07.10.2008 yildagi 21-0803/2023-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi aniqlangan deb hisoblagan ish uchun ahamiyatli holatlarning isbotlanmaganligi hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor G.Sharapova xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, yakka tartibdagi tadbirkor G.Yadgorovani noqonuniy egallab turgan savdo doʻkonidan chiqarishni, 1000000 soʻm moddiy zarar, 250000 soʻm maʼnaviy zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2008-yil 19-maydagi ajrimi bilan “Navoiy buyum bozori” MChJ ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 29-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Yakka tartibdagi tadbirkor G.Yadgorova 157-sonli umumiy maydoni 9 kv.m. boʻlgan savdo doʻkonidan majburiy tartibda chiqarilgan, 250000 soʻm maʼnaviy zarar undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 31-iyuldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor G.Yadgorova kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni rad qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatidagi vajlarni muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini qisman bekor qilishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “Navoiy buyum bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati va yakka tartibdagi tadbirkor G.Yadgorova oʻrtasida 2008-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatga 2008-yil 1-yanvarda 3-sonli savdo doʻkonini ijaraga berish haqida 14-sonli va 157-sonli savdo doʻkonini ijaraga berish haqida 15-sonli shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor G.Yadgorova 2008-yil 1-maygacha ijaraga olingan doʻkondan foydalanib kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy buyum bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati daʼvogar — yakka tartibdagi tadbirkor G.Sharapova bilan 157-savdo doʻkonini ijaraga berish toʻgʻrisida 2008-yil 1-mayda 43-sonli shartnoma tuzgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar ushbu shartnomani asos qilib, xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorida yakka tartibdagi tadbirkor G.Yadgorova 2008-yil 1-maydan boshlab davlat roʻyxatidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtganligini, 2008-yil yanvar — aprel oylarida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan ikkita savdo doʻkonida bitta nazorat kassa mashinkasidan foydalanib, savdo faoliyati bilan noqonuniy shugʻullanganligini koʻrsatib, “Navoiy buyum bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati va yakka tartibdagi tadbirkor G.Yadgorova oʻrtasida tuzilgan 157-savdo doʻkonini ijaraga olish toʻgʻrisidagi 15-sonli shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasiga asosan oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligi haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi “Navoiy buyum bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati va G.Yadgorova oʻrtasida tuzilgan shartnoma qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim ekanligini asoslab bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijara toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga koʻra ijara shartnomasi muddati tugaganidan keyin ham ijarachi ijaraga olingan mulkdan amalda foydalanishni davom ettiraversa hamda ijaraga beruvchi ijara shartnomasi muddati tugaguniga qadar bunga hech qanday eʼtiroz bildirmagan va shartnomada oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, u holda shartnoma xuddi shu muddatga davom ettirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma muddati tugagach, shartnomadagi oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijarachi shartnomani qayta tiklashda boshqa shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb hisoblangan shartnoma muddati tugagan vaqtda “Navoiy buyum bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati shartnomani bekor qilishni talab qilmagan. Shuning uchun ushbu shartnoma xuddi shu muddatga davom ettirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy buyum bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati ushbu shartnomani bekor qilmasdan turib, daʼvogar bilan shartnoma tuzgan. Shuning uchun daʼvogarning javobgarni savdo doʻkonidan chiqarish haqidagi talabi rad etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyasi sudi daʼvo talabining 1000000 soʻm moddiy zararni undirish qismini daʼvogar tomonidan tegishli dalillar bilan asoslantirib bermaganligi sababli asosli ravishda rad qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼnaviy zararni undirish haqidagi talab xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa-da, birinchi instansiya sudi daʼvo talabining ushbu qismini qanoatlantirib, notoʻgʻri xulosaga kelgan. Shuning uchun sud qarorlarini ushbu qismi ham bekor qilinib, daʼvo talabining ushbu qismi boʻyicha ish yuritish tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni inobatga olmagan va hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun, sudlov hayʼati sud qarorlarini javobgarni 157-sonli savdo doʻkonidan majburiy tartibda chiqarish, undan 250000 soʻm maʼnaviy zarar va davlat boji undirish qismlarini bekor qilib, daʼvoning 157-son savdo doʻkondan majburiy tartibda chiqarish talabini rad etib, 250000 soʻm maʼnaviy zararni undirish qismi boʻyicha ish yuritishni tugatishni, sud qarorlarini qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-0803/2023-son