Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari dasturi toʻgʻrisida
Davlat va siyosiy tuzum tizimida qonun chiqaruvchi hokimiyatning rolini kuchaytirish, uning nazorat qilishga oid funksiyalarini kengaytirish, shuningdek parlamentning iqtisodiyotni isloh qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligini, soʻz va axborot erkinligini, saylov erkinligini hamda saylov tizimini rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir keng miqyosli dasturlarni roʻyobga chiqarishdagi faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari dasturi tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari dasturiga kiritilgan har bir tadbir (qonun loyihasi) boʻyicha maxsus ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlasin;
parlament nazoratini amalga oshirishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllaridan hamda oʻziga berilgan vakolatlardan faol va samarali foydalansin;
joylarda qonunlar loyihalarining manfaatdor davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillarini, olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda jamoatchilik muhokamalarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratsin, kelib tushgan takliflar va mulohazalar koʻrib chiqilishi hamda hisobga olinishini taʼminlasin;
oʻz ishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishining borishi toʻgʻrisida axborot tayyorlanishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari dasturida nazarda tutilgan tadbirlar oʻtkaziladigan muddatlar oʻzgarishi ehtimoli toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashini oʻz vaqtida xabardor etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning tayyorlanishi, amalga oshirilishi va yakunlar chiqarilishi jarayoni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining oʻzlari mutasaddi boʻlgan qoʻmitalarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 25-fevral.
854-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 3-son, 48-modda)