Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ayrim qoʻmitalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2013-yil 22-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi A. Usmanovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida”gi 574-sonli qaroriga asosan Axmad Tugilovich Usmanov Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqqan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2013-yil 6-iyundagi “A. Usmanovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi 576-sonli qaroriga asosan Axmad Tugilovich Usmanov Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib saylansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn ikkinchi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-iyun,
KQ-68-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 6-son, 160-modda)