Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XOʻJALIGIGA AGROKIMYo XIZMATI KOʻRSATIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilariga agrokimyo xizmati koʻrsatishning yaxlit tuzilmasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda tovar ishlab chiqaruvchilarga “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali sotiladigan mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish markazi tomonidan bajariladigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga agrokimyoviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xizmatlar va ishlarga narx belgilash normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari, shu jumladan qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasini Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq lizing boʻyicha sotib olish huquqi berilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(12—17-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 1-fevral,
63-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 11-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 17-18-son, 157-modda, 20-son, 191-modda; 2004-y., 3-son, 33-modda, 33-son, 370-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)