Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 2-martda 2342-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi 306-son “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-son qarori (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-ilovasi quyidagi mazmundagi 17-band bilan toʻldirilsin:
“17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi 306-son “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Suvoqova” davlat unitar korxonalari tomonidan ularning shahar va tuman filiallari taʼminoti hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal toʻlovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) qoplash maqsadida ajratiladigan mablagʻlar uchun ochilgan 22622 — “Yuridik shaxslarning oʻz vakolatxonalari va filiallari taʼminoti uchun ajratgan mablagʻlari” hisobvaragʻi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-fevral,
321-V-5-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-fevral,
7-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-fevral,
2016-09-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 9-son, 97-modda)