13.01.2014 yildagi 819-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilganligining 21 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilganligining 21 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi shuni taʼkidlaydiki, 2010-yil noyabr oyida qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi demokratik yangilanish va modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning qonuniy va mantiqiy davomi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyada siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini demokratlashtirish hamda liberallashtirishga, sud hokimiyati mustaqilligini, soʻz va axborot erkinligini, saylash erkinligini va saylov tizimi rivojlantirilishini, fuqarolik jamiyati shakllantirilishini taʼminlashga qaratilgan bir qator qonun hujjatlarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan davlat va siyosiy tuzum tarkibida qonun chiqaruvchi hokimiyatning rolini yanada kuchaytirishga, uning nazorat qilishga oid vazifalarini kengaytirishga muhim ahamiyat berilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga parlament faoliyatini yanada takomillashtirishga, shuningdek qonunlar va normativ hujjatlarni koʻrib chiqish hamda qabul qilishning barcha bosqichlarida deputatlar birlashmalari va siyosiy partiyalar fraksiyalarining rolini kuchaytirishga qaratilgan bir qator tuzatishlar kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-349-sonli Qonuniga muvofiq bugungi kunda quyi palatada birorta ham qonun hujjati fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikr-mulohazalari va takliflarini hisobga olmasdan qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzasida bayon etilgan qoidalarni amalga oshirish yuzasidan 2011-yilga va undan keyingi yillarga moʻljallangan harakat dasturining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi va bajarilishi Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda deputatlar korpusining faol ishtirok etishini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Demokratik qadriyatlarni, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning, fuqarolar oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishining, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishning muhim omili boʻlgan fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli dasturlar amalga oshirilmoqda, bu esa jamiyatdagi manfaatlar muvozanatini saqlab turishga koʻmaklashmoqda. Konsepsiya doirasida ishlab chiqilayotgan, katta ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarida nodavlat notijorat tashkilotlarining keng ishtirok etishi kuzatilmoqda. Ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda oʻtkazilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Chunonchi, Konsepsiya doirasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi Buxoro va Samarqand viloyatlarida oʻtkazilayotgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi normalari sinovi boʻyicha huquqiy eksperimentda fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtirok etishini taʼminladi. Shu munosabat bilan ijro etuvchi hokimiyat ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini taʼminlash, uning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash boʻyicha yaxlit tizimni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining rolini yanada kengaytirish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan nazorat qilishga oid vazifalarini, shuningdek ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishda ularning huquqlari va vakolatlarini kuchaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan belgilab berilgan vazifalarning oʻta muhimligini alohida taʼkidlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning aniq ustuvor yoʻnalishlarini belgilashda siyosiy partiyalar rolini tubdan kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish borasidagi strategik vazifalarni hal qilishda ularning ishtirokini kengaytirish, shuningdek parlamentarizmni rivojlantirishning eng muhim prinsiplaridan biri boʻlgan koʻppartiyaviylik tizimini hamda partiyalararo raqobatni mustahkamlash zarurligi kuzatilmoqda. Ushbu masalalar 2014-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga boʻladigan umumxalq saylovlari munosabati bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarni, shuningdek “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipining amalga oshirilishini taʼminlash ishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining barcha institutsional organlari hamda deputatlar birlashmalari kuch-gʻayratini muvofiqlashtirish zarurligini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilganligining 21 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish — yorugʻ kelajagimizning asosiy omilidir” mavzuidagi maʼruzasi maʼlumot uchun va amal qilish uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ustuvor vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini qonunchilik jihatidan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishning barcha bosqichlarida qarorlar qabul qilishda deputatlar birlashmalarining rolini faollashtirish va kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining koʻrib chiqishi uchun kiritilgan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasida fuqarolik jamiyati institutlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining keng ishtirok etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy eksperiment oʻtkazish shakllari va usullarini qonun ijodkorligi faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rolini yanada kengaytirish, uning ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan nazorat qilishga oid vazifalarini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining 2014-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari loyihasiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga asoslansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 — 2013-yillar davridagi oʻz faoliyati yakunlarini tanqidiy jihatdan tahlil etsin hamda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha oʻz faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritilayotgan, shu jumladan parlament eshituvlarini oʻtkazishda muhokama qilinadigan masalalarning har tomonlama ishlab chiqilishini hamda qoʻmitalarning nuqtai nazari aks etgan, deputatlar birlashmalarining fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olingan xolisona xulosalar tayyorlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlar birlashmalari tomonidan kiritiladigan fikr-mulohazalar hamda takliflar hisobga olinishi va har tomonlama tahlil qilinishini, shuningdek qonun loyihalari matnlarini maromiga yetkazishda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda ularning hisobga olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlar birlashmalarining parlament nazorati sohasidagi faoliyatida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 2005 — 2013-yillarda qabul qilingan qonunlari ijro etilishining borishini oʻrganish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish bilan bogʻliq faoliyatida faollik va tashabbuskorlikni oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-349-sonli Qonuni talablarini amalga oshirishning borishi muhokama qilinishini tashkil etsin hamda bu talablarning ogʻishmay bajarilishi chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fraksiyalararo bahs-munozaralarni kuchaytirish maqsadida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan munozaralar oʻtkazish amaliyotini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament soʻrovlarini yuborish hamda parlament eshituvlarini oʻtkazish bilan bogʻliq rejalashtirilgan tadbirlarning qayta koʻrib chiqilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqish uchun (B.S. Yoqubov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuida qilgan maʼruzasida bayon etilgan qoidalarni amalga oshirish yuzasidan 2011-yilga va undan keyingi yillarga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 30-dekabrda qabul qilingan 235-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan harakat dasturi bajarilishining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 14-fevralda qabul qilingan 610-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yilga moʻljallangan qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida axborot tayyorlansin va koʻrib chiqish uchun kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga boʻladigan umumxalq saylovi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining istiqbolda deputatlar korpusi professionalizmini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarini umumlashtirsin, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi koʻrib chiqishi uchun (2014-yil 5-fevralga qadar) Nazorat-axborot boʻlimi bilan birgalikda takliflar (Tadbirlar rejasi loyihasini) tayyorlasin va kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishning barcha bosqichlarida Qonun loyihalari boʻyicha kelib tushayotgan fikr-mulohazalar va takliflarni hisobga olish tartibi loyihasini (2014-yil 10-fevralga qadar) Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh bilan birgalikda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
819-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 1-son, 14-modda)