11.07.2014 yildagi 939-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining “Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish holati va istiqbollari, ularni pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda mazkur muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 25-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalarining tashabbusiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining “Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish holati va istiqbollari, ularni pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda mazkur muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi shuni qayd etadiki, mamlakatimizda sogʻlom, barkamol avlodni shakllantirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratildi, maktabgacha taʼlim sohasini tartibga soladigan va oʻndan ziyod normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini oʻz ichiga oladigan normativ-huquqiy baza shakllantirildi. Taʼlim tizimini takomillashtirish, uning uzluksizligini taʼminlash, maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻrilmoqda, taʼlim muassasalari infratuzilmasini rivojlantirish, ularni qurish va taʼmirlash boʻyicha tizimli hamda keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, shu jumladan ularni kapital taʼmirlash va jihozlash, shuningdek aholi punktlarida yangi muassasalarni barpo etishga qaratilgan aniq vazifalar qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi zamon talablari va standartlarini inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim muassasalarining tarmogʻini kengaytirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek ularni Davlat budjetidan moliyalashtirish hajmlarini oshirishga tobora katta eʼtibor qaratilmoqda. Keyingi 3 yil ichida maktabgacha taʼlim muassasalarini moliyalashtirish hajmi 2 baravar oshdi va 1,2 trln soʻmni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda 4950 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat olib bormoqda, ularga 581539 nafar bola jalb etilgan, bu esa 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning 23 foizidan ortigʻini tashkil etadi. Mamlakatimizda 75 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud, ularda 4485 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar maktabgacha yoshdagi bolalarni kamolga yetkazish va ularni maktabga tayyorlashga qoʻyiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2011-yilda tasdiqlangan “Bolajon” bazaviy dasturi asosida oʻqitilmoqda. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2013-yildan buyon maktabgacha taʼlim muassasalarida “Ingliz tili bilan doʻstlashaylik” dasturi keng va faol tatbiq etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda bolalar bogʻchasiga va boshqa maktabgacha taʼlim muassasalariga bormaydigan bolalarni maktabda taʼlim olishga tayyorlash maqsadida qisqa muddatli guruhlar tashkil etildi. Jumladan, agar 2013-yilda 938 ta guruh faoliyat olib borgan boʻlsa, 2014-yilda qoʻshimcha ravishda yana 1220 ta guruh ochish, shuningdek 45 foizgacha boʻlgan bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni taʼminlash uchun mavjud quvvatlardan foydalanish koeffitsiyentini oshirishga doir chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni maktabga sifatli tayyorlash maqsadida ota-onalarga tarqatish uchun har birining adadi 436 ming nusxadan iborat boʻlgan koʻrgazmali qoʻllanmalarning 5 ta toʻplami ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining 7039 nafari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquvdan oʻtdi, 59 nom hamda yoʻnalish boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqildi va nashr etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan boshqa tegishli muassasalar bilan birgalikda “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan 2015 — 2020-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish yuzasidan faol ish olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga bir qator kamchiliklar, foydalanilmagan imkoniyatlar va ishga solinmagan zaxiralar mavjud. Jumladan, hozirda faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim muassasalaridan 1346 tasi moslashtirilgan binolarda joylashgan. 351 ta (7,1%) maktabgacha taʼlim muassasasida vodoprovod yoki artezian tarmoqlari mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb etish masalasi, ayniqsa qishloq tumanlarida hamon dolzarb boʻlib qolmoqda. Bugungi kunda 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning atigi toʻrtdan bir qismi maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olingan. Bu holat maktablarda maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim olgan bolalarga nisbatan turli fanlarning sust oʻzlashtirilishida oʻz aksini topmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, faoliyat koʻrsatayotgan 75 ta nodavlat taʼlim muassasasidan faqat 14 tasi (18,7%) qishloq tumanlarida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasining faoliyatini taʼlim turlari boʻyicha har tomonlama tahlil qilish asosida bolalarni kamol toptirish uchun oʻyinchoqlar, uslubiy qoʻllanmalar va bolalar adabiyoti bilan taʼminlashga, sport maydonchalarini barpo etish hamda belgilangan sanitariya-gigiyena va estetika talablariga muvofiq ovqatlanish hamda dam olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Biroq maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarda ong, mantiqiy fikrlashning erta rivojlanishiga koʻmaklashuvchi va ularning faolligini oshiruvchi koʻrgazmali qoʻllanmalar, tarbiyaviy materiallar, mantiqiy oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlanganlik past darajada.