21.01.2016 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.01.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokorlarni muntazam attestatsiyadan oʻtkazish va oliy tibbiyot taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini belgilash tizimini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish, tibbiyot tashkilotlarini chuqur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, shuningdek respublika sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari bilan bogʻliq holda yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha muayyan mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojdan kelib chiqib, oliy tibbiyot taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini tizimli asosda belgilash ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tibbiyot kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam attestatsiyadan oʻtkazish tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, ayniqsa, qishloq aholisining malakali tibbiy yordamga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qanoatlantiradigan shart-sharoitlar yaratish, shifokorlarni ixtisoslashuv yoʻnalishlari boʻyicha uzluksiz professional rivojlantirish jarayonini joriy qilish imkonini beradigan muhitni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimining yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha real ehtiyojiga muvofiq oliy tibbiyot taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini belgilash tartibini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy tibbiyot muassasalariga qabul kvotasini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan shifokorlarni egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda shifokorlarni attestatsiyadan oʻtkazish deb ataladi) majburiy boʻlib, besh yilda bir marta oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokorlar attestatsiyadan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etiladigan shifokorlarni muntazam attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mutaxassislik boʻyicha belgilangan tartibda berilgan, amaldagi malaka toifasiga ega boʻlgan shifokorlar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar attestatsiya komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokorlarni shifokorlik mutaxassisliklarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha muntazam attestatsiyadan oʻtkazish, shu jumladan ularning professional tayyorgarligi va malakasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlarining kadrlar tarkibini tegishli yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar bilan mustahkamlashga doir takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokorlarning tegishli yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha malakasi va professional darajasini muntazam oshirish tizimini yaratishga oid takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2360-son qaroriga muvofiq yoʻnalishlar, mutaxassisliklar boʻyicha oliy tibbiy maʼlumotga ega kadrlarga boʻlgan ehtiyoj oliy tibbiyot taʼlim muassasalariga yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha qabul qilishning keyinchalik bitiruvchilarni ishga joylashtirish bilan bogʻliq holdagi balans hisob-kitoblaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tibbiyot kadrlari bilan taʼminlanganlik va istiqbolda ularga boʻlgan real ehtiyojni har yili baholash asosida oliy tibbiyot taʼlim muassasalariga bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul kvotalarini belgilashga doir takliflar ishlab chiqilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda aniq yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojdan kelib chiqib, oliy tibbiyot taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini belgilashga doir takliflarni oʻz vaqtida shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 21-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 26-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)