16.02.2009 yildagi 10-0717/16532-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urugʻliklarni import qilishga, ular davlat sinovidan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan navning urugʻi boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dehqon Sherzod” fermer xoʻjaligi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat etib, “ASIA AGRO ALLIANCE” qoʻshma korxonasi hisobidan 3060000 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dehqon Sherzod” fermer xoʻjaligi sudga daʼvo talabi miqdorini koʻpaytirish toʻgʻrisida 2008-yil 25-fevralda ariza taqdim qilib, jami 32100670 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan, “ASIA AGRO ALLIANCE” qoʻshma korxonasi hisobidan “Dehqon Sherzod” fermer xoʻjaligiga 4844160 soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgartirilgan, “ASIA AGRO ALLIANCE” qoʻshma korxonasi hisobidan “Dehqon Sherzod” fermer xoʻjaligiga 6976800 soʻm zarar summasi undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dehqon Sherzod” fermer xoʻjaligi kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, 2007-yil 19-aprelda “Dehqon Sherzod” fermer xoʻjaligi hamda “ASIA AGRO ALLIANCE” qoʻshma korxonasi oʻrtasida 534-SK-sonli oldi-sotdi shartnomasi imzolangan. Mazkur shartnomaning 1.1-bandiga muvofiq, qoʻshma korxona fermer xoʻjaligiga umumiy qiymati 6300000 soʻmni tashkil qiluvchi jami 3,5 tonna miqdoridagi kartoshka urugʻligini yetkazib berishi, fermer xoʻjaligi esa yetkazib beriladigan mahsulotlarni qabul qilib, tegishli toʻlovlarni amalga oshirishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ASIA AGRO ALLIANCE” qoʻshma korxonasi tomonidan shartnomada koʻrsatilgan miqdorda kartoshka urugʻligi yetkazib berilgan, oʻz navbatida fermer xoʻjaligi tomonidan urugʻliklar ekish uchun qabul qilib olinib, tegishli agrotexnik chora-tadbirlar koʻrilgandan keyin ekilgan. Biroq, kartoshka urugʻligi kutilganidan ancha past miqdorda unib chiqqan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ilmiy ishlab chiqarish markazi, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan 2007-yil 13-avgustda kartoshka ekilgan maydonga chiqilib, tegishli tartibda tadqiqot oʻtkazilgan. Ilmiy tahlil natijasida kartoshka urugʻligi qoʻshma korxona tomonidan keltirilayotgan vaqtda vagonda muqobil harorat sharoiti yaratilmaganligi sababli qizib dimlanib qolganligi, koʻp qismi chirib ketganligi natijasida kutilgan hosil olinmaganligi maʼlum boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, qoʻshma korxona tomonidan yetkazib berilgan kartoshka urugʻliklarining bu navlari Oʻzbekiston davlat reyestriga kiritilmaganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan, urugʻliklarning navi va ekinboplik xususiyatlari koʻrsatilgan muvofiqlik sertifikati boʻlgan taqdirda ularni realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilishi, himoya qilinadigan navlar, Davlat reyestriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilmagan navlar va duragaylarning urugʻligining sotilishi mumkin emasligi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 9-moddasiga koʻra, urugʻliklarni import qilishga, ular davlat sinovidan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan navning urugʻi boʻlsa, yoʻl qoʻyilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garchi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan “Estema” navli kartoshka Davlat reyestriga kiritilmagan boʻlsa-da, ularning tegishli tartibda sifatga ega ekanligini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari, yaʼni Davlat reyestrida boʻlmagan sifatsiz urugʻliklarni Respublika hududidga olib kirish, ularga tegishli tartibda muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumani sudining 2008-yil 25-avgustdagi ajrimi bilan, “ASIA AGRO ALLIANCE” qoʻshma korxonasi rahbari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” sertifikatlashtirish boʻlimi boshligʻi yuqorida qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari boʻyicha aybdor deb topilib, har ikkalasining oldindan oʻzaro jinoiy til biriktirib, korxona tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilmagan va tegishli sinovlardan oʻtmagan urugʻlik kartoshka navlariga qonunga xilof ravishda berilgan muvofiqlik sertifikatlari asosida urugʻlik kartoshkalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazib, Toshkent viloyati tumanlaridagi fermer xoʻjaliklariga sotishi oqibatida davlat va jamoat manfaatlariga 873190700 soʻmga teng juda koʻp mikdorda zarar yetkazilganlik holatlari aniqlangan. Jinoyat ishi yuzasidan ish yuritish amnistiya aktiga asosan tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida agro-iqtisodiy ekspertiza tayinlangan boʻlib, mazkur ekspertizaga asosan kartoshka urugʻligining unuvchanlik va unmaslik darajasi, urugʻ chirib ketishi hisobiga koʻrilgan zarar, urugʻ toʻliq unib chiqmasligidan yoʻqotilgan zarar va hosil, yoʻqotilgan hosil hisobiga koʻrilgan zarar miqdorlari aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ekspertiza natijasiga koʻra, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Dehqon Sherzod” fermer xoʻjaligi tomonidan “Estema” navli urugʻliklar sotib olingan boʻlib, 0,5 ga maydonga ekilgan, ekilgan maydondan olinadigan meʼyoriy hosil 9 tonnani tashkil qilishi, biroq ekilgan maydonda urugʻning unuvchanlik darajasi 38,5 foizni, unmaslik darajasi esa 60 foizni tashkil qilishi, urugʻlar chirib ketishi hisobiga “Estema” navi boʻyicha 3780,0 ming soʻm (6300000 soʻm x 60% — 3780000 soʻm) miqdorida zarar koʻrilganligi, yoʻqotilgan (olinmay qolgan) hosil hisobiga koʻrilgan zarar miqdori “Estema” navi boʻyicha 2440,8 ming soʻmni tashkil qilishi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasiga koʻra, but boʻlmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi (buyurtmachi) yetishmayotgan qismlar qiymatini qoʻshgan holda, yetkazib beruvchidan but boʻlmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, birinchi instansiya sudi qoʻshma korxona hisobidan fermer xoʻjaligiga 4036800 soʻm koʻrilgan zararga 20 foiz jarima qoʻllagan holda 4844160 soʻm undirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasiga asosan, agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda toʻlash nazarda tutilmagan boʻlsa, huquqi buzilgan shaxs oʻziga yetkazilgan zararning toʻla qoplanishini talab qilishi mumkin. Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olinishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushunilishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, fermer xoʻjaligining daʼvo talabini sifatsiz kartoshka qiymati, sifatsiz mahsulot yetkazib berganlik uchun 20 foiz jarima va yoʻqotilgan hosil hisobiga koʻrilgan zarar miqdorini undirishni ((3780000 soʻm unib chiqmagan urugʻ) + (3780000 * 20%) + (yoʻqotilgan hosildan koʻrilgan zarar 2440800 soʻm) = 6976800 soʻm) lozim deb hisoblab toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarni inobatga olib, sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirib, ishni kassatsiya tartibida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini “Dehqon Sherzod” fermer xoʻjaligidan undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0717/16532-son