Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining “2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishi davomida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashtirish holati va istiqbolda bu ishning samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining axborotini eshitish haqidagi taklifi toʻgʻrisida
Hukumat aʼzolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish tartibining 3 va 4-bandlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining “2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishi davomida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashtirish holati va istiqbolda bu ishning samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining axborotini eshitish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Tadbirlarni, shuningdek ushbu tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi masʼul etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriga yuboriladigan taxminiy savollar roʻyxati uchun rozilik berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Qonunchilik palatasining Spikeri nomidan Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga taklif etish toʻgʻrisida taxminiy savollar roʻyxatini ilova qilgan holda xat tayyorlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining axborotini eshitishga tayyorgarlikning borishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U.N. Vafoyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 12-sentabr,
722-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 9-son, 256-modda)