Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“HISOB-KITOB MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA RESPUBLIKA BUDJETI VA MAHALLIY BUDJETLARGA TOʻLOVLAR TUShIShINI RAGʻBATLANTIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998 YIL 4 FEVRALDAGI 1923-SON FARMONIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
“Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlariga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-fevraldagi 1923-son Farmonining 1-bandi mazmuni quyidagicha boʻlgan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlariga pul mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish kalendardan tashqari navbatda amalga oshiriladi”.
Toʻrtinchi xatboshi shunga muvofiq ravishda beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-aprel,
PF-1992-son