27.07.2009 yildagi 10-0905/1683-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar — “Navoiy neft bazasi” unitar korxonasi daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, javobgarlar — Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATYK va Transport IIBdan 1946872 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyasi sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATYK va Transport IIB javobgarlikdan ozod qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasida majburiyatlar shartnomadan va ziyon yetkazish natijasida kelib chiqishi koʻrsatilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 236-moddasiga koʻra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “Navoiy neft bazasi” unitar korxonasi va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan, javobgar tomonidan daʼvogarga 73690471-sonli yuk xati bilan sigʻimlar va 767282-sonli yuk xati bilan AI-80 rusumli avtobenzin joʻnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot maxsus guruh aʼzolari va jamoa vakili ishtirokida qabul qilinganida, jami 2561 kg. yaʼni 1946872 soʻmlik kamomad aniqlangan. Bu haqda yukni qabul qilib olish komissiyasi aʼzolari tomonidan dalolatnoma tuzilgan boʻlib, dalolatnoma tuzish jarayonida aniqlangan kamomad tufayli kelib chiqqan zararni qoplash haqida javobgarlarga talabnomalar yuborilgan. Biroq, javobgarlar tomonidan mazkur talabnomalarga rad javobi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-moddasiga asosan, qarzdor aybi boʻlgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajala bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xoʻjalik ishida javobgar sifatida ishtirok etgan Transport IIB mahsulot yetkazib beruvchi — Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi bilan oʻzaro tuzilgan Fargʻona neftni qayta ishlash zavodidan to isteʼmolchigacha temir yoʻl orqali tashilayotgan yuklarni, yaʼni neft mahsulotlarini qoʻriqlab kuzatib borish, yukni oʻgʻirlanishdan va talon-taroj qilinishdan saqlash va uni butun holda topshirish uchun birgalikda faoliyat olib borish toʻgʻrisida 2008-yil 19-fevralda tuzilgan 87 pr-sonli shartnoma majburiyatlarini tegishli tartibda bajargan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport IIB oʻz shartnomaviy majburiyatlarini toʻliq bajargan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl Ustavining 149-moddasi “V” bandiga koʻra, agarda yuk, yuk joʻnatuvchining yoki qabul qilib oluvchining kuzatuvchisi kuzatuvi ostida tashilayotgan boʻlsa, temir yoʻl yukning yoʻqotilishidan, kamomadidan yoki shikastlanishi boʻyicha javobgarlikdan ozod etilishi nazarda tutilgan. Birinchi instansiya sudi yuqorida qayd etilgan holatlarni inobatga olib, kamomadni Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi hisobidan undirib, Transport IIB va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATYKni javobgarlikdan ozod qilib, toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda sudlov hayʼati, birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan qaror qabul qilingan deb hisoblab, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni hamda ishni sudda koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini javobgar — Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0905/1683-son