎_______________
(imzo)

‎M.Oʻ.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 11-son, 103-modda; 2017-y., 7-son, 99-modda)