13.04.2011 yildagi 19-1007/18255-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyat prokuraturasi “Sherobod paxta” OAJ manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat etib, “Bobotog`- O`et” fermer xoʻjaligi hisobidan 7603688 soʻm jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 30-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Javobgardan daʼvogar foydasiga 3801844 soʻm jarima undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan hal qiluv qarorini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “Sherobod paxta” OAJ va “Bobotog`- O`et” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2010-yil 22-yanvarda davlat ehtiyoji uchun paxta xomashyosi xarid qilish boʻyicha 22-sonli kontraktatsiya shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomaga asosan javobgar 2010-yil hosilidan daʼvogarga 140,3 tonna paxta xomashyosini yetkazib berish, daʼvogar esa uning qiymatini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida fermer xoʻjaligi shartnoma majburiyatlarini toʻliq bajarmasdan, daʼvogarga shartnomadagidan 60,6 tonna kam paxta xomashyosi yetkazib berganligi qayd etilgan va buning uchun undan 7603688 soʻm jarima undirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga koʻra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Kodeks 466-moddasining birinchi qismiga koʻra, qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi oʻstirilgan (ishlab chiqarilgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotini tayyorlovchiga kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdor va assortimentda topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning 5.2-bandida xoʻjalik shartnoma shartlariga muvofiq mahsulot yetkazib berishdan asossiz ravishda boʻyin tovlagan taqdirda, tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlashi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida fermer xoʻjaligi 164,9 tonna paxta xomashyosi yetkazib berish majburiyatini olganligi qayd etilib, shundan 104,3 tonna paxta xomashyosi yetkazib berib, shartnoma majburiyatini 60,6 tonnaga bajarmaganligi vaj qilib keltirilgan. Ammo, fermer xoʻjaligi daʼvogarga 164,9 tonna xomashyosi yetkazib berishi lozimligi daʼvogar tomonidan hujjatlar bilan isbotlab berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma majburiyatlari toʻliq bajarilmaganligi uchun birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvoni qanoatlantirish haqida toʻgʻri xulosaga kelingan boʻlsa-da, taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning 1.2-bandiga eʼtibor berilmagan holda daʼvo talabini qisman qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlarida mavjud boʻlgan “Sherobod paxta” OAJ bilan “Bobotog` - O`et” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2010-yil 22-yanvarda davlat ehtiyoji uchun paxta xomashyosi xarid qilish boʻyicha tuzilgan 22-sonli kontraktatsiya shartnomasining 1.2-bandida fermer xoʻjaligi daʼvogarga 140,3 tonna paxta xomashyosi yetkazib berish majburiyatini olgan va ushbu majburiyatni 104,30 tonna miqdorida bajarib, daʼvogarga shartnomadagidan 36,0 tonna kam paxta xomashyosi yetkazib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda fermer xoʻjaligi tomonidan 18081000 coʻmlik paxta xomashyosi yetkazib berilmagan. Ushbu summaning 25 foiz jarimasi 4520250 soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-moddasiga koʻra, qarzdor aybi boʻlgan taqdirda majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud alohida hollarda qarzdor va kreditorning manfaatlarini hisobga olib, kreditorga toʻlanishi lozim boʻlgan neustoykani kamaytirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgartirishni, kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, talab qilingan jarimani 2260125 soʻmgacha kamaytirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 22602 soʻm davlat bojini javobgardan undirishni, toʻlangan 5000 soʻm pochta xarajatlarini uning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-1007/18255-son