Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 28.02.2026 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi | Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi |
I boʻlim. Umumiy qoidalar | I boʻlim. Umumiy qoidalar |
1-bob. Asosiy qoidalar | 1-bob. Asosiy qoidalar |
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar | 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar |
Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib oʻtish, bojxona toʻlovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish tartibini belgilash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. | Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib oʻtish, bojxona toʻlovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish tartibini belgilash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. |
2-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. |
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda muayyan bojxona munosabatlari ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi. | |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning vaqt boʻyicha amal qilishi | 3-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning vaqt boʻyicha amal qilishi |
Bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olgan kuni amalda boʻlgan qonunchilik qoʻllaniladi. | Bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olgan kuni amalda boʻlgan qonunchilik qoʻllaniladi. |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega emas va agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega emas va agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi. |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega. |
Bojxona toʻlovlarini bekor qilish, bojxona toʻlovlari stavkalarini kamaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining majburiyatlarini bekor qilish yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, agar bu bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. | Bojxona toʻlovlarini bekor qilish, bojxona toʻlovlari stavkalarini kamaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining majburiyatlarini bekor qilish yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, agar bu bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bojxonaga oid huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlari asosida qoʻllaniladi. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bojxonaga oid huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlari asosida qoʻllaniladi. |
4-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi huquqlarining ustuvorligi | 4-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi huquqlarining ustuvorligi |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikdagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining foydasiga talqin qilinadi. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikdagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining foydasiga talqin qilinadi. |
2-bob. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar | 2-bob. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar |
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi va bojxona chegarasi | 5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi va bojxona chegarasi |
Oʻzbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududini (bundan buyon matnda bojxona hududi deb yuritiladi) tashkil etadi. | Oʻzbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududini (bundan buyon matnda bojxona hududi deb yuritiladi) tashkil etadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin. Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojxona toʻlovlarini toʻlash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash uchun bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin. Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojxona toʻlovlarini toʻlash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash uchun bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. |
Bojxona hududi sarhadlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi deb yuritiladi). | Bojxona hududi sarhadlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi deb yuritiladi). |
6-modda. Bojxona maqsadlari | 6-modda. Bojxona maqsadlari |
Bojxona maqsadlari quyidagilardan iborat: | Bojxona maqsadlari quyidagilardan iborat: |
bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish, tovarlarni tashish, saqlash va qayta ishlashda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash; | bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish, tovarlarni tashish, saqlash va qayta ishlashda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash; |
bojxona toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻlanishini taʼminlash; | bojxona toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻlanishini taʼminlash; |
iqtisodiy siyosat choralariga, bojxona rejimlarining talablari va shartlariga rioya etilishini taʼminlash; | iqtisodiy siyosat choralariga, bojxona rejimlarining talablari va shartlariga rioya etilishini taʼminlash; |
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollariga chek qoʻyish va ularning oldini olish. | bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollariga chek qoʻyish va ularning oldini olish. |
7-modda. Vakolatli shaxs | 7-modda. Vakolatli shaxs |
Tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs vakolatli shaxsdir. | Tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs vakolatli shaxsdir. |
71-modda. Vakolatli iqtisodiy operator | 71-modda. Vakolatli iqtisodiy operator |
Qonunchilikda belgilangan tegishli talablarga javob beruvchi yuridik shaxslar vakolatli iqtisodiy operator maqomini olishi mumkin. | Qonunchilikda belgilangan tegishli talablarga javob beruvchi yuridik shaxslar vakolatli iqtisodiy operator maqomini olishi mumkin. |
Vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish tartibi, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlari va vakolatli iqtisodiy operator tomonidan amalga oshiriladigan maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish tartibi, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlari va vakolatli iqtisodiy operator tomonidan amalga oshiriladigan maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestrini yuritadi va uning oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini hamda kamida har oyda yangilab borilishini taʼminlaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestrini yuritadi va uning oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini hamda kamida har oyda yangilab borilishini taʼminlaydi. |
8-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar | 8-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar |
Quyidagilar: | Quyidagilar: |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan tashkilot; | Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan tashkilot; |
chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti; | chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti; |
Oʻzbekiston Respublikasining, chet davlatning qonunchiligiga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasining, chet davlatning qonunchiligiga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) jismoniy shaxslar hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) jismoniy shaxslar hisoblanadi. |
9-modda. Tovarning kuzatuv hujjatlari | 9-modda. Tovarning kuzatuv hujjatlari |
Tijorat va transport hujjatlari tovarning kuzatuv hujjatlari hisoblanadi. | Tijorat va transport hujjatlari tovarning kuzatuv hujjatlari hisoblanadi. |
Tijorat hujjatlari jumlasiga hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab joʻnatish va oʻrov varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va oʻzga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish bilan bogʻliq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar kiradi. | Tijorat hujjatlari jumlasiga hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab joʻnatish va oʻrov varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va oʻzga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish bilan bogʻliq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar kiradi. |
Transport hujjatlari jumlasiga konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi borligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat kiradi. | Transport hujjatlari jumlasiga konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi borligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat kiradi. |
10-modda. Tovarning oʻzgarmas holati | 10-modda. Tovarning oʻzgarmas holati |
Tovarning oʻzgarmas holati tovar bojxona rejimiga joylashtirilayotgan paytdagi barcha xossalarining bojxona rejimi amal qilishining tugallanish paytida oʻsha hajmlarda but saqlanib qolishidir, bundan tovarning tabiiy tarzda eskirishi yoki uni tashish va (yoki) saqlashning normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlar mustasno. | Tovarning oʻzgarmas holati tovar bojxona rejimiga joylashtirilayotgan paytdagi barcha xossalarining bojxona rejimi amal qilishining tugallanish paytida oʻsha hajmlarda but saqlanib qolishidir, bundan tovarning tabiiy tarzda eskirishi yoki uni tashish va (yoki) saqlashning normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlar mustasno. |
11-modda. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi | 11-modda. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi |
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan tovarlar miqdorining bitta birligidan ishlab chiqarish jarayoniga muvofiq olinadigan qayta ishlangan mahsulotlarning mutlaq qiymatdagi yoki foiz nisbatidagi miqdori hisoblanadi. | Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan tovarlar miqdorining bitta birligidan ishlab chiqarish jarayoniga muvofiq olinadigan qayta ishlangan mahsulotlarning mutlaq qiymatdagi yoki foiz nisbatidagi miqdori hisoblanadi. |
12-modda. Tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar | 12-modda. Tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar |
Tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
tozalash, shamollatish, quritish, shu jumladan iliq havoni vujudga keltirib quritish; | tozalash, shamollatish, quritish, shu jumladan iliq havoni vujudga keltirib quritish; |
saqlashning maqbul harorat rejimini yaratish, shu jumladan sovutish, muzlatish, isitish; | saqlashning maqbul harorat rejimini yaratish, shu jumladan sovutish, muzlatish, isitish; |
himoya oʻroviga oʻrash, himoyalovchi moyni va konservantlarni surtish; | himoya oʻroviga oʻrash, himoyalovchi moyni va konservantlarni surtish; |
zanglashdan himoya qilish uchun boʻyash, muhofazalovchi moddalar bilan ihotalash; | zanglashdan himoya qilish uchun boʻyash, muhofazalovchi moddalar bilan ihotalash; |
korroziyaga qarshi qoplama surtish. | korroziyaga qarshi qoplama surtish. |
Tovarlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi operatsiyalar ham kiritilishi mumkin. | Tovarlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi operatsiyalar ham kiritilishi mumkin. |
13-modda. Tovar va transport vositasi | 13-modda. Tovar va transport vositasi |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi tovar hisoblanadi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan transport vositasi mustasno. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi tovar hisoblanadi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan transport vositasi mustasno. |
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar yoxud bojxona hududida erkin muomalaga chiqarilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq shunday maqomga ega boʻlgan tovar Oʻzbekiston tovaridir. | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar yoxud bojxona hududida erkin muomalaga chiqarilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq shunday maqomga ega boʻlgan tovar Oʻzbekiston tovaridir. |
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilmagan tovar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chet el tovari maqomini olgan tovar chet el tovaridir. | Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilmagan tovar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chet el tovari maqomini olgan tovar chet el tovaridir. |
Tovarlarni va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita transport vositasidir. Transport vositasi har qanday suv kemasini, havo kemasini, avtotransport vositasini, temir yoʻl transport vositasini (temir yoʻlning harakatdagi tarkibini, temir yoʻl harakatdagi tarkibining bir qismini) yoki konteynerni, shuningdek ularning oʻz konstruksiyasiga muvofiq texnik pasportlarida yoki texnik formulyarlarida nazarda tutilgan ehtiyot qismlarni, anjomlarni va uskunalarni, suyuqlik saqlash idishlaridagi yoqilgʻi-moylash materiallarini, sovutuvchi va boshqa xil texnik suyuqliklarni, agar ular mazkur transport vositalari bilan birga tashilayotgan boʻlsa, oʻz ichiga oladi. | Tovarlarni va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita transport vositasidir. Transport vositasi har qanday suv kemasini, havo kemasini, avtotransport vositasini, temir yoʻl transport vositasini (temir yoʻlning harakatdagi tarkibini, temir yoʻl harakatdagi tarkibining bir qismini) yoki konteynerni, shuningdek ularning oʻz konstruksiyasiga muvofiq texnik pasportlarida yoki texnik formulyarlarida nazarda tutilgan ehtiyot qismlarni, anjomlarni va uskunalarni, suyuqlik saqlash idishlaridagi yoqilgʻi-moylash materiallarini, sovutuvchi va boshqa xil texnik suyuqliklarni, agar ular mazkur transport vositalari bilan birga tashilayotgan boʻlsa, oʻz ichiga oladi. |
14-modda. Yengib boʻlmas kuch taʼsiri | 14-modda. Yengib boʻlmas kuch taʼsiri |
Tabiat hodisalari (zilzilalar, yer koʻchishlari, dovullar, qurgʻoqchiliklar va hokazo) yoki yuridik va jismoniy shaxslarning xohish-irodasi hamda xatti-harakatlariga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar sababli kelib chiqqan, shuning oqibatida mazkur shaxslar qabul qilgan majburiyatlarini bajara olmaydigan favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan, kutilmagan holatlar yengib boʻlmas kuch taʼsiri hisoblanadi. | Tabiat hodisalari (zilzilalar, yer koʻchishlari, dovullar, qurgʻoqchiliklar va hokazo) yoki yuridik va jismoniy shaxslarning xohish-irodasi hamda xatti-harakatlariga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar sababli kelib chiqqan, shuning oqibatida mazkur shaxslar qabul qilgan majburiyatlarini bajara olmaydigan favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan, kutilmagan holatlar yengib boʻlmas kuch taʼsiri hisoblanadi. |
15-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar | 15-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar |
Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar: | Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar: |
bojxona brokeri — bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi; | bojxona brokeri — bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi; |
bojxona ishi — iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlaydigan usullar va vositalar majmui; | bojxona ishi — iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlaydigan usullar va vositalar majmui; |
bojxona hamrohligida kuzatib borish — avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi; | bojxona hamrohligida kuzatib borish — avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi; |
bojxona operatsiyasi — tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining mansabdor shaxsi va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat; | bojxona operatsiyasi — tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining mansabdor shaxsi va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat; |
bojxona rejimi — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui; | bojxona rejimi — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui; |
bojxona tartib-taomili — bojxona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining majmui; | bojxona tartib-taomili — bojxona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining majmui; |
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs; | deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs; |
deklaratsiyalash — bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni bojxona organlariga maʼlum qilish; | deklaratsiyalash — bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni bojxona organlariga maʼlum qilish; |
iqtisodiy siyosat choralari — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar boʻlib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek mamlakat iqtisodiyotining jahon xoʻjaligi bilan oʻzaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini oʻz ichiga oladi; | iqtisodiy siyosat choralari — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar boʻlib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek mamlakat iqtisodiyotining jahon xoʻjaligi bilan oʻzaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini oʻz ichiga oladi; |
tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxs; | tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxs; |
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan joʻnatilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan bitta jismoniy shaxsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi; | tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan joʻnatilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan bitta jismoniy shaxsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi; |
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yoxud ushbu hududdan olib chiqish; | tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yoxud ushbu hududdan olib chiqish; |
tovarlarning erkin muomalasi — bojxona hududida tovarlarning belgilangan taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi; | tovarlarning erkin muomalasi — bojxona hududida tovarlarning belgilangan taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi; |
tovarni chiqarib yuborish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va maʼlum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati; | tovarni chiqarib yuborish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va maʼlum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati; |
yuk operatsiyalari — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish; | yuk operatsiyalari — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish; |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va maʼlumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan tizimi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va maʼlumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan tizimi. |
3-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish | 3-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish |
16-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish shartlari | 16-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish shartlari |
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bevosita bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga qaratilgan harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bevosita bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga qaratilgan harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxsning bojxona nazorati zonasiga kirishi; | bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxsning bojxona nazorati zonasiga kirishi; |
transport vositasining bojxona chegarasini kesib oʻtish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktiga kirishi; | transport vositasining bojxona chegarasini kesib oʻtish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktiga kirishi; |
bojxona hududiga yoʻllash yoki ushbu hududdan tashqariga joʻnatish uchun tovarlarni transport tashkilotlariga yoxud xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirish; | bojxona hududiga yoʻllash yoki ushbu hududdan tashqariga joʻnatish uchun tovarlarni transport tashkilotlariga yoxud xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirish; |
jismoniy shaxsning qonunchilikka muvofiq belgilanmagan joylardan tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʻtishga qaratilgan harakatlari. | jismoniy shaxsning qonunchilikka muvofiq belgilanmagan joylardan tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʻtishga qaratilgan harakatlari. |
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish shartlari tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʻtishdan hamda ushbu tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilguniga qadar amalga oshirishdan iborat. | Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish shartlari tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʻtishdan hamda ushbu tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilguniga qadar amalga oshirishdan iborat. |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi ularni tayinlangan bojxona organi joylashgan yerga yoki boshqa joyga ushbu Kodeksning 218-moddasida belgilangan muddatlarda yetkazib berishi shart. Bunda tovarlarning holatini oʻzgartirishga yoki ularning oʻrovini buzishga, shuningdek qoʻyilgan plombalarga, muhrlarga va bojxona identifikatsiyasining boshqa vositalariga shikast yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi ularni tayinlangan bojxona organi joylashgan yerga yoki boshqa joyga ushbu Kodeksning 218-moddasida belgilangan muddatlarda yetkazib berishi shart. Bunda tovarlarning holatini oʻzgartirishga yoki ularning oʻrovini buzishga, shuningdek qoʻyilgan plombalarga, muhrlarga va bojxona identifikatsiyasining boshqa vositalariga shikast yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Bojxona deklaratsiyasini berish yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini mazkur hududdan bevosita olib chiqishga qaratilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish, shuningdek tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular amalda bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar bajarish tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish shartlari hisoblanadi. | Bojxona deklaratsiyasini berish yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini mazkur hududdan bevosita olib chiqishga qaratilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish, shuningdek tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular amalda bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar bajarish tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish shartlari hisoblanadi. |
Tovarlarni bojxona hududidan olib chiqishga ular ushbu Kodeksga muvofiq olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona nazoratidan oʻtkazilmasdan mazkur hududdan olib chiqilishi mumkin emas. Bojxona nazorati tashuvchining tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan oldindan xabardor qilish asosida bojxona organi tomonidan oʻtkazilishi mumkin. | Tovarlarni bojxona hududidan olib chiqishga ular ushbu Kodeksga muvofiq olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona nazoratidan oʻtkazilmasdan mazkur hududdan olib chiqilishi mumkin emas. Bojxona nazorati tashuvchining tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan oldindan xabardor qilish asosida bojxona organi tomonidan oʻtkazilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini hamda valyuta boyliklarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini hamda valyuta boyliklarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
17-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari olib kirilishidan (olib chiqilishidan) bojxona organlarini xabardor qilish | 17-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari olib kirilishidan (olib chiqilishidan) bojxona organlarini xabardor qilish |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organini bojxona chegarasini kesib oʻtishidan xabardor qilishi shart. | Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organini bojxona chegarasini kesib oʻtishidan xabardor qilishi shart. |
Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular toʻgʻrisida bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etishga haqli. | Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular toʻgʻrisida bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etishga haqli. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs ular toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etishi shart. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs ular toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etishi shart. |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda, ularni olib oʻtayotgan shaxs ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar va (yoki) transport vositalari yetib kelishi kerak boʻlgan vaqt va joyni tayinlaydi. Agar tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib oʻtayotgan shaxs koʻrsatilgan xabardor qilishni amalga oshirmaydigan boʻlsa, bunday majburiyat tashuvchining zimmasiga yuklatiladi. | Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda, ularni olib oʻtayotgan shaxs ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar va (yoki) transport vositalari yetib kelishi kerak boʻlgan vaqt va joyni tayinlaydi. Agar tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib oʻtayotgan shaxs koʻrsatilgan xabardor qilishni amalga oshirmaydigan boʻlsa, bunday majburiyat tashuvchining zimmasiga yuklatiladi. |
Bojxona chegarasi kesib oʻtilayotganda bojxona organini xabardor qilish bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organiga tovarlarni va (yoki) transport vositalarini, ularning tovar kuzatuv hujjatlarini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Bojxona chegarasi kesib oʻtilayotganda bojxona organini xabardor qilish bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organiga tovarlarni va (yoki) transport vositalarini, ularning tovar kuzatuv hujjatlarini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Bojxona organlari ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas. | Bojxona organlari ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas. |
Bojxona chegarasi orqali tovarlarning quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishi toʻgʻrisida xabardor qilish ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq amalga oshiriladi. | Bojxona chegarasi orqali tovarlarning quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishi toʻgʻrisida xabardor qilish ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda toʻxtamasdan bojxona hududini kesib oʻtadigan daryo va havo kemalariga nisbatan ushbu modda talablari qoʻllanilmaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda toʻxtamasdan bojxona hududini kesib oʻtadigan daryo va havo kemalariga nisbatan ushbu modda talablari qoʻllanilmaydi. |
18-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda taqdim etiladigan hujjatlar | 18-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda taqdim etiladigan hujjatlar |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organiga quyidagilarni taqdim etishi shart: | Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organiga quyidagilarni taqdim etishi shart: |
1) avtotransport vositasida xalqaro tashish chogʻida: | 1) avtotransport vositasida xalqaro tashish chogʻida: |
a) avtotransport vositasiga taalluqli quyidagi hujjatlarni: | a) avtotransport vositasiga taalluqli quyidagi hujjatlarni: |
Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; | Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet el avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, hududidan chiqishi va tranzit tarzida oʻtishi uchun vakolatli organning ruxsatnomasi; | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet el avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, hududidan chiqishi va tranzit tarzida oʻtishi uchun vakolatli organning ruxsatnomasi; |
yuklar xalqaro yoʻllarda tashish (bundan buyon matnda XYT deb yuritiladi) daftarchasini qoʻllagan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) talablariga muvofiq avtotransport vositasiga yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida xalqaro tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; | yuklar xalqaro yoʻllarda tashish (bundan buyon matnda XYT deb yuritiladi) daftarchasini qoʻllagan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) talablariga muvofiq avtotransport vositasiga yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida xalqaro tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; |
tez buziladigan mahsulotlar tashilayotganda, tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; | tez buziladigan mahsulotlar tashilayotganda, tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; |
xavfli yuklar tashilayotganda, xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; | xavfli yuklar tashilayotganda, xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; |
b) tovarga taalluqli quyidagi hujjatlarni: | b) tovarga taalluqli quyidagi hujjatlarni: |
Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiya (Jeneva, 1956-yil 19-may) talablariga muvofiq tovar-transport yuk xati; | Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiya (Jeneva, 1956-yil 19-may) talablariga muvofiq tovar-transport yuk xati; |
yuklar XYT daftarchasi qoʻllanilgan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq XYT daftarchasi; | yuklar XYT daftarchasi qoʻllanilgan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq XYT daftarchasi; |
tijorat hujjatlari; | tijorat hujjatlari; |
xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar; | xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar; |
v) ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni: | v) ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni: |
tashuvchining nomi va pochta manzili; | tashuvchining nomi va pochta manzili; |
tashish uchun tovar qabul qilinadigan joy (mamlakat) va yetkazib berilishi moʻljallangan joy (mamlakat); | tashish uchun tovar qabul qilinadigan joy (mamlakat) va yetkazib berilishi moʻljallangan joy (mamlakat); |
tovarlar joʻnatgan mamlakatning va tovarlar kelib tushadigan mamlakatning nomi; | tovarlar joʻnatgan mamlakatning va tovarlar kelib tushadigan mamlakatning nomi; |
tovarlarni joʻnatuvchining va oluvchining nomi hamda pochta manzili; | tovarlarni joʻnatuvchining va oluvchining nomi hamda pochta manzili; |
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno; | Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno; |
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati; | tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati; |
yuk joylarining soni; | yuk joylarining soni; |
konteynerlarning identifikatsiya raqamlari; | konteynerlarning identifikatsiya raqamlari; |
2) suv transportida xalqaro tashish chogʻida: | 2) suv transportida xalqaro tashish chogʻida: |
a) quyidagilarni: | a) quyidagilarni: |
umumiy deklaratsiya; | umumiy deklaratsiya; |
tovarlarning deklaratsiyasi; | tovarlarning deklaratsiyasi; |
kema ashyo-anjomlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya; | kema ashyo-anjomlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya; |
kema ekipajining shaxsiy buyumlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya; | kema ekipajining shaxsiy buyumlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya; |
kema xizmatchilarining roʻyxati; | kema xizmatchilarining roʻyxati; |
yoʻlovchilar roʻyxati; | yoʻlovchilar roʻyxati; |
transport hujjatlari; | transport hujjatlari; |
tijorat hujjatlari; | tijorat hujjatlari; |
xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar; | xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar; |
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni: | b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni: |
kemaning roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami va milliy mansubligi; | kemaning roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami va milliy mansubligi; |
kemaning nomi; | kemaning nomi; |
kapitanning familiyasi; | kapitanning familiyasi; |
kema agentining familiyasi va manzili; | kema agentining familiyasi va manzili; |
kemadagi yoʻlovchilarning soni, familiyasi, ismi, fuqaroligi (mansubligi), tugʻilgan sanasi va joyi, chiqish va tushish porti; | kemadagi yoʻlovchilarning soni, familiyasi, ismi, fuqaroligi (mansubligi), tugʻilgan sanasi va joyi, chiqish va tushish porti; |
ekipaj aʼzolarining soni va tarkibi; | ekipaj aʼzolarining soni va tarkibi; |
kema joʻnaydigan portning va kiradigan portning nomi; | kema joʻnaydigan portning va kiradigan portning nomi; |
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno; | Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno; |
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati; | tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati; |
yuk joylarining soni; | yuk joylarining soni; |
tovarlar yuklangan portning va tushiriladigan portning nomi; | tovarlar yuklangan portning va tushiriladigan portning nomi; |
konosamentlarning yoki ushbu portda tushirilishi lozim boʻlgan tovarlarga doir dengiz (daryo) orqali tashish shartnomasi mavjudligini va uning mazmunini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning raqamlari; | konosamentlarning yoki ushbu portda tushirilishi lozim boʻlgan tovarlarga doir dengiz (daryo) orqali tashish shartnomasi mavjudligini va uning mazmunini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning raqamlari; |
bortda qoladigan tovarlar tushiriladigan portlarning nomi; | bortda qoladigan tovarlar tushiriladigan portlarning nomi; |
kema ashyo-anjomlarining miqdori koʻrsatilgan holda ularning nomi; | kema ashyo-anjomlarining miqdori koʻrsatilgan holda ularning nomi; |
tovarlarni kemada joylashtirish tavsifi; | tovarlarni kemada joylashtirish tavsifi; |
3) havo transportida xalqaro tashish chogʻida: | 3) havo transportida xalqaro tashish chogʻida: |
a) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Chikago, 1944-yil 7-dekabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni: | a) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Chikago, 1944-yil 7-dekabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni: |
bosh deklaratsiya; | bosh deklaratsiya; |
yuk qaydnomasi; | yuk qaydnomasi; |
avia yuk xati; | avia yuk xati; |
avia yuk xatiga ilova qilinadigan tijorat hujjatlari. Tovar turkumlab tashilgan taqdirda mazkur hujjatlar tovarning birinchi turkumiga taqdim etiladi; | avia yuk xatiga ilova qilinadigan tijorat hujjatlari. Tovar turkumlab tashilgan taqdirda mazkur hujjatlar tovarning birinchi turkumiga taqdim etiladi; |
xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar; | xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar; |
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni: | b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni: |
havo kemasining milliy mansubligi belgilarini va roʻyxatdan oʻtkazilganlik belgilarini koʻrsatish; | havo kemasining milliy mansubligi belgilarini va roʻyxatdan oʻtkazilganlik belgilarini koʻrsatish; |
havo kemasining reys raqami, parvoz yoʻnalishini, uchish punktini, yetib borish punktini koʻrsatish; | havo kemasining reys raqami, parvoz yoʻnalishini, uchish punktini, yetib borish punktini koʻrsatish; |
havo kemasi ekspluatantining nomi; | havo kemasi ekspluatantining nomi; |
ekipaj aʼzolarining soni; | ekipaj aʼzolarining soni; |
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno; | Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno; |
avia yuk xatining raqami, avia yuk xati va tovar turkumi boʻyicha oʻrinlarning soni; | avia yuk xatining raqami, avia yuk xati va tovar turkumi boʻyicha oʻrinlarning soni; |
tovar joʻnatiladigan va yetib boradigan punktlarning nomi; | tovar joʻnatiladigan va yetib boradigan punktlarning nomi; |
parvoz qiladigan havo kemasining bortiga yuklanadigan bort ashyo-anjomlarining soni (har bir tovarning soni va nomi); | parvoz qiladigan havo kemasining bortiga yuklanadigan bort ashyo-anjomlarining soni (har bir tovarning soni va nomi); |
havo kemasi bortida xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining mavjudligi; | havo kemasi bortida xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining mavjudligi; |
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati; | tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati; |
4) temir yoʻl transportida xalqaro tashish chogʻida: | 4) temir yoʻl transportida xalqaro tashish chogʻida: |
a) Xalqaro temir yoʻl yuk yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi bitimga (1951-yil 1-noyabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni: | a) Xalqaro temir yoʻl yuk yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi bitimga (1951-yil 1-noyabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni: |
tovarning kuzatuv hujjatlari; | tovarning kuzatuv hujjatlari; |
temir yoʻlning harakatdagi tarkibiga doir topshirish qaydnomasi; | temir yoʻlning harakatdagi tarkibiga doir topshirish qaydnomasi; |
xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar; | xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar; |
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni: | b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni: |
tovarni joʻnatuvchining nomi va pochta manzili; | tovarni joʻnatuvchining nomi va pochta manzili; |
tovarni oluvchining nomi va pochta manzili; | tovarni oluvchining nomi va pochta manzili; |
tovar joʻnatiladigan stansiyaning va yetib boradigan stansiyaning nomi; | tovar joʻnatiladigan stansiyaning va yetib boradigan stansiyaning nomi; |
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno; | Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno; |
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati; | tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati; |
yuk joylarining soni; | yuk joylarining soni; |
konteynerlarning identifikatsiya raqamlari. | konteynerlarning identifikatsiya raqamlari. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar bojxona organlariga davlat tilida yoki xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan boshqa tillarda taqdim etiladi. Xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan boshqa tillarda taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, davlat tiliga tarjima qilinib, tashuvchi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar bojxona organlariga davlat tilida yoki xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan boshqa tillarda taqdim etiladi. Xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan boshqa tillarda taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, davlat tiliga tarjima qilinib, tashuvchi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar olinishini talab etadigan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan bojxona organi bunday hujjatning bojxona organlarining axborot tizimida mavjudligini mustaqil ravishda tekshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar olinishini talab etadigan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan bojxona organi bunday hujjatning bojxona organlarining axborot tizimida mavjudligini mustaqil ravishda tekshiradi. |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda bojxona organi ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilishga haqli emas. | Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda bojxona organi ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilishga haqli emas. |
19-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda taqdim etiladigan hujjatlar | 19-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda taqdim etiladigan hujjatlar |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda tashuvchi bojxona deklaratsiyasini yoki ularni bojxona hududidan olib chiqishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa hujjatni, shuningdek tovarlarni tashish amalga oshirilayotgan transportning turidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organiga taqdim etishi shart. | Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda tashuvchi bojxona deklaratsiyasini yoki ularni bojxona hududidan olib chiqishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa hujjatni, shuningdek tovarlarni tashish amalga oshirilayotgan transportning turidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organiga taqdim etishi shart. |
20-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish joyi hamda vaqti | 20-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish joyi hamda vaqti |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda hamda ushbu hududdan olib chiqilayotganda ularni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida yoʻl qoʻyiladi va transport vositalarini maxsus belgilangan joylarda toʻxtatgan holda, bojxona organlarining ish vaqtida amalga oshiriladi. Mazkur talabga rioya etilmagan taqdirda bojxona organlari ushbu transport vositalarini majburiy toʻxtatib qoʻyadilar. | Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda hamda ushbu hududdan olib chiqilayotganda ularni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida yoʻl qoʻyiladi va transport vositalarini maxsus belgilangan joylarda toʻxtatgan holda, bojxona organlarining ish vaqtida amalga oshiriladi. Mazkur talabga rioya etilmagan taqdirda bojxona organlari ushbu transport vositalarini majburiy toʻxtatib qoʻyadilar. |
Tovarlar olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan quyidagi maxsus jihozlangan joylar bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari hisoblanadi: | Tovarlar olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan quyidagi maxsus jihozlangan joylar bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari hisoblanadi: |
havo transporti orqali olib oʻtishda — bojxona hududidagi yetib kelinadigan (joʻnatiladigan) aeroport yoki tovarlarni tashiyotgan havo kemasi qoʻnadigan (parvoz qiladigan) va tovarlarni tushiradigan (yuklaydigan) birinchi (oxirgi) aeroport; | havo transporti orqali olib oʻtishda — bojxona hududidagi yetib kelinadigan (joʻnatiladigan) aeroport yoki tovarlarni tashiyotgan havo kemasi qoʻnadigan (parvoz qiladigan) va tovarlarni tushiradigan (yuklaydigan) birinchi (oxirgi) aeroport; |
daryo transporti orqali olib oʻtishda — bojxona hududidagi tovarlar tushiriladigan (ortiladigan) birinchi (oxirgi) daryo porti yoki qayta yuklanadigan daryo porti; | daryo transporti orqali olib oʻtishda — bojxona hududidagi tovarlar tushiriladigan (ortiladigan) birinchi (oxirgi) daryo porti yoki qayta yuklanadigan daryo porti; |
quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari boʻyicha olib oʻtishda — hisobga olish asboblarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan joylari; | quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari boʻyicha olib oʻtishda — hisobga olish asboblarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan joylari; |
ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan boshqa turdagi transportda olib oʻtishda — yoʻnalishdagi birinchi (oxirgi) bojxona organi. | ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan boshqa turdagi transportda olib oʻtishda — yoʻnalishdagi birinchi (oxirgi) bojxona organi. |
Bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari joylashgan yerlar, bojxona organlarining ish vaqti, transport vositalarining toʻxtash va turish joylari, ular turishining davomiyligi, shuningdek mazkur joylarning oʻtkazish punktlarida koʻrsatilishi tegishli vakolatli davlat organlari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari joylashgan yerlar, bojxona organlarining ish vaqti, transport vositalarining toʻxtash va turish joylari, ular turishining davomiyligi, shuningdek mazkur joylarning oʻtkazish punktlarida koʻrsatilishi tegishli vakolatli davlat organlari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
Bojxona chegarasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi bir-biriga toʻgʻri kelib qolgan joylarda bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktlari joylashadigan yerlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona chegarasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi bir-biriga toʻgʻri kelib qolgan joylarda bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktlari joylashadigan yerlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Transport vositalari toʻxtab turishining davomiyligi bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid ravishda qisqartirilishi mumkin emas. | Transport vositalari toʻxtab turishining davomiyligi bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid ravishda qisqartirilishi mumkin emas. |
Transport vositalarini belgilangan toʻxtash va turish joylaridan joʻnatish zarur bojxona tartib-taomillari tugallanganidan soʻng amalga oshiriladi. | Transport vositalarini belgilangan toʻxtash va turish joylaridan joʻnatish zarur bojxona tartib-taomillari tugallanganidan soʻng amalga oshiriladi. |
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali belgilanmagan joylardan olib oʻtish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin. | Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali belgilanmagan joylardan olib oʻtish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin. |
Ushbu moddaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda toʻxtamasdan bojxona hududini kesib oʻtayotgan daryo va havo kemalari orqali tashilayotgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Ushbu moddaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda toʻxtamasdan bojxona hududini kesib oʻtayotgan daryo va havo kemalari orqali tashilayotgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
Bojxona organlari bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida, belgilangan taqiqlar va cheklovlar, shuningdek bojxona organlarining ish vaqti haqida hammabop shaklda axborot taqdim etishi shart. | Bojxona organlari bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida, belgilangan taqiqlar va cheklovlar, shuningdek bojxona organlarining ish vaqti haqida hammabop shaklda axborot taqdim etishi shart. |
21-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi | 21-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi kerak. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi kerak. |
Bojxona nazorati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini taʼminlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir. | Bojxona nazorati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini taʼminlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir. |
Bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini taʼminlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi hisoblanadi. | Bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini taʼminlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi hisoblanadi. |
Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas. | Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas. |
22-modda. Shartli chiqarib yuborilgan tovarlar | 22-modda. Shartli chiqarib yuborilgan tovarlar |
Shaxsning belgilangan talablar va shartlarga rioya etish majburiyatlariga bogʻliq tarzda tovarning chiqarib yuborilishi shartli chiqarib yuborish hisoblanadi. | Shaxsning belgilangan talablar va shartlarga rioya etish majburiyatlariga bogʻliq tarzda tovarning chiqarib yuborilishi shartli chiqarib yuborish hisoblanadi. |
Quyidagilar shartli chiqarib yuborilgan tovarlar deb hisoblanadi: | Quyidagilar shartli chiqarib yuborilgan tovarlar deb hisoblanadi: |
a) bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilganligi munosabati bilan foydalanilishi va tasarruf etilishi cheklangan tovarlar; | a) bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilganligi munosabati bilan foydalanilishi va tasarruf etilishi cheklangan tovarlar; |
b) boj olinmaydigan savdo, bojxona hududida qayta ishlash, vaqtincha olib kirish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar; | b) boj olinmaydigan savdo, bojxona hududida qayta ishlash, vaqtincha olib kirish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar; |
v) bojxona toʻlovlari shartli bojxona qiymatini aniqlash asosida toʻlangan tovarlar; | v) bojxona toʻlovlari shartli bojxona qiymatini aniqlash asosida toʻlangan tovarlar; |
g) bojxona toʻlovlari davriy bojxona toʻlovlari shaklida toʻlangan tovarlar; | g) bojxona toʻlovlari davriy bojxona toʻlovlari shaklida toʻlangan tovarlar; |
d) zarur hujjatlar (bundan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno) va maʼlumotlar taqdim etilmagan tovarlar; | d) zarur hujjatlar (bundan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno) va maʼlumotlar taqdim etilmagan tovarlar; |
j) bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborilgan, shuningdek dastlabki, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan holda tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar; | j) bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborilgan, shuningdek dastlabki, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan holda tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar; |
e) bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar. | e) bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar. |
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq boʻlgan maqsadda foydalanilishi kerak. Mazkur tovarlardan ular shartli chiqarib yuborilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati tiklanadi. | Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq boʻlgan maqsadda foydalanilishi kerak. Mazkur tovarlardan ular shartli chiqarib yuborilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati tiklanadi. |
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismi “d” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar uchun taqdim etilmagan muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish talab etilsa, ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki oʻzga usulda boshqa shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi. | Agar ushbu moddaning ikkinchi qismi “d” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar uchun taqdim etilmagan muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish talab etilsa, ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki oʻzga usulda boshqa shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi. |
Tovarlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shartli chiqarib yuborishning shartlari boʻyicha majburiyatlar bajarilguniga qadar shartli chiqarilgan hisoblanadi. | Tovarlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shartli chiqarib yuborishning shartlari boʻyicha majburiyatlar bajarilguniga qadar shartli chiqarilgan hisoblanadi. |
23-modda. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga doir cheklovlar | 23-modda. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga doir cheklovlar |
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga doir cheklovlar xalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini kamsituvchi yoki cheklovchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonunchilikka muvofiq belgilanishi mumkin. Mazkur cheklovlar kiritilishi munosabati bilan tovarlarni olib oʻtayotgan shaxsda yoxud tashuvchida yuzaga kelgan xarajatlarning oʻrni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi. | Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga doir cheklovlar xalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini kamsituvchi yoki cheklovchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonunchilikka muvofiq belgilanishi mumkin. Mazkur cheklovlar kiritilishi munosabati bilan tovarlarni olib oʻtayotgan shaxsda yoxud tashuvchida yuzaga kelgan xarajatlarning oʻrni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi. |
