Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Qattiq yoqilgʻidan foydalanish va uni hisobga olish qoidalarining 11-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-martda 2096-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 18-martdagi 51-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2096, 2010-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Qattiq yoqilgʻidan foydalanish va uni hisobga olish qoidalarining 11-bandidagi “olti” degan soʻz “ikki” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2016-yil 30-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-mart,
1-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2016-yil 4-mart
“Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori Sh. PULATOV
2016-yil 24-fevral
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2016-yil 18-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 11-son, 104-modda)