Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2016-yil 5-mart shanba dam olish kunini 2016-yil 7-mart dushanba kuniga koʻchirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2016-yil 5-mart shanba dam olish kuni 2016-yil 7-mart dushanba kuniga koʻchirilsin;
2016-yil 5-mart shanba kuni ish kuni deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-fevral,
PQ-2489-son
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 13.02.2016-y., 31 (6466)-son)