24-modda. Tovarlar va transport vositalari olib kirilishini hamda olib chiqilishini taqiqlash | 24-modda. Tovarlar va transport vositalari olib kirilishini hamda olib chiqilishini taqiqlash |
Davlat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini, inson hayoti va sogʻligʻini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlar isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlarni va (yoki) transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin. | Davlat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini, inson hayoti va sogʻligʻini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlar isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlarni va (yoki) transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin. |
Olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar va (yoki) transport vositalari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ular olib kirilganda — darhol bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoxud ular olib chiqilganda — darhol bojxona hududiga qaytarilishi shart. | Olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar va (yoki) transport vositalari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ular olib kirilganda — darhol bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoxud ular olib chiqilganda — darhol bojxona hududiga qaytarilishi shart. |
Tovarni olib chiqish yoki qaytarish, shuningdek yuk operatsiyalari tovarni olib oʻtayotgan shaxs yoxud tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi. | Tovarni olib chiqish yoki qaytarish, shuningdek yuk operatsiyalari tovarni olib oʻtayotgan shaxs yoxud tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi. |
Agar tovar darhol olib chiqilmagan yoki qaytarilmagan boʻlsa, tovar bojxona organi egasi boʻlgan bojxona omboriga yoxud bojxona nazorati zonalariga tovarni olib oʻtayotgan shaxs yoki tashuvchi hisobidan vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bunday tovarni saqlashning eng koʻp muddati, agar qonunchilikda ayrim turdagi tovarlarga nisbatan boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, uch sutkani tashkil etadi. Ushbu muddat tugagach, mazkur tovarni tasarruf etish davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. | Agar tovar darhol olib chiqilmagan yoki qaytarilmagan boʻlsa, tovar bojxona organi egasi boʻlgan bojxona omboriga yoxud bojxona nazorati zonalariga tovarni olib oʻtayotgan shaxs yoki tashuvchi hisobidan vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bunday tovarni saqlashning eng koʻp muddati, agar qonunchilikda ayrim turdagi tovarlarga nisbatan boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, uch sutkani tashkil etadi. Ushbu muddat tugagach, mazkur tovarni tasarruf etish davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. |
II boʻlim. Bojxona rejimlari | II boʻlim. Bojxona rejimlari |
4-bob. Umumiy qoidalar | 4-bob. Umumiy qoidalar |
25-modda. Bojxona rejimlarining turlari | 25-modda. Bojxona rejimlarining turlari |
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadlariga bogʻliq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi: | Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadlariga bogʻliq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi: |
1) eksport; | 1) eksport; |
2) reeksport; | 2) reeksport; |
3) vaqtincha olib chiqish; | 3) vaqtincha olib chiqish; |
4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash; | 4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash; |
5) erkin muomalaga chiqarish (import); | 5) erkin muomalaga chiqarish (import); |
6) reimport; | 6) reimport; |
7) vaqtincha olib kirish; | 7) vaqtincha olib kirish; |
8) bojxona hududida qayta ishlash; | 8) bojxona hududida qayta ishlash; |
9) vaqtincha saqlash; | 9) vaqtincha saqlash; |
10) bojxona ombori; | 10) bojxona ombori; |
11) erkin ombor; | 11) erkin ombor; |
12) erkin bojxona zonasi; | 12) erkin bojxona zonasi; |
13) boj olinmaydigan savdo; | 13) boj olinmaydigan savdo; |
14) bojxona tranziti; | 14) bojxona tranziti; |
15) yoʻq qilish; | 15) yoʻq qilish; |
16) davlat foydasiga voz kechish. | 16) davlat foydasiga voz kechish. |
26-modda. Bojxona rejimini tanlash va oʻzgartirish | 26-modda. Bojxona rejimini tanlash va oʻzgartirish |
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi. | Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi. |
Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qatʼi nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga oʻzgartirishga haqli. | Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qatʼi nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga oʻzgartirishga haqli. |
Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan maʼlum qilinadi. | Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan maʼlum qilinadi. |
27-modda. Bojxona rejimida turgan tovarni olib qoʻyish | 27-modda. Bojxona rejimida turgan tovarni olib qoʻyish |
Qonunchilik buzilgan taqdirda, bojxona rejimida turgan tovarlar belgilangan tartibda olib qoʻyilishi mumkin. | Qonunchilik buzilgan taqdirda, bojxona rejimida turgan tovarlar belgilangan tartibda olib qoʻyilishi mumkin. |
Tegishli bojxona rejimida turgan tovar olib qoʻyilayotganda ushbu bojxona rejimining amal qilishi tovar olib qoʻyilgan kunning ertasidan boshlab toʻxtatib turiladi va ushbu tovarni davlat daromadiga oʻtkazish nazarda tutilmagan qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab qayta tiklanadi. | Tegishli bojxona rejimida turgan tovar olib qoʻyilayotganda ushbu bojxona rejimining amal qilishi tovar olib qoʻyilgan kunning ertasidan boshlab toʻxtatib turiladi va ushbu tovarni davlat daromadiga oʻtkazish nazarda tutilmagan qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab qayta tiklanadi. |
Agar olib qoʻyilgan tovarlar davriy bojxona toʻlovi toʻlangan holda vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan boʻlsa, bojxona rejimi toʻxtatib turilgan davr uchun davriy bojxona toʻlovi toʻlanmaydi. | Agar olib qoʻyilgan tovarlar davriy bojxona toʻlovi toʻlangan holda vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan boʻlsa, bojxona rejimi toʻxtatib turilgan davr uchun davriy bojxona toʻlovi toʻlanmaydi. |
Bojxona rejimining amal qilishi quyidagi hollarda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga doir ish boʻyicha tegishli qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab oʻn besh ish kuni ichida tugatilishi kerak, agar: | Bojxona rejimining amal qilishi quyidagi hollarda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga doir ish boʻyicha tegishli qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab oʻn besh ish kuni ichida tugatilishi kerak, agar: |
tovarning olib qoʻyilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bogʻliq boʻlsa va bu uni kelgusida qoʻllashning imkoniyati boʻlmasligiga olib kelsa; | tovarning olib qoʻyilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bogʻliq boʻlsa va bu uni kelgusida qoʻllashning imkoniyati boʻlmasligiga olib kelsa; |
jismoniy shaxsning maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bogʻliq boʻlsa va bu uni kelgusida qoʻllashning imkoniyati boʻlmasligiga olib kelsa. | jismoniy shaxsning maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bogʻliq boʻlsa va bu uni kelgusida qoʻllashning imkoniyati boʻlmasligiga olib kelsa. |
28-modda. Bojxona rejimi shartlari va talablariga rioya etilishiga javobgar shaxslar | 28-modda. Bojxona rejimi shartlari va talablariga rioya etilishiga javobgar shaxslar |
Bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik tovarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsning zimmasida boʻladi. | Bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik tovarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsning zimmasida boʻladi. |
Vaqtincha saqlash, bojxona ombori yoki erkin ombor bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bojxona nazoratini chetlab berilgan yoki yoʻqotilgan taqdirda javobgarlik: | Vaqtincha saqlash, bojxona ombori yoki erkin ombor bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bojxona nazoratini chetlab berilgan yoki yoʻqotilgan taqdirda javobgarlik: |
agar tovar bojxona omborida turgan boʻlsa, bojxona ombori egasining; | agar tovar bojxona omborida turgan boʻlsa, bojxona ombori egasining; |
agar tovar bojxona ombori boʻlmagan omborlarda va boshqa joylarda turgan boʻlsa, tovarlarni mazkur joylarga bojxona ombori rejimiga joylashtirgan shaxsning; | agar tovar bojxona ombori boʻlmagan omborlarda va boshqa joylarda turgan boʻlsa, tovarlarni mazkur joylarga bojxona ombori rejimiga joylashtirgan shaxsning; |
agar tovar erkin omborda turgan boʻlsa, erkin ombor egasining zimmasida boʻladi. | agar tovar erkin omborda turgan boʻlsa, erkin ombor egasining zimmasida boʻladi. |
Bojxona tranziti bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun tashuvchi javobgar boʻladi. | Bojxona tranziti bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun tashuvchi javobgar boʻladi. |
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi javobgar boʻladi. | Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi javobgar boʻladi. |
5-bob. Eksport | 5-bob. Eksport |
29-modda. Eksport bojxona rejimi | 29-modda. Eksport bojxona rejimi |
Eksport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda Oʻzbekiston tovari uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladi. | Eksport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda Oʻzbekiston tovari uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladi. |
Eksport bojxona rejimiga joylashtirilgan va amalda bojxona hududidan olib chiqilgan tovar Oʻzbekiston tovari maqomini yoʻqotadi. | Eksport bojxona rejimiga joylashtirilgan va amalda bojxona hududidan olib chiqilgan tovar Oʻzbekiston tovari maqomini yoʻqotadi. |
30-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 30-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari bojxona toʻlovlarini toʻlash hamda iqtisodiy siyosat choralariga rioya etishdan iboratdir. | Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari bojxona toʻlovlarini toʻlash hamda iqtisodiy siyosat choralariga rioya etishdan iboratdir. |
Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin. | Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin. |
Eksport bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovar bojxona deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kuni qanday holatda boʻlsa, amalda shunday holatda bojxona hududidan olib chiqilishi lozim, bundan tovar holatining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlash normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlari mustasno. | Eksport bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovar bojxona deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kuni qanday holatda boʻlsa, amalda shunday holatda bojxona hududidan olib chiqilishi lozim, bundan tovar holatining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlash normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlari mustasno. |
31-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 31-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Eksport bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Eksport bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
6-bob. Reeksport | 6-bob. Reeksport |
32-modda. Reeksport bojxona rejimi | 32-modda. Reeksport bojxona rejimi |
Reeksport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovar yoxud bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni qayta ishlash mahsuloti bojxona hududidan bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda, ushbu Kodeksning 35-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, uni olib kirishda toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalari qaytarilgan holda olib chiqiladi. | Reeksport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovar yoxud bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni qayta ishlash mahsuloti bojxona hududidan bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda, ushbu Kodeksning 35-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, uni olib kirishda toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalari qaytarilgan holda olib chiqiladi. |
Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni bojxona hududidan amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. | Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni bojxona hududidan amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. |
Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar ushbu Kodeks 218-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddatlarda bojxona hududidan amalda olib chiqilishi kerak. | Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar ushbu Kodeks 218-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddatlarda bojxona hududidan amalda olib chiqilishi kerak. |
Agar tovarlar uchun tranzit deklaratsiyasi ular reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida taqdim etilmasa, tovarlar vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak. | Agar tovarlar uchun tranzit deklaratsiyasi ular reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida taqdim etilmasa, tovarlar vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak. |
33-modda. Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 33-modda. Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Tovar yoki uni qayta ishlash mahsuloti bojxona organi identifikatsiya qila oladigan taqdirdagina tovar reeksport qilinishiga yoʻl qoʻyiladi, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. | Tovar yoki uni qayta ishlash mahsuloti bojxona organi identifikatsiya qila oladigan taqdirdagina tovar reeksport qilinishiga yoʻl qoʻyiladi, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida shikastlangan yoki buzilgan tovarning reeksportiga yoʻl qoʻyiladi, bunday holat vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim. | Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida shikastlangan yoki buzilgan tovarning reeksportiga yoʻl qoʻyiladi, bunday holat vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim. |
Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: | Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: |
kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari bajarilmagan boʻlsa; | kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari bajarilmagan boʻlsa; |
tovar bojxona hududida ishlatilmagan va taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur boʻlgan hollar mustasno; | tovar bojxona hududida ishlatilmagan va taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur boʻlgan hollar mustasno; |
tovar oʻzgarmagan holatda turgan boʻlsa, bundan uning nuqsonlari aniqlangan hollar mustasno. | tovar oʻzgarmagan holatda turgan boʻlsa, bundan uning nuqsonlari aniqlangan hollar mustasno. |
34-modda. Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 34-modda. Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda reeksporti amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda reeksporti amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
35-modda. Reeksport bojxona rejimida bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi | 35-modda. Reeksport bojxona rejimida bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi |
Reeksport bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi. | Reeksport bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi. |
Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar reeksport qilinayotganda, tovarning amalda reeksport qilinayotgan qismiga nisbatan toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda, ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi: | Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar reeksport qilinayotganda, tovarning amalda reeksport qilinayotgan qismiga nisbatan toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda, ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi: |
tovarning reeksporti uni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilingan kundan eʼtiboran ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa; | tovarning reeksporti uni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilingan kundan eʼtiboran ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa; |
tovar bojxona hududida ishlatilmagan va taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovarni ishlatish zarur boʻlgan hollar mustasno. | tovar bojxona hududida ishlatilmagan va taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovarni ishlatish zarur boʻlgan hollar mustasno. |
7-bob. Vaqtincha olib chiqish | 7-bob. Vaqtincha olib chiqish |
36-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi | 36-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi |
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar ushbu hududdan tashqarida vaqtincha foydalanish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar toʻlanishdan shartli ravishda ozod etilgan, iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda olib chiqiladi. | Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar ushbu hududdan tashqarida vaqtincha foydalanish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar toʻlanishdan shartli ravishda ozod etilgan, iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda olib chiqiladi. |
37-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 37-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: | Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: |
vaqtincha olib chiqilayotgan tovarning bojxona organlari tomonidan identifikatsiyalashni amalga oshirish mumkinligi; | vaqtincha olib chiqilayotgan tovarning bojxona organlari tomonidan identifikatsiyalashni amalga oshirish mumkinligi; |
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning ruxsatnomalari bojxona organlarining axborot tizimida mavjudligi; | agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning ruxsatnomalari bojxona organlarining axborot tizimida mavjudligi; |
tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxs boʻlishi kerak. | tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxs boʻlishi kerak. |
Bojxona hududidan vaqtincha olib chiqilgan tovar oʻzgarmas holatda qolishi kerak. | Bojxona hududidan vaqtincha olib chiqilgan tovar oʻzgarmas holatda qolishi kerak. |
Quyidagi tovarlar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilmaydi: | Quyidagi tovarlar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilmaydi: |
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar; | Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar; |
chiqindilar; | chiqindilar; |
elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilgʻi; | elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilgʻi; |
olib chiqilishi kvotalanadigan tovarlar; | olib chiqilishi kvotalanadigan tovarlar; |
sarflash materiallari va sarf qilinadigan namunalar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, alkogol va tamaki mahsuloti; | sarflash materiallari va sarf qilinadigan namunalar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, alkogol va tamaki mahsuloti; |
bir marta ishlatish uchun moʻljallangan tovarlar. | bir marta ishlatish uchun moʻljallangan tovarlar. |
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusxadan vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. | Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusxadan vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. |
Vaqtincha olib chiqilgan tovar ustidan bojxona nazorati uning bojxona rasmiylashtiruvini bajargan bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. | Vaqtincha olib chiqilgan tovar ustidan bojxona nazorati uning bojxona rasmiylashtiruvini bajargan bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. |
38-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 38-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib chiqilgan hollarda) taqdim etadi. | Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib chiqilgan hollarda) taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
39-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati | 39-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati |
Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati tovar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran ikki yilni tashkil etadi. | Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati tovar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran ikki yilni tashkil etadi. |
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimining amal qilishi muddati tugamay ushbu Kodeksning 41-moddasiga muvofiq ushbu bojxona rejimini tugallash huquqiga ega. | Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimining amal qilishi muddati tugamay ushbu Kodeksning 41-moddasiga muvofiq ushbu bojxona rejimini tugallash huquqiga ega. |
Quyidagi tovarlarning vaqtincha olib chiqish muddati bojxona organi tomonidan vakolatli shaxsning arizasi asosida ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin: | Quyidagi tovarlarning vaqtincha olib chiqish muddati bojxona organi tomonidan vakolatli shaxsning arizasi asosida ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin: |
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlar hududida joylashgan obyektlarida, diplomatik vakolatxonalarida va konsullik muassasalarida foydalanish uchun olib chiqilgan tovarlar; | Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlar hududida joylashgan obyektlarida, diplomatik vakolatxonalarida va konsullik muassasalarida foydalanish uchun olib chiqilgan tovarlar; |
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari hamda chet davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari oʻrtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtincha olib chiqilgan temir yoʻl va havo transporti vositalari, shuningdek ularning ehtiyot qismlari hamda ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport uskunalari. Bunda vaqtincha olib chiqish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi; | Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari hamda chet davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari oʻrtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtincha olib chiqilgan temir yoʻl va havo transporti vositalari, shuningdek ularning ehtiyot qismlari hamda ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport uskunalari. Bunda vaqtincha olib chiqish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi; |
lizing shartnomasi asosida olib chiqilgan tovarlar. Bunday tovarlarni vaqtincha olib chiqishga lizing shartnomasining amal qilish muddatiga ruxsat etiladi; | lizing shartnomasi asosida olib chiqilgan tovarlar. Bunday tovarlarni vaqtincha olib chiqishga lizing shartnomasining amal qilish muddatiga ruxsat etiladi; |
tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) eksport qilish kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlari boʻyicha kafolat muddati ichida xizmat koʻrsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun olib chiqilgan tovarlar (bojxona hududidan tashqarida qoldirish uchun moʻljallangan tovarlar bundan mustasno). Bunday tovarlarni vaqtincha olib chiqishga kafolat davrining amal qilish muddatiga yoʻl qoʻyiladi; | tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) eksport qilish kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlari boʻyicha kafolat muddati ichida xizmat koʻrsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun olib chiqilgan tovarlar (bojxona hududidan tashqarida qoldirish uchun moʻljallangan tovarlar bundan mustasno). Bunday tovarlarni vaqtincha olib chiqishga kafolat davrining amal qilish muddatiga yoʻl qoʻyiladi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida vaqtincha olib chiqishning koʻproq muddati belgilangan tovarlar. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida vaqtincha olib chiqishning koʻproq muddati belgilangan tovarlar. |
Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza vaqtincha olib chiqish bojxona rejimining amal qilish muddati tugaguniga qadar bojxona organiga berilishi lozim. Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish tovarni bojxona organiga taqdim etmasdan amalga oshiriladi. | Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza vaqtincha olib chiqish bojxona rejimining amal qilish muddati tugaguniga qadar bojxona organiga berilishi lozim. Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish tovarni bojxona organiga taqdim etmasdan amalga oshiriladi. |
Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilishi tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzib qoʻymaydi va toʻxtatib turmaydi. | Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilishi tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzib qoʻymaydi va toʻxtatib turmaydi. |
Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati uzaytirilayotganda boshqa bojxona deklaratsiyasi berilmaydi. | Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati uzaytirilayotganda boshqa bojxona deklaratsiyasi berilmaydi. |
40-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish | 40-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish |
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga oʻtkazishga vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi tugaguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. | Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga oʻtkazishga vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi tugaguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. |
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga ushbu tovarni amalda bojxona organiga taqdim etmagan holda mazkur shaxs tomonidan taqdim qilingan vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organi qabul qilgan paytdan eʼtiboran oʻtkazilgan hisoblanadi. | Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga ushbu tovarni amalda bojxona organiga taqdim etmagan holda mazkur shaxs tomonidan taqdim qilingan vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organi qabul qilgan paytdan eʼtiboran oʻtkazilgan hisoblanadi. |
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqining ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga oʻtkazilishi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan vaqtincha olib chiqish muddatini oʻzgartirmaydi. | Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqining ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga oʻtkazilishi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan vaqtincha olib chiqish muddatini oʻzgartirmaydi. |
41-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimining tugallanishi | 41-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimining tugallanishi |
Vaqtincha olib chiqilgan tovar vaqtincha olib chiqish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay bojxona hududiga qaytarib olib kirilishi kerak. | Vaqtincha olib chiqilgan tovar vaqtincha olib chiqish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay bojxona hududiga qaytarib olib kirilishi kerak. |
Vakolatli shaxs tovarni bojxona hududidan tashqarida qoldirgan holda uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish yoʻli bilan vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallashi mumkin, bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha olib chiqilgan tovar bojxona hududiga olib kirilishi shart boʻlgan hollar mustasno. Bunday holda vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallashga tovarni bojxona organiga amalda taqdim etmagan holda yoʻl qoʻyiladi. | Vakolatli shaxs tovarni bojxona hududidan tashqarida qoldirgan holda uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish yoʻli bilan vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallashi mumkin, bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha olib chiqilgan tovar bojxona hududiga olib kirilishi shart boʻlgan hollar mustasno. Bunday holda vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallashga tovarni bojxona organiga amalda taqdim etmagan holda yoʻl qoʻyiladi. |
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi eksport bojxona rejimiga oʻzgartirilgan taqdirda tovarning bojxona qiymati va miqdori tovar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi, bojxona bojlari va soliqlarning stavkalari esa, tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisidagi bojxona deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi. | Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi eksport bojxona rejimiga oʻzgartirilgan taqdirda tovarning bojxona qiymati va miqdori tovar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi, bojxona bojlari va soliqlarning stavkalari esa, tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisidagi bojxona deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi. |
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tovarning olib chiqishdagi bojxona qiymatidan va (yoki) miqdoridan hamda tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilingan kuni amalda boʻlgan bojxona bojlari va soliqlar stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan bojxona bojlari hamda soliqlar toʻlanadi. | Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tovarning olib chiqishdagi bojxona qiymatidan va (yoki) miqdoridan hamda tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilingan kuni amalda boʻlgan bojxona bojlari va soliqlar stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan bojxona bojlari hamda soliqlar toʻlanadi. |
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmasligiga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi: | Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmasligiga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi: |
avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida tovarlarning yoʻq boʻlishi yoki butunlay yoʻq boʻlib ketishi; | avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida tovarlarning yoʻq boʻlishi yoki butunlay yoʻq boʻlib ketishi; |
tovarlar turgan chet davlat organlarining qarorlari yoki mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) natijasida tovarlarning vakolatli shaxs egaligidan chiqib ketishi. | tovarlar turgan chet davlat organlarining qarorlari yoki mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) natijasida tovarlarning vakolatli shaxs egaligidan chiqib ketishi. |
Tovarlarning yoʻq boʻlishiga yoki mutlaqo yoʻqolib ketishiga sabab boʻlgan holatlarni tasdiqlash majburiyati bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishiga masʼul shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Chet davlatlar hududida yuzaga kelgan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan yoki hududida mazkur holatlar sodir boʻlgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tasdiqlanadi. | Tovarlarning yoʻq boʻlishiga yoki mutlaqo yoʻqolib ketishiga sabab boʻlgan holatlarni tasdiqlash majburiyati bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishiga masʼul shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Chet davlatlar hududida yuzaga kelgan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan yoki hududida mazkur holatlar sodir boʻlgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tasdiqlanadi. |
Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan hollarda, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaxs vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etmaganlik uchun javobgar boʻlmaydi. | Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan hollarda, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaxs vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etmaganlik uchun javobgar boʻlmaydi. |
8-bob. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash | 8-bob. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash |
42-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi | 42-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududidan tashqariga qayta ishlash va ularning qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona hududiga olib kirish maqsadida olib chiqiladi. | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududidan tashqariga qayta ishlash va ularning qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona hududiga olib kirish maqsadida olib chiqiladi. |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq olib chiqilayotgan tovarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlanishidan shartli ozod etish qoʻllaniladi. Bu tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq olib chiqilayotgan tovarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlanishidan shartli ozod etish qoʻllaniladi. Bu tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organining tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq beriladigan ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organining tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq beriladigan ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi. |
43-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari | 43-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat: | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat: |
olib chiqilgan tovar uning dastlabki xossalarini va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi xususiyatlarini saqlagan holda mazkur tovarni bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; | olib chiqilgan tovar uning dastlabki xossalarini va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi xususiyatlarini saqlagan holda mazkur tovarni bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; |
olib chiqilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovarni tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish; | olib chiqilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovarni tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish; |
tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash, modernizatsiya qilish, uning buzilgan yoki eskirgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoxud tiklash, nuqsonlarini bartaraf etish. | tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash, modernizatsiya qilish, uning buzilgan yoki eskirgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoxud tiklash, nuqsonlarini bartaraf etish. |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilayotganda qayta ishlashga koʻmaklashuvchi yoxud qayta ishlashni yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan butunlay yoki qisman foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilayotganda qayta ishlashga koʻmaklashuvchi yoxud qayta ishlashni yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan butunlay yoki qisman foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. |
Quyidagilar tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga kirmaydi: | Quyidagilar tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga kirmaydi: |
tovarning but saqlanishini taʼminlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari; | tovarning but saqlanishini taʼminlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari; |
har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, boʻrdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va toʻplash; | har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, boʻrdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va toʻplash; |
har qanday oʻsimlik turlarini yetishtirish va yigʻish; | har qanday oʻsimlik turlarini yetishtirish va yigʻish; |
foydali qazilmalarni qazib olish; | foydali qazilmalarni qazib olish; |
axborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi axborot tashuvchi jismlarga nusxa koʻchirish va koʻpaytirib olish. | axborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi axborot tashuvchi jismlarga nusxa koʻchirish va koʻpaytirib olish. |
44-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash talablari va shartlari | 44-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash talablari va shartlari |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi: | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi: |
olib chiqilgan tovarni bojxona organlari tomonidan uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash mumkin boʻlganda, bundan ushbu Kodeks 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; | olib chiqilgan tovarni bojxona organlari tomonidan uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash mumkin boʻlganda, bundan ushbu Kodeks 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; |
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, bojxona organlarining axborot tizimida ushbu organlarning ruxsatnomalari mavjudligi; | agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, bojxona organlarining axborot tizimida ushbu organlarning ruxsatnomalari mavjudligi; |
texnik-iqtisodiy asoslarning va amaldagi qayta ishlash jarayonining koʻrsatkichlari bir-biriga mos boʻlishi; | texnik-iqtisodiy asoslarning va amaldagi qayta ishlash jarayonining koʻrsatkichlari bir-biriga mos boʻlishi; |
tovarni qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeks 43-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi. | tovarni qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeks 43-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi. |
Quyidagi hollarda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimidan foydalanish mumkin emas: | Quyidagi hollarda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimidan foydalanish mumkin emas: |
agar tovarning olib chiqilishi toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summasini qaytarishni, ulardan ozod qilishni yoxud olib chiqishda taqdim etiladigan toʻlovlarni undirishni talab qilishga asos boʻlsa; | agar tovarning olib chiqilishi toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summasini qaytarishni, ulardan ozod qilishni yoxud olib chiqishda taqdim etiladigan toʻlovlarni undirishni talab qilishga asos boʻlsa; |
bojxona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ozod etilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga ilgari joylashtirilgan tovarga nisbatan ushbu shartli ozod etishning amal qilish muddati tugaguniga qadar, bundan shunday tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash, modernizatsiya qilish, uning buzilgan yoki eskirgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, nuqsonlarini bartaraf etish uchun olib chiqish mustasno. | bojxona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ozod etilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga ilgari joylashtirilgan tovarga nisbatan ushbu shartli ozod etishning amal qilish muddati tugaguniga qadar, bundan shunday tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash, modernizatsiya qilish, uning buzilgan yoki eskirgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, nuqsonlarini bartaraf etish uchun olib chiqish mustasno. |
Kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari yoki qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslanishi koʻrsatkichlari oʻzgargan taqdirda tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi lozim. Bunda yuridik shaxs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi, shuningdek jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda yangi ariza berish talab etilmaydi. | Kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari yoki qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslanishi koʻrsatkichlari oʻzgargan taqdirda tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi lozim. Bunda yuridik shaxs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi, shuningdek jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda yangi ariza berish talab etilmaydi. |
45-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 45-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
46-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash | 46-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash |
Tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin: | Tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin: |
qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarga vakolatli shaxs va (yoki) bojxona organi tomonidan muhrlar qoʻyish va, zarur boʻlgan hollarda, shtamplar qoʻyish, raqamli va (yoki) boshqa turda tamgʻalash; | qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarga vakolatli shaxs va (yoki) bojxona organi tomonidan muhrlar qoʻyish va, zarur boʻlgan hollarda, shtamplar qoʻyish, raqamli va (yoki) boshqa turda tamgʻalash; |
qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni suratga tushirish yoki boshqa oʻlchamlarda tasvirlash; | qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni suratga tushirish yoki boshqa oʻlchamlarda tasvirlash; |
qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uni qayta ishlash mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash; | qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uni qayta ishlash mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash; |
qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzida mavjud boʻlgan tamgʻalashdan yoxud boshqacha tamgʻalashdan foydalanish. | qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzida mavjud boʻlgan tamgʻalashdan yoxud boshqacha tamgʻalashdan foydalanish. |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. |
Vakolatli shaxsning soʻroviga va bojxona organining roziligiga koʻra, olib chiqilayotgan tovarni bojxona maqsadida identifikatsiyalash ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar haqida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi toʻgʻrisida taqdim etilgan batafsil maʼlumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan taʼminlanishi mumkin. | Vakolatli shaxsning soʻroviga va bojxona organining roziligiga koʻra, olib chiqilayotgan tovarni bojxona maqsadida identifikatsiyalash ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar haqida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi toʻgʻrisida taqdim etilgan batafsil maʼlumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan taʼminlanishi mumkin. |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar: | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar: |
ular mazkur Kodeksning 49-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga ekvivalent boʻlgan tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa; | ular mazkur Kodeksning 49-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga ekvivalent boʻlgan tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa; |
qayta ishlash uchun ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa. | qayta ishlash uchun ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa. |
47-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati | 47-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi ikki yil muddatga beriladi. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi ikki yil muddatga beriladi. |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasini olgan shaxs ushbu Kodeksning 52-moddasiga muvofiq mazkur ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojxona rejimini tugallash huquqiga ega. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasini olgan shaxs ushbu Kodeksning 52-moddasiga muvofiq mazkur ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojxona rejimini tugallash huquqiga ega. |
Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin. | Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin. |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi. |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi ruxsatnomada koʻrsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qoʻymaydi yoki toʻxtatib turmaydi. | Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi ruxsatnomada koʻrsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qoʻymaydi yoki toʻxtatib turmaydi. |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar ushbu Kodeksning 52-moddasiga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi maʼlum qilinishi kerak. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar ushbu Kodeksning 52-moddasiga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi maʼlum qilinishi kerak. |
48-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi | 48-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tovarni qayta ishlashni amalga oshirishning haqiqiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda, tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi. | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tovarni qayta ishlashni amalga oshirishning haqiqiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda, tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi. |
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilashda bojxona organlari qayta ishlashning vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda vakolatli organning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslangan xulosalariga tayanadi. | Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilashda bojxona organlari qayta ishlashning vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda vakolatli organning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslangan xulosalariga tayanadi. |
Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanganidan keyin aniqlanadi. | Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanganidan keyin aniqlanadi. |
49-modda. Qayta ishlash mahsulotining ekvivalent kompensatsiyasi | 49-modda. Qayta ishlash mahsulotining ekvivalent kompensatsiyasi |
Ekvivalent kompensatsiyaga, yaʼni olib chiqilgan tovardan olingan qayta ishlash mahsulotlarini boshqa ekvivalent chet el tovari bilan almashtirishga, agar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyasi tovarni taʼmirlashdan iborat boʻlsa, tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi. | Ekvivalent kompensatsiyaga, yaʼni olib chiqilgan tovardan olingan qayta ishlash mahsulotlarini boshqa ekvivalent chet el tovari bilan almashtirishga, agar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyasi tovarni taʼmirlashdan iborat boʻlsa, tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi. |
Bojxona maqsadlari uchun ekvivalent chet el tovari deganda olib chiqilgan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash natijasida olingan qayta ishlash mahsulotiga oʻz tavsifi, sifati va texnik xususiyatlari boʻyicha mos keluvchi chet el tovari tushuniladi. | Bojxona maqsadlari uchun ekvivalent chet el tovari deganda olib chiqilgan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash natijasida olingan qayta ishlash mahsulotiga oʻz tavsifi, sifati va texnik xususiyatlari boʻyicha mos keluvchi chet el tovari tushuniladi. |
Ekvivalent chet el tovari olib kirilayotganda ushbu bob qoidalariga muvofiq unga olib chiqilgan tovarning qayta ishlash mahsuloti sifatida qaraladi. | Ekvivalent chet el tovari olib kirilayotganda ushbu bob qoidalariga muvofiq unga olib chiqilgan tovarning qayta ishlash mahsuloti sifatida qaraladi. |
Ekvivalent kompensatsiya chogʻida ekvivalent chet el tovarini olib kirishga tovar qayta ishlash uchun bojxona hududidan olib chiqilguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. | Ekvivalent kompensatsiya chogʻida ekvivalent chet el tovarini olib kirishga tovar qayta ishlash uchun bojxona hududidan olib chiqilguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. |
50-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi | 50-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq taʼmirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir xil yoki unga oʻxshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq taʼmirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir xil yoki unga oʻxshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarni taʼmirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi. | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarni taʼmirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi. |
51-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga olib chiqilgan tovar qoldiqlari va chiqindilari | 51-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga olib chiqilgan tovar qoldiqlari va chiqindilari |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs olib chiqilib, qayta ishlanmagan tovar qoldigʻini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojxona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs olib chiqilib, qayta ishlanmagan tovar qoldigʻini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojxona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak. |
Olib chiqilib qayta ishlanmagan tovar qoldiqlariga bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida bojxona hududiga reimport qilinadigan tovarlar sifatida qaraladi. | Olib chiqilib qayta ishlanmagan tovar qoldiqlariga bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida bojxona hududiga reimport qilinadigan tovarlar sifatida qaraladi. |
Tovarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilar qayta ishlanganidan keyin olib kirilgan taqdirda, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi. | Tovarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilar qayta ishlanganidan keyin olib kirilgan taqdirda, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi. |
52-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini tugallash | 52-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini tugallash |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay quyidagi usullarning biri orqali tugallanadi: | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay quyidagi usullarning biri orqali tugallanadi: |
qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish; | qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish; |
olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldigʻini reimport bojxona rejimiga joylashtirish; | olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldigʻini reimport bojxona rejimiga joylashtirish; |
olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldigʻini amalda bojxona organiga taqdim etmasdan, ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlarga rioya etgan holda eksport bojxona rejimiga joylashtirish, bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq olib chiqilgan tovar yoki uning qoldigʻi majburiy tartibda reimport qilinishi shart boʻlgan hollar mustasno. | olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldigʻini amalda bojxona organiga taqdim etmasdan, ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlarga rioya etgan holda eksport bojxona rejimiga joylashtirish, bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq olib chiqilgan tovar yoki uning qoldigʻi majburiy tartibda reimport qilinishi shart boʻlgan hollar mustasno. |
Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib kirilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi import qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. | Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib kirilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi import qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. |
Qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish natijalari boʻyicha bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Agar olib kirilgan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori tekshirib koʻrish natijasida ruxsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiqligi aniqlangudek boʻlsa, bojxona organi qoʻshimcha bojxona toʻlovlari toʻlash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday holda bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxsga qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay yozma shaklda xabar qilishi shart. Agar bunday toʻlovlarni toʻlash yozma xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshirilsa, ularning summalariga penya hisoblanmaydi. | Qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish natijalari boʻyicha bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Agar olib kirilgan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori tekshirib koʻrish natijasida ruxsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiqligi aniqlangudek boʻlsa, bojxona organi qoʻshimcha bojxona toʻlovlari toʻlash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday holda bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxsga qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay yozma shaklda xabar qilishi shart. Agar bunday toʻlovlarni toʻlash yozma xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshirilsa, ularning summalariga penya hisoblanmaydi. |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlash muddati tugagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida solishtirib chiqishi shart. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlash muddati tugagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida solishtirib chiqishi shart. |
Qayta ishlash mahsulotlari bojxona hududiga qaytarilmagan taqdirda, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga nisbatan mazkur tovar eksport bojxona rejimiga joylashtirilganda boʻlgani kabi bojxona bojlari va soliqlar qoʻllaniladi. Bunda tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundagi bojxona bojlari va soliqlar stavkalari qoʻllaniladi. | Qayta ishlash mahsulotlari bojxona hududiga qaytarilmagan taqdirda, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga nisbatan mazkur tovar eksport bojxona rejimiga joylashtirilganda boʻlgani kabi bojxona bojlari va soliqlar qoʻllaniladi. Bunda tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundagi bojxona bojlari va soliqlar stavkalari qoʻllaniladi. |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini tugallashda tovarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan bojxona organi tomonidan yoki vakolatli shaxsning arizasiga koʻra, ushbu tovarning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda, zarur hajmda, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini tugallashda tovarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan bojxona organi tomonidan yoki vakolatli shaxsning arizasiga koʻra, ushbu tovarning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda, zarur hajmda, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. |
Arizani topshirishda vakolatli shaxs bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarni olib chiqishga doir bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishi kerak. | Arizani topshirishda vakolatli shaxs bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarni olib chiqishga doir bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishi kerak. |
53-modda. Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda ularga nisbatan bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi | 53-modda. Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda ularga nisbatan bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi |
Olib kiriladigan qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda bojxona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining qiymatidan kelib chiqib hamda qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan bojxona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari boʻyicha hisoblanadi. | Olib kiriladigan qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda bojxona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining qiymatidan kelib chiqib hamda qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan bojxona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari boʻyicha hisoblanadi. |
Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan aksiz soligʻi qayta ishlash mahsulotlarining bojxona qiymati va miqdoridan kelib chiqib, qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan stavkalar boʻyicha hisoblanadi. | Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan aksiz soligʻi qayta ishlash mahsulotlarining bojxona qiymati va miqdoridan kelib chiqib, qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan stavkalar boʻyicha hisoblanadi. |
Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan bojxona bojlarining xos stavkasini qoʻllanilayotganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona bojlarining miqdori qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan xos stavkada hisoblangan bojxona boji summasi bilan qayta ishlash operatsiyalari qiymatining qayta ishlash mahsulotlari bojxona qiymatiga nisbatining koʻpaytmasi sifatida qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda boʻlgani kabi hisoblab chiqariladi. | Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan bojxona bojlarining xos stavkasini qoʻllanilayotganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona bojlarining miqdori qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan xos stavkada hisoblangan bojxona boji summasi bilan qayta ishlash operatsiyalari qiymatining qayta ishlash mahsulotlari bojxona qiymatiga nisbatining koʻpaytmasi sifatida qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda boʻlgani kabi hisoblab chiqariladi. |
Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan ushbu moddaga muvofiq qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish maqsadida, qayta ishlash operatsiyalari qiymati quyidagi qiymatlarning summasini ifoda etadi: | Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan ushbu moddaga muvofiq qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish maqsadida, qayta ishlash operatsiyalari qiymati quyidagi qiymatlarning summasini ifoda etadi: |
olib chiqilgan tovarlarni qayta ishlash; | olib chiqilgan tovarlarni qayta ishlash; |
tovarni qayta ishlash joyiga va uning qayta ishlash mahsulotlarini bojxona chegarasigacha qaytarib yetkazib berish, agar bular qayta ishlash qiymatiga qoʻshilmagan boʻlsa. | tovarni qayta ishlash joyiga va uning qayta ishlash mahsulotlarini bojxona chegarasigacha qaytarib yetkazib berish, agar bular qayta ishlash qiymatiga qoʻshilmagan boʻlsa. |
Agar olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlariga boʻlgan mulk huquqi ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar boshqa shaxsga oʻtkazilgan boʻlsa, mazkur qayta ishlash mahsulotlari ushbu shaxs tomonidan import qilinayotganda bojxona toʻlovlari mazkur shaxs tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga mustaqil joylashtirganida boʻlgani kabi hisob-kitob qilinadi. | Agar olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlariga boʻlgan mulk huquqi ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar boshqa shaxsga oʻtkazilgan boʻlsa, mazkur qayta ishlash mahsulotlari ushbu shaxs tomonidan import qilinayotganda bojxona toʻlovlari mazkur shaxs tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga mustaqil joylashtirganida boʻlgani kabi hisob-kitob qilinadi. |
Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsuloti: | Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsuloti: |
agar tovar shartnoma yoki kafolat majburiyatiga binoan tekin taʼmirlash uchun yoxud ishlab chiqarish nuqsoni mavjudligi sababli olib chiqilgan boʻlsa, bu nuqsonning mavjudligi tovarni dastlabki erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda hisobga olinmagan boʻlsa, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan; | agar tovar shartnoma yoki kafolat majburiyatiga binoan tekin taʼmirlash uchun yoxud ishlab chiqarish nuqsoni mavjudligi sababli olib chiqilgan boʻlsa, bu nuqsonning mavjudligi tovarni dastlabki erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda hisobga olinmagan boʻlsa, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan; |
agar tovar haq evaziga taʼmirlash uchun olib chiqilgan boʻlsa, bojxona bojlari va aksiz soligʻi toʻlashdan ozod etiladi. | agar tovar haq evaziga taʼmirlash uchun olib chiqilgan boʻlsa, bojxona bojlari va aksiz soligʻi toʻlashdan ozod etiladi. |
54-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar | 54-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
tovarlarning ayrim turlariga nisbatan bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmaydigan hollar; | tovarlarning ayrim turlariga nisbatan bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmaydigan hollar; |
muayyan tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni; | muayyan tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni; |
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni qayta ishlashga yoʻl qoʻyishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin. | bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni qayta ishlashga yoʻl qoʻyishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin. |
9-bob. Erkin muomalaga chiqarish (import) | 9-bob. Erkin muomalaga chiqarish (import) |
55-modda. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi | 55-modda. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi |
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu yerda erkin muomalada qoladi. | Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu yerda erkin muomalada qoladi. |
56-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 56-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Bojxona toʻlovlari toʻlangan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar maqomini oladi. | Bojxona toʻlovlari toʻlangan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar maqomini oladi. |
Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin. | Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin. |
57-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 57-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda import qilinadigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda import qilinadigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
10-bob. Reimport | 10-bob. Reimport |
58-modda. Reimport bojxona rejimi | 58-modda. Reimport bojxona rejimi |
Reimport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda ilgari bojxona hududidan olib chiqilgan tovarlar bojxona bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda, ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan muddatlarda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi. | Reimport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda ilgari bojxona hududidan olib chiqilgan tovarlar bojxona bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda, ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan muddatlarda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi. |
Reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga erkin muomalaga chiqarilgan tovar sifatida qaraladi. | Reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga erkin muomalaga chiqarilgan tovar sifatida qaraladi. |
Qisman yoki boshqa tarzda shikastlanishlari boʻlgan, shikastlanish chogʻida holati yomonlashgan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga bu holat avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida roʻy berganligi tasdiqlangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. | Qisman yoki boshqa tarzda shikastlanishlari boʻlgan, shikastlanish chogʻida holati yomonlashgan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga bu holat avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida roʻy berganligi tasdiqlangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. |
Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar uni normal holatda saqlab turish boʻyicha turli operatsiyalar, shu jumladan mayda taʼmirlash operatsiyalari va texnik xizmat koʻrsatish, bundan tovarni kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilish mustasno, amalga oshirilishi mumkin va ular tovar qiymati oshib ketishiga olib kelmasligi kerak. | Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar uni normal holatda saqlab turish boʻyicha turli operatsiyalar, shu jumladan mayda taʼmirlash operatsiyalari va texnik xizmat koʻrsatish, bundan tovarni kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilish mustasno, amalga oshirilishi mumkin va ular tovar qiymati oshib ketishiga olib kelmasligi kerak. |
Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda tovarning amalda reimport qilinayotgan qismiga nisbatan tovar eksport bojxona rejimida bojxona hududidan olib chiqilayotganda toʻlangan bojxona bojlarining va soliqlarning summalarini qaytarish, basharti tovar mazkur tovarni olib chiqqan shaxsning ayni oʻzi yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) tomonidan olib kirilayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda tovarning amalda reimport qilinayotgan qismiga nisbatan tovar eksport bojxona rejimida bojxona hududidan olib chiqilayotganda toʻlangan bojxona bojlarining va soliqlarning summalarini qaytarish, basharti tovar mazkur tovarni olib chiqqan shaxsning ayni oʻzi yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) tomonidan olib kirilayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
Tovar reimport qilinayotganda tovarni olib oʻtayotgan vakolatli shaxs toʻlovlar sifatida olingan yoki tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda berilgan boshqa imtiyozlar natijasida olingan summalarni qonunchilikda belgilangan tartibda qaytaradi. | Tovar reimport qilinayotganda tovarni olib oʻtayotgan vakolatli shaxs toʻlovlar sifatida olingan yoki tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda berilgan boshqa imtiyozlar natijasida olingan summalarni qonunchilikda belgilangan tartibda qaytaradi. |
59-modda. Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 59-modda. Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi: | Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi: |
tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda u shu hududda erkin muomalada turgan tovar maqomiga ega boʻlishi lozim; | tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda u shu hududda erkin muomalada turgan tovar maqomiga ega boʻlishi lozim; |
tovar uni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida, vaqtincha olib chiqilgan tovarga nisbatan — vaqtincha olib chiqishning belgilangan muddati ichida, tovarning bojxona hududidan tashqarida qayta ishlangan qoldigʻiga nisbatan esa — qayta ishlashning belgilangan muddati ichida reimport bojxona rejimiga maʼlum qilinishi kerak. Bunda bojxona chegarasi kesib oʻtilgan kun tovarni olib kirish sanasi hisoblanadi, tovarni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojxona rejimi uchun bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kun esa, olib chiqish sanasi hisoblanadi; | tovar uni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida, vaqtincha olib chiqilgan tovarga nisbatan — vaqtincha olib chiqishning belgilangan muddati ichida, tovarning bojxona hududidan tashqarida qayta ishlangan qoldigʻiga nisbatan esa — qayta ishlashning belgilangan muddati ichida reimport bojxona rejimiga maʼlum qilinishi kerak. Bunda bojxona chegarasi kesib oʻtilgan kun tovarni olib kirish sanasi hisoblanadi, tovarni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojxona rejimi uchun bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kun esa, olib chiqish sanasi hisoblanadi; |
tovar tabiiy eskirish oqibatidagi yoxud tashishning, saqlashning yoki foydalanishning (ishlatishning) normal sharoitlarida kamayishi oqibatidagi oʻzgarishlarini istisno etganda oʻsha holatida boʻlishi kerak; | tovar tabiiy eskirish oqibatidagi yoxud tashishning, saqlashning yoki foydalanishning (ishlatishning) normal sharoitlarida kamayishi oqibatidagi oʻzgarishlarini istisno etganda oʻsha holatida boʻlishi kerak; |
bojxona organlari tomonidan tovarni identifikatsiyalashni amalga oshirish mumkinligi. | bojxona organlari tomonidan tovarni identifikatsiyalashni amalga oshirish mumkinligi. |
Tovarning faqat bir qismi qaytarib olib kirilgan taqdirda ham ushbu moddaning birinchi qismi talablariga rioya etilishi sharti bilan uni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. | Tovarning faqat bir qismi qaytarib olib kirilgan taqdirda ham ushbu moddaning birinchi qismi talablariga rioya etilishi sharti bilan uni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. |
Ilgari eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqilgan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: | Ilgari eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqilgan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: |
kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) shartlari bajarilmagan boʻlsa; | kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) shartlari bajarilmagan boʻlsa; |
tovardan bojxona hududidan tashqarida foydalanilmagan va u taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarning qaytarilishiga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur boʻlgan hollar mustasno; | tovardan bojxona hududidan tashqarida foydalanilmagan va u taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarning qaytarilishiga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur boʻlgan hollar mustasno; |
tabiiy eskirishi hisobga olingan holda tovar oʻzgarmas holatda turgan boʻlsa, bundan nuqsonlar aniqlangan hollar mustasno. | tabiiy eskirishi hisobga olingan holda tovar oʻzgarmas holatda turgan boʻlsa, bundan nuqsonlar aniqlangan hollar mustasno. |
60-modda. Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 60-modda. Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda reimporti amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda reimporti amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
11-bob. Vaqtincha olib kirish | 11-bob. Vaqtincha olib kirish |
61-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi | 61-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi |
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojxona toʻlovlaridan shartli ozod etilgan yoki davriy bojxona toʻlovlari toʻlangan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi. | Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojxona toʻlovlaridan shartli ozod etilgan yoki davriy bojxona toʻlovlari toʻlangan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi. |
62-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 62-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi: | Tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi: |
vaqtincha olib kirilayotgan tovarning bojxona organlari tomonidan identifikatsiyalanishi mumkinligi; | vaqtincha olib kirilayotgan tovarning bojxona organlari tomonidan identifikatsiyalanishi mumkinligi; |
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning ruxsatnomalari bojxona organlarining axborot tizimida mavjud boʻlishi. | agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning ruxsatnomalari bojxona organlarining axborot tizimida mavjud boʻlishi. |
Vaqtincha olib kirilgan tovar oʻzgarmas holatda qolishi shart. Vaqtincha olib kirilgan tovar bilan uning but saqlanishini taʼminlash uchun zarur operatsiyalarni, shu jumladan mayda taʼmirlash operatsiyalarini, bundan uni kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilish mustasno, texnik xizmat koʻrsatish va tovarni soz holatda saqlab turish uchun zarur boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga, basharti bunday operatsiyalarni amalga oshirish natijasida tovar qiymati uning vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan paytdagi qiymatiga nisbatan oshib ketmasa, yoʻl qoʻyiladi. | Vaqtincha olib kirilgan tovar oʻzgarmas holatda qolishi shart. Vaqtincha olib kirilgan tovar bilan uning but saqlanishini taʼminlash uchun zarur operatsiyalarni, shu jumladan mayda taʼmirlash operatsiyalarini, bundan uni kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilish mustasno, texnik xizmat koʻrsatish va tovarni soz holatda saqlab turish uchun zarur boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga, basharti bunday operatsiyalarni amalga oshirish natijasida tovar qiymati uning vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan paytdagi qiymatiga nisbatan oshib ketmasa, yoʻl qoʻyiladi. |
Ilgari boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda joylashtirilishi mumkin. | Ilgari boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda joylashtirilishi mumkin. |
Quyidagi tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin emas: | Quyidagi tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin emas: |
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar; | Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar; |
chiqindilar; | chiqindilar; |
elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilgʻi; | elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilgʻi; |
sarf qilinadigan materiallar va sarf qilinadigan namunalar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar; | sarf qilinadigan materiallar va sarf qilinadigan namunalar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar; |
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan olib kiriladigan avtotransport vositalari, bundan xalqaro yuk tashishni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar mustasno. | Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan olib kiriladigan avtotransport vositalari, bundan xalqaro yuk tashishni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar mustasno. |
Ushbu modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusxadan vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi. | Ushbu modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusxadan vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi. |
Vaqtincha olib kirilgan tovarning bojxona nazoratini uning bojxona rasmiylashtiruvini bajargan bojxona organi amalga oshiradi. | Vaqtincha olib kirilgan tovarning bojxona nazoratini uning bojxona rasmiylashtiruvini bajargan bojxona organi amalga oshiradi. |
63-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 63-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib kirilgan hollarda) taqdim etadi. | Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib kirilgan hollarda) taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda vaqtincha olib kiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda vaqtincha olib kiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
64-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish muddati | 64-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish muddati |
Vaqtincha olib kirish muddati tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran ikki yilni tashkil etadi. | Vaqtincha olib kirish muddati tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran ikki yilni tashkil etadi. |
Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati oʻtguniga qadar ushbu Kodeksning 69-moddasiga muvofiq tugallash huquqiga ega. | Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati oʻtguniga qadar ushbu Kodeksning 69-moddasiga muvofiq tugallash huquqiga ega. |
Quyidagi tovarlarning vaqtincha olib kirish muddati vakolatli shaxsning arizasi asosida bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin: | Quyidagi tovarlarning vaqtincha olib kirish muddati vakolatli shaxsning arizasi asosida bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin: |
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining va konsullik muassasalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun olib kiriladigan, ushbu vakolatxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan diplomatik agentlari va maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oila aʼzolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan tovarlarning, shuningdek chet davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muxbirlari va muxbirlik punktlarining oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan avtotransport vositalarining. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati ushbu vakolatxonalar va shaxslarning akkreditatsiya muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; | Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining va konsullik muassasalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun olib kiriladigan, ushbu vakolatxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan diplomatik agentlari va maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oila aʼzolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan tovarlarning, shuningdek chet davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muxbirlari va muxbirlik punktlarining oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan avtotransport vositalarining. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati ushbu vakolatxonalar va shaxslarning akkreditatsiya muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; |
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan chet davlatlarning shaxslari oʻrtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtincha olib kiriladigan temir yoʻl va havo transporti vositalarining, shuningdek ularning ehtiyot qismlari va ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport asbob-uskunasining. Ularni vaqtincha olib kirish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi; | Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan chet davlatlarning shaxslari oʻrtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtincha olib kiriladigan temir yoʻl va havo transporti vositalarining, shuningdek ularning ehtiyot qismlari va ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport asbob-uskunasining. Ularni vaqtincha olib kirish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi; |
lizing shartnomalari asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; | lizing shartnomalari asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; |
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati mazkur kelishuvlarning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; | mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati mazkur kelishuvlarning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi; |
davriy bojxona toʻlovlari toʻliq toʻlangan tovarlarning; | davriy bojxona toʻlovlari toʻliq toʻlangan tovarlarning; |
imtiyozlarning amal qilish muddati tugashi yoki mulk huquqi boshqa shaxslarga oʻtishi munosabati bilan vaqtincha olib kirishning keyingi muddatida davriy bojxona toʻlovlarini toʻlash zarurati paydo boʻladigan tovarlarning; | imtiyozlarning amal qilish muddati tugashi yoki mulk huquqi boshqa shaxslarga oʻtishi munosabati bilan vaqtincha olib kirishning keyingi muddatida davriy bojxona toʻlovlarini toʻlash zarurati paydo boʻladigan tovarlarning; |
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya loyihalari asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga investitsiya davri muddatiga yoʻl qoʻyiladi; | Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya loyihalari asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga investitsiya davri muddatiga yoʻl qoʻyiladi; |
tovarni (ishlarni va xizmatlarni) import qilishga doir kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari boʻyicha kafolat muddati davomida xizmat koʻrsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun olib kiriladigan tovarlarning (bojxona hududida qoldirish uchun moʻljallangan tovarlar bundan mustasno). Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga kafolat davri muddatiga yoʻl qoʻyiladi; | tovarni (ishlarni va xizmatlarni) import qilishga doir kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari boʻyicha kafolat muddati davomida xizmat koʻrsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun olib kiriladigan tovarlarning (bojxona hududida qoldirish uchun moʻljallangan tovarlar bundan mustasno). Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga kafolat davri muddatiga yoʻl qoʻyiladi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari asosida vaqtincha olib kirishning uzoqroq muddati belgilangan tovarlarning. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari asosida vaqtincha olib kirishning uzoqroq muddati belgilangan tovarlarning. |
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi kerak. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi muddatini uzaytirish bojxona yuk deklaratsiyasining tegishli boʻlmasiga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi kerak. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi muddatini uzaytirish bojxona yuk deklaratsiyasining tegishli boʻlmasiga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi vaqtincha olib kirish muddatini uzib qoʻymaydi va toʻxtatib turmaydi. | Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi vaqtincha olib kirish muddatini uzib qoʻymaydi va toʻxtatib turmaydi. |
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilish muddati uzaytirilganda boshqa bojxona deklaratsiyasi taqdim qilinmaydi. | Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilish muddati uzaytirilganda boshqa bojxona deklaratsiyasi taqdim qilinmaydi. |
65-modda. Vaqtincha olib kirilayotgan tovarlarni bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish | 65-modda. Vaqtincha olib kirilayotgan tovarlarni bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish |
Vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish qoʻllaniladi. Bunday tovarlarning roʻyxati va ozod etish shartlari, shuningdek vaqtincha olib kirilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlash boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish qoʻllaniladi. Bunday tovarlarning roʻyxati va ozod etish shartlari, shuningdek vaqtincha olib kirilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlash boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
66-modda. Davriy bojxona toʻlovlarini toʻlagan holda tovarlarni vaqtincha olib kirish | 66-modda. Davriy bojxona toʻlovlarini toʻlagan holda tovarlarni vaqtincha olib kirish |
Davriy bojxona toʻlovlari: | Davriy bojxona toʻlovlari: |
tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan har bir toʻliq va toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun, ushbu tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kunda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona bojlari va soliqlar summasining besh foizi miqdorida chet el valyutasida hisoblab chiqariladi; | tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan har bir toʻliq va toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun, ushbu tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kunda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona bojlari va soliqlar summasining besh foizi miqdorida chet el valyutasida hisoblab chiqariladi; |
ular toʻlanadigan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi; | ular toʻlanadigan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi; |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. |
Davriy bojxona toʻlovlarini hisoblashda tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari qoʻllaniladi. | Davriy bojxona toʻlovlarini hisoblashda tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari qoʻllaniladi. |
Davriy bojxona toʻlovlarini toʻlab tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega: | Davriy bojxona toʻlovlarini toʻlab tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega: |
toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining umumiy summasini toʻlash; | toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining umumiy summasini toʻlash; |
tegishli davr boshlanguniga qadar davriy bojxona toʻlovlarini har oyda yoxud yilning har choragida toʻlash. | tegishli davr boshlanguniga qadar davriy bojxona toʻlovlarini har oyda yoxud yilning har choragida toʻlash. |
Toʻlanadigan davriy bojxona toʻlovlarining umumiy summasi tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kuni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan, chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlarining summasidan oshmasligi lozim. | Toʻlanadigan davriy bojxona toʻlovlarining umumiy summasi tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kuni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan, chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlarining summasidan oshmasligi lozim. |
Davriy bojxona toʻlovlarining toʻlangan summalari: | Davriy bojxona toʻlovlarining toʻlangan summalari: |
vaqtincha olib kirilgan tovar olib chiqilgan yoxud boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan taqdirda qaytarilmaydi; | vaqtincha olib kirilgan tovar olib chiqilgan yoxud boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan taqdirda qaytarilmaydi; |
ushbu tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasi hisobiga oʻtkaziladi. | ushbu tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasi hisobiga oʻtkaziladi. |
67-modda. Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini cheklash | 67-modda. Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini cheklash |
Vaqtincha olib kirilgan tovardan uni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsgina foydalanishi va (yoki) uni tasarruf etishi mumkin. | Vaqtincha olib kirilgan tovardan uni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsgina foydalanishi va (yoki) uni tasarruf etishi mumkin. |
Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tugaguniga qadar boshqa shaxsga oʻtkazishga, basharti ushbu shaxs bojxona organlari oldida vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shartlariga bundan buyon ham rioya etilishi boʻyicha yozma majburiyatlarni oʻz zimmasiga olsa, yoʻl qoʻyiladi. | Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tugaguniga qadar boshqa shaxsga oʻtkazishga, basharti ushbu shaxs bojxona organlari oldida vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shartlariga bundan buyon ham rioya etilishi boʻyicha yozma majburiyatlarni oʻz zimmasiga olsa, yoʻl qoʻyiladi. |
Agar tovar davriy bojxona toʻlovlari toʻlangan holda vaqtincha olib kirilgan boʻlsa, uni dastlab vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan butun davr uchun bojxona toʻlovlarini bunday huquq boshqa shaxsga oʻtkaziladigan paytga qadar, ushbu Kodeks 66-moddasining birinchi qismiga muvofiq toʻlashi kerak. | Agar tovar davriy bojxona toʻlovlari toʻlangan holda vaqtincha olib kirilgan boʻlsa, uni dastlab vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan butun davr uchun bojxona toʻlovlarini bunday huquq boshqa shaxsga oʻtkaziladigan paytga qadar, ushbu Kodeks 66-moddasining birinchi qismiga muvofiq toʻlashi kerak. |
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shartlariga rioya etishga doir huquq va majburiyatlar tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun boshqa shaxs taqdim etgan bojxona deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilingan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. | Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shartlariga rioya etishga doir huquq va majburiyatlar tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun boshqa shaxs taqdim etgan bojxona deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilingan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. |
Vaqtincha olib kirilgan tovarni ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazilganligi dastlab belgilangan vaqtincha olib kirish muddatini toʻxtatib turmaydi va uzaytirmaydi. | Vaqtincha olib kirilgan tovarni ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazilganligi dastlab belgilangan vaqtincha olib kirish muddatini toʻxtatib turmaydi va uzaytirmaydi. |
68-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishini toʻxtatib turish | 68-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishini toʻxtatib turish |
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi: | Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi: |
vaqtincha olib kirilgan tovar xatlangan yoki olib qoʻyilgan davrda; | vaqtincha olib kirilgan tovar xatlangan yoki olib qoʻyilgan davrda; |
vaqtincha olib kirilgan tovar vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlariga joylashtirilganda toʻxtatib turiladi. | vaqtincha olib kirilgan tovar vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlariga joylashtirilganda toʻxtatib turiladi. |
Toʻxtatib turish muddati tugagach, vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tiklanadi. | Toʻxtatib turish muddati tugagach, vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tiklanadi. |
69-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash | 69-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash |
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi vaqtincha olib kirish muddati oʻtgan kunning ertasidan kechiktirmay tovarni olib chiqish yoki uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish bilan tugallanishi kerak. Vaqtincha olib kirilgan tovarlar reeksport bojxona rejimiga bir yoki bir nechta turkum bilan joylashtirilgandan soʻng olib chiqilishi mumkin. | Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi vaqtincha olib kirish muddati oʻtgan kunning ertasidan kechiktirmay tovarni olib chiqish yoki uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish bilan tugallanishi kerak. Vaqtincha olib kirilgan tovarlar reeksport bojxona rejimiga bir yoki bir nechta turkum bilan joylashtirilgandan soʻng olib chiqilishi mumkin. |
Tovar avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki qaytarib boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining qarorlari oqibatida egalikdan chiqib ketgan taqdirda, bu tegishli vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, shaxs vaqtincha olib kirish bojxona rejimini belgilangan muddatda tugallamaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi. | Tovar avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki qaytarib boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining qarorlari oqibatida egalikdan chiqib ketgan taqdirda, bu tegishli vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, shaxs vaqtincha olib kirish bojxona rejimini belgilangan muddatda tugallamaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi. |
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tugallanganda tovarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazgan bojxona organi tomonidan yoki vakolatli shaxsning arizasiga binoan, shu tovarning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda zarur hajmda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa bojxona organi tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Ariza berilayotganda vakolatli shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: | Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tugallanganda tovarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazgan bojxona organi tomonidan yoki vakolatli shaxsning arizasiga binoan, shu tovarning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda zarur hajmda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa bojxona organi tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Ariza berilayotganda vakolatli shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: |
tovarni vaqtincha olib kirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi; | tovarni vaqtincha olib kirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi; |
vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tugallanguniga qadar boshqa shaxsga berilganligi yoxud u boshqacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, agar shunday oʻtkazish bajarilgan boʻlsa. | vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tugallanguniga qadar boshqa shaxsga berilganligi yoxud u boshqacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, agar shunday oʻtkazish bajarilgan boʻlsa. |
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish bilan tugallanganda va davriy bojxona toʻlovlari toʻlanganda tovarni bojxona yigʻimlarini toʻlagan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi. | Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish bilan tugallanganda va davriy bojxona toʻlovlari toʻlanganda tovarni bojxona yigʻimlarini toʻlagan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi. |
12-bob. Bojxona hududida qayta ishlash | 12-bob. Bojxona hududida qayta ishlash |
70-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi | 70-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi |
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga qayta ishlash va uni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda olib kiriladi. | Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga qayta ishlash va uni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda olib kiriladi. |
Tovar bojxona hududida qayta ishlash maqsadida olib kirilganda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. | Tovar bojxona hududida qayta ishlash maqsadida olib kirilganda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. |
Chet el tovarlari bilan bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilgan taqdirda Oʻzbekiston tovarlaridan, shu jumladan chet ellik shaxs tomonidan olingan Oʻzbekiston tovarlaridan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilmagan holda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. | Chet el tovarlari bilan bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilgan taqdirda Oʻzbekiston tovarlaridan, shu jumladan chet ellik shaxs tomonidan olingan Oʻzbekiston tovarlaridan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilmagan holda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi. |
71-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari | 71-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat: | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat: |
olib kirilgan tovarni uning dastlabki xossalari va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi tovar xususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; | olib kirilgan tovarni uning dastlabki xossalari va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi tovar xususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; |
olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish; | olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish; |
tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish; | tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish; |
qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga koʻmaklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida toʻliq yoki qisman ishlatilsa, xom ashyo sifatida foydalanish. Mazkur operatsiya ushbu qismda koʻrsatilgan boshqa operatsiyalardan biri bilan bir vaqtda bajarilishi kerak. | qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga koʻmaklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida toʻliq yoki qisman ishlatilsa, xom ashyo sifatida foydalanish. Mazkur operatsiya ushbu qismda koʻrsatilgan boshqa operatsiyalardan biri bilan bir vaqtda bajarilishi kerak. |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kirmaydi: | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kirmaydi: |
tovarning but saqlanishini taʼminlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari; | tovarning but saqlanishini taʼminlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari; |
har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, boʻrdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va toʻplash; | har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, boʻrdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va toʻplash; |
har qanday oʻsimlik turlarini yetishtirish va yigʻish; | har qanday oʻsimlik turlarini yetishtirish va yigʻish; |
foydali qazilmalarni qazib olish; | foydali qazilmalarni qazib olish; |
axborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi axborot tashuvchi jismlarga nusxa koʻchirish va ularni koʻpaytirib olish; | axborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi axborot tashuvchi jismlarga nusxa koʻchirish va ularni koʻpaytirib olish; |
texnologik jarayonda yordamchi vosita sifatida chet el tovarlaridan (uskunalar, dastgohlar, moslamalar va boshqalar) foydalanish. | texnologik jarayonda yordamchi vosita sifatida chet el tovarlaridan (uskunalar, dastgohlar, moslamalar va boshqalar) foydalanish. |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs tomonidan, shuningdek uning topshirigʻiga binoan boshqa shaxs tomonidan, agar ruxsatnomani olgan shaxs koʻrsatilgan operatsiyalarni amalga oshirishning butun muddati davomida ruxsatnomada nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilishi uchun bojxona organlari oldida javobgar boʻlib qolaversa, amalga oshirilishi mumkin. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilishi tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida aks ettirilgan boʻlishi kerak. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs tomonidan, shuningdek uning topshirigʻiga binoan boshqa shaxs tomonidan, agar ruxsatnomani olgan shaxs koʻrsatilgan operatsiyalarni amalga oshirishning butun muddati davomida ruxsatnomada nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilishi uchun bojxona organlari oldida javobgar boʻlib qolaversa, amalga oshirilishi mumkin. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilishi tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida aks ettirilgan boʻlishi kerak. |
72-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash talablari va shartlari | 72-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash talablari va shartlari |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi: | Tovarni bojxona hududida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi: |
olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash; | olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash; |
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash; | qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash; |
tovarlarning bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar ostiga tushib qolishini istisno etish; | tovarlarning bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar ostiga tushib qolishini istisno etish; |
olib kirilgan tovar uchun ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; | olib kirilgan tovar uchun ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; |
tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeksning 71-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi. | tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeksning 71-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi. |
Qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarining koʻrsatkichlari yoki identifikatsiyalash usuli yoxud qayta ishlash mahsulotlarning chiqish normasi oʻzgargan taqdirda, tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi kerak. Bunda yuridik shaxs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda, yangi ariza berish talab etilmaydi. | Qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarining koʻrsatkichlari yoki identifikatsiyalash usuli yoxud qayta ishlash mahsulotlarning chiqish normasi oʻzgargan taqdirda, tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi kerak. Bunda yuridik shaxs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda, yangi ariza berish talab etilmaydi. |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining har qanday manfaatdor shaxsi tomonidan, shu jumladan tovarning egasi boʻlmagan yoki bevosita tovarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarmaydigan shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining har qanday manfaatdor shaxsi tomonidan, shu jumladan tovarning egasi boʻlmagan yoki bevosita tovarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarmaydigan shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. |
73-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 73-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda bojxona hududida qayta ishlanadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda bojxona hududida qayta ishlanadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
74-modda. Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash | 74-modda. Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash |
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin: | Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin: |
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarga muhrlar qoʻyish va zarur boʻlganda shtamplar qoʻyish, raqamli tarzda va (yoki) boshqacha tarzda tamgʻalash; | qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarga muhrlar qoʻyish va zarur boʻlganda shtamplar qoʻyish, raqamli tarzda va (yoki) boshqacha tarzda tamgʻalash; |
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni fotosuratga tushirish yoki boshqa oʻlchamda tasvirlash; | qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni fotosuratga tushirish yoki boshqa oʻlchamda tasvirlash; |
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uning qayta ishlangan mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash; | qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uning qayta ishlangan mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash; |
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzidagi mavjud tamgʻalanishidan yoxud boshqacha tarzdagi tamgʻalanishidan foydalanish. | qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzidagi mavjud tamgʻalanishidan yoxud boshqacha tarzdagi tamgʻalanishidan foydalanish. |
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. | Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. |
Vakolatli shaxsning soʻroviga binoan hamda bojxona organining roziligi bilan ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar toʻgʻrisida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi haqida taqdim etilgan batafsil maʼlumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash taʼminlanishi mumkin. | Vakolatli shaxsning soʻroviga binoan hamda bojxona organining roziligi bilan ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar toʻgʻrisida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi haqida taqdim etilgan batafsil maʼlumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash taʼminlanishi mumkin. |
Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar: | Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar: |
ular ushbu Kodeksning 77-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarga ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa; | ular ushbu Kodeksning 77-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarga ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa; |
ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa; | ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa; |
bojxona hududida oʻxshash va (yoki) aynan bir xil qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarilishini istisno etadigan noyob texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa. | bojxona hududida oʻxshash va (yoki) aynan bir xil qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarilishini istisno etadigan noyob texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa. |
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash usuli vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi. | Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash usuli vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi. |
