24.06.2009 yildagi 22-0804/7691-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi arizalar va iltimosnomalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarishi lozim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — yakka tartibdagi tadbirkor Logachyov Igor Aleksandrovich javobgarlar — Oʻzbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialiga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filialini mustasno boʻlmagan litsenziya shartnomasini tuzishga majburlash hamda zarar undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborish masalasi qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan “Alanga” va “Nukus-2” sholi navlariga uning mualliflari P.Pulina, S.Rixsiyeva, T.Isakov, G.Berkinovaga patent berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning daʼvo arizasida Oʻzbekiston Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tomonidan “Alanga” va “Nukus-2” sholi navlaridan patent egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi koʻrsatilib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1034-moddasining birinchi qismiga muvofiq institutning Xorazm filialini mustasno boʻlmagan litsenziya shartnomasini tuzishga majburlash hamda zarar undirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning daʼvo arizasida “Alanga” va “Nukus-2” sholi navlariga berilgan patent huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida YTT Logachyov Igor Aleksandrovichga huquq oʻtkazilganligi, shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan 2007-yil 21-fevralda SNP 1/2007-son raqam bilan roʻyxatga olinganligi qayd etilgan. Biroq, daʼvogarning ushbu vajlari sud tomonidan tekshirilmagan, qayd etilayotgan shartnoma talab qilib olinmagan va unga sud tomonidan huquqiy baho berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 124-moddasining birinchi qismiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida sudning ajrimi orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorida daʼvogar vakili ishtirok etganligi koʻrsatilgan boʻlsa-da, ishni koʻrishni boshqa kunga qoldirish haqidagi 2008-yil 26-sentabrdagi ajrim ish boʻyicha taraflarga yuborilmagan. Ish hujjatlarida 2008-yil 9-oktabrga qoldirilgan sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida daʼvogar xabardor qilinganligini isbotlovchi dalillar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 188-moddasi uchinchi qismining 2-bandida ish xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan shaxslardan birontasining yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa, bu holat hal qiluv qarorini yoki qarorni bekor qilish uchun asos boʻlishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 129-moddasining ikkinchi qismida xoʻjalik sudi arizalar va iltimosnomalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvogarning daʼvosida daʼvoni taʼminlash chorasini koʻrish, zarar miqdorini aniqlash yuzasidan ekspertiza tayinlash kabi iltimosnomalari muhokama qilinmagan, ularni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvoni rad etish haqida yetarlicha asoslantirilmagan hal qiluv qarori qabul qilinganligi yuqorida qayd etilganlar bilan tasdiqlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday vaziyatda kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qilishni, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda sud ish boʻyicha taraflarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilib, ish holatlarini dalillar asosida tekshirib, moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan qaror qabul qilishi hamda ish natijalariga qarab, sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlab, undirish masalasini hal etishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-0804/7691-son