Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 22.02.2016 yildagi PF-4782-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 29.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar, urush va mehnat faxriylari, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, ularning turmush darajasi va sifatini oshirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining nogironlar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, taklifda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, sogʻliqni saqlash hududiy boshqarmalari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari zimmasiga — nogironlar, shu jumladan nogiron bolalarga, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish hamda inklyuziv kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish vazifasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga — muhtoj oilalarga va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va toʻlash monitoringini amalga oshirish vazifasini yuklash nazarda tutilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nogironlar va keksalarning “Muruvvat” va “Saxovat” uy-internatlari, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironlarning hududiy reabilitatsiya markazlari, urush va mehnat faxriylari sanatoriy va pansionatlari, Toshkent hamda Fargʻona shaharlaridagi imkoniyatlari cheklangan shaxslarning respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari, Toshkent shahridagi 2-sonli yuridik kollej belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufiga oʻtkazilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi etib qayta tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining jins va yosh guruhlari boʻyicha mintaqalar doirasida aholi bandligi darajasini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, har yili yangi ish joylari tashkil qilish dasturlari ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, aholi bandligini va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, mazkur ishlarning borishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholi, birinchi navbatda yoshlar, ayollar va nogironlar uchun, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda kasb-hunarga oʻqitish va qayta tayyorlash samarali tizimini tashkil etish, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashishning samarali tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish va bandlik sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash, shuningdek, mehnat munosabatlari, mehnatni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, mazkur Farmonga muvofiq vazirlikning funksiyalari va vazifalari boshqa vazirliklarga berilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy organlari xodimlarining boʻshaydigan soni 5 foizga qisqartirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda, ushbu Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining yangi tuzilmalarini tegishli ravishda tasdiqlagan holda ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4782-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 73-modda; 2017-y., 21-son, 379-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)