16.09.2014 yildagi 978-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2014-yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 33,9 mlrd coʻm miqdorida ortiq boʻlishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2014-yilgi dasturining eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy barqarorlikka erishilishini hamda iqtisodiyotning yuqori surʼatlarda oʻsishi va uning raqobatbardoshligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga, texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan strategik ahamiyatga molik investitsiya loyihalari amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tushumlari mexanizmi maqbullashtirilishi va takomillashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini texnik va texnologik jihatdan yangilash chora-tadbirlari amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya iqlimi va ishchanlik muhitini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tizimida islohotlar yanada chuqurlashtirilishini, taʼlim jarayoni darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan taʼlim standartlari va dasturlari takomillashtirilishini, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash davom ettirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimi yanada isloh qilinishi va rivojlantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” maqsadli dasturlarining amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlarining toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom bola yili” Davlat dasturini bajarish doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish, taʼlim sifatini oshirish, yoshlarni sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi hamda 2013 — 2020-yillarda telekommunikatsiya texnologiyalarini, aloqa tarmoqlari va infratuzilmalarini rivojlantirish dasturi bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori iqtisodiy oʻsish surʼatlarining barqarorligini taʼminlashga hamda shu asosda tegishli budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishiga erishilishiga, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishiga qaratilsin. Budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va budjet intizomiga rioya etish, mintaqalarning moliyaviy salohiyatidan eng yuqori darajada foydalanish boʻyicha amaliy choralar koʻrish yuzasidan nazorat kuchaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
978-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 9-son, 249-modda)