75-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash muddati | 75-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash muddati |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi ikki yil muddatga beriladi. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi ikki yil muddatga beriladi. |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini olgan shaxs ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq mazkur ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojxona rejimini tugallash huquqiga ega. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini olgan shaxs ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq mazkur ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojxona rejimini tugallash huquqiga ega. |
Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin. | Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin. |
Ayni bir tovarlarni ayni bir xil sharoitlarda bojxona hududida qayta ishlash boʻyicha muntazam operatsiyalar amalga oshirilayotganda, shaxsning arizasiga koʻra unga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi soʻralgan muddatga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin. | Ayni bir tovarlarni ayni bir xil sharoitlarda bojxona hududida qayta ishlash boʻyicha muntazam operatsiyalar amalga oshirilayotganda, shaxsning arizasiga koʻra unga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi soʻralgan muddatga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin. |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib kirilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib kirilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi. |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi ruxsatnomada koʻrsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qoʻymaydi yoki toʻxtatib turmaydi. | Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi ruxsatnomada koʻrsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qoʻymaydi yoki toʻxtatib turmaydi. |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi maʼlum qilinishi kerak. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi maʼlum qilinishi kerak. |
76-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi | 76-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi |
Bojxona hududida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi, agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa, tovarni qayta ishlash amalga oshiriladigan haqiqiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi, shuningdek tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi. | Bojxona hududida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi, agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa, tovarni qayta ishlash amalga oshiriladigan haqiqiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi, shuningdek tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi. |
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanayotganda bojxona organlari vakolatli shaxs taqdim etgan qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslanadi. | Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanayotganda bojxona organlari vakolatli shaxs taqdim etgan qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslanadi. |
Vakolatli shaxs qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini aniqlashda davlat organlarining va (yoki) vakolatli organlarning xulosalariga asoslanishi mumkin. | Vakolatli shaxs qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini aniqlashda davlat organlarining va (yoki) vakolatli organlarning xulosalariga asoslanishi mumkin. |
Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi aniqlanganidan keyin belgilanadi. | Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi aniqlanganidan keyin belgilanadi. |
77-modda. Olib kirilgan tovarlarning ekvivalent kompensatsiyasi | 77-modda. Olib kirilgan tovarlarning ekvivalent kompensatsiyasi |
Ekvivalent kompensatsiyaga, yaʼni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan, olib kirilgan tovardan olinadigan qayta ishlash mahsulotini ekvivalent tovarni qayta ishlash orqali olingan boshqa tovar bilan, shu jumladan Oʻzbekiston tovari bilan almashtirishga, agar tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlsa, tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi. | Ekvivalent kompensatsiyaga, yaʼni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan, olib kirilgan tovardan olinadigan qayta ishlash mahsulotini ekvivalent tovarni qayta ishlash orqali olingan boshqa tovar bilan, shu jumladan Oʻzbekiston tovari bilan almashtirishga, agar tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlsa, tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi. |
Ekvivalent tovar deganda, bojxona maqsadlari uchun, oʻz tavsifi, sifati va texnik xususiyatlariga koʻra olib kirilgan tovarga mos keluvchi tovar tushuniladi. | Ekvivalent tovar deganda, bojxona maqsadlari uchun, oʻz tavsifi, sifati va texnik xususiyatlariga koʻra olib kirilgan tovarga mos keluvchi tovar tushuniladi. |
Ekvivalent tovar, bojxona maqsadlari uchun, olib kirilgan tovar maqomini oladi, u bilan almashtiriladigan olib kirilgan tovar esa, ekvivalent tovar ega boʻlgan maqomni oladi. | Ekvivalent tovar, bojxona maqsadlari uchun, olib kirilgan tovar maqomini oladi, u bilan almashtiriladigan olib kirilgan tovar esa, ekvivalent tovar ega boʻlgan maqomni oladi. |
Ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarga ushbu bobning qoidalariga muvofiq olib kirilgan tovarni qayta ishlash mahsulotlari sifatida qaraladi. | Ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarga ushbu bobning qoidalariga muvofiq olib kirilgan tovarni qayta ishlash mahsulotlari sifatida qaraladi. |
Agar tovarni bojxona hududida qayta ishlash uchun berilgan ruxsatnomada ekvivalent kompensatsiya nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona hududida qayta ishlash uchun tovar olib kirilguniga qadar qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. | Agar tovarni bojxona hududida qayta ishlash uchun berilgan ruxsatnomada ekvivalent kompensatsiya nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona hududida qayta ishlash uchun tovar olib kirilguniga qadar qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. |
78-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi | 78-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi |
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq taʼmirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir xil yoxud unga oʻxshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. | Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq taʼmirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir xil yoxud unga oʻxshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. |
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotini almashtirish uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarlarni taʼmirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi. | Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotini almashtirish uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarlarni taʼmirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi. |
79-modda. Bojxona hududida qayta ishlashga olib kirilgan tovarlarning qoldiqlari va chiqindilari | 79-modda. Bojxona hududida qayta ishlashga olib kirilgan tovarlarning qoldiqlari va chiqindilari |
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni, shuningdek qayta ishlanmagan olib kirilgan tovar qoldiqlarini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojxona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 75-moddasiga muvofiq belgilangan bojxona hududida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak. | Tovarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni, shuningdek qayta ishlanmagan olib kirilgan tovar qoldiqlarini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojxona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 75-moddasiga muvofiq belgilangan bojxona hududida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak. |
80-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini tugallash | 80-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini tugallash |
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi olib kirilgan tovarning qayta ishlash mahsulotlarini yoki uning qoldiqlarini, shuningdek tovarni qayta ishlash chiqindilarini tovarni bojxona hududida qayta ishlashning ushbu Kodeks 75-moddasida belgilangan muddati tugaydigan kundan kechiktirmay olib chiqish yoxud ularni boshqa bojxona rejimlariga joylashtirish bilan tugallanishi kerak. | Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi olib kirilgan tovarning qayta ishlash mahsulotlarini yoki uning qoldiqlarini, shuningdek tovarni qayta ishlash chiqindilarini tovarni bojxona hududida qayta ishlashning ushbu Kodeks 75-moddasida belgilangan muddati tugaydigan kundan kechiktirmay olib chiqish yoxud ularni boshqa bojxona rejimlariga joylashtirish bilan tugallanishi kerak. |
Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib chiqilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. | Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib chiqilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. |
Qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish natijalari boʻyicha bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Agar olib chiqilgan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori tekshirib koʻrish natijasida ruxsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiqligi aniqlangudek boʻlsa, bojxona organi qoʻshimcha bojxona toʻlovlari toʻlash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday holda bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxsga qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay yozma shaklda xabar qilishi shart. Agar bunday toʻlovlarni toʻlash yozma xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshirilsa, ularning summalariga penya hisoblanmaydi. | Qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish natijalari boʻyicha bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Agar olib chiqilgan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori tekshirib koʻrish natijasida ruxsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiqligi aniqlangudek boʻlsa, bojxona organi qoʻshimcha bojxona toʻlovlari toʻlash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday holda bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxsga qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay yozma shaklda xabar qilishi shart. Agar bunday toʻlovlarni toʻlash yozma xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshirilsa, ularning summalariga penya hisoblanmaydi. |
Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi amal qilishi tugagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida solishtirib chiqishi shart. | Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi amal qilishi tugagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida solishtirib chiqishi shart. |
81-modda. Qayta ishlash mahsulotlariga, qoldiqlarga va chiqindilarga nisbatan bojxona toʻlovlarini hamda iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash | 81-modda. Qayta ishlash mahsulotlariga, qoldiqlarga va chiqindilarga nisbatan bojxona toʻlovlarini hamda iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash |
Olib chiqiladigan qayta ishlash mahsuloti, qoldiqlar va chiqindilar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllashdan ozod etiladi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. | Olib chiqiladigan qayta ishlash mahsuloti, qoldiqlar va chiqindilar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllashdan ozod etiladi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. |
Qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatidan va (yoki) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan sonidan hamda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan, ularga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarining stavkalaridan kelib chiqqan holda toʻlanadi. | Qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatidan va (yoki) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan sonidan hamda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan, ularga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarining stavkalaridan kelib chiqqan holda toʻlanadi. |
Qayta ishlash mahsulotlari ularning chiqish normalarida belgilanganidan kam miqdorda olib chiqilgan taqdirda, bunday farqqa nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari toʻlanadi. | Qayta ishlash mahsulotlari ularning chiqish normalarida belgilanganidan kam miqdorda olib chiqilgan taqdirda, bunday farqqa nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari toʻlanadi. |
Tovarlarning qayta ishlash chiqindilari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda ular bojxona hududiga shu holatda olib kirilganidagi kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi kerak. | Tovarlarning qayta ishlash chiqindilari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda ular bojxona hududiga shu holatda olib kirilganidagi kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi kerak. |
82-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar | 82-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
tovarlarning muayyan turlariga nisbatan bojxona hududida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmasligi hollarini; | tovarlarning muayyan turlariga nisbatan bojxona hududida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmasligi hollarini; |
tovarlarning muayyan turlarini bojxona hududida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni; | tovarlarning muayyan turlarini bojxona hududida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni; |
tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin. | tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin. |
13-bob. Vaqtincha saqlash | 13-bob. Vaqtincha saqlash |
83-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimi | 83-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimi |
Vaqtincha saqlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan har qanday tovar tayinlangan bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab va tanlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda, bojxona toʻlovlari toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda vaqtincha bojxona nazorati ostida saqlanishi mumkin. | Vaqtincha saqlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan har qanday tovar tayinlangan bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab va tanlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda, bojxona toʻlovlari toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda vaqtincha bojxona nazorati ostida saqlanishi mumkin. |
84-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 84-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Vaqtincha saqlash bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtirilishi mumkin. | Vaqtincha saqlash bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtirilishi mumkin. |
Bojxona hududiga olib kirilishi va bu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ushbu Kodeks 24-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin. | Bojxona hududiga olib kirilishi va bu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ushbu Kodeks 24-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin. |
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida yoki bojxona nazorati zonalarida, ularning mazkur bojxona rejimida turishi muddatlariga rioya etgan holda amalga oshirilishi mumkin. | Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida yoki bojxona nazorati zonalarida, ularning mazkur bojxona rejimida turishi muddatlariga rioya etgan holda amalga oshirilishi mumkin. |
85-modda. Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati | 85-modda. Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati |
Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati ana shu tovarning mazkur bojxona rejimiga joylashtirilishini maʼlum qilgan vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat, agar ushbu Kodeksning 177-moddasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oltmish kalendar kundan oshmasligi lozim. | Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati ana shu tovarning mazkur bojxona rejimiga joylashtirilishini maʼlum qilgan vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat, agar ushbu Kodeksning 177-moddasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oltmish kalendar kundan oshmasligi lozim. |
Tez buziladigan tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng koʻp muddati oʻn kalendar kunni tashkil etadi. | Tez buziladigan tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng koʻp muddati oʻn kalendar kunni tashkil etadi. |
Bojxona omborlarida, erkin omborlarda yoki boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida turgan tovar ularni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin, ushbu Kodeksning 177-moddasida belgilangan muddatlarda vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar deb hisoblanadi. | Bojxona omborlarida, erkin omborlarda yoki boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida turgan tovar ularni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin, ushbu Kodeksning 177-moddasida belgilangan muddatlarda vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar deb hisoblanadi. |
Vaqtincha saqlash bojxona rejimining amal qilish muddatini hisoblash tovar ushbu Kodeksning 177-moddasiga va 226-moddasining beshinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini olgan kundan eʼtiboran boshlanadi. | Vaqtincha saqlash bojxona rejimining amal qilish muddatini hisoblash tovar ushbu Kodeksning 177-moddasiga va 226-moddasining beshinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini olgan kundan eʼtiboran boshlanadi. |
86-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjat | 86-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjat |
Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant tomonidan bojxona organiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq tuzilgan qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilinadi. | Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant tomonidan bojxona organiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq tuzilgan qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilinadi. |
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar bojxona organiga taqdim etilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tashuvchi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan beriladi. Agar tovar shu muddat ichida boshqa bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi berilmaydi. | Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar bojxona organiga taqdim etilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tashuvchi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan beriladi. Agar tovar shu muddat ichida boshqa bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi berilmaydi. |
Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona organi ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqli emas. | Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona organi ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqli emas. |
87-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar | 87-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar |
Bojxona omborining egalari yoki vakolatli shaxslar vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar va harakatlarni bojxona organini xabardor qilgan holda amalga oshirishi mumkin: | Bojxona omborining egalari yoki vakolatli shaxslar vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar va harakatlarni bojxona organini xabardor qilgan holda amalga oshirishi mumkin: |
tovarni koʻzdan kechirish va oʻlchash; | tovarni koʻzdan kechirish va oʻlchash; |
ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tovarni tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun uning namunalari va nusxalarini olish; | ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tovarni tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun uning namunalari va nusxalarini olish; |
tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishi uchun zarur operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan buzilgan oʻrov-idishlarni toʻgʻrilash; | tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishi uchun zarur operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan buzilgan oʻrov-idishlarni toʻgʻrilash; |
vaqtincha saqlash joyi doirasida tovarning oʻrnini oʻzgartirish. | vaqtincha saqlash joyi doirasida tovarning oʻrnini oʻzgartirish. |
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan operatsiyalar va harakatlarning amalga oshirilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki uning xossalari oʻzgarishiga olib kelsa, mazkur operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan operatsiyalar va harakatlarning amalga oshirilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki uning xossalari oʻzgarishiga olib kelsa, mazkur operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Tovarning namunalari va nusxalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganidagi kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi yoki ularning toʻlanishi taʼminlanishi zarur, bundan quyidagi hollar mustasno, agar vakolatli shaxsning yozma majburiyatiga muvofiq: | Tovarning namunalari va nusxalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganidagi kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi yoki ularning toʻlanishi taʼminlanishi zarur, bundan quyidagi hollar mustasno, agar vakolatli shaxsning yozma majburiyatiga muvofiq: |
tovar keyinchalik boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda namunalar va nusxalar bojxona yuk deklaratsiyasiga kiritilsa; | tovar keyinchalik boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda namunalar va nusxalar bojxona yuk deklaratsiyasiga kiritilsa; |
namunalar va nusxalar tovar saqlanadigan muddat ichida bojxona omboriga qaytarilsa, lekin bu muddat oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. | namunalar va nusxalar tovar saqlanadigan muddat ichida bojxona omboriga qaytarilsa, lekin bu muddat oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. |
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarning bir bojxona omboridan boshqasiga bojxona nazorati ostida olib oʻtilishiga ushbu Kodeks 85-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishi muddatining oʻtishi uzilmaydi va toʻxtatib qoʻyilmaydi. | Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarning bir bojxona omboridan boshqasiga bojxona nazorati ostida olib oʻtilishiga ushbu Kodeks 85-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishi muddatining oʻtishi uzilmaydi va toʻxtatib qoʻyilmaydi. |
88-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish | 88-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish |
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga tovar shu holatda bojxona hududiga olib kirilganidagi kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak. | Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga tovar shu holatda bojxona hududiga olib kirilganidagi kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak. |
89-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimini tugallash | 89-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimini tugallash |
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi kerak. | Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi kerak. |
Tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida vaqtincha saqlash joyidan olib chiqilishi kerak, bundan tovar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan hollar mustasno. | Tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida vaqtincha saqlash joyidan olib chiqilishi kerak, bundan tovar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan hollar mustasno. |
14-bob. Bojxona ombori | 14-bob. Bojxona ombori |
90-modda. Bojxona ombori bojxona rejimi | 90-modda. Bojxona ombori bojxona rejimi |
Bojxona ombori bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona hududidan olib chiqish uchun moʻljallangan tovar bojxona bojlari, soliqlar toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda muayyan binolarda (joylarda) bojxona nazorati ostida saqlanadi. | Bojxona ombori bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona hududidan olib chiqish uchun moʻljallangan tovar bojxona bojlari, soliqlar toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda muayyan binolarda (joylarda) bojxona nazorati ostida saqlanadi. |
91-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 91-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Bojxona ombori bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtiriladi, quyidagilar bundan mustasno: | Bojxona ombori bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtiriladi, quyidagilar bundan mustasno: |
bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar; | bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar; |
bojxona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari; | bojxona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari; |
qonunchilikka muvofiq bojxona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan tovar; | qonunchilikka muvofiq bojxona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan tovar; |
bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilingan kundagi yaroqlilik muddati ushbu Kodeksning 94-moddasiga muvofiq maʼlum qilinadigan muddatdan kam boʻlgan dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari. | bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilingan kundagi yaroqlilik muddati ushbu Kodeksning 94-moddasiga muvofiq maʼlum qilinadigan muddatdan kam boʻlgan dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari. |
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida amalga oshirilishi kerak, bundan ushbu Kodeksning 93-moddasida belgilangan hollar mustasno. | Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida amalga oshirilishi kerak, bundan ushbu Kodeksning 93-moddasida belgilangan hollar mustasno. |
Vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovar ushbu rejimlarning amal qilishini toʻxtatib turish maqsadida bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin. | Vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovar ushbu rejimlarning amal qilishini toʻxtatib turish maqsadida bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin. |
92-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 92-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
93-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash | 93-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash |
Olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgani holda bojxona ombori bojxona rejimiga quyidagi hollarda vakolatli shaxsning arizasiga koʻra joylashtiriladi: | Olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgani holda bojxona ombori bojxona rejimiga quyidagi hollarda vakolatli shaxsning arizasiga koʻra joylashtiriladi: |
tovar oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, uning tashqi oʻlchamlari, fizik koʻrsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga koʻra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qoʻyilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin boʻlmasa; | tovar oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, uning tashqi oʻlchamlari, fizik koʻrsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga koʻra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qoʻyilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin boʻlmasa; |
tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud boʻlmasa. | tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud boʻlmasa. |
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlanayotganda quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim: | Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlanayotganda quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim: |
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash taqdim etilganligi; | ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash taqdim etilganligi; |
tovar bilan bogʻliq yuk operatsiyalarini bajarishga, shuningdek uni istalgan boshqa joyga koʻchirishga bojxona nazorati ostida yoʻl qoʻyilishi; | tovar bilan bogʻliq yuk operatsiyalarini bajarishga, shuningdek uni istalgan boshqa joyga koʻchirishga bojxona nazorati ostida yoʻl qoʻyilishi; |
bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrida tovarni undan foydalanish va uni tasarruf etish uchun boshqa shaxslarga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi, bundan ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. | bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrida tovarni undan foydalanish va uni tasarruf etish uchun boshqa shaxslarga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi, bundan ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartlarga rioya etish harbiy yuklarga, insonparvarlik yordami, texnik koʻmak sifatida olib kiriladigan tovarlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablagʻlari, grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga, chet el valyutasiga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartlarga rioya etish harbiy yuklarga, insonparvarlik yordami, texnik koʻmak sifatida olib kiriladigan tovarlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablagʻlari, grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga, chet el valyutasiga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
Tovar tegishli bojxona rejimiga joylashtirilmagan holda yoʻqotilgan yoki boshqa shaxslarga berib yuborilgan taqdirda bojxona toʻlovlarini toʻlash olib kirilayotgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turavergani holda uni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. | Tovar tegishli bojxona rejimiga joylashtirilmagan holda yoʻqotilgan yoki boshqa shaxslarga berib yuborilgan taqdirda bojxona toʻlovlarini toʻlash olib kirilayotgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turavergani holda uni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. |
94-modda. Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati | 94-modda. Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati |
Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati uch yilni tashkil etadi. | Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati uch yilni tashkil etadi. |
Tovarlar bir necha bor bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona ombori bojxona rejimining umumiy amal qilish muddati ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan koʻp boʻlishi mumkin emas. | Tovarlar bir necha bor bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona ombori bojxona rejimining umumiy amal qilish muddati ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan koʻp boʻlishi mumkin emas. |
Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati ushbu Kodeksning 98-moddasiga muvofiq tugaguniga qadar tugallash huquqiga ega. | Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati ushbu Kodeksning 98-moddasiga muvofiq tugaguniga qadar tugallash huquqiga ega. |
Yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati cheklangan tovar mazkur muddat tugaguniga qadar kamida bir yuz sakson kalendar kundan kechiktirmay boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi va bojxona omboridan olib chiqilishi kerak. | Yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati cheklangan tovar mazkur muddat tugaguniga qadar kamida bir yuz sakson kalendar kundan kechiktirmay boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi va bojxona omboridan olib chiqilishi kerak. |
95-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar | 95-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar |
Vakolatli shaxslar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan bojxona organini xabardor qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin: | Vakolatli shaxslar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan bojxona organini xabardor qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin: |
tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishini taʼminlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish; | tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishini taʼminlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish; |
tovarni tekshirish, koʻzdan kechirish va oʻlchash; | tovarni tekshirish, koʻzdan kechirish va oʻlchash; |
bojxona ombori ichida tovarning joyini oʻzgartirish, basharti mazkur oʻzgartirish tovarning holati oʻzgarishiga, uning oʻrov-idishi buzilishiga va (yoki) qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining oʻzgarishiga olib kelmasa; | bojxona ombori ichida tovarning joyini oʻzgartirish, basharti mazkur oʻzgartirish tovarning holati oʻzgarishiga, uning oʻrov-idishi buzilishiga va (yoki) qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining oʻzgarishiga olib kelmasa; |
ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun tovarning namunalari va nusxalarini olish; | ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun tovarning namunalari va nusxalarini olish; |
tovarni sotishga va tashishga tayyorlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish, shu jumladan turkumlarga boʻlish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash (aksiz markalari bundan mustasno), boshqa shu kabi operatsiyalarni, shu jumladan oddiy yigʻish operatsiyalarini bajarish; | tovarni sotishga va tashishga tayyorlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish, shu jumladan turkumlarga boʻlish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash (aksiz markalari bundan mustasno), boshqa shu kabi operatsiyalarni, shu jumladan oddiy yigʻish operatsiyalarini bajarish; |
tovarning sifatini yaxshilash uchun zarur boshqa operatsiyalarni bajarish, bundan tovarni aralashtirish, qayta ishlash yoki unga ishlov berish mustasno. | tovarning sifatini yaxshilash uchun zarur boshqa operatsiyalarni bajarish, bundan tovarni aralashtirish, qayta ishlash yoki unga ishlov berish mustasno. |
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan operatsiyalar va harakatlarning bajarilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki xossalarining oʻzgarishiga olib kelsa, ushbu operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan operatsiyalar va harakatlarning bajarilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki xossalarining oʻzgarishiga olib kelsa, ushbu operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Tovarning namunalari va nusxalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganida boʻlgani kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi yoki bunday toʻlovlarni toʻlash taʼminlanishi zarur, bundan tovarni keyinchalik boshqa bojxona rejimiga joylashtirishda namunalar va nusxalarning bojxona yuk deklaratsiyasiga kiritilish hollari mustasno. | Tovarning namunalari va nusxalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganida boʻlgani kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi yoki bunday toʻlovlarni toʻlash taʼminlanishi zarur, bundan tovarni keyinchalik boshqa bojxona rejimiga joylashtirishda namunalar va nusxalarning bojxona yuk deklaratsiyasiga kiritilish hollari mustasno. |
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni ushbu Kodeks 94-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar tugaguniga qadar bojxona nazorati ostida bir bojxona omboridan boshqasiga olib oʻtishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turishi muddatining oʻtishi uzilib qolmaydi va toʻxtatib turilmaydi. | Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni ushbu Kodeks 94-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar tugaguniga qadar bojxona nazorati ostida bir bojxona omboridan boshqasiga olib oʻtishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turishi muddatining oʻtishi uzilib qolmaydi va toʻxtatib turilmaydi. |
96-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish | 96-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish |
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazishga, unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: | Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazishga, unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: |
tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi; | tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi; |
tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etadi. | tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etadi. |
Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqi bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi. | Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqi bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi. |
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazilganligi bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini toʻxtatib turmaydi va uzaytirmaydi. | Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazilganligi bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini toʻxtatib turmaydi va uzaytirmaydi. |
97-modda. Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish | 97-modda. Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish |
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga u shu holatda bojxona hududiga olib kirilgan tovar kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak. | Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga u shu holatda bojxona hududiga olib kirilgan tovar kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak. |
98-modda. Bojxona ombori bojxona rejimini tugallash | 98-modda. Bojxona ombori bojxona rejimini tugallash |
Bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi kerak, bundan vaqtincha saqlash bojxona rejimi mustasno. | Bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi kerak, bundan vaqtincha saqlash bojxona rejimi mustasno. |
Boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tovar bojxona omboridan olib chiqilishi kerak. | Boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tovar bojxona omboridan olib chiqilishi kerak. |
Ilgari vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovarni undan keyinchalik bojxona hududida ushbu bojxona rejimiga muvofiq foydalanish maqsadida bojxona omboridan olib chiqishda vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash muddatining oʻtishi tiklanadi. | Ilgari vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovarni undan keyinchalik bojxona hududida ushbu bojxona rejimiga muvofiq foydalanish maqsadida bojxona omboridan olib chiqishda vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash muddatining oʻtishi tiklanadi. |
99-modda. Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaganidan keyin u bilan amalga oshiriladigan harakatlar | 99-modda. Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaganidan keyin u bilan amalga oshiriladigan harakatlar |
Ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, bojxona organi bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugagan tovarga nisbatan qaror qabul qilinishi uchun sudga murojaat etadi. | Ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, bojxona organi bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugagan tovarga nisbatan qaror qabul qilinishi uchun sudga murojaat etadi. |
15-bob. Erkin ombor | 15-bob. Erkin ombor |
100-modda. Erkin ombor bojxona rejimi | 100-modda. Erkin ombor bojxona rejimi |
Erkin ombor bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda joylashtiriladi. | Erkin ombor bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda joylashtiriladi. |
101-modda. Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 101-modda. Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Erkin ombor bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari mustasno. | Erkin ombor bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari mustasno. |
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim. | Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim. |
Ilgari boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin. | Ilgari boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin. |
102-modda. Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 102-modda. Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
103-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar | 103-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar |
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin: | Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin: |
tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishini taʼminlash operatsiyalari; | tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishini taʼminlash operatsiyalari; |
tovarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari, shu jumladan turkumlarga boʻlish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno) va boshqa shu kabi operatsiyalar; | tovarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari, shu jumladan turkumlarga boʻlish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno) va boshqa shu kabi operatsiyalar; |
oddiy yigʻish operatsiyalari; | oddiy yigʻish operatsiyalari; |
tovardan erkin omborda ishlatiladigan texnologik uskuna va uning ehtiyot qismlari, yuklash-tushirish texnikasi, boshqa texnik vositalar sifatida foydalanish operatsiyalari. | tovardan erkin omborda ishlatiladigan texnologik uskuna va uning ehtiyot qismlari, yuklash-tushirish texnikasi, boshqa texnik vositalar sifatida foydalanish operatsiyalari. |
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin. | Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin. |
1031-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish | 1031-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish |
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazishga unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: | Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazishga unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi: |
tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi; | tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi; |
tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organiga beradi. | tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organiga beradi. |
Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi. | Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi. |
104-modda. Tovarning erkin ombor bojxona rejimida turishi muddati | 104-modda. Tovarning erkin ombor bojxona rejimida turishi muddati |
Tovar erkin ombor bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin. | Tovar erkin ombor bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin. |
105-modda. Erkin ombor bojxona rejimida bojxona toʻlovlarining va iqtisodiy siyosat choralarining qoʻllanilishi | 105-modda. Erkin ombor bojxona rejimida bojxona toʻlovlarining va iqtisodiy siyosat choralarining qoʻllanilishi |
Erkin ombor bojxona rejimida turgan tovar erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimiga joylashtirilayotganda, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarning ishlab chiqarilgan mamlakatiga bogʻliq ravishda bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi. | Erkin ombor bojxona rejimida turgan tovar erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimiga joylashtirilayotganda, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarning ishlab chiqarilgan mamlakatiga bogʻliq ravishda bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi. |
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan va bojxona hududiga olib kiriladigan chet el tovariga nisbatan, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tovar bevosita bojxona hududi tashqarisidan olib kirilganidagi kabi bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi. | Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan va bojxona hududiga olib kiriladigan chet el tovariga nisbatan, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tovar bevosita bojxona hududi tashqarisidan olib kirilganidagi kabi bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi. |
Oʻzbekiston tovari erkin ombordan bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda unga nisbatan bojxona hududidan olib chiqishda qoʻllanilganidagi kabi bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi. | Oʻzbekiston tovari erkin ombordan bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda unga nisbatan bojxona hududidan olib chiqishda qoʻllanilganidagi kabi bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi. |
Erkin ombordan bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlmagan taqdirda bunday tovar unga bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston tovari sifatida, boshqa maqsadlarda esa, chet el tovari sifatida qaraladi. | Erkin ombordan bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlmagan taqdirda bunday tovar unga bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston tovari sifatida, boshqa maqsadlarda esa, chet el tovari sifatida qaraladi. |
Agar tovar olib chiqilayotganda bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etilishi yoki toʻlangan summalar qaytarilishi nazarda tutilgan boʻlsa, erkin ombor bojxona rejimiga joylashtiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport bojxona rejimida olib chiqish moʻljallangan tovar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi yoki toʻlangan summalar qaytariladi. Bunday tovarni olib chiqish bojxona bojlari, soliqlar summalari qaytarilgan yoki ularni toʻlashdan ozod qilingan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. | Agar tovar olib chiqilayotganda bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etilishi yoki toʻlangan summalar qaytarilishi nazarda tutilgan boʻlsa, erkin ombor bojxona rejimiga joylashtiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport bojxona rejimida olib chiqish moʻljallangan tovar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi yoki toʻlangan summalar qaytariladi. Bunday tovarni olib chiqish bojxona bojlari, soliqlar summalari qaytarilgan yoki ularni toʻlashdan ozod qilingan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. |
Erkin omborlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi lozim boʻlgan tovar bojxona hududiga qaytarilgan yoki uni olib chiqish belgilangan muddatlar ichida amalga oshirilmagan taqdirda bojxona bojlari va soliqlar toʻlanadi. | Erkin omborlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi lozim boʻlgan tovar bojxona hududiga qaytarilgan yoki uni olib chiqish belgilangan muddatlar ichida amalga oshirilmagan taqdirda bojxona bojlari va soliqlar toʻlanadi. |
16-bob. Erkin bojxona zonasi | 16-bob. Erkin bojxona zonasi |
106-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi | 106-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi |
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda joylashtiriladi va shu tarzda undan foydalaniladi. | Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda joylashtiriladi va shu tarzda undan foydalaniladi. |
107-modda. Tovarlarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 107-modda. Tovarlarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovarlari mustasno. | Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovarlari mustasno. |
Erkin bojxona zonasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga nisbatan erkin bojxona zonasi bojxona rejimi qoʻllanilmaydi. | Erkin bojxona zonasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga nisbatan erkin bojxona zonasi bojxona rejimi qoʻllanilmaydi. |
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim. | Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim. |
108-modda. Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 108-modda. Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
109-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar | 109-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar |
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan operatsiyalar erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. | Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan operatsiyalar erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. | Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. |
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin. | Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin. |
110-modda. Tovarning erkin bojxona zonasi bojxona rejimida turishi muddatlari | 110-modda. Tovarning erkin bojxona zonasi bojxona rejimida turishi muddatlari |
Tovar erkin bojxona zonasi bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin. | Tovar erkin bojxona zonasi bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin. |
111-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi | 111-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi |
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona toʻlovlari ushbu Kodeksning 105-moddasi talablari inobatga olingan holda, erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq undiriladi. | Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona toʻlovlari ushbu Kodeksning 105-moddasi talablari inobatga olingan holda, erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq undiriladi. |
112-modda. Erkin bojxona zonasini tashkil etish | 112-modda. Erkin bojxona zonasini tashkil etish |
Erkin bojxona zonasi erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadigan tartibda tashkil etiladi. | Erkin bojxona zonasi erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadigan tartibda tashkil etiladi. |
17-bob. Boj olinmaydigan savdo | 17-bob. Boj olinmaydigan savdo |
113-modda. Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi | 113-modda. Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi |
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarida bojxona bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi. | Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarida bojxona bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi. |
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlari, shuningdek Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududidan chiqib ketayotgan va bojxona hududiga kirib kelayotgan jismoniy shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslarga ushbu bobda belgilangan shartlarda chakana holda realizatsiya qilinadi. | Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlari, shuningdek Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududidan chiqib ketayotgan va bojxona hududiga kirib kelayotgan jismoniy shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslarga ushbu bobda belgilangan shartlarda chakana holda realizatsiya qilinadi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtmayotgan jismoniy shaxslarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet ellik shaxslarga boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) ruxsat etilmaydi. | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtmayotgan jismoniy shaxslarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet ellik shaxslarga boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) ruxsat etilmaydi. |
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni realizatsiya qilish boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi. | Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni realizatsiya qilish boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi. |
