22.01.2016 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalash ishlarini tashkil etishning ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan progressiv metodlarini, qurilishning zamonaviy standartlarini joriy etishni yanada chuqurlashtirish hamda qurilish qiymatini aniqlashning bozor usullariga oʻtishni jadallashtirishni taʼminlash, shuningdek markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-martdagi 186-f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining amalga oshirishda xarajatlarni qisqartirish va tarkibini optimallashtirishga doir kompleks tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha murakkablik toifalari klassifikatori 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016 — 2020-yillarda yangi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish, ularni qayta ishlash va yangilash tadbirlari rejasi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmati toʻgʻrisida nizom 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmatining namunaviy tuzilmasi 5a-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi 2016-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmati toʻgʻrisida nizomga hamda namunaviy tuzilmaga muvofiq markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi xizmati deb ataladi) tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi 2017-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda amaldagi buyurtmachi xizmatlarining tuzilmalari ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi buyurtmachi xizmatining shtatlar jadvali va taʼminoti xarajatlari smetasi belgilangan tartibda albatta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2016-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov komissiyalarining qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish natijalariga koʻra qabul qilingan qarorlari Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning boshlangʻich qiymatini shakllantirish pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlari darajasini aniqlashning takomillashtirilgan mexanizmini joriy etish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv ishlarining qiymatini aniqlash, qurilish-montaj ishlarining obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha murakkabligini, loyihalash muddatlari hisobga olingan qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2016-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan moddiy-texnika resurslarining joriy narxlari katalogi” (keyingi oʻrinlarda Katalog deb ataladi) axborot tizimi joriy etilishini taʼminlasinlar, Katalog Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, uni tarqatish shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar tomonidan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga barpo etiladigan namunaviy obyektlarning boshlangʻich qiymatini hisoblab chiqish uchun, respublika hududlari boʻyicha quvvatlar bir birligini (1 kv m., oʻquvchi oʻrni, koyka va faoliyat sohasidan kelib chiqqan holda boshqalar) qurishning preyskurant qiymatlari toʻplamlarini har yili 1-aprelgacha belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashning boshlangʻich qiymatini hisoblab chiqishda qoʻllaniladigan materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning narxini aniqlash Katalog va boshqa axborot manbalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining, shuningdek loyiha-qidiruv tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda loyihalash tashkilotlari deb ataladi) aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy yigʻilishlarining:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpoʻlatqurilmaloyiha” MChJni belgilangan tartibda “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AKga birlashtirish toʻgʻrisida.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash tashkilotlarida davlat nomidan aksiyador (qatnashchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi hamda “ToshuyjoyLITI” AJ, “Issiqlikelektrloyiha” AJ va “Energotarmoqloyiha” AJdagi muassislar ulushlarini ularga sotadigan vazirliklar va idoralar roʻyxatini 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, shuningdek loyihalash tashkilotlarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlari boʻyicha muassis boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyihalash tashkilotlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati holatiga, ularning yuqori malakali rahbar va muhandis-texnik kadrlar bilan butlanganligi darajasiga alohida eʼtibor bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirliklar va idoralar oʻz sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazsinlar va tizimli asosda ularning rejalashtirish talablari, muhandislik taʼminoti va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlanishiga oid qismi ishlab chiqilishini, yangilanishini va qayta ishlanishini izchil amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha murakkabligi toifalari klassifikatori asosida loyihalash tashkilotlarining litsenziya bitimlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 35-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 28-son, 649-modda, 34-son, 890-modda, 38-son, 1053-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/851/0146; 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son; 29.04.2019-y., 09/19/362/3031-son; 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 20.08.2020-y., 09/20/496/1193-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son, 18.09.2021-y., 09/21/579/0886-son)