27.01.2009 yildagi 14-0603/7319-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 168-moddasida sanab oʻtilgan vakolatlari roʻyxati qatʼiy boʻlib, ularni kengaytirilgan tarzda talqin etishga yoʻl qoʻyilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jomboy tuman davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Chavandoz” fermer xoʻjaligiga 119517,0soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2007-yil 10-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2007-yil 28-sentabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 3-apreldagi sud ajrimi bilan yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarori bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 3-apreldagi hal qiluv qarori bilan javobgarga 21654747 soʻm moliyaviy jarima qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 3-iyundagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvogar daʼvo miqdorini kamaytirib, “Chavandoz” fermer xoʻjaligiga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 48331500 soʻm, 117-moddasiga asosan 24845700 soʻm, jami 73 177 200 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 1-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 13-noyabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 22-dekabrdagi sud ajrimi bilan ish yuritish toʻxtatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini kuchda qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyat Jomboy tuman boʻlimining 2006-yil 3-apreldagi qarori, Jomboy tuman davlat soliq inspeksiyasining 2006-yil 21-apreldagi 66-xs-son buyrugʻi asosida soliq inspeksiyasi xodimlari “Chavandoz” fermer xoʻjaligining soliq qonunlariga rioya qilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishda fermer xoʻjaligining 2003 — 2005-yillarda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan 48331500 soʻmni kirim qilmaganligi, tegishli ruxsatnoma olmasdan avtotransport xizmatlari koʻrsatib, litsenziyasiz faoliyatdan 24845700 soʻm daromad olganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli daʼvogar “Chavandoz” fermer xoʻjaligiga jami 73177200 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvoni toʻgʻri qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga koʻra kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarni yashirish (kamaytirib koʻrsatish) kirim qilinmagan tovar qiymati yoki yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) tushum summasiga teng miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 117-moddasiga asosan faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanganlik uchun faoliyatning ushbu turlarini litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish davrida olingan sof foyda miqdorida jarima solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan protsessual huquq normalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 168-moddasining 5-bandiga asosan apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qilishga va ushbu Kodeks 170-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi qarshi daʼvo arizasini notoʻgʻri qaytargan deb hisoblab, hal qiluv qarorini bekor qilgan va ishni yangidan koʻrish uchun yuborgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, apellatsiya instansiyasi sudi Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 168-moddasida sanab oʻtilgan vakolatlarning roʻyxati qatʼiy boʻlib, uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini hisobga olishi kerak. Agar apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 170-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan protsessual huquq normalarining buzilishiga yoki notoʻgʻri qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilgan deb topsa, hal qiluv qarorini bekor qiladi va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida” 2007-yil 28-dekabrdagi 173-son qarorining 17-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida bildirilgan “Chavandoz” fermer xoʻjaligining yagona davlat reyestridan chiqarilganligi haqidagi vaji bilan kelishib boʻlmaydi. Chunki, fermer xoʻjaligini yagona davlat reyestridan chiqarishga asos boʻlgan Jomboy tuman hokimining 2007-yil 5-fevraldagi 48-q-son qarori shu tuman hokimining 2007-yil 23-noyabrdagi 680-q-son qarori bilan bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sud qarori bekor qilinib, hal qiluv qarori kuchda qoldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-0603/7319-son