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim muassasalarida davlat talablariga muvofiq oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishga, tarbiyalanuvchilarning oʻquv-tarbiya dasturlari boʻyicha oʻzlashtirish darajasini, pedagog kadrlarning salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratish zarur. Bugungi kunda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida 52205 nafar tarbiyachi-pedagoglar ishlamoqda, ularning faqat 30 foizga yaqini oliy maʼlumotli, psixologlar, defektologlar, musiqa, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari yetishmovchiligi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni oʻqitish, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama kamolga yetkazish masalalarini oʻz ichiga olgan, psixologlar va defektologlarning bolalar bilan albatta ish olib borishini nazarda tutadigan taʼlim talablariga muvofiq ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, bolalarni maktabga tayyorlashning tubdan yangi dasturlarini amaliyotga tatbiq etish dolzarbdir. Shu munosabat bilan, maktabgacha taʼlim uslubiyotchilari, maktabgacha taʼlim muassasalari psixologlari va defektologlarining asosiy vazifalari va funksiyalarini ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasini hamda ularning ish natijalarini baholash mezonlarini aniq belgilagan holda tanqidiy koʻrib chiqish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom bola yili” Davlat dasturining bajarilishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim muassasalarining tarmogʻini rivojlantirish, ularni pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda mazkur muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, sogʻlom, barkamol avlodni shakllantirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoidalar va normalarni ishlab chiqish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining “Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish holati va istiqbollari, ularni pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda mazkur muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning demografik xususiyatlarini inobatga olgan holda yangi, shu jumladan kichik maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish yoʻli bilan bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishni bosqichma-bosqich oshirib borishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlarni koʻrish, maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni kapital taʼmirlash va jihozlash, yangi binolarni qurish va ishga tushirish, oʻquv-uslubiy adabiyot bilan taʼminlash, maktabgacha taʼlim muassasalarini yuqori malakali, tajribali pedagoglar, uslubiyotchilar, defektologlar, psixologlar bilan taʼminlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaxshilash, mazkur lavozimlarni kiritish normativlarini qayta koʻrib chiqish, pedagoglar faoliyatini ish staji, malakasi va bolalar bilan ishlash usullariga qarab ragʻbatlantirish mexanizmini yaratishni nazarda tutgan holda 2015 — 2020-yillarda Maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish davlat dasturi qabul qilinishini jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini, ayniqsa qishloq joylarda tashkil etishni, shu jumladan ularga soliq va preferensiyalar berish yoʻli bilan ragʻbatlantiruvchi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishga, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun yer uchastkalarini ajratishga doir chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalariga bormaydigan bolalarni qisqa muddatli guruhlarda maktabga borishi oldidan keng tayyorlashni, maktabgacha taʼlim muassasasida, maktabgacha taʼlim muassasalari boʻlmagan joylarda esa, umumtaʼlim maktablarida qisqa muddatli guruhlarni tashkil etishni taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli davrlarda maktabgacha taʼlim tizimini izchil rivojlantirish ehtiyojlariga uzviy bogʻliq holda oliy oʻquv yurtlarida yuqori malakali pedagoglar, defektologlar, psixologlarni tayyorlash, ularni malaka oshirish institutlarida qayta tayyorlash, bolalarni oʻqitish, intellektual, maʼnaviy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama kamol toptirish masalalarini, shuningdek ular bilan psixologlar va defektologlar albatta ish olib borishni nazarda tutadigan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, “Bolajon” bazaviy dasturi asosida maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha variativ, qulay modellarni rivojlantirish hisobiga maktabgacha taʼlim muassasalari ishining sifatini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda ong, mantiqiy fikrlashning erta rivojlanishiga koʻmaklashuvchi va ularning faolligini oshiruvchi koʻrgazmali qoʻllanmalar, tarbiyaviy materiallar, mantiqiy oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maktabgacha taʼlimning tashkil etilishi shakllari va usullari amaliyotga tatbiq etilishini, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ularda huquqiy va ekologik madaniyatni shakllantirishga, ularga atrofidagi tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish koʻnikmalarini singdirishga, bolalarda, ayniqsa, qiz bolalarda jismoniy tarbiya va sportga muhabbat uygʻotishga qaratilgan aniq tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatli guruhlarning tashkiliy-huquqiy va dasturiy negizlarini ilmiy asoslash, ularda taʼlim olish va bolalarni tarbiyalash uchun zarur bilimlar majmuini shakllantirish yoʻli bilan maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari huzurida qisqa muddatli guruhlarni tashkil etishga doir dasturlarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda bolalarni erta kamol toptirishning muhimligini, ularning ijtimoiy hayotga kirib borishida maktabgacha taʼlim muassasalarining rolini aholi oʻrtasida targʻib qilish va tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari joylarda maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, ularni pedagog kadrlar bilan taʼminlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi ushbu qarorning ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
939-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 7-son, 172-modda)