Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Qarori
Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 25-fevralda 2443-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2443, 2013-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-yanvar,
220/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) ekspert kengashi faoliyatini tartibga soladi.”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ekspertiza — tegishli hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa berish;
ilmiy ekspertiza — dissertatsiya va nashr qilingan ishlar ilmiy natijalarining yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyatini baholash hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa berish.”.
3. 5-bandda:
uchinchi xatboshidagi “tuzishning” degan soʻz “tuzish (qayta tasdiqlash)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “ular yuzasidan” degan soʻzlar “ularni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 8-banddagi “OAKning ekspert kengashlari” degan soʻzlar “Ekspert kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspert kengashi tarkibiga kamida besh yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan hamda ilmiy daraja olgan mutaxassis tayyorlagan yoki 4 nafar magistratura talabasiga yoxud 8 nafar bakalavriat taʼlim yoʻnalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan fan doktorlari kiritiladi.”.
6. 10-bandda:
birinchi xatboshidagi “ushbu buyruq keyinchalik OAK Rayosati majlisiga” degan soʻzlar “ushbu oʻzgartirish OAK Rayosatining navbatdagi majlisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “uch” degan soʻz “bir” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Bir tashkilot xodimlari bir vaqtning oʻzida bitta ekspert kengashining raisi, oʻrinbosari va ilmiy kotibi, shuningdek ekspert kengashi aʼzolari fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ekspert kengashining aʼzosi majlislarda faol ishtirok etmaganda, ekspertiza (ilmiy ekspertiza) jarayoni, shu jumladan dissertatsiya ekspertizasiga oid maʼlumotlarni oshkor qilganda, u OAK Rayosati tomonidan ekspert kengashi tarkibidan chiqariladi.”.
8. 12-banddagi “fan sohalari” degan soʻzlar “fan tarmoqlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspert kengashining qarorlari (tavsiyalari, xulosalari) ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Zarur hollarda, ekspert kengashining qarorlari xolisligini taʼminlash maqsadida yoki ekspert kengashi aʼzolarining koʻpchiligi taklifiga koʻra yopiq ovoz berish oʻtkazilishi mumkin.”.
10. 16 — 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Ekspert kengashi qarorlari tavsiyaviy xaraktyerga ega boʻlib, ekspert kengashi tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi hamda OAK Rayosati tasdiqlagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
17. Ekspert kengashining majlisi mazkur Nizom talablariga rioya etmagan holda oʻtkazilgan va ekspert kengashi tomonidan asossiz qaror qabul qilingan taqdirda, OAK rahbariyati attestatsiya ishini, shu jumladan dissertatsiyani mustaqil yopiq ekspertizaga berib, mustaqil yopiq ekspertiza natijasi asosida ekspert kengashiga masalani takroran koʻrib chiqishni taklif etishga haqli.
18. OAK Rayosati yoki rahbariyatining topshirigʻiga asosan, zarur hollarda, ekspert kengashlarining qoʻshma majlisi tashkil qilinishi mumkin.
19. Ekspert kengashi boʻyicha OAK masʼul xodimi ekspert kengashi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, ekspert kengashi ilmiy kotibi bilan birgalikda attestatsiya ishlari va dissertatsiyalarning toʻla-toʻkis saqlanishi va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi uchun masʼuldir. Ekspert kengashi yigʻilishlarida OAK rahbariyati ishtirok etishi mumkin.”.
11. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Ekspert kengashi qarori (tavsiyasi, xulosasi) va majlisi bayonnomasi raislik qiluvchi va ekspert kengashi ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda besh kun ichida ekspert kengashi boʻyicha OAK masʼul xodimiga topshiriladi.”.
12. 23-banddagi “darajasini” degan soʻz “darajasi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
13. 24-banddagi “tavsiyalar va xulosalarning” degan soʻzlar “qarorlarning (tavsiyalarning, xulosalarning)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 26-banddagi “faoliyat yuritmaydi” degan soʻzlar “attestatsiya ishlarini koʻrib chiqmaydi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 27-banddan “oʻz” degan soʻz chiqarib tashlansin.
16. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash yoki ilmiy unvon beruvchi kengash qarori yoxud OAK Rayosati qarori yuzasidan berilgan apellatsiya ekspert kengashi tomonidan OAK Tartib-qoida komissiyasi topshirigʻiga asosan koʻrib chiqiladi.”.
17. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2016-yil 22-yanvar
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHABOV
2016-yil 22-yanvar
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2016-yil 21-yanvar
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2016-yil 20-yanvar
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2016-yil 20-yanvar
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2016-yil 19-yanvar
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2016-yil 18-yanvar
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
2016-yil 18-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 84-modda)