16.12.2008 yildagi 13-0803/5100-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo yuridik shaxsning alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, u holda yuridik shaxsning oʻzi ishga javobgar sifatida jalb qilinadi (Oʻzekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 38-moddasi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloqxoʻjalikkimyo” Jizzax viloyat hududiy aksiyadorlik jamiyati xoʻjalik sudiga murojaat qilib, DT “Xalq banki” Zafarobod filialidan 35962800 soʻm asosiy qarz, 4316200 soʻm foiz, jami 40284900 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 4-iyundagi sud ajrimi bilan DT “Xalq banki” Jizzax viloyat filiali ishga javobgar sifatida jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 20-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida hal qiluv qarorini bekor qilib, yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati prokurorning hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborish haqidagi fikrini eshitib, protest vajlarini muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan nizoni hal etishda protsessual huquq normalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 47-moddasining uchinchi qismiga binoan vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular oʻzlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud nizoni hal qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 38-moddasiga binoan DT “Xalq banki”ni javobgar sifatida ishga jalb qilib, ishni mazmunan koʻrib chiqishi zarur edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo yuridik shaxsning oʻziga emas, balki uning alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, u holda yuridik shaxsning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilish sud tomonidan Xoʻjalik protsessual kodeksining 38-moddasiga muvofiq hal etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 162-son qarorining 9-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 188-moddasining birinchi qismiga koʻra, moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvo arizasida soʻralayotgan summada tafovut mavjud boʻlib, sud unga aniqlik kiritmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi Oʻzbekiston Respublikasi DT “Xalq banki”ni ishga javobgar sifatida jalb qilish masalasini hal etib, daʼvo talabini aniqlab, uni muhokama etib, taraflarning vajlariga va ishdagi dalillarga huquqiy baho berib, sud xarajatlarini undirish masalasini hal etib, qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-0803/5100-son