28.08.2014 yildagi SQ-439-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning 2013-yilda va 2014-yilning oʻtgan davrida inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab hamda muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, hisobot davrida prokuratura organlari tomonidan qonun ustunligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni profilaktika qilish borasida zimmalariga yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarish boʻyicha keng koʻlamli ishlar qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning ijro etilishi yuzasidan hisobot davrida oʻtkazilgan 38 mingdan ortiq tekshirish yakunlari boʻyicha prokuratura organlari tomonidan 267 870 ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanilgan, 144 355 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan. Davlat organlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan 35 138 ta hujjatiga protest keltirilgan, ular keyinchalik bekor qilingan yoki qonun hujjatlariga mos holga keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun buzilishlari, ularning sabablari va bularga imkoniyat tugʻdirayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida 44 600 ta taqdimnoma kiritilgan. Hukuqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 52 719 nafar mansabdor shaxsga qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantiruv eʼlon qilingan. 158 mingdan ortiq shaxsning intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilishi taʼminlangan. Qariyb 339 milliard soʻm miqdoridagi moddiy zararni undirib olish toʻgʻrisida sudlarga 54 687 ta ariza kiritilgan. 8 233 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarining alohida eʼtibori fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning mehnat qilishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash yuzasidan prokuror nazoratini amalga oshirish jarayonida qonunga xilof ravishda mehnat shartnomalari tugatilgan, xodimlar intizomiy javobgarlikka tortilgan va boshqa holatlar aniqlanib, ularning yakunlari boʻyicha tegishli prokuror taʼsiri choralari qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, protestlar va sudlarga kiritilgan arizalar asosida mansabdor shaxslarning mehnat munosabatlariga oid 1 775 ta buyrugʻi qonunga mos holga keltirilgan, 2 214 nafardan ortiq mansabdor shaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 39 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yillarda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini soʻzsiz bajarish boʻyicha doimiy ravishda chora-tadbirlar koʻrilgan. Ushbu sohada oʻtkazilgan prokuror tekshiruvlarining yakunlari boʻyicha 16 mingdan ortiq prokuror nazorati hujjati qoʻllanilgan. 338,9 million soʻm miqdoridagi yetkazilgan zararning oʻrni ixtiyoriy ravishda qoplanishi taʼminlangan, 33 ming nafardan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan, 128 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarning xuquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, shu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablagʻlarning manzilliligini, shuningdek qonun bilan belgilangan imtiyozlar vakolatli organlar tomonidan berilishini taʼminlash masalalari ham prokuratura organlarining diqqat markazida turgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, prokuror nazorati natijalari boʻyicha ushbu sohada 15 ming nafardan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan, 8 842 ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanilgan, 486 nafar mansabdor shaxsga qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantiruv eʼlon qilingan. Bundan tashqari, 5 355 nafar shaxsning intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilishi, 1,7 milliard soʻmdan ortiq miqdordagi yetkazilgan zararning oʻrni ixtiyoriy ravishda qoplanishi taʼminlangan. 476 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari boʻyicha prokuratura organlari tomonidan 16 002 ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanilgan. 2,2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻning oʻrni ixtiyoriy ravishda qoplanishi taʼminlangan, 314 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onalar va bolalarning sogʻligʻini mustahkamlash, shuningdek ular oʻrtasida kasalliklarni profilaktika qilish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida onalar va bolalar oʻlimi qisqarishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari tomonidan Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek boshqa muassasalar faoliyatida “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishini tekshirish amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini tekshirish oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning ijro etilishi yuzasidan oʻtkazilgan tekshirishlar yakunlari boʻyicha tegishli prokuror taʼsiri choralari koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarining tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan ishonch telefonlariga 2013-yil va 2014-yilning oʻtgan davri mobaynida 2 722 ta murojaat tushgan, ularning koʻpchiligi qanoatlantirilgan, buzilgan huquqlar tiklangan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan deyarli ikki ming nafar fuqaroga tugʻilgan muammolarni bartaraf etishda huquqiy va amaliy yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi doirasida oltita qonun loyihasi ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Hozirgi vaqtda amal qilib turgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqalar shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori hisobotini tahlil qilish fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qoʻyilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini taʼminlash ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish borasida taʼsirchan choralar koʻrish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish zarurligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining samaradorligini oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishining oldini olish va uni profilaktika qilish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida prokuror taʼsir choralarining samaradorligini oshirsin, bunda mehnat, ijtimoiy taʼminot, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirishga alohida eʼtibor bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish, shuningdek yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga hamda ularning huquqlari va erkinliklari kafolatlarini taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj qatlamlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning manzilliligini, bunda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini taʼminlash boʻyicha samarali amaliyotni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini taʼminlash boʻyicha, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga turli byurokratik toʻsiqlar qoʻyish, qonunga xilof ravishda aralashish hollariga barham berish boʻyicha amaliyotni takomillashtirishni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shu jumladan nazorat qiluvchi organlarning normativ-huquqiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ijodkorligi, ayniqsa davlatning yoshlarga oid siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun ijodkorligi sohasida prokuratura organlarining ishtirokini faollashtirsin, shuningdek huquqiy taʼlimni va maorifni, huquqiy bilimlar targʻibotini tubdan yaxshilash borasidagi faoliyatni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida prokuratura organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilishi borasida kompleks yondashuvni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi “Qonun hujjatlari ijro etilishini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4636-sonli Farmoni bilan yuklatilgan vazifalarni, ayniqsa fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni taʼminlash boʻyicha vazifalar ogʻishmay ijro etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlarining prokuror nazorati sohasida chet davlatlarning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirsin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qoʻllash va ijro etish ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasi sakkizinchi qismining talablarini soʻzsiz bajarish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga har yili sessiyalarda tegishli prokurorlarning qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisidagi axborotini tinglash amaliyotini faollashtirish, tegishli prokurorlarning qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisidagi axborotini tinglash toʻgʻrisidagi masalani har yili oʻz ish rejalariga kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov) ushbu qaror ijro etilishining borishi toʻgʻrisida 2015-yilning 10-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-439-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 213-modda)