02.05.2003 yildagi 495-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi KENGAShIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYuK AJDODLARIMIZNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAN TAShQARIDA DAFN ETILGAN JOYLARINI ANIQLASh VA OBODONLAShTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning oʻn birinchi sessiyasida buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat-ehtiromni yanada kuchaytirish hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida dafn etilgan joylarini obodonlashtirish toʻgʻrisidagi takliflarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ. Sultonov) buyuk ajdodlarimizning tarixiy va maʼnaviy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga molik, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida dafn etilgan joylarini aniqlash va obodonlashtirish yuzasidan zarur choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi buyuk ajdodlarimizning dafn etilgan joylarini taʼmirlash va obodonlashtirish toʻgʻrisida kelishuvlarga erishish maqsadida tegishli chet davlatlarning vakolatli organlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar nodavlat notijorat tashkilotlariga buyuk ajdodlarimizning dafn etilgan joylarini taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari buyuk ajdodlarimiz nomi bilan bogʻliq yodgorliklarni aniqlash hamda ularning tarixiy ahamiyatini asoslab berishga qaratilgan chuqur tadqiqotlar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bobur nomli xalqaro jamgʻarmaning buyuk ajdodlarimiz xotirasini tiklash va abadiylashtirishga doir faoliyati maʼqullansin hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga buyuk ajdodlarimizning dafn etilgan joylarini taʼmirlash va obodonlashtirish borasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning maʼnaviy merosini aholi orasida keng yoyishga qaratilgan axborot-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Teleradio kompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatlari tegishli davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining buyuk ajdodlarimiz dafn etilgan joylarini taʼmirlash va obodonlashtirish masalalari bilan bogʻliq faoliyatini keng yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
495-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 77-modda)