114-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 114-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga har qanday tovarlar joylashtiriladi, bundan roʻyxati qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tovarlar mustasno. | Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga har qanday tovarlar joylashtiriladi, bundan roʻyxati qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tovarlar mustasno. |
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarni deklaratsiyalash boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. | Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarni deklaratsiyalash boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. |
Tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin. | Tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin. |
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin: | Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin: |
tovar realizatsiya qilinguniga qadar uning oʻzgarmas holatda but saqlanishini taʼminlash operatsiyalari; | tovar realizatsiya qilinguniga qadar uning oʻzgarmas holatda but saqlanishini taʼminlash operatsiyalari; |
tovarlarni sotishga tayyorlash boʻyicha, shu jumladan saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno). | tovarlarni sotishga tayyorlash boʻyicha, shu jumladan saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno). |
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar realizatsiya qilinguniga qadar oʻzgarmas holatda qolishi kerak, bundan isteʼmol qilish uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydalaniladigan tovar mustasno. | Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar realizatsiya qilinguniga qadar oʻzgarmas holatda qolishi kerak, bundan isteʼmol qilish uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydalaniladigan tovar mustasno. |
Boj olinmaydigan savdo doʻkonida realizatsiya qilinadigan tovarlar tovarning boj olinmaydigan savdo doʻkoniga mansubligini anglatuvchi maxsus tamgʻaga ega boʻlishi va chakana sotish uchun oldindan oʻrab, joylangan boʻlishi kerak. | Boj olinmaydigan savdo doʻkonida realizatsiya qilinadigan tovarlar tovarning boj olinmaydigan savdo doʻkoniga mansubligini anglatuvchi maxsus tamgʻaga ega boʻlishi va chakana sotish uchun oldindan oʻrab, joylangan boʻlishi kerak. |
115-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 115-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
18-bob. Bojxona tranziti | 18-bob. Bojxona tranziti |
116-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimi | 116-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimi |
Bojxona tranziti bojxona rejimi shunday rejimki, bunda: | Bojxona tranziti bojxona rejimi shunday rejimki, bunda: |
olib kirilgan tovar joʻnatuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi bojxona hududi boʻylab, shu jumladan chet davlat hududi orqali bojxona nazorati ostida; | olib kirilgan tovar joʻnatuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi bojxona hududi boʻylab, shu jumladan chet davlat hududi orqali bojxona nazorati ostida; |
Oʻzbekiston tovarlari bojxona chegarasida joylashgan joʻnatuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi chet davlat hududi boʻylab bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda olib oʻtiladi. | Oʻzbekiston tovarlari bojxona chegarasida joylashgan joʻnatuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi chet davlat hududi boʻylab bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda olib oʻtiladi. |
Qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi joʻnatuvchi bojxona organi hisoblanadi. | Qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi joʻnatuvchi bojxona organi hisoblanadi. |
Qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tovar kelib tushadigan bojxona organi hisoblanadi. | Qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tovar kelib tushadigan bojxona organi hisoblanadi. |
117-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 117-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Har qanday tovar quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtiriladi: | Har qanday tovar quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtiriladi: |
tovarning bojxona hududi orqali tranziti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq taqiqlanmagan boʻlsa; | tovarning bojxona hududi orqali tranziti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq taqiqlanmagan boʻlsa; |
agar qonunchilikka muvofiq tovarning bojxona hududi boʻylab tranzitiga faqat tegishli ruxsatnomalar asosida yoʻl qoʻyilsa, tovarga nisbatan shunday ruxsatnomalar mavjud boʻlsa. | agar qonunchilikka muvofiq tovarning bojxona hududi boʻylab tranzitiga faqat tegishli ruxsatnomalar asosida yoʻl qoʻyilsa, tovarga nisbatan shunday ruxsatnomalar mavjud boʻlsa. |
Bojxona tranziti bojxona rejimida tovarni tashish ushbu Kodeksning 31-bobida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. | Bojxona tranziti bojxona rejimida tovarni tashish ushbu Kodeksning 31-bobida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari, quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona tranzitining bojxona rasmiylashtiruvi ushbu Kodeksning 24 va 25-boblariga muvofiq amalga oshiriladi. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari, quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona tranzitining bojxona rasmiylashtiruvi ushbu Kodeksning 24 va 25-boblariga muvofiq amalga oshiriladi. |
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sharti bilan bojxona hududi orqali bojxona tranzitiga yoʻl qoʻyiladigan tovarlarning roʻyxati qonunchilikda belgilanadi. | Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sharti bilan bojxona hududi orqali bojxona tranzitiga yoʻl qoʻyiladigan tovarlarning roʻyxati qonunchilikda belgilanadi. |
Ayrim turdagi tovarlarning bojxona hududi orqali bojxona tranziti bojxona rejimida olib oʻtilishiga nisbatan qonunchilik bilan boshqa talablar va shartlar ham belgilanishi mumkin. | Ayrim turdagi tovarlarning bojxona hududi orqali bojxona tranziti bojxona rejimida olib oʻtilishiga nisbatan qonunchilik bilan boshqa talablar va shartlar ham belgilanishi mumkin. |
Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeksning 3-bobiga muvofiq bojxona organi xabardor qilingan holda amalga oshiriladi. | Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeksning 3-bobiga muvofiq bojxona organi xabardor qilingan holda amalga oshiriladi. |
118-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 118-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda tranziti amalga oshiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda tranziti amalga oshiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
119-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq bojxona hududi boʻylab olib oʻtiladigan tovar bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar | 119-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq bojxona hududi boʻylab olib oʻtiladigan tovar bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar |
Bojxona tranziti bojxona rejimida turgan tovar bilan oraliq bojxona organi nazorati ostida quyidagi yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni bajarishga yoʻl qoʻyiladi: | Bojxona tranziti bojxona rejimida turgan tovar bilan oraliq bojxona organi nazorati ostida quyidagi yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni bajarishga yoʻl qoʻyiladi: |
tovarni bojxona hududiga olib kirgan transport vositasidan olib, shu hududdan olib chiqadigan transport vositasiga yuklash; | tovarni bojxona hududiga olib kirgan transport vositasidan olib, shu hududdan olib chiqadigan transport vositasiga yuklash; |
bojxona tranziti bojxona rejimining amal qilish muddatini toʻxtatib turish uchun, shu jumladan tovar tashilayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda shunday qilish uchun vaqtincha saqlash joylarida tovarni tushirish va vaqtincha joylab qoʻyish (saqlash, turkumlarga boʻlish yoki turkumlarga toʻplash va boshqa shu kabi operatsiyalar). Tovarni vaqtincha joylab qoʻyish muddati mazkur operatsiyalarni bajarish uchun ketadigan vaqtdan yoxud transport vositasini taʼmirlash-tiklash ishlariga ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, biroq bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng koʻp muddatlaridan oshmasligi kerak. | bojxona tranziti bojxona rejimining amal qilish muddatini toʻxtatib turish uchun, shu jumladan tovar tashilayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda shunday qilish uchun vaqtincha saqlash joylarida tovarni tushirish va vaqtincha joylab qoʻyish (saqlash, turkumlarga boʻlish yoki turkumlarga toʻplash va boshqa shu kabi operatsiyalar). Tovarni vaqtincha joylab qoʻyish muddati mazkur operatsiyalarni bajarish uchun ketadigan vaqtdan yoxud transport vositasini taʼmirlash-tiklash ishlariga ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, biroq bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng koʻp muddatlaridan oshmasligi kerak. |
Oʻzining faoliyat koʻrsatish zonasida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan ruxsat etilgan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladigan bojxona organi oraliq bojxona organi hisoblanadi. | Oʻzining faoliyat koʻrsatish zonasida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan ruxsat etilgan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladigan bojxona organi oraliq bojxona organi hisoblanadi. |
Agar bajariladigan operatsiyalar tovar ustidan bundan buyongi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni boʻlmasligiga olib kelsa, oraliq bojxona organi ushbu tovar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashga haqli. | Agar bajariladigan operatsiyalar tovar ustidan bundan buyongi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni boʻlmasligiga olib kelsa, oraliq bojxona organi ushbu tovar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashga haqli. |
Avariya, yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoki bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq tovarning tashilishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlarda, tashuvchi tovarning va transport vositasining but saqlanishini taʼminlash uchun barcha choralarni koʻrishi, eng yaqin bojxona organiga ushbu holatlar va tovar turgan joy toʻgʻrisida darhol xabar qilishi, shuningdek tovarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi koʻrsatgan boshqa joyga tashib oʻtishi yoki tashilishini taʼminlashi shart. | Avariya, yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoki bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq tovarning tashilishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlarda, tashuvchi tovarning va transport vositasining but saqlanishini taʼminlash uchun barcha choralarni koʻrishi, eng yaqin bojxona organiga ushbu holatlar va tovar turgan joy toʻgʻrisida darhol xabar qilishi, shuningdek tovarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi koʻrsatgan boshqa joyga tashib oʻtishi yoki tashilishini taʼminlashi shart. |
120-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimini tugallash | 120-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimini tugallash |
Bojxona tranziti bojxona rejimi olib kirilgan tovarni bojxona hududidan olib chiqish bilan yoki Oʻzbekiston tovarini bojxona hududiga olib kirish bilan tugallanadi. | Bojxona tranziti bojxona rejimi olib kirilgan tovarni bojxona hududidan olib chiqish bilan yoki Oʻzbekiston tovarini bojxona hududiga olib kirish bilan tugallanadi. |
Tovarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha bojxona tranzitining muddati tovarlarni tashishning odatiy muddatlariga muvofiq, transportning turi va transport vositasining imkoniyatlari, yoʻnalishi, boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda va (yoki) deklarantning yoki, agar tashuvchi bojxona tranziti bojxona rejimi deklaranti sifatida ish yuritmagan boʻlsa, tashuvchining arizasidan kelib chiqqan holda, shuningdek haydovchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq mehnat qilish hamda dam olish rejimi talablari inobatga olingan holda, joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat bojxona tranzitining eng koʻp muddatidan oshmasligi kerak. | Tovarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha bojxona tranzitining muddati tovarlarni tashishning odatiy muddatlariga muvofiq, transportning turi va transport vositasining imkoniyatlari, yoʻnalishi, boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda va (yoki) deklarantning yoki, agar tashuvchi bojxona tranziti bojxona rejimi deklaranti sifatida ish yuritmagan boʻlsa, tashuvchining arizasidan kelib chiqqan holda, shuningdek haydovchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq mehnat qilish hamda dam olish rejimi talablari inobatga olingan holda, joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat bojxona tranzitining eng koʻp muddatidan oshmasligi kerak. |
Bojxona tranziti bojxona rejimining eng koʻp muddati bojxona tranziti uchun xabarnoma berilgan kundan eʼtiboran belgilanadigan quyidagi hisob-kitob muddatidan oshmasligi lozim: | Bojxona tranziti bojxona rejimining eng koʻp muddati bojxona tranziti uchun xabarnoma berilgan kundan eʼtiboran belgilanadigan quyidagi hisob-kitob muddatidan oshmasligi lozim: |
havo transporti uchun — uch kalendar kun; | havo transporti uchun — uch kalendar kun; |
yer usti va suv transporti uchun — oʻn besh kalendar kunda bir ming kilometr. | yer usti va suv transporti uchun — oʻn besh kalendar kunda bir ming kilometr. |
Vakolatli shaxs tovarni va ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etishi shart. | Vakolatli shaxs tovarni va ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etishi shart. |
Tovar kelib tushadigan bojxona organi bojxona tranziti bojxona rejimini tugallash uchun zarur operatsiyalarni bajaradi. | Tovar kelib tushadigan bojxona organi bojxona tranziti bojxona rejimini tugallash uchun zarur operatsiyalarni bajaradi. |
Vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona tranziti bojxona rejimini oraliq bojxona organida quyidagi yoʻllar bilan tugallashga yoʻl qoʻyiladi: | Vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona tranziti bojxona rejimini oraliq bojxona organida quyidagi yoʻllar bilan tugallashga yoʻl qoʻyiladi: |
tovarni alohida turkumlar bilan va (yoki) joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan ilgari belgilanganidan boshqa tovar kelib tushadigan bojxona organlari orqali olib chiqish yoʻli bilan. Tovarlar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda tovarning oxirgi turkumi bojxona hududidan olib chiqilganidan keyin bojxona tranziti bojxona rejimi tugallangan hisoblanadi; | tovarni alohida turkumlar bilan va (yoki) joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan ilgari belgilanganidan boshqa tovar kelib tushadigan bojxona organlari orqali olib chiqish yoʻli bilan. Tovarlar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda tovarning oxirgi turkumi bojxona hududidan olib chiqilganidan keyin bojxona tranziti bojxona rejimi tugallangan hisoblanadi; |
ushbu Kodeksning talablari va shartlariga rioya etilgan holda tovarni boshqa bojxona rejimlariga joylashtirish yoʻli bilan. | ushbu Kodeksning talablari va shartlariga rioya etilgan holda tovarni boshqa bojxona rejimlariga joylashtirish yoʻli bilan. |
Zarur boʻlgan hollarda, oraliq bojxona organi vakolatli shaxsning arizasida koʻrsatilgan muddatga muvofiq bojxona tranziti bojxona rejimini tugallashning boshqa muddatini belgilaydi. | Zarur boʻlgan hollarda, oraliq bojxona organi vakolatli shaxsning arizasida koʻrsatilgan muddatga muvofiq bojxona tranziti bojxona rejimini tugallashning boshqa muddatini belgilaydi. |
19-bob. Yoʻq qilish | 19-bob. Yoʻq qilish |
121-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimi | 121-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimi |
Yoʻq qilish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda chet el tovari bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona nazorati ostida yoʻq qilinadi, shu jumladan foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi. | Yoʻq qilish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda chet el tovari bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona nazorati ostida yoʻq qilinadi, shu jumladan foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi. |
122-modda. Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 122-modda. Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirishga, agar yoʻq qilinadigan tovarlar oʻzining isteʼmol xossalarini toʻliq yoʻqotadigan boʻlsa va ularning dastlabki holatini iqtisodiy foydali usulda tiklab boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. | Tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirishga, agar yoʻq qilinadigan tovarlar oʻzining isteʼmol xossalarini toʻliq yoʻqotadigan boʻlsa va ularning dastlabki holatini iqtisodiy foydali usulda tiklab boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. |
Quyidagi tovarlarning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi: | Quyidagi tovarlarning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi: |
madaniy boyliklarning; | madaniy boyliklarning; |
yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarining, ularning qismlari va derivatlarining, bundan epidemiyalar va epizootiyalarning oldini olish maqsadida yoʻq qilinishi talab etiladigan hollar mustasno. | yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarining, ularning qismlari va derivatlarining, bundan epidemiyalar va epizootiyalarning oldini olish maqsadida yoʻq qilinishi talab etiladigan hollar mustasno. |
Quyidagi hollarda tovarlarni yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar: | Quyidagi hollarda tovarlarni yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar: |
yoʻq qilish atrof muhitga zarar yetkazishi yoxud insonlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdirsa yoki xavf tugʻdirish ehtimoli boʻlsa; | yoʻq qilish atrof muhitga zarar yetkazishi yoxud insonlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdirsa yoki xavf tugʻdirish ehtimoli boʻlsa; |
yoʻq qilish tovarlarning odatiy maqsadiga koʻra ularni isteʼmol qilish orqali amalga oshirilsa; | yoʻq qilish tovarlarning odatiy maqsadiga koʻra ularni isteʼmol qilish orqali amalga oshirilsa; |
bojxona organi tovarlar amalda yoʻq qilinganligini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa; | bojxona organi tovarlar amalda yoʻq qilinganligini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa; |
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining yoʻq qilishni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi, uni amalga oshirishning usuli va joyi koʻrsatilgan xulosasi bojxona organlarining axborot tizimida boʻlmasa. Ushbu qismning qoidalari avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida qaytarib boʻlmas tarzda yoʻqotilgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. | ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining yoʻq qilishni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi, uni amalga oshirishning usuli va joyi koʻrsatilgan xulosasi bojxona organlarining axborot tizimida boʻlmasa. Ushbu qismning qoidalari avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida qaytarib boʻlmas tarzda yoʻqotilgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
Tovarlarni yoʻq qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin: | Tovarlarni yoʻq qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin: |
tovarlarning batamom yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan termik, kimyoviy, mexanik tarzdagi yoki boshqa turdagi (yoqib tashlash, buzib tashlash, koʻmib tashlash) taʼsir koʻrsatish; | tovarlarning batamom yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan termik, kimyoviy, mexanik tarzdagi yoki boshqa turdagi (yoqib tashlash, buzib tashlash, koʻmib tashlash) taʼsir koʻrsatish; |
demontaj qilish, qismlarga ajratish, mexanik usulda buzish, shu jumladan teshish, yirtish, boshqa usulda shikast yetkazish, basharti bunday shikastlanishlar tovarlarni keyinchalik tiklash va ulardan dastlabki koʻrinishida foydalanish imkoniyatini istisno etsa. | demontaj qilish, qismlarga ajratish, mexanik usulda buzish, shu jumladan teshish, yirtish, boshqa usulda shikast yetkazish, basharti bunday shikastlanishlar tovarlarni keyinchalik tiklash va ulardan dastlabki koʻrinishida foydalanish imkoniyatini istisno etsa. |
Tovarlarni yoʻq qilish tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda vakolatli shaxs tomonidan uning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | Tovarlarni yoʻq qilish tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda vakolatli shaxs tomonidan uning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. |
Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida tegishli vakolatli davlat organining tovar isteʼmolga va foydalanishga yaroqsizligi, shuningdek bundan buyon uni saqlash mumkin emasligi haqidagi xulosasiga koʻra, vakolatli shaxsga oldindan yozma xabar yuborilgan holda bojxona omborining egasi tomonidan maʼlum qilinishi mumkin. | Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida tegishli vakolatli davlat organining tovar isteʼmolga va foydalanishga yaroqsizligi, shuningdek bundan buyon uni saqlash mumkin emasligi haqidagi xulosasiga koʻra, vakolatli shaxsga oldindan yozma xabar yuborilgan holda bojxona omborining egasi tomonidan maʼlum qilinishi mumkin. |
123-modda. Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 123-modda. Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga: | Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga: |
bojxona yuk deklaratsiyasini; | bojxona yuk deklaratsiyasini; |
tovarning kuzatuv hujjatlarini; | tovarning kuzatuv hujjatlarini; |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan yoʻq qilish dalolatnomasini taqdim etadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan yoʻq qilish dalolatnomasini taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda yoʻq qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda yoʻq qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
124-modda. Tovarni yoʻq qilish muddati va joyi | 124-modda. Tovarni yoʻq qilish muddati va joyi |
Tovarni yoʻq qilish muddati mazkur turdagi tovarni yoʻq qilish operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan vaqtdan kelib chiqqan holda bojxona organi tomonidan vakolatli shaxsning arizasi asosida belgilanadi. Tovarni yoʻq qilish maʼlum qilingan usulda hamda tovarni turgan joyidan yoʻq qilish joyiga tashishga ketadigan vaqt hisobga olingan holda amalga oshiriladi. | Tovarni yoʻq qilish muddati mazkur turdagi tovarni yoʻq qilish operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan vaqtdan kelib chiqqan holda bojxona organi tomonidan vakolatli shaxsning arizasi asosida belgilanadi. Tovarni yoʻq qilish maʼlum qilingan usulda hamda tovarni turgan joyidan yoʻq qilish joyiga tashishga ketadigan vaqt hisobga olingan holda amalga oshiriladi. |
Tovarni yoʻq qilish joyi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining xulosasi inobatga olingan holda vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi. | Tovarni yoʻq qilish joyi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining xulosasi inobatga olingan holda vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi. |
125-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimini avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllash | 125-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimini avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllash |
Yoʻq qilish bojxona rejimi avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. | Yoʻq qilish bojxona rejimi avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. |
Tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida maʼlum qilgan shaxs bojxona organlariga tegishli vakolatli organning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlarning mavjudligi hamda tovarlar shu holatlar natijasida yoʻq qilinganligi yoki shikastlanganligi toʻgʻrisidagi xulosasini taqdim etishi kerak. | Tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida maʼlum qilgan shaxs bojxona organlariga tegishli vakolatli organning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlarning mavjudligi hamda tovarlar shu holatlar natijasida yoʻq qilinganligi yoki shikastlanganligi toʻgʻrisidagi xulosasini taqdim etishi kerak. |
Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlar yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda ushbu Kodeks 122-moddasi birinchi qismining va 127-moddasining qoidalari qoʻllaniladi. | Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlar yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda ushbu Kodeks 122-moddasi birinchi qismining va 127-moddasining qoidalari qoʻllaniladi. |
126-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati | 126-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati |
Yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. | Yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. |
Tovar yoʻq qilinguniga qadar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini, shuningdek tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | Tovar yoʻq qilinguniga qadar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini, shuningdek tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
Tovar bojxona omborida saqlangan taqdirda, yoʻq qilinishi maʼlum qilingan tovarni bojxona omboridan olib chiqish uchun bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan bojxona yuk deklaratsiyasi asos boʻladi. | Tovar bojxona omborida saqlangan taqdirda, yoʻq qilinishi maʼlum qilingan tovarni bojxona omboridan olib chiqish uchun bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan bojxona yuk deklaratsiyasi asos boʻladi. |
Tovarni yoʻq qilish joyigacha yetkazib berish va uni yoʻq qilish bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi. | Tovarni yoʻq qilish joyigacha yetkazib berish va uni yoʻq qilish bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi. |
Tovarni yoʻq qilish fakti boʻyicha bojxona organining mansabdor shaxsi, vakolatli shaxs va tovarlarni amalda yoʻq qilish chogʻida hozir boʻlgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadigan yoʻq qilish dalolatnomasi tuziladi. | Tovarni yoʻq qilish fakti boʻyicha bojxona organining mansabdor shaxsi, vakolatli shaxs va tovarlarni amalda yoʻq qilish chogʻida hozir boʻlgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadigan yoʻq qilish dalolatnomasi tuziladi. |
Tovarni yoʻq qilish dalolatnomasi tovar amalda yoʻq qilinganidan keyin bir ish kuni ichida bojxona organiga taqdim etiladi. | Tovarni yoʻq qilish dalolatnomasi tovar amalda yoʻq qilinganidan keyin bir ish kuni ichida bojxona organiga taqdim etiladi. |
Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish va roʻyxatdan oʻtkazish yoʻq qilishdan avval, uni rasmiylashtirish esa, tovar yoʻq qilinganidan keyin amalga oshiriladi. | Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish va roʻyxatdan oʻtkazish yoʻq qilishdan avval, uni rasmiylashtirish esa, tovar yoʻq qilinganidan keyin amalga oshiriladi. |
127-modda. Tovarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni deklaratsiyalash | 127-modda. Tovarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni deklaratsiyalash |
Tovarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilar ular shu holatda bojxona hududiga olib kirilganida boʻlgani kabi boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. | Tovarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilar ular shu holatda bojxona hududiga olib kirilganida boʻlgani kabi boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan va keyinchalik foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgunga qadar qayta ishlangan chiqindilar deklaratsiyalanmaydi. | Yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan va keyinchalik foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgunga qadar qayta ishlangan chiqindilar deklaratsiyalanmaydi. |
20-bob. Davlat foydasiga voz kechish | 20-bob. Davlat foydasiga voz kechish |
128-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi | 128-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi |
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda vakolatli shaxs tovardan voz kechadi hamda uni bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda tekinga davlat mulkiga oʻtkazadi. | Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda vakolatli shaxs tovardan voz kechadi hamda uni bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda tekinga davlat mulkiga oʻtkazadi. |
129-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari | 129-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari |
Tovardan davlat foydasiga voz kechish davlatning biror-bir xarajat qilishiga sabab boʻlmasligi kerak. | Tovardan davlat foydasiga voz kechish davlatning biror-bir xarajat qilishiga sabab boʻlmasligi kerak. |
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga quyidagi tovar joylashtirilmaydi: | Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga quyidagi tovar joylashtirilmaydi: |
bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar; | bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar; |
muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan tovar; | muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan tovar; |
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, bojxona organlarining axborot tizimida unga nisbatan ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasi boʻlmagan tovar. | agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, bojxona organlarining axborot tizimida unga nisbatan ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasi boʻlmagan tovar. |
Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs uni bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bogʻlik barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. | Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs uni bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bogʻlik barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. |
Tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin vakolatli shaxs mazkur bojxona rejimini boshqasiga almashtirishga haqli emas. | Tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin vakolatli shaxs mazkur bojxona rejimini boshqasiga almashtirishga haqli emas. |
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi uchun har qanday uchinchi shaxs oldida javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida boʻladi. | Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi uchun har qanday uchinchi shaxs oldida javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida boʻladi. |
Bojxona organi: | Bojxona organi: |
vakolatli shaxs davlat foydasiga voz kechgan tovarga nisbatan uchinchi shaxslarning biror-bir mulkiy talabini qanoatlantirmaydi; | vakolatli shaxs davlat foydasiga voz kechgan tovarga nisbatan uchinchi shaxslarning biror-bir mulkiy talabini qanoatlantirmaydi; |
tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar tashuvchining, ombor egasining yoki boshqa shaxslarning shu tovarni tashish, saqlash, u bilan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar oʻtkazish bilan bogʻliq biror-bir xarajatining oʻrnini qoplamaydi. | tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar tashuvchining, ombor egasining yoki boshqa shaxslarning shu tovarni tashish, saqlash, u bilan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar oʻtkazish bilan bogʻliq biror-bir xarajatining oʻrnini qoplamaydi. |
130-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 130-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga: | Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga: |
bojxona yuk deklaratsiyasini; | bojxona yuk deklaratsiyasini; |
davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni topshirish dalolatnomasini; | davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni topshirish dalolatnomasini; |
tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. | tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda davlat foydasiga voz kechiladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. | Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda davlat foydasiga voz kechiladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi. |
131-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi | 131-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi |
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. | Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. |
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi vakolatli shaxsga beriladi. | Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi vakolatli shaxsga beriladi. |
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda topshiriladi. | Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda topshiriladi. |
21-bob. Tovarni bojxona rejimlariga joylashtirilayotgandagi ruxsat berish tartib-taomillari | 21-bob. Tovarni bojxona rejimlariga joylashtirilayotgandagi ruxsat berish tartib-taomillari |
132-modda. Ruxsatnoma olishni nazarda tutuvchi bojxona rejimlari | 132-modda. Ruxsatnoma olishni nazarda tutuvchi bojxona rejimlari |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organi tomonidan berilgan tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organi tomonidan berilgan tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. |
134-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar | 134-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: | Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: |
1) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun: | 1) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun: |
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza; | ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza; |
qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar), shuningdek vakolatli organlarning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalarini belgilash uchun muayyan qayta ishlash texnologik jarayoniga asoslangan xulosalari, bundan qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno; | qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar), shuningdek vakolatli organlarning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalarini belgilash uchun muayyan qayta ishlash texnologik jarayoniga asoslangan xulosalari, bundan qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno; |
qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib chiqishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishga doir kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) koʻchirma nusxasi; | qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib chiqishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishga doir kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) koʻchirma nusxasi; |
2) bojxona hududida qayta ishlash uchun: | 2) bojxona hududida qayta ishlash uchun: |
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza; | ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza; |
qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar uchun; | qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar uchun; |
tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalashning vakolatli shaxs tomonidan belgilangan usuli; | tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalashning vakolatli shaxs tomonidan belgilangan usuli; |
vakolatli shaxs tomonidan aniqlangan qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini baholash usuli, bundan qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno; | vakolatli shaxs tomonidan aniqlangan qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini baholash usuli, bundan qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno; |
qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib kirishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) koʻchirma nusxasi. | qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib kirishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) koʻchirma nusxasi. |
Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxsdan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxsdan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
135-modda. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza | 135-modda. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza |
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili koʻrsatilganligi uning oʻz arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligidir. | Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili koʻrsatilganligi uning oʻz arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligidir. |
Ushbu Kodeksning 134-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali “bir darcha” prinsipi boʻyicha taqdim etiladi. | Ushbu Kodeksning 134-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali “bir darcha” prinsipi boʻyicha taqdim etiladi. |
Vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bojxona organi uning aksini tasdiqlamagunicha barcha hollarda toʻgʻri deb hisoblanadi. | Vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bojxona organi uning aksini tasdiqlamagunicha barcha hollarda toʻgʻri deb hisoblanadi. |
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida boʻladi. | Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida boʻladi. |
136-modda. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish | 136-modda. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish |
Bojxona organi tegishli ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani olganidan soʻng ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilganligini tekshiradi. | Bojxona organi tegishli ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani olganidan soʻng ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilganligini tekshiradi. |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash va bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishda bojxona organi: | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash va bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishda bojxona organi: |
vakolatli organlarning ruxsatnomalari mavjudligini tekshiradi, agar tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari shu organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa; | vakolatli organlarning ruxsatnomalari mavjudligini tekshiradi, agar tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari shu organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa; |
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilaydi; | qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilaydi; |
qayta ishlash mahsulotlarining majburiy chiqish normalarini aniqlashda qiyinchilik boʻlgan taqdirda oʻrganib chiqish, tadqiq etish, tekshirish yoki boshqa ilmiy va texnik jihatdan baho berish uchun uchinchi shaxslarni jalb qiladi. | qayta ishlash mahsulotlarining majburiy chiqish normalarini aniqlashda qiyinchilik boʻlgan taqdirda oʻrganib chiqish, tadqiq etish, tekshirish yoki boshqa ilmiy va texnik jihatdan baho berish uchun uchinchi shaxslarni jalb qiladi. |
137-modda. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati | 137-modda. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati |
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoki bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak. | Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoki bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak. |
Tegishli ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblanadi. | Tegishli ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblanadi. |
Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga tegishli ruxsatnomani berishi (joʻnatishi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart. Ruxsatnoma vakolatli shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda beriladi. | Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga tegishli ruxsatnomani berishi (joʻnatishi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart. Ruxsatnoma vakolatli shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda beriladi. |
Agar bojxona organi tegishli ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish muddati ichida vakolatli shaxsga ruxsatnoma bermagan boʻlsa yoki berishni rad etmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaxs bojxona organini yozma ravishda xabardor qilgan holda tovarlarni bojxona organining ruxsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish huquqiga ega. | Agar bojxona organi tegishli ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish muddati ichida vakolatli shaxsga ruxsatnoma bermagan boʻlsa yoki berishni rad etmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaxs bojxona organini yozma ravishda xabardor qilgan holda tovarlarni bojxona organining ruxsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish huquqiga ega. |
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organi vakolatli shaxsning yozma xabarini olganidan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsatnoma berishi shart. Qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan ariza va vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga yuborilgan yozma xabar ruxsatnoma olinguniga qadar ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda tovarlarni bojxona organining ruxsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos boʻladi. | Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organi vakolatli shaxsning yozma xabarini olganidan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsatnoma berishi shart. Qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan ariza va vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga yuborilgan yozma xabar ruxsatnoma olinguniga qadar ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda tovarlarni bojxona organining ruxsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos boʻladi. |
138-modda. Ruxsatnoma berishni rad etish | 138-modda. Ruxsatnoma berishni rad etish |
Ruxsatnoma berishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi: | Ruxsatnoma berishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi: |
ruxsatnoma berish uchun zarur hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi; | ruxsatnoma berish uchun zarur hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi; |
tovarlarning ushbu Kodeksga muvofiq ruxsatnoma olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun belgilangan talablar va shartlarga mos emasligi; | tovarlarning ushbu Kodeksga muvofiq ruxsatnoma olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun belgilangan talablar va shartlarga mos emasligi; |
vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi. | vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi. |
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va vakolatli shaxs mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda vakolatli shaxsga topshiriladi (yuboriladi). Vakolatli shaxs rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas. | Ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va vakolatli shaxs mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda vakolatli shaxsga topshiriladi (yuboriladi). Vakolatli shaxs rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas. |
Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish, vakolatli shaxsning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli shaxsning hujjatlari takroran koʻrib chiqilganligi uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi. | Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish, vakolatli shaxsning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli shaxsning hujjatlari takroran koʻrib chiqilganligi uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi. |
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda bojxona organi tomonidan ilgari xabarda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi mustasno. | Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda bojxona organi tomonidan ilgari xabarda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi mustasno. |
Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaxs tomonidan topshirilgan ariza yangi topshirilgan ariza hisoblanadi va bojxona organi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi. | Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaxs tomonidan topshirilgan ariza yangi topshirilgan ariza hisoblanadi va bojxona organi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi. |
Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek bojxona organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. | Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek bojxona organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. |
139-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish | 139-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish |
Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi: | Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi: |
tovarlarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari vakolatli shaxs tomonidan buzilganligi aniqlanganda; | tovarlarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari vakolatli shaxs tomonidan buzilganligi aniqlanganda; |
bojxona organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini vakolatli shaxs zimmasiga yuklaydigan qarori vakolatli shaxs tomonidan bajarilmaganda. | bojxona organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini vakolatli shaxs zimmasiga yuklaydigan qarori vakolatli shaxs tomonidan bajarilmaganda. |
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholining hayoti hamda sogʻligʻiga haqiqiy tahdid vujudga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish hollari mustasno. | Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholining hayoti hamda sogʻligʻiga haqiqiy tahdid vujudga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish hollari mustasno. |
Bojxona organining ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikdagi aniq normalar koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga yetkaziladi. | Bojxona organining ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikdagi aniq normalar koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga yetkaziladi. |
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud qarori qonunchilikda belgilangan muddatlarda vakolatli shaxsga yetkaziladi. | Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud qarori qonunchilikda belgilangan muddatlarda vakolatli shaxsga yetkaziladi. |
Bojxona organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarning vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilish muddatini belgilashi shart. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etish muddati ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli shaxs tomonidan olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. | Bojxona organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarning vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilish muddatini belgilashi shart. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etish muddati ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli shaxs tomonidan olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. |
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan bojxona organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida qaror qabul qilishi shart. | Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan bojxona organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida qaror qabul qilishi shart. |
Bojxona organi qabul qilingan qaror haqida vakolatli shaxsni tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng bir ish kuni ichida xabardor qiladi. | Bojxona organi qabul qilingan qaror haqida vakolatli shaxsni tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng bir ish kuni ichida xabardor qiladi. |
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. |
140-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish | 140-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish |
Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: | Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: |
vakolatli shaxs ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda; | vakolatli shaxs ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda; |
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati toʻxtatilgan paytdan eʼtiboran, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda esa — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan yuridik shaxsning oʻzgartirilishi mustasno; | yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati toʻxtatilgan paytdan eʼtiboran, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda esa — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan yuridik shaxsning oʻzgartirilishi mustasno; |
tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda; | tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda; |
jismoniy shaxs vafot etganda, uning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda; | jismoniy shaxs vafot etganda, uning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda; |
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bojxona organi yoki sud belgilagan muddatda vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilmaganda; | ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bojxona organi yoki sud belgilagan muddatda vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilmaganda; |
bojxona organining ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; | bojxona organining ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; |
ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda; | ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda; |
amalga oshirilishi uchun bojxona organining ruxsatnomasi berilgan bir martalik harakat bajarilganda. | amalga oshirilishi uchun bojxona organining ruxsatnomasi berilgan bir martalik harakat bajarilganda. |
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi. | Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi. |
Ruxsatnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi. | Ruxsatnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi. |
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori vakolatli shaxsga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. | Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori vakolatli shaxsga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. |
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarori uning amal qilishi tugatilishining sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga yetkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda, u bojxona organiga qaytarilmaydi. | Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarori uning amal qilishi tugatilishining sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga yetkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda, u bojxona organiga qaytarilmaydi. |
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. |
141-modda. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish | 141-modda. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish |
Yuridik shaxs boʻlgan vakolatli shaxs oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, yuridik shaxs boʻlgan arizachi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida bojxona organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart. | Yuridik shaxs boʻlgan vakolatli shaxs oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, yuridik shaxs boʻlgan arizachi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida bojxona organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart. |
Tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida oʻziga berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida bojxona organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart. | Tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida oʻziga berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida bojxona organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart. |
Jismoniy shaxsning (bundan tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs mustasno) familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda tovarlarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. | Jismoniy shaxsning (bundan tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs mustasno) familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda tovarlarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali yoxud elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. | Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali yoxud elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. |
Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish haqida ariza bergan vakolatli shaxs yoki uning huquqiy vorisi bojxona organi tomonidan qabul qilib olingan sanasi qayd etilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni bajaradi. | Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish haqida ariza bergan vakolatli shaxs yoki uning huquqiy vorisi bojxona organi tomonidan qabul qilib olingan sanasi qayd etilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni bajaradi. |
Vakolatli shaxsdan ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Vakolatli shaxsdan ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnomani berish tegishli hujjatlar ilova qilingan qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organi tomonidan olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. | Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnomani berish tegishli hujjatlar ilova qilingan qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organi tomonidan olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. |
Berilgan ruxsatnoma yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi ariza olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida uning dublikatini beradi. | Berilgan ruxsatnoma yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi ariza olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida uning dublikatini beradi. |
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik va uning dublikatini berganlik uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi. | Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik va uning dublikatini berganlik uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi. |
142-modda. Ruxsatnomani bekor qilish | 142-modda. Ruxsatnomani bekor qilish |
Ruxsatnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi: | Ruxsatnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi: |
vakolatli shaxsning ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra; | vakolatli shaxsning ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra; |
ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. | ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. |
Ruxsatnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi. | Ruxsatnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi. |
Ruxsatnoma bekor qilingan taqdirda, u bojxona organlariga qaytarilmaydi. | Ruxsatnoma bekor qilingan taqdirda, u bojxona organlariga qaytarilmaydi. |
Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi. | Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi. |
Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. |
III boʻlim. Transport vositalariga va tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan bojxona rejimlarining qoʻllanilishi | III boʻlim. Transport vositalariga va tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan bojxona rejimlarining qoʻllanilishi |
22-bob. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarini olib oʻtish | 22-bob. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarini olib oʻtish |
143-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari | 143-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari |
Bojxona nazoratida turgan tovarlarni va (yoki) yoʻlovchilarni haq evaziga yoki bepul tashish uchun foydalaniladigan transport vositasi tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasidir. | Bojxona nazoratida turgan tovarlarni va (yoki) yoʻlovchilarni haq evaziga yoki bepul tashish uchun foydalaniladigan transport vositasi tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasidir. |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan, transport vositasi bilan birga tashiladigan standart ehtiyot qismlar, ashyolar va uskunalar, standart baklardagi moylash materiallari va yoqilgʻi, shuningdek ashyo-anjomlar bojxona maqsadlari uchun mazkur transport vositasining ajralmas qismi deb qaraladi. Ashyo-anjomlarga quyidagilar kiradi: | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan, transport vositasi bilan birga tashiladigan standart ehtiyot qismlar, ashyolar va uskunalar, standart baklardagi moylash materiallari va yoqilgʻi, shuningdek ashyo-anjomlar bojxona maqsadlari uchun mazkur transport vositasining ajralmas qismi deb qaraladi. Ashyo-anjomlarga quyidagilar kiradi: |
harakatlanish yoʻlida yoki oraliq toʻxtab oʻtish yoxud toʻxtab turish joylarida daryo va havo kemalari, poyezdlar, shuningdek avtotransport vositalari normal ishlatilishini hamda ularga texnik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlar; | harakatlanish yoʻlida yoki oraliq toʻxtab oʻtish yoxud toʻxtab turish joylarida daryo va havo kemalari, poyezdlar, shuningdek avtotransport vositalari normal ishlatilishini hamda ularga texnik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlar; |
daryo va havo kemalarining bortida, avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va ekipajlar aʼzolari isteʼmol qilishi uchun yoki poyezdlarda yoʻlovchilar va poyezd brigadalarining xodimlari isteʼmol qilishi uchun moʻljallangan tovarlar, bu ashyo-anjomlar sotilishidan yoki sotilmasligidan qatʼi nazar; | daryo va havo kemalarining bortida, avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va ekipajlar aʼzolari isteʼmol qilishi uchun yoki poyezdlarda yoʻlovchilar va poyezd brigadalarining xodimlari isteʼmol qilishi uchun moʻljallangan tovarlar, bu ashyo-anjomlar sotilishidan yoki sotilmasligidan qatʼi nazar; |
daryo va havo kemalarining, poyezdlarning, shuningdek avtotransport vositalarining yoʻlovchilariga hamda ekipaj aʼzolariga mazkur ashyo-anjomlarini transport vositalarida isteʼmol qilish maqsadisiz sotish uchun moʻljallangan tovarlar. | daryo va havo kemalarining, poyezdlarning, shuningdek avtotransport vositalarining yoʻlovchilariga hamda ekipaj aʼzolariga mazkur ashyo-anjomlarini transport vositalarida isteʼmol qilish maqsadisiz sotish uchun moʻljallangan tovarlar. |
144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona rejimlari | 144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona rejimlari |
Biror-bir bojxona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi maʼlum qilinmagan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan paytdan eʼtiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga ushbu bojxona rejimlari shartlariga shaxslarning rioya etishi majburiyatlari bilan joylashtirilgan tovar sifatida qaraladi. | Biror-bir bojxona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi maʼlum qilinmagan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan paytdan eʼtiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga ushbu bojxona rejimlari shartlariga shaxslarning rioya etishi majburiyatlari bilan joylashtirilgan tovar sifatida qaraladi. |
145-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona hududiga vaqtincha olib kirish | 145-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona hududiga vaqtincha olib kirish |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona toʻlovlari toʻlashdan shartli ozod etilgan holda bojxona hududiga vaqtincha olib kirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi, agar u: | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona toʻlovlari toʻlashdan shartli ozod etilgan holda bojxona hududiga vaqtincha olib kirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi, agar u: |
chet davlat hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa; | chet davlat hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa; |
tovarlarni va yoʻlovchilarni tijorat maqsadida tashish uchun foydalanilayotgan boʻlsa; | tovarlarni va yoʻlovchilarni tijorat maqsadida tashish uchun foydalanilayotgan boʻlsa; |
bojxona hududiga chet ellik shaxs yoxud chet ellik shaxs vakolat bergan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan olib kirilayotgan boʻlsa; | bojxona hududiga chet ellik shaxs yoxud chet ellik shaxs vakolat bergan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan olib kirilayotgan boʻlsa; |
ijara shartnomasining predmeti yoki mazkur transport vositasiga boʻlgan huquqni Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga transport operatsiyasini transport vositasini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish yoʻli bilan tugallashdan oʻzga maqsadda oʻtkazishni nazarda tutuvchi boshqa shartnoma predmeti boʻlmasa. | ijara shartnomasining predmeti yoki mazkur transport vositasiga boʻlgan huquqni Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga transport operatsiyasini transport vositasini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish yoʻli bilan tugallashdan oʻzga maqsadda oʻtkazishni nazarda tutuvchi boshqa shartnoma predmeti boʻlmasa. |
Vaqtincha olib kirilgan transport vositasiga nisbatan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga oʻtgan boʻlsa, tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. | Vaqtincha olib kirilgan transport vositasiga nisbatan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga oʻtgan boʻlsa, tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. |
Transport vositasi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlmagan hollarda, shuningdek bojxona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ozod etishni qoʻllash shartlariga rioya etilmagan taqdirda, transport vositasiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda davriy bojxona toʻlovlari qoʻllaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovar sifatida qaraladi. | Transport vositasi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlmagan hollarda, shuningdek bojxona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ozod etishni qoʻllash shartlariga rioya etilmagan taqdirda, transport vositasiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda davriy bojxona toʻlovlari qoʻllaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovar sifatida qaraladi. |
146-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish muddati | 146-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish muddati |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish muddati tashuvchining yoki vakolatli shaxsning arizasidan kelib chiqqan holda va moʻljallanayotgan transport operatsiyasining barcha holatlari hisobga olingan holda bojxona organi tomonidan belgilanadi. Bunda tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishning umumiy muddati u olib kirilgan sanadan eʼtiboran toʻqson kalendar kundan oshmasligi kerak. Vaqtincha olib kirilgan transport vositasini qaytarib olib chiqish ushbu transport operatsiyasi tugallanganidan soʻng darhol amalga oshirilishi lozim. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish muddati tashuvchining yoki vakolatli shaxsning arizasidan kelib chiqqan holda va moʻljallanayotgan transport operatsiyasining barcha holatlari hisobga olingan holda bojxona organi tomonidan belgilanadi. Bunda tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishning umumiy muddati u olib kirilgan sanadan eʼtiboran toʻqson kalendar kundan oshmasligi kerak. Vaqtincha olib kirilgan transport vositasini qaytarib olib chiqish ushbu transport operatsiyasi tugallanganidan soʻng darhol amalga oshirilishi lozim. |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarda qaytarib olib chiqish bilan tugallanadi. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish, ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanishi mumkin. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarda qaytarib olib chiqish bilan tugallanadi. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish, ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanishi mumkin. |
147-modda. Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar | 147-modda. Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar |
Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan bojxona hududida ulardan foydalanilayotganda zarur boʻlgan taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatish operatsiyalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi. | Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan bojxona hududida ulardan foydalanilayotganda zarur boʻlgan taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatish operatsiyalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi. |
148-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish | 148-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini mazkur transport vositasi bojxona hududidan tashqarida qanday shaxs tomonidan va qanday maqsadlarda foydalanilishidan qatʼi nazar, agar u bojxona hududida erkin muomalada turgan boʻlsa, vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda bojxona toʻlovlari undirilmaydi. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini mazkur transport vositasi bojxona hududidan tashqarida qanday shaxs tomonidan va qanday maqsadlarda foydalanilishidan qatʼi nazar, agar u bojxona hududida erkin muomalada turgan boʻlsa, vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda bojxona toʻlovlari undirilmaydi. |
Ilgari vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan transport vositasini vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda shu transport vositasiga nisbatan vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi va shartlari bojxona toʻlovlarini toʻlash maqsadlari uchun uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida maʼlum qilinguniga qadar tugatilmaydi. | Ilgari vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan transport vositasini vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda shu transport vositasiga nisbatan vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi va shartlari bojxona toʻlovlarini toʻlash maqsadlari uchun uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida maʼlum qilinguniga qadar tugatilmaydi. |
149-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish muddati | 149-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish muddati |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish muddati ikki yildan oshmasligi kerak. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish muddati ikki yildan oshmasligi kerak. |
150-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasini bojxona hududiga qaytarib olib kirish | 150-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasini bojxona hududiga qaytarib olib kirish |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasi bojxona hududiga qaytarib olib kirilayotganda, agar bojxona hududidan tashqarida tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasi qayta ishlash operatsiyalaridan oʻtkazilmagan boʻlsa, bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi, bundan uning but saqlanishini hamda undan foydalanilishini taʼminlash, shu jumladan unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash operatsiyalari mustasno. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasi bojxona hududiga qaytarib olib kirilayotganda, agar bojxona hududidan tashqarida tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasi qayta ishlash operatsiyalaridan oʻtkazilmagan boʻlsa, bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi, bundan uning but saqlanishini hamda undan foydalanilishini taʼminlash, shu jumladan unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash operatsiyalari mustasno. |
151-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqishni tugallash | 151-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqishni tugallash |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish uni bojxona hududiga qaytarib olib kirish bilan yoki ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanadi. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish uni bojxona hududiga qaytarib olib kirish bilan yoki ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanadi. |
152-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot qismlarini vaqtincha olib kirish | 152-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot qismlarini vaqtincha olib kirish |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib kiriladigan va ular bilan qaytarib olib chiqish uchun moʻljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, ulardan transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qatʼi nazar, vaqtincha olib kirilgan taqdirda bojxona toʻlovlari toʻlashdan shartli ravishda ozod etilishi lozim. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib kiriladigan va ular bilan qaytarib olib chiqish uchun moʻljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, ulardan transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qatʼi nazar, vaqtincha olib kirilgan taqdirda bojxona toʻlovlari toʻlashdan shartli ravishda ozod etilishi lozim. |
Bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan, transport vositasiga oʻrnatilgan yoki unda foydalanilayotgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida taʼmirlashda yoki texnik xizmat koʻrsatishda foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ravishda ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilishi mumkin. | Bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan, transport vositasiga oʻrnatilgan yoki unda foydalanilayotgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida taʼmirlashda yoki texnik xizmat koʻrsatishda foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ravishda ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilishi mumkin. |
Almashtirilgan va bojxona hududidan olib chiqilmagan uskunalar va ehtiyot qismlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga yoki ushbu Kodeks qoidalariga rioya etgan holda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. | Almashtirilgan va bojxona hududidan olib chiqilmagan uskunalar va ehtiyot qismlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga yoki ushbu Kodeks qoidalariga rioya etgan holda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. |
153-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot qismlarini vaqtincha olib chiqish | 153-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot qismlarini vaqtincha olib chiqish |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib chiqiladigan va ular bilan qaytarib olib kirish uchun moʻljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qatʼi nazar, vaqtincha olib chiqilgan taqdirda ular bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib chiqiladigan va ular bilan qaytarib olib kirish uchun moʻljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qatʼi nazar, vaqtincha olib chiqilgan taqdirda ular bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim. |
Tijorat maqsadlarida foydalanishga vaqtincha olib chiqilgan transport vositasiga oʻrnatilgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatilayotganda foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar vaqtincha olib chiqilgan taqdirda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim. | Tijorat maqsadlarida foydalanishga vaqtincha olib chiqilgan transport vositasiga oʻrnatilgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatilayotganda foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar vaqtincha olib chiqilgan taqdirda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim. |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining almashtirilgan uskunalari va ehtiyot qismlari bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining almashtirilgan uskunalari va ehtiyot qismlari bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi. |
154-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi | 154-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi |
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi transport vositasi uchun deklaratsiyani bojxona organi tomonidan qabul qilish orqali amalga oshiriladi. | Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi transport vositasi uchun deklaratsiyani bojxona organi tomonidan qabul qilish orqali amalga oshiriladi. |
23-bob. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni va transport vositalarini notijorat maqsadlarda olib oʻtish | 23-bob. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni va transport vositalarini notijorat maqsadlarda olib oʻtish |
155-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar | 155-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar |
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan va tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlar jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar hisoblanadi. | Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan va tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlar jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar hisoblanadi. |
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar bojxona chegarasi orqali soddalashtirilgan tartibda va ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilgan holda olib oʻtiladi. | Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar bojxona chegarasi orqali soddalashtirilgan tartibda va ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilgan holda olib oʻtiladi. |
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi: | Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi: |
tovarlarning miqdori, bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi; | tovarlarning miqdori, bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi; |
tovarlarni olib oʻtishning takroriyligi, bunda ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarning bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb qaraladi; | tovarlarni olib oʻtishning takroriyligi, bunda ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarning bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb qaraladi; |
safarning holatlari, bunda safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi. | safarning holatlari, bunda safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi. |
156-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibi | 156-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibi |
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib oʻtish quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi: | Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib oʻtish quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi: |
tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari, shu jumladan tovarlarning xavfsizligiga oid standartlarga va talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash qoʻllanilmasligi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno; | tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari, shu jumladan tovarlarning xavfsizligiga oid standartlarga va talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash qoʻllanilmasligi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno; |
tovarning bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilmaydigan bojxona rasmiylashtiruvi tartibi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno. | tovarning bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilmaydigan bojxona rasmiylashtiruvi tartibi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno. |
157-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarining qoʻllanilmasligi | 157-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarining qoʻllanilmasligi |
Bojxona toʻlovlari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi: | Bojxona toʻlovlari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi: |
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida; | jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida; |
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno; | jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno; |
doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaxsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari mustasno. | doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaxsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari mustasno. |
158-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish | 158-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish |
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishga, basharti tovarlar va (yoki) transport vositalari ushbu shaxslarni bojxona hududida boʻlishi davriga notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Bunda transport vositasi chet davlat hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. | Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishga, basharti tovarlar va (yoki) transport vositalari ushbu shaxslarni bojxona hududida boʻlishi davriga notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Bunda transport vositasi chet davlat hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan oʻzgarmas holatda qaytarib olib chiqilishi yoki tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan oʻzgarmas holatda qaytarib olib chiqilishi yoki tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. |
Vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari istalgan bojxona organi orqali bojxona hududidan qaytarib olib chiqilishi mumkin. Vaqtincha olib kirilgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini qaytarib olib chiqishda bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi. | Vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari istalgan bojxona organi orqali bojxona hududidan qaytarib olib chiqilishi mumkin. Vaqtincha olib kirilgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini qaytarib olib chiqishda bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi. |
Agar vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida jiddiy shikastlangan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, vaqtincha olib kirilgan mazkur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish amalga oshirilmasligi mumkin. | Agar vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida jiddiy shikastlangan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, vaqtincha olib kirilgan mazkur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish amalga oshirilmasligi mumkin. |
159-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan transport vositasini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish shartlari | 159-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan transport vositasini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish shartlari |
Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirilgan transport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami toʻqson kalendar kundan oshmasligi lozim. Bunda transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yigʻimni toʻlagan holda yuqorida koʻrsatilgan muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi. | Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirilgan transport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami toʻqson kalendar kundan oshmasligi lozim. Bunda transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yigʻimni toʻlagan holda yuqorida koʻrsatilgan muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi. |
Yigʻim undirilguniga qadar transport vositasi bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim. | Yigʻim undirilguniga qadar transport vositasi bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan yigʻim quyidagi hollarda toʻlanmaydi: | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan yigʻim quyidagi hollarda toʻlanmaydi: |
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun; | bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun; |
agar vaqtincha olib kirilgan transport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa. | agar vaqtincha olib kirilgan transport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa. |
160-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib chiqish | 160-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib chiqish |
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari bojxona hududidan tashqarida oʻzlariga notijorat maqsadlarda zarur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini xorijiy davlatda vaqtincha boʻlish muddatiga vaqtincha olib chiqishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari bojxona hududidan tashqarida oʻzlariga notijorat maqsadlarda zarur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini xorijiy davlatda vaqtincha boʻlish muddatiga vaqtincha olib chiqishga haqli. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularni vaqtincha olib chiqish va bojxona hududiga qaytarib olib kirishda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etiladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularni vaqtincha olib chiqish va bojxona hududiga qaytarib olib kirishda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etiladi. |
Agar vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini identifikatsiyalash ularni bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan holda bojxona hududiga qaytarib olib kirishga yordam beradigan boʻlsa, bojxona organlari vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsining soʻroviga koʻra identifikatsiyalashi mumkin. | Agar vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini identifikatsiyalash ularni bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan holda bojxona hududiga qaytarib olib kirishga yordam beradigan boʻlsa, bojxona organlari vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsining soʻroviga koʻra identifikatsiyalashi mumkin. |
161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi | 161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi |
Temir yoʻl transportida bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslarga, basharti bojxona nazorati qoidalariga rioya etilsa, transport vositasini tark etmagan holda bojxona operatsiyalaridan oʻtish imkoniyati beriladi. | Temir yoʻl transportida bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslarga, basharti bojxona nazorati qoidalariga rioya etilsa, transport vositasini tark etmagan holda bojxona operatsiyalaridan oʻtish imkoniyati beriladi. |
Jismoniy shaxs tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularning bojxona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojxona toʻlovlarini darhol toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi yoki bojxona hududidan olib chiqilishi lozim. | Jismoniy shaxs tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularning bojxona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojxona toʻlovlarini darhol toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi yoki bojxona hududidan olib chiqilishi lozim. |
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan va uning tashqarisiga olib chiqilayotgan tovarlarga bojxona maqsadlari uchun tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoxud eksport bojxona rejimida olib chiqilgan tovarlar sifatida qaraladi. | Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan va uning tashqarisiga olib chiqilayotgan tovarlarga bojxona maqsadlari uchun tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoxud eksport bojxona rejimida olib chiqilgan tovarlar sifatida qaraladi. |
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan, bojsiz olib kirish normalaridan ortiq boʻlgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan, bojsiz olib kirish normalaridan ortiq boʻlgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
162-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalash | 162-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalash |
Jismoniy shaxslar qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib oʻtayotgan tovarlarni deklaratsiyalash jismoniy shaxslar tomonidan ular bojxona chegarasi orqali oʻtayotganda tovarni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. | Jismoniy shaxslar qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib oʻtayotgan tovarlarni deklaratsiyalash jismoniy shaxslar tomonidan ular bojxona chegarasi orqali oʻtayotganda tovarni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. |
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida olib oʻtilayotgan tovarlar ularni kuzatib borayotgan shaxs tomonidan deklaratsiyalanadi. | Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida olib oʻtilayotgan tovarlar ularni kuzatib borayotgan shaxs tomonidan deklaratsiyalanadi. |
Jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yoʻlakli tizim qoʻllanilishi mumkin. | Jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yoʻlakli tizim qoʻllanilishi mumkin. |
Ikki yoʻlakli tizimning qoʻllanilishi bojxona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yoʻlakning bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini nazarda tutadi. | Ikki yoʻlakli tizimning qoʻllanilishi bojxona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yoʻlakning bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini nazarda tutadi. |
“Yashil” yoʻlak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini bojxona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy hisoblanadi. Mazkur tovarlar ogʻzaki tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonunchilikka muvofiq taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno. | “Yashil” yoʻlak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini bojxona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy hisoblanadi. Mazkur tovarlar ogʻzaki tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonunchilikka muvofiq taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno. |
Jismoniy shaxsning “yashil” yoʻlak orqali oʻtishi bojxona maqsadlari uchun ushbu shaxsda yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar yoʻqligini bojxona organiga maʼlum qilish deb qaraladi. | Jismoniy shaxsning “yashil” yoʻlak orqali oʻtishi bojxona maqsadlari uchun ushbu shaxsda yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar yoʻqligini bojxona organiga maʼlum qilish deb qaraladi. |
“Qizil” yoʻlak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga koʻra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy hisoblanadi. | “Qizil” yoʻlak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga koʻra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy hisoblanadi. |
“Yashil” yoʻlakda bojxona nazorati ayrim shakllarining qoʻllanilmasligi jismoniy shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilganligini anglatmaydi. | “Yashil” yoʻlakda bojxona nazorati ayrim shakllarining qoʻllanilmasligi jismoniy shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilganligini anglatmaydi. |
Bojxona chegarasidan oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizim qoʻllanilishining talablari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona chegarasidan oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizim qoʻllanilishining talablari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Jismoniy shaxsning alohida bagajda notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlari ularni olib oʻtayotgan shaxs yoki ishonchnoma asosida ish olib boruvchi boshqa shaxs tomonidan deklaratsiyalanishi mumkin. Bojxona organiga maʼlum qilinadigan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik tovarlarni deklaratsiyalayotgan shaxsning zimmasida boʻladi. | Jismoniy shaxsning alohida bagajda notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlari ularni olib oʻtayotgan shaxs yoki ishonchnoma asosida ish olib boruvchi boshqa shaxs tomonidan deklaratsiyalanishi mumkin. Bojxona organiga maʼlum qilinadigan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik tovarlarni deklaratsiyalayotgan shaxsning zimmasida boʻladi. |
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning alohida ketayotgan bagajidagi tovarlar uning ota-onasi, vasiylari yoki homiylari tomonidan yoxud ota-onasi, vasiylari yoki homiylarining ishonchnomasiga binoan ish olib boruvchi shaxslar tomonidan deklaratsiyalanishi kerak. | Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning alohida ketayotgan bagajidagi tovarlar uning ota-onasi, vasiylari yoki homiylari tomonidan yoxud ota-onasi, vasiylari yoki homiylarining ishonchnomasiga binoan ish olib boruvchi shaxslar tomonidan deklaratsiyalanishi kerak. |
Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun moʻljallangan tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda (bundan pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno) ushbu Kodeksda belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi. | Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun moʻljallangan tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda (bundan pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno) ushbu Kodeksda belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi. |
163-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash | 163-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash |
Jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajda notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirishning qonunchilikda belgilangan normasidan ortiq boʻlsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi. | Jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajda notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirishning qonunchilikda belgilangan normasidan ortiq boʻlsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi. |
Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda bojxona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qoʻllanilmagan holda undiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno. | Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda bojxona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qoʻllanilmagan holda undiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno. |
Yagona bojxona toʻlovi notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va toʻldirilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan bojxona kirim orderi asosida jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi. | Yagona bojxona toʻlovi notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va toʻldirilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan bojxona kirim orderi asosida jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi. |
Bojxona kirim orderining bir nusxasi bojxona toʻlovlarini toʻlagan jismoniy shaxsga topshiriladi (yuboriladi). | Bojxona kirim orderining bir nusxasi bojxona toʻlovlarini toʻlagan jismoniy shaxsga topshiriladi (yuboriladi). |
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona kirim orderini toʻldirish va yagona bojxona toʻlovini hisoblash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. | Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona kirim orderini toʻldirish va yagona bojxona toʻlovini hisoblash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. |
164-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymati | 164-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymati |
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarning qiymati ularni deklaratsiyalashda maʼlum qilinadi. | Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarning qiymati ularni deklaratsiyalashda maʼlum qilinadi. |
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymati cheklar, kvitansiyalar va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlangan, maʼlum qilingan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi. | Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymati cheklar, kvitansiyalar va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlangan, maʼlum qilingan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi. |
Shaxs tomonidan maʼlum qilingan tovarlarning bojxona qiymati toʻgʻri belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda bojxona organi tovarlarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq mustaqil ravishda belgilashi mumkin. | Shaxs tomonidan maʼlum qilingan tovarlarning bojxona qiymati toʻgʻri belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda bojxona organi tovarlarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq mustaqil ravishda belgilashi mumkin. |
Tovarlar bojxona hududiga alohida kelayotgan bagajda olib kirilgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilgan taqdirda ularning bojxona qiymatiga tovarlarni aeroportgacha, daryo portigacha yoki tovarlar bojxona hududiga olib kiriladigan boshqa joygacha yetkazib berish xarajatlari qoʻshiladi. | Tovarlar bojxona hududiga alohida kelayotgan bagajda olib kirilgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilgan taqdirda ularning bojxona qiymatiga tovarlarni aeroportgacha, daryo portigacha yoki tovarlar bojxona hududiga olib kiriladigan boshqa joygacha yetkazib berish xarajatlari qoʻshiladi. |
24-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlar | 24-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlar |
165-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari | 165-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalaridir. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalaridir. |
Xalqaro pochta joʻnatmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak. | Xalqaro pochta joʻnatmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak. |
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak. | Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak. |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan tovarlarni yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan tovarlarni yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
166-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi | 166-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona nazoratidan oʻtishi kerak. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona nazoratidan oʻtishi kerak. |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bojxona nazoratini amalga oshirmasdan qabul qiluvchilarga berilishi yoki bojxona hududidan tashqariga joʻnatilishi mumkin emas. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bojxona nazoratini amalga oshirmasdan qabul qiluvchilarga berilishi yoki bojxona hududidan tashqariga joʻnatilishi mumkin emas. |
Xalqaro pochta joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi. | Xalqaro pochta joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi. |
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan joylarda amalga oshiriladi. | Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan joylarda amalga oshiriladi. |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki joʻnatuvchilar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda xalqaro pochta joʻnatmalari xalqaro pochta almashinuvi joylaridan pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotigacha bojxona nazorati ostida yetkaziladi. Pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni saqlash uchun joylar tashkil qilinadi, bu joylar bojxona nazorati zonalari hisoblanadi. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki joʻnatuvchilar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda xalqaro pochta joʻnatmalari xalqaro pochta almashinuvi joylaridan pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotigacha bojxona nazorati ostida yetkaziladi. Pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni saqlash uchun joylar tashkil qilinadi, bu joylar bojxona nazorati zonalari hisoblanadi. |
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan joylardan yuboriladigan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari qabul qiluvchilar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkazib beriladi. | Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan joylardan yuboriladigan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari qabul qiluvchilar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkazib beriladi. |
167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash | 167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash |
Quyidagilarga: | Quyidagilarga: |
a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar manziliga xalqaro pochta joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga; | a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar manziliga xalqaro pochta joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga; |
b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning manziliga xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi. | b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning manziliga xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi. |
Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi. | Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi. |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim boʻlgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim boʻlgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi. |
168-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona koʻzdan kechiruvi hamda bojxona koʻrigi | 168-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona koʻzdan kechiruvi hamda bojxona koʻrigi |
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bojxona koʻzdan kechiruvini hamda bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun bojxona organlariga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini taqdim etadi. | Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bojxona koʻzdan kechiruvini hamda bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun bojxona organlariga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini taqdim etadi. |
Bojxona organlariga bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigi uchun xatlar, pochta kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari mustasno. | Bojxona organlariga bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigi uchun xatlar, pochta kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari mustasno. |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotganda uning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona koʻrigi dalolatnomasini imzolaydi. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotganda uning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona koʻrigi dalolatnomasini imzolaydi. |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona koʻzdan kechiruvi yoki bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda bojxona organlari bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalanadi. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona koʻzdan kechiruvi yoki bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda bojxona organlari bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalanadi. |
169-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona toʻlovlari | 169-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona toʻlovlari |
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona toʻlovlari vakolatli shaxs tomonidan toʻlanadi. | Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona toʻlovlari vakolatli shaxs tomonidan toʻlanadi. |
Jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlar uchun xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan ortiq boʻlgan tovarlarning ortiq qismi uchun yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi. | Jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlar uchun xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan ortiq boʻlgan tovarlarning ortiq qismi uchun yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi. |
Ushbu Kodeksning 167-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlari bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderidan foydalangan holda hisoblanadi. | Ushbu Kodeksning 167-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlari bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderidan foydalangan holda hisoblanadi. |
Bojxona kirim orderini toʻldirish va bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. | Bojxona kirim orderini toʻldirish va bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. |
Bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlarga bojxona toʻlovlari summalarini hisoblab chiqarish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarda va bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan tovarlarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Tovarlarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadi. | Bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlarga bojxona toʻlovlari summalarini hisoblab chiqarish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarda va bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan tovarlarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Tovarlarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadi. |
Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va ularni toʻlash ushbu Kodeksning VIII boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va ularni toʻlash ushbu Kodeksning VIII boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Bojxona organi tomonidan bojxona toʻlovlari hisoblangan tovarlarni oʻz ichiga olgan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari vakolatli shaxsga bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin beriladi. | Bojxona organi tomonidan bojxona toʻlovlari hisoblangan tovarlarni oʻz ichiga olgan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari vakolatli shaxsga bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin beriladi. |
25-bob. Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar | 25-bob. Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar |
170-modda. Tovarlarni bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtish | 170-modda. Tovarlarni bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtish |
Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida olib oʻtilayotganda tovarlarning qonunchilikda belgilangan standartlar va texnik shartlarga muvofiq aralashib ketishiga, shuningdek tashishning texnologik xususiyatlari hamda tovarlarning oʻziga xos xossalari oqibatida miqdori, sifati va holati oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladi. | Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida olib oʻtilayotganda tovarlarning qonunchilikda belgilangan standartlar va texnik shartlarga muvofiq aralashib ketishiga, shuningdek tashishning texnologik xususiyatlari hamda tovarlarning oʻziga xos xossalari oqibatida miqdori, sifati va holati oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladi. |
Tovarlar quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishiga ushbu bobda belgilangan qoidalarga koʻra keyinchalik deklaratsiyalash hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. | Tovarlar quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishiga ushbu bobda belgilangan qoidalarga koʻra keyinchalik deklaratsiyalash hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. |
Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona organi tomonidan identifikatsiyalanmaydi. | Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona organi tomonidan identifikatsiyalanmaydi. |
171-modda. Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash tartibi | 171-modda. Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash tartibi |
Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash: | Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash: |
elektr energiyasi yetkazib berilgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmay; | elektr energiyasi yetkazib berilgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmay; |
quvur transportida olib oʻtilayotgan tovarlarni yetkazib berilishidan avval, hisobot davridan oldingi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | quvur transportida olib oʻtilayotgan tovarlarni yetkazib berilishidan avval, hisobot davridan oldingi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Bojxona deklaratsiyasi berilayotganda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni amalda koʻrsatish talab qilinmaydi. | Bojxona deklaratsiyasi berilayotganda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni amalda koʻrsatish talab qilinmaydi. |
Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning amaldagi miqdori toʻliq bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etgan holda deklaratsiyalanishi lozim, mazkur miqdor texnologik jihatdan shartlashilgan joylarda oʻrnatilgan, mazkur tovarlarning oʻtishini qayd qiluvchi hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari asosida hamda vakolatli organlarning maʼlumotlariga koʻra aniqlanadi. | Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning amaldagi miqdori toʻliq bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etgan holda deklaratsiyalanishi lozim, mazkur miqdor texnologik jihatdan shartlashilgan joylarda oʻrnatilgan, mazkur tovarlarning oʻtishini qayd qiluvchi hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari asosida hamda vakolatli organlarning maʼlumotlariga koʻra aniqlanadi. |
Quyidagilar boʻlmagan taqdirda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishga ruxsat etiladi: | Quyidagilar boʻlmagan taqdirda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishga ruxsat etiladi: |
Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro shartnomalar; | Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro shartnomalar; |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; |
quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning amalda olib oʻtilish hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati; | quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning amalda olib oʻtilish hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati; |
kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) vakolatli organlarda roʻyxatdan oʻtkazilmaganda. | kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) vakolatli organlarda roʻyxatdan oʻtkazilmaganda. |
Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishda bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish muddati tovarlarni yetkazib berishning hisob-kitob oyi tugagan sanadan eʼtiboran toʻqson kalendar kundan oshmasligi kerak. | Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishda bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish muddati tovarlarni yetkazib berishning hisob-kitob oyi tugagan sanadan eʼtiboran toʻqson kalendar kundan oshmasligi kerak. |
Bojxona chegarasidan quvur transportida tranzit tarzida olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalash haqiqatda yetkazib berilgan har bir kalendar oydan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasidan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Bojxona chegarasidan quvur transportida tranzit tarzida olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalash haqiqatda yetkazib berilgan har bir kalendar oydan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasidan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
172-modda. Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotganda bojxona toʻlovlarini toʻlash | 172-modda. Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotganda bojxona toʻlovlarini toʻlash |
Bir kalendar oy mobaynida quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona toʻlovlari tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi kunida amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari boʻyicha, bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan kundan kechiktirmay toʻlanadi. Bunda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona chegarasidan bir kalendar oy mobaynida olib oʻtiladigan tovarlarning qiymati bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi kunidagi valyutaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha aniqlanadi. | Bir kalendar oy mobaynida quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona toʻlovlari tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi kunida amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari boʻyicha, bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan kundan kechiktirmay toʻlanadi. Bunda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona chegarasidan bir kalendar oy mobaynida olib oʻtiladigan tovarlarning qiymati bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi kunidagi valyutaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha aniqlanadi. |
Bojxona chegarasidan quvur transportida olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona toʻlovlari bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi. | Bojxona chegarasidan quvur transportida olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona toʻlovlari bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi. |
Quvur transportida olib oʻtiladigan tovarlarga muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan taqdirda, bojxona toʻlovlari muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi. | Quvur transportida olib oʻtiladigan tovarlarga muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan taqdirda, bojxona toʻlovlari muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi. |
Agar toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi maʼlumotlarni aniqlashtirish natijasida oshsa, summaning oshgan qismi yuzasidan qoʻshimcha toʻlov bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Bunday hollarda penya hisoblanmaydi. | Agar toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi maʼlumotlarni aniqlashtirish natijasida oshsa, summaning oshgan qismi yuzasidan qoʻshimcha toʻlov bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Bunday hollarda penya hisoblanmaydi. |
Bojxona toʻlovlarining ortiqcha toʻlangan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi. | Bojxona toʻlovlarining ortiqcha toʻlangan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi. |
26-bob. Bojxona omborlari, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari va erkin omborlar | 26-bob. Bojxona omborlari, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari va erkin omborlar |
173-modda. Bojxona omborlari | 173-modda. Bojxona omborlari |
Bojxona ombori bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni saqlashga moʻljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan bino va (yoki) ochiq maydonchadan iboratdir. | Bojxona ombori bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni saqlashga moʻljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan bino va (yoki) ochiq maydonchadan iboratdir. |
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan tovarlar faqat shunday tovarlarni saqlash shartlariga mos keladigan maxsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi kerak. | Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan tovarlar faqat shunday tovarlarni saqlash shartlariga mos keladigan maxsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi kerak. |
Bojxona omborlari foydalanilishiga koʻra, har qanday shaxs foydalanishi uchun ochiq omborlar boʻlishi va muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalarining foydalanishi uchun moʻljallangan yopiq omborlar boʻlishi mumkin. | Bojxona omborlari foydalanilishiga koʻra, har qanday shaxs foydalanishi uchun ochiq omborlar boʻlishi va muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalarining foydalanishi uchun moʻljallangan yopiq omborlar boʻlishi mumkin. |
174-modda. Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari | 174-modda. Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari |
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo obyektidir. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va doʻkon omborining hududlarini oʻz ichiga oladi. | Boj olinmaydigan savdo doʻkoni tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo obyektidir. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va doʻkon omborining hududlarini oʻz ichiga oladi. |
Boj olinmaydigan savdo doʻkonining ishlashini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi qoʻllanilmaydi. | Boj olinmaydigan savdo doʻkonining ishlashini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi qoʻllanilmaydi. |
Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari uch turga boʻlinadi: | Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari uch turga boʻlinadi: |
a) bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan joyning oʻzida isteʼmol qilish uchun chakana sotishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni; | a) bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan joyning oʻzida isteʼmol qilish uchun chakana sotishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni; |
b) chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni; | b) chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni; |
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan, bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini milliy valyutada va (yoki) chet el valyutasida chakana realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo doʻkoni. Mazkur turdagi boj olinmaydigan savdo doʻkonlari faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan, bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini milliy valyutada va (yoki) chet el valyutasida chakana realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo doʻkoni. Mazkur turdagi boj olinmaydigan savdo doʻkonlari faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
175-modda. Erkin omborlar | 175-modda. Erkin omborlar |
Erkin ombor maxsus jihozlangan va belgilangan joy boʻlib, u tovarlarni erkin ombor bojxona rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun moʻljallangan binolar hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni oʻz ichiga oladi. | Erkin ombor maxsus jihozlangan va belgilangan joy boʻlib, u tovarlarni erkin ombor bojxona rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun moʻljallangan binolar hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni oʻz ichiga oladi. |
Erkin omborning ishlashini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga erkin ombor bojxona rejimi qoʻllanilmaydi. | Erkin omborning ishlashini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga erkin ombor bojxona rejimi qoʻllanilmaydi. |
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi boʻlgan alohida binolarda qonunchilikka muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak. | Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi boʻlgan alohida binolarda qonunchilikka muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak. |
176-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash | 176-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash |
Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. | Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. |
Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan taʼsis etilayotgan boʻlsa, litsenziya olish talab qilinmaydi. | Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan taʼsis etilayotgan boʻlsa, litsenziya olish talab qilinmaydi. |
Bojxona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini omborlarga joylashtirayotgan shaxslar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. | Bojxona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini omborlarga joylashtirayotgan shaxslar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona omborlarining, boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek mazkur reyestrlardagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona omborlarining, boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek mazkur reyestrlardagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. |
177-modda. Bojxona omborini, boj olinmaydigan savdo doʻkonini va erkin omborni tugatish | 177-modda. Bojxona omborini, boj olinmaydigan savdo doʻkonini va erkin omborni tugatish |
Bojxona omborini, boj olinmaydigan savdo doʻkonini va erkin omborni tugatish litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor qilingan taqdirda amalga oshiriladi. | Bojxona omborini, boj olinmaydigan savdo doʻkonini va erkin omborni tugatish litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor qilingan taqdirda amalga oshiriladi. |
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan sanadan eʼtiboran ularda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarlar sifatida qaraladi. | Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan sanadan eʼtiboran ularda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarlar sifatida qaraladi. |
Bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilayotganda ularda turgan tovarlar bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida boshqa bojxona omboriga oʻtkazilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak. | Bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilayotganda ularda turgan tovarlar bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida boshqa bojxona omboriga oʻtkazilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak. |
Erkin ombor tugatilayotganda unda turgan tovarlar ushbu ombor tugatilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida boshqa erkin omborga oʻtkazilishi yoki boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak. | Erkin ombor tugatilayotganda unda turgan tovarlar ushbu ombor tugatilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida boshqa erkin omborga oʻtkazilishi yoki boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak. |
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda, xuddi shuningdek litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganda tovarlarni saqlash uchun joylashtirishga va ularni realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda, xuddi shuningdek litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganda tovarlarni saqlash uchun joylashtirishga va ularni realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Tugatilayotgan bojxona omborida va boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining umumiy muddati ularni tugatish sanasidan eʼtiboran oltmish kundan, erkin omborda esa bir yuz sakson kundan oshmasligi kerak. | Tugatilayotgan bojxona omborida va boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining umumiy muddati ularni tugatish sanasidan eʼtiboran oltmish kundan, erkin omborda esa bir yuz sakson kundan oshmasligi kerak. |
Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda ularning egalaridan tugatish sanasidan eʼtiboran bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi. | Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda ularning egalaridan tugatish sanasidan eʼtiboran bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi. |
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning egasi olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashi shart. | Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning egasi olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashi shart. |
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini ushbu litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganlik fakti aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, boj olinmaydigan savdo doʻkonida realizatsiya qilingan tovarlarga erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar deb qaraladi va boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasidan mazkur tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan sanada toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summalari undiriladi. | Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini ushbu litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganlik fakti aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, boj olinmaydigan savdo doʻkonida realizatsiya qilingan tovarlarga erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar deb qaraladi va boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasidan mazkur tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan sanada toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summalari undiriladi. |
IV boʻlim. Bojxona nazorati | IV boʻlim. Bojxona nazorati |
27-bob. Bojxona nazoratining umumiy qoidalari | 27-bob. Bojxona nazoratining umumiy qoidalari |
178-modda. Bojxona nazoratining predmeti | 178-modda. Bojxona nazoratining predmeti |
Bojxona nazorati: | Bojxona nazorati: |
bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) ushbu Kodeksga muvofiq deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan; | bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) ushbu Kodeksga muvofiq deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan; |
taqdim etilishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan bojxona deklaratsiyasiga, tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarga va maʼlumotlarga nisbatan; | taqdim etilishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan bojxona deklaratsiyasiga, tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarga va maʼlumotlarga nisbatan; |
yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish, bojxona ishi sohasida xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga nisbatan oʻtkaziladi. | yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish, bojxona ishi sohasida xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga nisbatan oʻtkaziladi. |
179-modda. Bojxona nazorati zonasi | 179-modda. Bojxona nazorati zonasi |
Bojxona hududining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qoʻyilgan qismi bojxona nazorati zonasidir. | Bojxona hududining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qoʻyilgan qismi bojxona nazorati zonasidir. |
Bojxona nazorati zonalari quyidagi turlarda boʻlishi mumkin: | Bojxona nazorati zonalari quyidagi turlarda boʻlishi mumkin: |
doimiy bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari ushbu zonada muntazam ravishda turgan hollarda; | doimiy bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari ushbu zonada muntazam ravishda turgan hollarda; |
muvaqqat bojxona nazorati zonasi — bojxona operatsiyalari bajariladigan joylardan tashqarida tovarlarning va transport vositalarining vaqtincha bojxona nazoratini amalga oshirish va bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazish, shuningdek bojxona organlari tomonidan doimiy bojxona nazorati zonasidan tashqarida aniqlangan tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvini va bojxona koʻrigini oʻtkazish zarurati boʻlgan taqdirda. | muvaqqat bojxona nazorati zonasi — bojxona operatsiyalari bajariladigan joylardan tashqarida tovarlarning va transport vositalarining vaqtincha bojxona nazoratini amalga oshirish va bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazish, shuningdek bojxona organlari tomonidan doimiy bojxona nazorati zonasidan tashqarida aniqlangan tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvini va bojxona koʻrigini oʻtkazish zarurati boʻlgan taqdirda. |
Doimiy bojxona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bojxona organining boshligʻi tomonidan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab bojxona nazorati zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari bilan kelishiladi. | Doimiy bojxona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bojxona organining boshligʻi tomonidan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab bojxona nazorati zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari bilan kelishiladi. |
Muvaqqat bojxona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror: | Muvaqqat bojxona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror: |
vakolatli shaxsning doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish hamda ularning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yozma arizasiga koʻra — bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan; | vakolatli shaxsning doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish hamda ularning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yozma arizasiga koʻra — bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan; |
bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida aniqlangan hamda ularning bojxona koʻzdan kechiruvini yoki bojxona koʻrigini aniqlangan joyda amalga oshirish zarurati tugʻilgan taqdirda, bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs keyinchalik xabardor etilgan holda — bojxona organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilinadi. | bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida aniqlangan hamda ularning bojxona koʻzdan kechiruvini yoki bojxona koʻrigini aniqlangan joyda amalga oshirish zarurati tugʻilgan taqdirda, bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs keyinchalik xabardor etilgan holda — bojxona organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilinadi. |
Muvaqqat bojxona nazorati zonasining amal qilish muddati va chegaralari tegishli bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish zaruratini hisobga olgan holda belgilanadi. | Muvaqqat bojxona nazorati zonasining amal qilish muddati va chegaralari tegishli bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish zaruratini hisobga olgan holda belgilanadi. |
180-modda. Bojxona nazorati zonalarini tashkil etish joylari va doiralari | 180-modda. Bojxona nazorati zonalarini tashkil etish joylari va doiralari |
Bojxona nazorati zonalari bojxona chegarasi boʻylab, shuningdek quyidagi joylarda tashkil qilinadi: | Bojxona nazorati zonalari bojxona chegarasi boʻylab, shuningdek quyidagi joylarda tashkil qilinadi: |
bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan joylarda; | bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan joylarda; |
bojxona tartib-taomillari va operatsiyalari bajariladigan joylarda; | bojxona tartib-taomillari va operatsiyalari bajariladigan joylarda; |
tovarlar bojxona nazorati ostida saqlanadigan, boshqa transport vositasiga ortiladigan, bojxona koʻzdan kechiruvidan va bojxona koʻrigidan oʻtkaziladigan joylarda; | tovarlar bojxona nazorati ostida saqlanadigan, boshqa transport vositasiga ortiladigan, bojxona koʻzdan kechiruvidan va bojxona koʻrigidan oʻtkaziladigan joylarda; |
bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiyotgan transport vositalarining toʻxtab turish joylarida. | bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiyotgan transport vositalarining toʻxtab turish joylarida. |
Bojxona nazorati zonalarining doiralari fizik-geografik va mahalliy sharoitlarni, tashqi iqtisodiy va xoʻjalik faoliyatining xususiyati va jadalligini, shuningdek unda belgilangan rejimni saqlab turishga bevosita taʼsir koʻrsatadigan boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilanadi. Bojxona nazorati zonalari tegishli belgilar bilan qoʻyiladi. Bojxona nazorati zonasining maydoni barcha majburiy bojxona tartib-taomillari toʻliq hajmda bajarilishi uchun yetarli boʻlishi kerak. | Bojxona nazorati zonalarining doiralari fizik-geografik va mahalliy sharoitlarni, tashqi iqtisodiy va xoʻjalik faoliyatining xususiyati va jadalligini, shuningdek unda belgilangan rejimni saqlab turishga bevosita taʼsir koʻrsatadigan boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilanadi. Bojxona nazorati zonalari tegishli belgilar bilan qoʻyiladi. Bojxona nazorati zonasining maydoni barcha majburiy bojxona tartib-taomillari toʻliq hajmda bajarilishi uchun yetarli boʻlishi kerak. |
Doimiy bojxona nazorati zonalari doiralarida bojxona organlari tomonidan jismoniy shaxslarning, tovarlarning va transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari belgilanadi. Zarur boʻlgan hollarda, yoʻnalishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari va (yoki) hududida bojxona organlari oʻz vazifalarini bajarayotgan tashkilot bilan kelishiladi. | Doimiy bojxona nazorati zonalari doiralarida bojxona organlari tomonidan jismoniy shaxslarning, tovarlarning va transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari belgilanadi. Zarur boʻlgan hollarda, yoʻnalishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari va (yoki) hududida bojxona organlari oʻz vazifalarini bajarayotgan tashkilot bilan kelishiladi. |
181-modda. Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining bojxona nazorati zonalari chegaralarini kesib oʻtishdagi va mazkur zonalar doiralarida harakatlanishdagi majburiyatlari | 181-modda. Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining bojxona nazorati zonalari chegaralarini kesib oʻtishdagi va mazkur zonalar doiralarida harakatlanishdagi majburiyatlari |
Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doiralarida harakatlanayotganda vakolatli shaxs yoki tashuvchi: | Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doiralarida harakatlanayotganda vakolatli shaxs yoki tashuvchi: |
bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda toʻxtashi va harakatni davom ettirishi; | bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda toʻxtashi va harakatni davom ettirishi; |
tovarlarni va transport vositalarini faqat belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha olib oʻtishi; | tovarlarni va transport vositalarini faqat belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha olib oʻtishi; |
bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga koʻra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi shart. | bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga koʻra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi shart. |
Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doirasida harakatlanayotganda vakolatli shaxsning yoki tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doirasida harakatlanayotganda vakolatli shaxsning yoki tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
182-modda. Bojxona nazorati zonasidagi bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari | 182-modda. Bojxona nazorati zonasidagi bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari |
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari vakolatli shaxsdan yoki tashuvchidan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasidan va bojxona nazorati zonasi doirasidan bojxona nazorati zonasi rejimiga muvofiq olib oʻtishni talab qilish huquqiga ega. Bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatlari doirasidagi farmoyishlari tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning doirasida olib oʻtayotgan barcha shaxslar uchun majburiydir. | Bojxona organlarining mansabdor shaxslari vakolatli shaxsdan yoki tashuvchidan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasidan va bojxona nazorati zonasi doirasidan bojxona nazorati zonasi rejimiga muvofiq olib oʻtishni talab qilish huquqiga ega. Bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatlari doirasidagi farmoyishlari tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning doirasida olib oʻtayotgan barcha shaxslar uchun majburiydir. |
Bojxona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. | Bojxona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. |
183-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari | 183-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari |
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtgan paytdan eʼtiboran quyidagi paytga qadar bojxona nazorati ostida turadi: | Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtgan paytdan eʼtiboran quyidagi paytga qadar bojxona nazorati ostida turadi: |
tovarlar va (yoki) transport vositalari erkin muomalaga chiqarish (import), reimport, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ular davlat daromadiga oʻtkazilgunga qadar; | tovarlar va (yoki) transport vositalari erkin muomalaga chiqarish (import), reimport, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ular davlat daromadiga oʻtkazilgunga qadar; |
tovarlar yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek transport vositalari amalda olib chiqilguniga qadar. | tovarlar yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek transport vositalari amalda olib chiqilguniga qadar. |
Ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining “b” — “e” bandlarida koʻrsatilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar shunday chiqarib yuborishning shartlari boʻyicha majburiyatlar bajarilguniga qadar bojxona nazorati ostida turadi. | Ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining “b” — “e” bandlarida koʻrsatilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar shunday chiqarib yuborishning shartlari boʻyicha majburiyatlar bajarilguniga qadar bojxona nazorati ostida turadi. |
Olib chiqilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona deklaratsiyasi yoki ularni bojxona hududidan olib chiqish boshqa qanday hujjatga muvofiq amalga oshirilayotgan boʻlsa, oʻsha hujjat taqdim etilgan paytdan eʼtiboran haqiqatda bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar bojxona nazorati ostida turadi. | Olib chiqilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona deklaratsiyasi yoki ularni bojxona hududidan olib chiqish boshqa qanday hujjatga muvofiq amalga oshirilayotgan boʻlsa, oʻsha hujjat taqdim etilgan paytdan eʼtiboran haqiqatda bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar bojxona nazorati ostida turadi. |
Ushbu moddaning uchinchi qismi qoidalaridan qatʼi nazar, bojxona organlari shaxslarning tovarlarni yoki ularni qayta ishlash mahsulotlarini va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga qaytarib olib kirish borasidagi majburiyatlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bojxona rejimlari shartlariga muvofiq bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. | Ushbu moddaning uchinchi qismi qoidalaridan qatʼi nazar, bojxona organlari shaxslarning tovarlarni yoki ularni qayta ishlash mahsulotlarini va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga qaytarib olib kirish borasidagi majburiyatlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bojxona rejimlari shartlariga muvofiq bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
184-modda. Bojxona nazorati uchun zarur boʻladigan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish | 184-modda. Bojxona nazorati uchun zarur boʻladigan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish |
Bojxona organi bojxona nazoratini oʻtkazish uchun: | Bojxona organi bojxona nazoratini oʻtkazish uchun: |
nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslardan va boshqa shaxslardan bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni; | nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslardan va boshqa shaxslardan bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni; |
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlardan va boshqa organlardan bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilib olish huquqiga ega. | tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlardan va boshqa organlardan bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilib olish huquqiga ega. |
Hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yoʻllangan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar va organlar ushbu hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organiga mumkin qadar qisqa muddatlarda yuborishi shart. | Hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yoʻllangan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar va organlar ushbu hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organiga mumkin qadar qisqa muddatlarda yuborishi shart. |
Bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi. | Bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi. |
185-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanadigan joylarga kirishini taʼminlash | 185-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanadigan joylarga kirishini taʼminlash |
Binolarida va hududlarida bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va (yoki) transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli boʻlgan yoxud nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda kirish imkonini beradi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaxslarining alohida obyektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, bojxona organlarining mansabdor shaxslari bu obyektlarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda kirishga haqli. | Binolarida va hududlarida bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va (yoki) transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli boʻlgan yoxud nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda kirish imkonini beradi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaxslarining alohida obyektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, bojxona organlarining mansabdor shaxslari bu obyektlarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda kirishga haqli. |
186-modda. Bojxona nazorati uchun zarur yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish | 186-modda. Bojxona nazorati uchun zarur yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish |
Bojxona organining talabiga koʻra vakolatli shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi, shuningdek bojxona nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlarning oʻrov-idishini ochishi, ularni tarozida tortishi yoki boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashi shart. | Bojxona organining talabiga koʻra vakolatli shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi, shuningdek bojxona nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlarning oʻrov-idishini ochishi, ularni tarozida tortishi yoki boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashi shart. |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari hamda boshqa operatsiyalar bojxona organi uchun biror-bir qoʻshimcha xarajatlar keltirib chiqarmasligi kerak. | Tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari hamda boshqa operatsiyalar bojxona organi uchun biror-bir qoʻshimcha xarajatlar keltirib chiqarmasligi kerak. |
187-modda. Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona deklaratsiyasini, boshqa hujjatlarni, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tekshirish | 187-modda. Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona deklaratsiyasini, boshqa hujjatlarni, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tekshirish |
Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlarni, tovarni va (yoki) transport vositasini taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini hamda ushbu hujjatlarning, tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshiradi. | Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlarni, tovarni va (yoki) transport vositasini taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini hamda ushbu hujjatlarning, tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshiradi. |
Tovar va (yoki) transport vositasi chiqarib yuborilguniga qadar bojxona organi tovar va (yoki) transport vositasi nomining, ular ishlab chiqarilgan mamlakatning, tovar va (yoki) transport vositasi miqdori va qiymatining bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun foydalanilayotgan boshqa hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun zarur bojxona tartib-taomillarini bajaradi. | Tovar va (yoki) transport vositasi chiqarib yuborilguniga qadar bojxona organi tovar va (yoki) transport vositasi nomining, ular ishlab chiqarilgan mamlakatning, tovar va (yoki) transport vositasi miqdori va qiymatining bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun foydalanilayotgan boshqa hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun zarur bojxona tartib-taomillarini bajaradi. |
28-bob. Bojxona nazoratini amalga oshirish shakllari va tartibi | 28-bob. Bojxona nazoratini amalga oshirish shakllari va tartibi |
188-modda. Bojxona nazoratining shakllari | 188-modda. Bojxona nazoratining shakllari |
Bojxona nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: | Bojxona nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: |
hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish; | hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish; |
ogʻzaki soʻrov; | ogʻzaki soʻrov; |
axborot olish; | axborot olish; |
bojxona koʻzdan kechiruvi; | bojxona koʻzdan kechiruvi; |
tovarlarning tamgʻalanganligini tekshirish; | tovarlarning tamgʻalanganligini tekshirish; |
bojxona koʻrigi; | bojxona koʻrigi; |
shaxsiy koʻrik; | shaxsiy koʻrik; |
bojxona identifikatsiyalashi; | bojxona identifikatsiyalashi; |
bojxona kuzatuvi; | bojxona kuzatuvi; |
binolar va hududlarni tekshirish; | binolar va hududlarni tekshirish; |
tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish; | tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish; |
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati. | tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati. |
189-modda. Bojxona nazorati shakllarining qoʻllanilishi | 189-modda. Bojxona nazorati shakllarining qoʻllanilishi |
Bojxona organlari bojxona nazorati shakllarini qoʻllashda tanlab olish prinsipiga asoslanadi va bojxona nazoratining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlaydigan shakllari bilan cheklanadi. Bojxona nazorati shaklini tanlash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan belgilanadi. | Bojxona organlari bojxona nazorati shakllarini qoʻllashda tanlab olish prinsipiga asoslanadi va bojxona nazoratining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlaydigan shakllari bilan cheklanadi. Bojxona nazorati shaklini tanlash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan belgilanadi. |
Bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olish maqsadida, tekshirilishi kerak boʻlgan tovarlarni va transport vositalarini, yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlarini aniqlash, bojxona nazorati shakllarini va ularning qoʻllanilish hajmini tanlash uchun xavfni boshqarish tizimini qoʻllaydi. | Bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olish maqsadida, tekshirilishi kerak boʻlgan tovarlarni va transport vositalarini, yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlarini aniqlash, bojxona nazorati shakllarini va ularning qoʻllanilish hajmini tanlash uchun xavfni boshqarish tizimini qoʻllaydi. |
Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. | Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. |
Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qoʻllamaslik yoki ulardan ozod qilish yuridik va jismoniy shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish majburiyatidan ozod qilinganligini anglatmaydi. | Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qoʻllamaslik yoki ulardan ozod qilish yuridik va jismoniy shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish majburiyatidan ozod qilinganligini anglatmaydi. |
Quyidagilar bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydi: | Quyidagilar bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydi: |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Prezidentining shaxsiy bagaji; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Prezidentining shaxsiy bagaji; |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Qonunchilik palatasi deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik pasportlari egalarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda bojxona chegarasini kesib oʻtsalar; | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Qonunchilik palatasi deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik pasportlari egalarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda bojxona chegarasini kesib oʻtsalar; |
qonunga muvofiq boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy bagaji. | qonunga muvofiq boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy bagaji. |
Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek oʻzi yurib kelayotgan harbiy texnikasi bojxona koʻrigidan ozod qilinadi. | Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek oʻzi yurib kelayotgan harbiy texnikasi bojxona koʻrigidan ozod qilinadi. |
Bojxona nazoratini oʻtkazishda insonning hayoti va sogʻligʻi, hayvonlar, oʻsimliklar uchun xavfsiz boʻlgan hamda tovarlarga va transport vositalariga zarar yetkazmaydigan texnik va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin. | Bojxona nazoratini oʻtkazishda insonning hayoti va sogʻligʻi, hayvonlar, oʻsimliklar uchun xavfsiz boʻlgan hamda tovarlarga va transport vositalariga zarar yetkazmaydigan texnik va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida chet davlatlarning bojxona organlari bilan hamkorlik qiladi, ular bilan oʻzaro yordam va axborot almashinuvi toʻgʻrisida bitimlar tuzadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida chet davlatlarning bojxona organlari bilan hamkorlik qiladi, ular bilan oʻzaro yordam va axborot almashinuvi toʻgʻrisida bitimlar tuzadi. |
190-modda. Hujjatlarni va maʼlumotlarni tekshirish | 190-modda. Hujjatlarni va maʼlumotlarni tekshirish |
Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni tekshiradi. | Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni tekshiradi. |
Taqdim etilgan hujjatlarni va maʼlumotlarni tekshirish: | Taqdim etilgan hujjatlarni va maʼlumotlarni tekshirish: |
hujjatlarning asosiy rekvizitlari toʻliq va toʻgʻri toʻldirilganligini; | hujjatlarning asosiy rekvizitlari toʻliq va toʻgʻri toʻldirilganligini; |
zarur imzolar va muhrlarning (elektron raqamli imzoning) mavjudligini; | zarur imzolar va muhrlarning (elektron raqamli imzoning) mavjudligini; |
tuzatishlarning tasdiqlanganganligini aniqlashni oʻz ichiga oladi. | tuzatishlarning tasdiqlanganganligini aniqlashni oʻz ichiga oladi. |
Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish ularni quyidagilardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi: | Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish ularni quyidagilardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi: |
taqdim etilgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlardan olingan axborotlar; | taqdim etilgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlardan olingan axborotlar; |
uchinchi shaxslardan va boshqa manbalardan olingan axborotlar; | uchinchi shaxslardan va boshqa manbalardan olingan axborotlar; |
bojxona nazoratining boshqa shakllarini oʻtkazish, bojxona statistikasi maʼlumotlarini tahlil etish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni qayta ishlash natijalari asosida olingan axborotlar. | bojxona nazoratining boshqa shakllarini oʻtkazish, bojxona statistikasi maʼlumotlarini tahlil etish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni qayta ishlash natijalari asosida olingan axborotlar. |
Bojxona organi qoʻshimcha maʼlumotlarni faqat taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni tekshirish maqsadida, sababini koʻrsatgan holda talab qilib olishga haqli. | Bojxona organi qoʻshimcha maʼlumotlarni faqat taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni tekshirish maqsadida, sababini koʻrsatgan holda talab qilib olishga haqli. |
Taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va (yoki) qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish tovarlarni chiqarib yuborishga toʻsqinlik qilmaydi, bundan ushbu hujjatlarning: | Taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va (yoki) qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish tovarlarni chiqarib yuborishga toʻsqinlik qilmaydi, bundan ushbu hujjatlarning: |
haqiqiy emasligi; | haqiqiy emasligi; |
boshqa tovarlarga taalluqliligi; | boshqa tovarlarga taalluqliligi; |
tovarlarni chiqarib yuborish, ularni soʻralayotgan bojxona rejimiga joylashtirish mumkinligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga va (yoki) bojxona toʻlovlari toʻlanishiga taʼsir koʻrsatadigan notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻz ichiga olganligi ushbu Kodeks 248-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan muddatlarda bojxona organi tomonidan aniqlangan hollar mustasno. | tovarlarni chiqarib yuborish, ularni soʻralayotgan bojxona rejimiga joylashtirish mumkinligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga va (yoki) bojxona toʻlovlari toʻlanishiga taʼsir koʻrsatadigan notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻz ichiga olganligi ushbu Kodeks 248-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan muddatlarda bojxona organi tomonidan aniqlangan hollar mustasno. |
191-modda. Ogʻzaki soʻrov | 191-modda. Ogʻzaki soʻrov |
Ogʻzaki soʻrov bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborotni ogʻzaki shaklda, bunday soʻrov natijalarini yozma shaklda rasmiylashtirmagan holda olishni nazarda tutadi. | Ogʻzaki soʻrov bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborotni ogʻzaki shaklda, bunday soʻrov natijalarini yozma shaklda rasmiylashtirmagan holda olishni nazarda tutadi. |
192-modda. Axborot olish | 192-modda. Axborot olish |
Axborot olish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborot olishni nazarda tutadi. | Axborot olish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborot olishni nazarda tutadi. |
Axborot olish uchun vakolatli shaxsni va boshqa shaxsni chaqirish zarur boʻlgan taqdirda bojxona organi yozma shaklda xabar yuboradi. | Axborot olish uchun vakolatli shaxsni va boshqa shaxsni chaqirish zarur boʻlgan taqdirda bojxona organi yozma shaklda xabar yuboradi. |
193-modda. Bojxona koʻzdan kechiruvi | 193-modda. Bojxona koʻzdan kechiruvi |
Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining boʻlimlarini, tovarlarning oʻrov-idishini ochmagan, koʻzdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratmagan va boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojxona identifikatsiyalash vositalarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish orqali amalga oshiriladi. | Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining boʻlimlarini, tovarlarning oʻrov-idishini ochmagan, koʻzdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratmagan va boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojxona identifikatsiyalash vositalarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish orqali amalga oshiriladi. |
Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining boʻlimlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi. | Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining boʻlimlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi. |
Bojxona nazorati zonasida bojxona koʻzdan kechiruvi vakolatli shaxslar ishtirokisiz oʻtkazilishi mumkin, bundan mazkur shaxslar bojxona koʻzdan kechiruvida hozir boʻlish istagini bildirgan hollar mustasno. | Bojxona nazorati zonasida bojxona koʻzdan kechiruvi vakolatli shaxslar ishtirokisiz oʻtkazilishi mumkin, bundan mazkur shaxslar bojxona koʻzdan kechiruvida hozir boʻlish istagini bildirgan hollar mustasno. |
Bojxona koʻzdan kechiruvi natijalariga koʻra: | Bojxona koʻzdan kechiruvi natijalariga koʻra: |
toʻgʻri deklaratsiyalangan taqdirda — tegishli tovarning kuzatuv hujjatlari rasmiylashtiriladi; | toʻgʻri deklaratsiyalangan taqdirda — tegishli tovarning kuzatuv hujjatlari rasmiylashtiriladi; |
tovarning notoʻgʻri deklaratsiyalanganligi fakti aniqlangan taqdirda — bojxona koʻrigi amalga oshiriladi. | tovarning notoʻgʻri deklaratsiyalanganligi fakti aniqlangan taqdirda — bojxona koʻrigi amalga oshiriladi. |
194-modda. Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish | 194-modda. Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish |
Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi. | Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi. |
Bojxona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda ularni maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamgʻalash talabi qoʻyilishi mumkin. | Bojxona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda ularni maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamgʻalash talabi qoʻyilishi mumkin. |
Tovarlarda ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlari mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik faktining tasdiqlanishi deb qaraladi. | Tovarlarda ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlari mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik faktining tasdiqlanishi deb qaraladi. |
195-modda. Bojxona koʻrigi | 195-modda. Bojxona koʻrigi |
Bojxona koʻrigi qoʻyilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning oʻramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan boʻlimini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar boʻlgan yoki boʻlishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarni ochishni nazarda tutadi. | Bojxona koʻrigi qoʻyilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning oʻramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan boʻlimini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar boʻlgan yoki boʻlishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarni ochishni nazarda tutadi. |
Bojxona koʻrigi, qoida tariqasida, tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan keyin deklarant hozirligida oʻtkaziladi. Bunda tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar bojxona koʻrigi: | Bojxona koʻrigi, qoida tariqasida, tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan keyin deklarant hozirligida oʻtkaziladi. Bunda tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar bojxona koʻrigi: |
bojxona maqsadlarida tovarni identifikatsiyalash; | bojxona maqsadlarida tovarni identifikatsiyalash; |
bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini aniqlash; | bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini aniqlash; |
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik toʻgʻrisidagi mavjud axborotni tekshirish; | bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik toʻgʻrisidagi mavjud axborotni tekshirish; |
tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimi asosida bojxona nazoratini oʻtkazish; | tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimi asosida bojxona nazoratini oʻtkazish; |
ushbu Kodeksning 275-moddasiga muvofiq deklarantning huquqlarini amalga oshirish zarur boʻlgan taqdirda oʻtkazilishi mumkin. | ushbu Kodeksning 275-moddasiga muvofiq deklarantning huquqlarini amalga oshirish zarur boʻlgan taqdirda oʻtkazilishi mumkin. |
Tirik hayvonlar va tez buziladigan tovarlar birinchi navbatda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi. | Tirik hayvonlar va tez buziladigan tovarlar birinchi navbatda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi. |
Bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va ularga zarur koʻmak koʻrsatishi shart. Vakolatli shaxslar boʻlmaganda koʻrikdan oʻtkazilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaxs vakolatli shaxs hisoblanadi. | Bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va ularga zarur koʻmak koʻrsatishi shart. Vakolatli shaxslar boʻlmaganda koʻrikdan oʻtkazilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaxs vakolatli shaxs hisoblanadi. |
Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini quyidagi hollarda vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis hozirligida oʻtkazishga haqli: | Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini quyidagi hollarda vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis hozirligida oʻtkazishga haqli: |
tovarlar va transport vositalari taqdim etilgan kundan keyin besh ish kuni oʻtgach vakolatli shaxslar kelmaganda; | tovarlar va transport vositalari taqdim etilgan kundan keyin besh ish kuni oʻtgach vakolatli shaxslar kelmaganda; |
davlat xavfsizligiga, jamoat tartibiga, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, hayvonlar va oʻsimliklarga, atrof-muhitga, madaniy boyliklarni saqlashga haqiqiy xavf mavjud boʻlganda va kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi lozim boʻlgan boshqa holatlarda (shu jumladan, agar tovarlar tez yonuvchan moddalar, portlash xavfi boʻlgan predmetlar, portlovchi, zaharlovchi, xavfli kimyoviy va biologik faol moddalar, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, prekursorlar, psixotrop, zaharli, toksik, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar, qurol, uning oʻq-dorilari ekanligini koʻrsatuvchi va boshqa shunga oʻxshash tovarlar ekanligining belgilari mavjud boʻlsa, shuningdek, agar tovarlar oʻzidan noxush hid taratsa); | davlat xavfsizligiga, jamoat tartibiga, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, hayvonlar va oʻsimliklarga, atrof-muhitga, madaniy boyliklarni saqlashga haqiqiy xavf mavjud boʻlganda va kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi lozim boʻlgan boshqa holatlarda (shu jumladan, agar tovarlar tez yonuvchan moddalar, portlash xavfi boʻlgan predmetlar, portlovchi, zaharlovchi, xavfli kimyoviy va biologik faol moddalar, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, prekursorlar, psixotrop, zaharli, toksik, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar, qurol, uning oʻq-dorilari ekanligini koʻrsatuvchi va boshqa shunga oʻxshash tovarlar ekanligining belgilari mavjud boʻlsa, shuningdek, agar tovarlar oʻzidan noxush hid taratsa); |
tovarlar xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilganda; | tovarlar xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilganda; |
tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqishni nazarda tutuvchi bojxona rejimi shartlarini buzgan holda ushbu hududda qoldirilganda. | tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqishni nazarda tutuvchi bojxona rejimi shartlarini buzgan holda ushbu hududda qoldirilganda. |
Agar bojxona deklaratsiyasida bir nomdagi tovar sifatida koʻrsatilgan tovar turkumining bir qismi bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan boʻlsa, bunday koʻrikdan oʻtkazish natijalari shu tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin. Agar vakolatli shaxs koʻrikdan oʻtkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun qoʻshimcha bojxona koʻrigi oʻtkazilishini talab qilishga haqli. | Agar bojxona deklaratsiyasida bir nomdagi tovar sifatida koʻrsatilgan tovar turkumining bir qismi bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan boʻlsa, bunday koʻrikdan oʻtkazish natijalari shu tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin. Agar vakolatli shaxs koʻrikdan oʻtkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun qoʻshimcha bojxona koʻrigi oʻtkazilishini talab qilishga haqli. |
Bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda tovarning amaldagi miqdori uni deklaratsiyalashda koʻrsatilgan tovar miqdoriga mos kelmasligi aniqlangan taqdirda, bojxona organi bojxona maqsadlari uchun tovarning amaldagi miqdorini mustaqil ravishda aniqlaydi. | Bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda tovarning amaldagi miqdori uni deklaratsiyalashda koʻrsatilgan tovar miqdoriga mos kelmasligi aniqlangan taqdirda, bojxona organi bojxona maqsadlari uchun tovarning amaldagi miqdorini mustaqil ravishda aniqlaydi. |
Bojxona koʻrigidan oʻtkazish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda dalolatnoma tuziladi. Bojxona koʻrigi dalolatnomasining koʻchirma nusxasi vakolatli shaxsga topshiriladi (yuboriladi). | Bojxona koʻrigidan oʻtkazish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda dalolatnoma tuziladi. Bojxona koʻrigi dalolatnomasining koʻchirma nusxasi vakolatli shaxsga topshiriladi (yuboriladi). |
Ushbu modda talablariga rioya etilishi munosabati bilan yuzaga kelgan xarajatlar vakolatli shaxs zimmasida boʻladi. | Ushbu modda talablariga rioya etilishi munosabati bilan yuzaga kelgan xarajatlar vakolatli shaxs zimmasida boʻladi. |
196-modda. Shaxsiy koʻrik | 196-modda. Shaxsiy koʻrik |
Shaxsiy koʻrik bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan va bojxona nazorati zonasida yoki aeroportning xalqaro yoʻnalishlar uchun ochiq boʻlgan tranzit zonasida boʻlgan jismoniy shaxsga nisbatan oʻtkaziladi. | Shaxsiy koʻrik bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan va bojxona nazorati zonasida yoki aeroportning xalqaro yoʻnalishlar uchun ochiq boʻlgan tranzit zonasida boʻlgan jismoniy shaxsga nisbatan oʻtkaziladi. |
Shaxsiy koʻrik bojxona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoxud ushbu Kodeksda belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtilayotgan tovarlarni jismoniy shaxs yonida yashirmoqda va ularni oʻz ixtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taxmin qilishga asoslar boʻlgan taqdirda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. | Shaxsiy koʻrik bojxona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoxud ushbu Kodeksda belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtilayotgan tovarlarni jismoniy shaxs yonida yashirmoqda va ularni oʻz ixtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taxmin qilishga asoslar boʻlgan taqdirda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. |
Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qaror bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan yozma shaklda qabul qilinadi. | Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qaror bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan yozma shaklda qabul qilinadi. |
Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan avval bojxona organining mansabdor shaxsi: | Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan avval bojxona organining mansabdor shaxsi: |
shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni jismoniy shaxsga eʼlon qilishi; | shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni jismoniy shaxsga eʼlon qilishi; |
shaxsiy koʻrik oʻtkazilayotganda jismoniy shaxsni uning huquqlari bilan tanishtirishi; | shaxsiy koʻrik oʻtkazilayotganda jismoniy shaxsni uning huquqlari bilan tanishtirishi; |
jismoniy shaxsga yonida berkitilgan tovarlarni oʻz ixtiyori bilan berishni taklif qilishi shart. | jismoniy shaxsga yonida berkitilgan tovarlarni oʻz ixtiyori bilan berishni taklif qilishi shart. |
Jismoniy shaxs shaxsiy koʻrikni rad etgan taqdirda, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qarorni eʼlon qilgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan belgi qoʻyiladi. | Jismoniy shaxs shaxsiy koʻrikni rad etgan taqdirda, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qarorni eʼlon qilgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan belgi qoʻyiladi. |
Agar koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarmasa yoki bajarishga qarshilik koʻrsatsa, ushbu harakatlar maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxsni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish uchun asos boʻladi. | Agar koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarmasa yoki bajarishga qarshilik koʻrsatsa, ushbu harakatlar maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxsni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish uchun asos boʻladi. |
Shaxsiy koʻrik sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan alohida xonada bojxona organining koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mansabdor shaxsi tomonidan xuddi shu jinsdagi ikki xolis hozirligida oʻtkaziladi. Boshqa jismoniy shaxslarning bu xonaga kirish va shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni kuzatish imkoniyatiga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxsning tanasini tekshirish faqat tibbiyot xodimlari tomonidan, zarur boʻlganda, maxsus tibbiyot texnikasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Zarur boʻlganda shaxsiy koʻrik oʻtkazilayotganda tarjimon jalb qilinadi. | Shaxsiy koʻrik sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan alohida xonada bojxona organining koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mansabdor shaxsi tomonidan xuddi shu jinsdagi ikki xolis hozirligida oʻtkaziladi. Boshqa jismoniy shaxslarning bu xonaga kirish va shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni kuzatish imkoniyatiga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxsning tanasini tekshirish faqat tibbiyot xodimlari tomonidan, zarur boʻlganda, maxsus tibbiyot texnikasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Zarur boʻlganda shaxsiy koʻrik oʻtkazilayotganda tarjimon jalb qilinadi. |
Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxs shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilayotganida uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, homiylar, vasiylar) yoki uni kuzatib boruvchi shaxslar hozir boʻlishga haqli. | Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxs shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilayotganida uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, homiylar, vasiylar) yoki uni kuzatib boruvchi shaxslar hozir boʻlishga haqli. |
Shaxsiy koʻrik koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs tomonidan oʻzida yashirib qoʻyilgan tovarlarni topish uchun zarur boʻlgan doirada hamda inson shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishini, uning sogʻligʻi va mol-mulkiga ziyon yetkazilishini istisno etadigan shaklda amalga oshiriladi. | Shaxsiy koʻrik koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs tomonidan oʻzida yashirib qoʻyilgan tovarlarni topish uchun zarur boʻlgan doirada hamda inson shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishini, uning sogʻligʻi va mol-mulkiga ziyon yetkazilishini istisno etadigan shaklda amalga oshiriladi. |
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida quyidagi huquqlarga ega: | Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida quyidagi huquqlarga ega: |
bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxsning shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilinishini talab qilish; | bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxsning shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilinishini talab qilish; |
ona tilidan foydalanish, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish; | ona tilidan foydalanish, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish; |
oʻz huquqlari va majburiyatlari bilan tanishish; | oʻz huquqlari va majburiyatlari bilan tanishish; |
tushuntirishlar, iltimosnomalar berish; | tushuntirishlar, iltimosnomalar berish; |
shaxsiy koʻrik bayonnomasini tuzish tugallanganidan soʻng u bilan tanishib chiqish va mazkur bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni bayon etish; | shaxsiy koʻrik bayonnomasini tuzish tugallanganidan soʻng u bilan tanishib chiqish va mazkur bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni bayon etish; |
bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish. | bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish. |
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy koʻrik davomida bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart. | Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy koʻrik davomida bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart. |
Shaxsiy koʻrik natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda bayonnoma tuziladi. Bayonnoma quyidagilar tomonidan imzolanadi: | Shaxsiy koʻrik natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda bayonnoma tuziladi. Bayonnoma quyidagilar tomonidan imzolanadi: |
bojxona organining shaxsiy koʻrikni oʻtkazgan mansabdor shaxsi; | bojxona organining shaxsiy koʻrikni oʻtkazgan mansabdor shaxsi; |
xolislar; | xolislar; |
shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs; | shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs; |
tibbiyot xodimi — koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsning tana aʼzolari u tomonidan tekshirilganda; | tibbiyot xodimi — koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsning tana aʼzolari u tomonidan tekshirilganda; |
shaxsiy koʻrikda ishtirok etgan boshqa shaxslar. | shaxsiy koʻrikda ishtirok etgan boshqa shaxslar. |
Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsga shaxsiy koʻrik oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusxasi imzo qoʻydirib taqdim etiladi. | Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsga shaxsiy koʻrik oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusxasi imzo qoʻydirib taqdim etiladi. |
197-modda. Bojxona identifikatsiyalashi | 197-modda. Bojxona identifikatsiyalashi |
Bojxona identifikatsiyalashi tovarlar, transport vositalari va hujjatlar, shuningdek bojxona nazorati ostida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar turgan yoki turishi mumkin boʻlgan xonalar va boshqa joylarning bojxona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Bojxona identifikatsiyalashi tovarlar, transport vositalari va hujjatlar, shuningdek bojxona nazorati ostida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar turgan yoki turishi mumkin boʻlgan xonalar va boshqa joylarning bojxona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Bojxona identifikatsiyalash vositalari quyidagilardan iborat: | Bojxona identifikatsiyalash vositalari quyidagilardan iborat: |
qoʻyilgan plombalar, muhrlar; | qoʻyilgan plombalar, muhrlar; |
yozilgan raqamli, harfli tamgʻalar va boshqa xildagi tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari; | yozilgan raqamli, harfli tamgʻalar va boshqa xildagi tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari; |
bosilgan shtamplar; | bosilgan shtamplar; |
olingan namunalar va nusxalar; | olingan namunalar va nusxalar; |
tuzilgan tavsiflar, chizmalar; | tuzilgan tavsiflar, chizmalar; |
tayyorlangan katta tasvirlar, rasmlar, fotosuratlar va videotasvirlar; | tayyorlangan katta tasvirlar, rasmlar, fotosuratlar va videotasvirlar; |
tovarning kuzatuv hujjatlari va boshqa hujjatlar; | tovarning kuzatuv hujjatlari va boshqa hujjatlar; |
yopishtirilgan maxsus nakleykalar va himoya moslamalari; | yopishtirilgan maxsus nakleykalar va himoya moslamalari; |
tovarning joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan plombalar va muhrlar qoʻyilgan, transport vositalarining yuk boʻlimlariga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur tovarning kuzatuv hujjatlari; | tovarning joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan plombalar va muhrlar qoʻyilgan, transport vositalarining yuk boʻlimlariga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur tovarning kuzatuv hujjatlari; |
seyf-paketlarga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar; | seyf-paketlarga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar; |
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari. | qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari. |
Bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, bundan tovarlarning va transport vositalarining yoʻq qilinishi, qayta tiklab boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilishi yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy xavfi boʻlgan hollar mustasno. Bojxona organlariga bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida darhol xabar beriladi va haqiqiy xavf mavjudligining dalillari taqdim etiladi. | Bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, bundan tovarlarning va transport vositalarining yoʻq qilinishi, qayta tiklab boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilishi yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy xavfi boʻlgan hollar mustasno. Bojxona organlariga bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida darhol xabar beriladi va haqiqiy xavf mavjudligining dalillari taqdim etiladi. |
Tovar joʻnatuvchilar va tashuvchilar tomonidan, shuningdek chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida eʼtirof etilishi mumkin. | Tovar joʻnatuvchilar va tashuvchilar tomonidan, shuningdek chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida eʼtirof etilishi mumkin. |
Bojxona identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanilish va tayyorlanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanilish va tayyorlanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
198-modda. Bojxona kuzatuvi | 198-modda. Bojxona kuzatuvi |
Bojxona organlarining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarini vizual kuzatish, shu jumladan texnik vositalar qoʻllanilgan holda kuzatish bojxona kuzatuvi hisoblanadi. | Bojxona organlarining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarini vizual kuzatish, shu jumladan texnik vositalar qoʻllanilgan holda kuzatish bojxona kuzatuvi hisoblanadi. |
199-modda. Binolar va hududlarni tekshirish | 199-modda. Binolar va hududlarni tekshirish |
Binolar va hududlarni tekshirish bojxona nazorati ostida boʻlgan, shu jumladan shartli ravishda chiqarib yuborilgan tovarlarning va transport vositalarining bojxona omborlarida, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari binolarida, shuningdek bojxona tartib-taomillari va rejimlari shartlariga muvofiq tovarlar va transport vositalari turishi lozim boʻlgan shaxslarda tovarlar va transport vositalari borligini tasdiqlash maqsadida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladigan harakatdir. | Binolar va hududlarni tekshirish bojxona nazorati ostida boʻlgan, shu jumladan shartli ravishda chiqarib yuborilgan tovarlarning va transport vositalarining bojxona omborlarida, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari binolarida, shuningdek bojxona tartib-taomillari va rejimlari shartlariga muvofiq tovarlar va transport vositalari turishi lozim boʻlgan shaxslarda tovarlar va transport vositalari borligini tasdiqlash maqsadida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladigan harakatdir. |
200-modda. Tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, hisobga olish tizimini tekshirish hamda ularni inventarizatsiya qilish | 200-modda. Tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, hisobga olish tizimini tekshirish hamda ularni inventarizatsiya qilish |
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida boʻlgan barcha tovarlar va transport vositalari bojxona organlari tomonidan hisobga olinishi kerak. | Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida boʻlgan barcha tovarlar va transport vositalari bojxona organlari tomonidan hisobga olinishi kerak. |
Tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning va transport vositalarining hisobini yuritishi hamda bojxona organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda hisobot taqdim etishi shart. | Tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning va transport vositalarining hisobini yuritishi hamda bojxona organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda hisobot taqdim etishi shart. |
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish tizimini tekshirish bojxona organlari tomonidan quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: | Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish tizimini tekshirish bojxona organlari tomonidan quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: |
shaxs bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartib-taomillarini qoʻllash toʻgʻrisida ariza berganda; | shaxs bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartib-taomillarini qoʻllash toʻgʻrisida ariza berganda; |
hisobga olinishi lozim boʻlgan tovarlar shartli ravishda chiqarib yuborilganda; | hisobga olinishi lozim boʻlgan tovarlar shartli ravishda chiqarib yuborilganda; |
bojxona brokerlarining, bojxona tashuvchilarining, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida faoliyat yuritayotgan va (yoki) tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatayotgan shaxslarning faoliyati nazorat qilinayotganda; | bojxona brokerlarining, bojxona tashuvchilarining, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida faoliyat yuritayotgan va (yoki) tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatayotgan shaxslarning faoliyati nazorat qilinayotganda; |
bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli shaxs tekshirilayotganda. | bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli shaxs tekshirilayotganda. |
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning qaroriga koʻra bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. | Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning qaroriga koʻra bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. |
Bojxona organlari tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun javobgar boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻtkazilgan tovarlar va transport vositalari inventarizatsiyasi natijalaridan foydalanishi mumkin. | Bojxona organlari tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun javobgar boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻtkazilgan tovarlar va transport vositalari inventarizatsiyasi natijalaridan foydalanishi mumkin. |
201-modda. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati | 201-modda. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati |
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli. | Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli. |
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona koʻrigidan oʻtkazishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador yoxud zarur hujjatlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan yerlarda oʻtkazilishi mumkin. | Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona koʻrigidan oʻtkazishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador yoxud zarur hujjatlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan yerlarda oʻtkazilishi mumkin. |
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini oʻtkazish uchun bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni oʻtkazish muddatlari, tekshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr koʻrsatilgan qarori asos boʻladi. | Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini oʻtkazish uchun bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni oʻtkazish muddatlari, tekshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr koʻrsatilgan qarori asos boʻladi. |
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha koʻpi bilan bir marta oʻtkazilishi mumkin. | Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha koʻpi bilan bir marta oʻtkazilishi mumkin. |
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi tugagan paytdan eʼtiboran uch yil ichida amalga oshirilishi mumkin. | Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi tugagan paytdan eʼtiboran uch yil ichida amalga oshirilishi mumkin. |
Bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq hujjatlarda aks ettirilgan maʼlumotlar bilan solishtirgan holda oʻrganish va tekshirish orqali bojxona auditini amalga oshiradi. | Bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq hujjatlarda aks ettirilgan maʼlumotlar bilan solishtirgan holda oʻrganish va tekshirish orqali bojxona auditini amalga oshiradi. |
Bojxona auditini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona auditini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
202-modda. Bojxona nazorati amalga oshirilayotganda mutaxassisni va ekspertni jalb qilish | 202-modda. Bojxona nazorati amalga oshirilayotganda mutaxassisni va ekspertni jalb qilish |
Zarur hollarda, bojxona nazorati amalga oshirilayotganda, shu jumladan texnik vositalarni qoʻllagan holda amalga oshirilayotganda muayyan harakatlarni bajarishda ishtirok etish va koʻmaklashish uchun maxsus bilim va koʻnikmalarga ega, manfaatdorligi boʻlmagan mutaxassis yoki ekspert jalb qilinishi mumkin. | Zarur hollarda, bojxona nazorati amalga oshirilayotganda, shu jumladan texnik vositalarni qoʻllagan holda amalga oshirilayotganda muayyan harakatlarni bajarishda ishtirok etish va koʻmaklashish uchun maxsus bilim va koʻnikmalarga ega, manfaatdorligi boʻlmagan mutaxassis yoki ekspert jalb qilinishi mumkin. |
Mutaxassisni yoki ekspertni jalb qilish bojxona organining yoxud vakolatli shaxsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. | Mutaxassisni yoki ekspertni jalb qilish bojxona organining yoxud vakolatli shaxsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. |
Mutaxassis va ekspert: | Mutaxassis va ekspert: |
oʻz ishtirokida bajariladigan harakatlar predmetiga taalluqli materiallar bilan tanishishga; | oʻz ishtirokida bajariladigan harakatlar predmetiga taalluqli materiallar bilan tanishishga; |
tegishli harakatlarning predmetiga taalluqli savollarni shunday harakatlar ishtirokchilariga berishga; | tegishli harakatlarning predmetiga taalluqli savollarni shunday harakatlar ishtirokchilariga berishga; |
oʻzi ishtirok etgan harakatlarning amalga oshirilishi natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar bilan tanishishga va oʻzi bajaradigan harakatlar yuzasidan shunday hujjatlarga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar qilishga va tushuntirishlar berishga haqli. | oʻzi ishtirok etgan harakatlarning amalga oshirilishi natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar bilan tanishishga va oʻzi bajaradigan harakatlar yuzasidan shunday hujjatlarga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar qilishga va tushuntirishlar berishga haqli. |
Mutaxassis va ekspert maxsus bilim va koʻnikmalar talab etiladigan harakatlarda ishtirok etishi, oʻzi bajaradigan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi, mazkur harakatlarning bajarilganligi faktini, ularning mazmuni va natijalarini oʻz imzosi bilan tasdiqlashi shart. | Mutaxassis va ekspert maxsus bilim va koʻnikmalar talab etiladigan harakatlarda ishtirok etishi, oʻzi bajaradigan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi, mazkur harakatlarning bajarilganligi faktini, ularning mazmuni va natijalarini oʻz imzosi bilan tasdiqlashi shart. |
Bojxona nazoratini oʻtkazish boʻyicha harakatlarni amalga oshirishga jalb qilinganda mutaxassis yoki ekspert tomonidan olingan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborot u tomonidan oshkor etilmasligi, boshqa maqsadlarda ishlatilmasligi, uchinchi shaxslarga berilmasligi kerak, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. | Bojxona nazoratini oʻtkazish boʻyicha harakatlarni amalga oshirishga jalb qilinganda mutaxassis yoki ekspert tomonidan olingan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborot u tomonidan oshkor etilmasligi, boshqa maqsadlarda ishlatilmasligi, uchinchi shaxslarga berilmasligi kerak, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Bojxona nazoratiga mutaxassisni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar oʻrni: | Bojxona nazoratiga mutaxassisni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar oʻrni: |
mutaxassis bojxona organining tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — bojxona organi tomonidan; | mutaxassis bojxona organining tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — bojxona organi tomonidan; |
mutaxassis vakolatli shaxsning tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi. | mutaxassis vakolatli shaxsning tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi. |
29-bob. Xavfni boshqarish tizimi | 29-bob. Xavfni boshqarish tizimi |
203-modda. Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilishi | 203-modda. Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilishi |
Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarni va transport vositalarini, hujjatlarni va shaxslarni aniqlash, shunday tovarlarga, transport vositalariga, hujjatlarga va shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona nazoratini oʻtkazish shakllarini va darajasini belgilash uchun bojxona organlari xavfni boshqarish tizimini qoʻllaydi. | Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarni va transport vositalarini, hujjatlarni va shaxslarni aniqlash, shunday tovarlarga, transport vositalariga, hujjatlarga va shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona nazoratini oʻtkazish shakllarini va darajasini belgilash uchun bojxona organlari xavfni boshqarish tizimini qoʻllaydi. |
Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilish strategiyasi va taktikasini, axborot yigʻish va uni qayta ishlash, xavfni tahlil qilish va baholash, xavfni boshqarishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi belgilaydi. | Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilish strategiyasi va taktikasini, axborot yigʻish va uni qayta ishlash, xavfni tahlil qilish va baholash, xavfni boshqarishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi belgilaydi. |
Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilish maqsadi quyidagilardan iborat: | Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilish maqsadi quyidagilardan iborat: |
bojxona organlarining vakolatlari doirasida davlat xavfsizligini, insonning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini taʼminlash; | bojxona organlarining vakolatlari doirasida davlat xavfsizligini, insonning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini taʼminlash; |
yuqori xavfga ega boʻlgan sohalarga eʼtiborni jamlash va bojxona organlari tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini taʼminlash; | yuqori xavfga ega boʻlgan sohalarga eʼtiborni jamlash va bojxona organlari tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini taʼminlash; |
tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojxona operatsiyalarining oʻtkazilishini tezlashtirish; | tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojxona operatsiyalarining oʻtkazilishini tezlashtirish; |
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining: | bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining: |
a) turgʻun xususiyatga ega boʻlgan; | a) turgʻun xususiyatga ega boʻlgan; |
b) bojxona toʻlovlarini toʻlashdan bosh tortish bilan bogʻliq boʻlgan; | b) bojxona toʻlovlarini toʻlashdan bosh tortish bilan bogʻliq boʻlgan; |
v) rioya etilishini taʼminlash bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa turdagi bojxona nazoratiga daxldor boʻlgan koʻrinishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olish. | v) rioya etilishini taʼminlash bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa turdagi bojxona nazoratiga daxldor boʻlgan koʻrinishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olish. |
204-modda. Xavfni boshqarish tizimida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar | 204-modda. Xavfni boshqarish tizimida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar |
Xavfni boshqarish tizimida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Xavfni boshqarish tizimida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
xavf — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilmasligi ehtimolining darajasi; | xavf — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilmasligi ehtimolining darajasi; |
aniqlangan xavf — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish sodir etilganligidan va bojxona organlari ushbu holat toʻgʻrisida maʼlumotga ega ekanligidan dalolat beruvchi fakt; | aniqlangan xavf — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish sodir etilganligidan va bojxona organlari ushbu holat toʻgʻrisida maʼlumotga ega ekanligidan dalolat beruvchi fakt; |
potensial xavf — aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud boʻlgan xavf; | potensial xavf — aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud boʻlgan xavf; |
xavf indikatorlari — oldindan belgilangan koʻrsatkichlarga ega muayyan mezonlar boʻlib, ulardan ogʻish yoki ularga mos kelish nazorat obyektini tanlashni amalga oshirish imkonini beradi; | xavf indikatorlari — oldindan belgilangan koʻrsatkichlarga ega muayyan mezonlar boʻlib, ulardan ogʻish yoki ularga mos kelish nazorat obyektini tanlashni amalga oshirish imkonini beradi; |
xavf profili — xavf sohasi, xavf indikatorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻindisi, shuningdek xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar; | xavf profili — xavf sohasi, xavf indikatorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻindisi, shuningdek xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar; |
xavf sohasi — xavf tahlilining ayrim guruhlarga boʻlingan obyektlari boʻlib, ularga nisbatan bojxona nazoratining alohida shakllari yoki majmui qoʻllanilishi, shuningdek ularning samaradorligini oshirish talab etiladi; | xavf sohasi — xavf tahlilining ayrim guruhlarga boʻlingan obyektlari boʻlib, ularga nisbatan bojxona nazoratining alohida shakllari yoki majmui qoʻllanilishi, shuningdek ularning samaradorligini oshirish talab etiladi; |
xavfni baholash — xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish; | xavfni baholash — xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish; |
yashiruvchi tovarlar — xavf tovarlari oʻrniga deklaratsiyalanishi ehtimoli yetarli darajada boʻlgan tovarlar; | yashiruvchi tovarlar — xavf tovarlari oʻrniga deklaratsiyalanishi ehtimoli yetarli darajada boʻlgan tovarlar; |
xavf tovarlari — xavf aniqlangan yoki potensial xavf mavjud boʻlgan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar; | xavf tovarlari — xavf aniqlangan yoki potensial xavf mavjud boʻlgan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar; |
xavf darajasi — xavfning yuzaga kelishining ehtimoliga va uning mumkin boʻlgan oqibatlariga bogʻliq tarzda aniqlanadigan xavfning holati; | xavf darajasi — xavfning yuzaga kelishining ehtimoliga va uning mumkin boʻlgan oqibatlariga bogʻliq tarzda aniqlanadigan xavfning holati; |
xavf tahlili — bojxona organlarida mavjud boʻlgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish; | xavf tahlili — bojxona organlarida mavjud boʻlgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish; |
xavfni boshqarish — xavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qoʻllanilish samaradorligini baholash, shuningdek bojxona operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, bojxona organlarida mavjud boʻlgan axborotning uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta koʻrib chiqilishini nazarda tutuvchi doimiy ishlar. | xavfni boshqarish — xavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qoʻllanilish samaradorligini baholash, shuningdek bojxona operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, bojxona organlarida mavjud boʻlgan axborotning uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta koʻrib chiqilishini nazarda tutuvchi doimiy ishlar. |
205-modda. Xavf tahlili obyektlari | 205-modda. Xavf tahlili obyektlari |
Xavf tahlili obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: | Xavf tahlili obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: |
bojxona nazorati ostida boʻlgan yoxud erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar; | bojxona nazorati ostida boʻlgan yoxud erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar; |
tijorat uchun foydalaniladigan transport vositalari; | tijorat uchun foydalaniladigan transport vositalari; |
oldi-sotdi yoki ayirboshlashga doir tashqi iqtisodiyot kontraktlarida (shartnomalarida, kelishuvlarida), tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga oid bitimlarda yoxud boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar; | oldi-sotdi yoki ayirboshlashga doir tashqi iqtisodiyot kontraktlarida (shartnomalarida, kelishuvlarida), tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga oid bitimlarda yoxud boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar; |
tovarning kuzatuv hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar; | tovarning kuzatuv hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar; |
bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxslarning faoliyati; | bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxslarning faoliyati; |
bojxona nazorati shakllari qoʻllanilishining natijalari. | bojxona nazorati shakllari qoʻllanilishining natijalari. |
206-modda. Dastlabki maʼlumotni taqdim etish | 206-modda. Dastlabki maʼlumotni taqdim etish |
Xavfni boshqarish tizimini qoʻllashda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, bojxona ishi sohasida litsenziyalarga va ruxsatnomalarga ega boʻlgan shaxslar tomonidan yuk, yoʻlovchilar, transport vositalari toʻgʻrisida dastlabki tarzda taqdim etilgan axborotdan foydalaniladi. | Xavfni boshqarish tizimini qoʻllashda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, bojxona ishi sohasida litsenziyalarga va ruxsatnomalarga ega boʻlgan shaxslar tomonidan yuk, yoʻlovchilar, transport vositalari toʻgʻrisida dastlabki tarzda taqdim etilgan axborotdan foydalaniladi. |
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan dastlabki axborot almashinuvini amalga oshiradi. | Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan dastlabki axborot almashinuvini amalga oshiradi. |
Vakolatli shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali olib kirilishi kutilayotgan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni ular amalda yetib kelguniga qadar Internet jahon axborot tarmogʻi orqali bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etishi shart. | Vakolatli shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali olib kirilishi kutilayotgan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni ular amalda yetib kelguniga qadar Internet jahon axborot tarmogʻi orqali bojxona organlarining axborot tizimiga taqdim etishi shart. |
Vakolatli shaxslar taqdim etiladigan dastlabki axborotning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi. | Vakolatli shaxslar taqdim etiladigan dastlabki axborotning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi. |
207-modda. Bojxona organlari tomonidan xavfni baholash va boshqarish | 207-modda. Bojxona organlari tomonidan xavfni baholash va boshqarish |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona ishi sohasida huquqbuzarliklar sodir etilganligi toʻgʻrisidagi, shu jumladan tekshiruvlar amalga oshirilishi bosqichida turgan, shuningdek protsessual qaror qabul qilingan barcha huquqbuzarlik faktlari haqidagi statistik va tezkor axborotni toʻplaydi, umumlashtiradi hamda tahlil qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona ishi sohasida huquqbuzarliklar sodir etilganligi toʻgʻrisidagi, shu jumladan tekshiruvlar amalga oshirilishi bosqichida turgan, shuningdek protsessual qaror qabul qilingan barcha huquqbuzarlik faktlari haqidagi statistik va tezkor axborotni toʻplaydi, umumlashtiradi hamda tahlil qiladi. |
Xavf profillari va ularni aniqlash hamda qoʻllash muddatlari, mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Xavf profillari va ularni aniqlash hamda qoʻllash muddatlari, mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
Xavf profillaridan bojxona nazorati oʻtkazilayotganda bojxona nazorati shakllarini qoʻllash uchun bojxona organlari tomonidan foydalaniladi va ular tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishni cheklash uchun asos boʻla olmaydi. | Xavf profillaridan bojxona nazorati oʻtkazilayotganda bojxona nazorati shakllarini qoʻllash uchun bojxona organlari tomonidan foydalaniladi va ular tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishni cheklash uchun asos boʻla olmaydi. |
Eng kam yoki eng koʻp xavf toifasiga kiritish, shuningdek bojxona tartib-taomillari ayrim turlarining hamda bojxona nazorati ayrim shakllarining qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda belgilanadi. | Eng kam yoki eng koʻp xavf toifasiga kiritish, shuningdek bojxona tartib-taomillari ayrim turlarining hamda bojxona nazorati ayrim shakllarining qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda belgilanadi. |
Xavfning belgilangan profillari va indikatorlari tarkibi bojxona organlari tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan va boshqa shaxslarga oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. | Xavfning belgilangan profillari va indikatorlari tarkibi bojxona organlari tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan va boshqa shaxslarga oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. |
30-bob. Bojxona ekspertizasi | 30-bob. Bojxona ekspertizasi |
208-modda. Bojxona ekspertizasi tushunchasi va maqsadi | 208-modda. Bojxona ekspertizasi tushunchasi va maqsadi |
Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlar oʻtkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakatdir. | Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlar oʻtkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakatdir. |
Bojxona ekspertizasining maqsadi tovarlarni: | Bojxona ekspertizasining maqsadi tovarlarni: |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning tasniflanishi toʻgʻri boʻlishini nazorat qilish uchun; | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning tasniflanishi toʻgʻri boʻlishini nazorat qilish uchun; |
ularni qayta ishlash mahsulotlarida; | ularni qayta ishlash mahsulotlarida; |
intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan iboratdir. | intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan iboratdir. |
209-modda. Tadqiqot obyektlari | 209-modda. Tadqiqot obyektlari |
Tovarlar (tovarning namunalari va nusxalari), bojxona deklaratsiyasida va boshqa hujjatlarda tovarlar toʻgʻrisida koʻrsatilgan maʼlumotlar, identifikatsiyalash belgilari tadqiqot obyektlaridir. | Tovarlar (tovarning namunalari va nusxalari), bojxona deklaratsiyasida va boshqa hujjatlarda tovarlar toʻgʻrisida koʻrsatilgan maʼlumotlar, identifikatsiyalash belgilari tadqiqot obyektlaridir. |
Tadqiqot obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari bunga imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan tarzda ekspertga beriladi. | Tadqiqot obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari bunga imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan tarzda ekspertga beriladi. |
Tadqiqot obyektini ekspertning ish joyiga yetkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, bojxona ekspertizasini tayinlagan organ unga mazkur obyektga moneliksiz borib koʻrish va uni tadqiq etish imkoniyatini taʼminlaydi. | Tadqiqot obyektini ekspertning ish joyiga yetkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, bojxona ekspertizasini tayinlagan organ unga mazkur obyektga moneliksiz borib koʻrish va uni tadqiq etish imkoniyatini taʼminlaydi. |
210-modda. Bojxona organlarining ekspert muassasasi | 210-modda. Bojxona organlarining ekspert muassasasi |
Bojxona organlarining ekspert faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan maxsus bojxona muassasasi bojxona organlarining ekspert muassasasidir. | Bojxona organlarining ekspert faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan maxsus bojxona muassasasi bojxona organlarining ekspert muassasasidir. |
Bojxona organlarida bojxona ekspertizasini tashkil qilish, amalga oshirish, bojxona ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish bojxonaning ekspert amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi. | Bojxona organlarida bojxona ekspertizasini tashkil qilish, amalga oshirish, bojxona ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish bojxonaning ekspert amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi. |
211-modda. Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish | 211-modda. Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish |
Quyidagilar tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish huquqiga ega: | Quyidagilar tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish huquqiga ega: |
bojxona organining mansabdor shaxsi, u bojxona nazoratini oʻtkazayotganda; | bojxona organining mansabdor shaxsi, u bojxona nazoratini oʻtkazayotganda; |
boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, ular qonunchilikda oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaxs. | boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, ular qonunchilikda oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaxs. |
Vakolatli shaxs yoki boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovarning namunalari yoki nusxalari tanlab olinayotganda bojxona organlarining mansabdor shaxslari hozir boʻlishga haqli. | Vakolatli shaxs yoki boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovarning namunalari yoki nusxalari tanlab olinayotganda bojxona organlarining mansabdor shaxslari hozir boʻlishga haqli. |
Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar shunday tanlab olish: | Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar shunday tanlab olish: |
bojxona nazorati oʻtkazilishini qiyinlashtiradigan boʻlsa; | bojxona nazorati oʻtkazilishini qiyinlashtiradigan boʻlsa; |
tovar tavsiflarini oʻzgartiradigan boʻlsa. | tovar tavsiflarini oʻzgartiradigan boʻlsa. |
Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish tartibi qonunchilikda belgilanadi. | Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
212-modda. Ekspert | 212-modda. Ekspert |
Xulosa berish uchun bojxona organlarining mansabdor shaxsi, ilm-fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasida maxsus bilimlarga ega, belgilangan tartibda ekspert sifatida tayinlangan boshqa tashkilotning xodimi ekspert sifatida ish yuritishi mumkin. Boshqa tashkilotning xodimi bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida bojxona ekspertizasini amalga oshiradi. | Xulosa berish uchun bojxona organlarining mansabdor shaxsi, ilm-fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasida maxsus bilimlarga ega, belgilangan tartibda ekspert sifatida tayinlangan boshqa tashkilotning xodimi ekspert sifatida ish yuritishi mumkin. Boshqa tashkilotning xodimi bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida bojxona ekspertizasini amalga oshiradi. |
Ekspert tadqiqotda faqat oʻziga topshirilgan bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli va xulosa berish uchun ahamiyatga molik masalalar boʻyicha ishtirok etadi. | Ekspert tadqiqotda faqat oʻziga topshirilgan bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli va xulosa berish uchun ahamiyatga molik masalalar boʻyicha ishtirok etadi. |
Ekspert bojxona ekspertizasini amalga oshirayotganda bojxona ekspertizasini tayinlagan organdan, ekspertiza yakunidan manfaatdor taraflardan va boshqa shaxslardan mustaqildir. | Ekspert bojxona ekspertizasini amalga oshirayotganda bojxona ekspertizasini tayinlagan organdan, ekspertiza yakunidan manfaatdor taraflardan va boshqa shaxslardan mustaqildir. |
Ekspert oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib xulosa beradi. | Ekspert oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib xulosa beradi. |
Bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan, shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekspertga biror taraf foydasiga yoki bojxona ekspertizasining yakunidan manfaatdor boshqa shaxslar foydasiga xulosa olish maqsadida taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan, shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekspertga biror taraf foydasiga yoki bojxona ekspertizasining yakunidan manfaatdor boshqa shaxslar foydasiga xulosa olish maqsadida taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
213-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari | 213-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari |
Ekspert: | Ekspert: |
bojxona ekspertizasining predmetiga taalluqli boʻlgan materiallar bilan tanishish; | bojxona ekspertizasining predmetiga taalluqli boʻlgan materiallar bilan tanishish; |
tovarlar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; | tovarlar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; |
bojxona ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi, shuningdek bojxona ekspertizasini oʻtkazishga boshqa ekspertlar jalb qilinishi haqida iltimosnomalar berish; | bojxona ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi, shuningdek bojxona ekspertizasini oʻtkazishga boshqa ekspertlar jalb qilinishi haqida iltimosnomalar berish; |
oʻz xulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha, balki bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli boʻlgan va bojxona ishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham natijalarni bayon qilish huquqiga ega. | oʻz xulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha, balki bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli boʻlgan va bojxona ishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham natijalarni bayon qilish huquqiga ega. |
Ekspert: | Ekspert: |
oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining har tomonlama va toʻliq tekshiruvini oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatda asoslangan va xolisona xulosa berishi; | oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining har tomonlama va toʻliq tekshiruvini oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatda asoslangan va xolisona xulosa berishi; |
bojxonaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan yoki koʻrib chiqayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining chaqiruvi boʻyicha oʻzi bergan xulosasiga tushuntirishlar berish yoki uni toʻldirish uchun hozir boʻlishi; | bojxonaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan yoki koʻrib chiqayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining chaqiruvi boʻyicha oʻzi bergan xulosasiga tushuntirishlar berish yoki uni toʻldirish uchun hozir boʻlishi; |
bojxona nazoratini oʻtkazishda bojxona organining talabiga koʻra ishtirok etishi; | bojxona nazoratini oʻtkazishda bojxona organining talabiga koʻra ishtirok etishi; |
bojxona ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etmasligi; | bojxona ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etmasligi; |
taqdim etilgan tekshirish obyektlarining butligini taʼminlashi shart. | taqdim etilgan tekshirish obyektlarining butligini taʼminlashi shart. |
Ekspert qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Ekspert qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
214-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaxsning huquqlari | 214-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaxsning huquqlari |
Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaxs: | Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaxs: |
bojxona ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat qilish; | bojxona ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat qilish; |
ekspert xulosasini olish uchun qoʻshimcha masalalarni kiritish haqida iltimosnoma berish; | ekspert xulosasini olish uchun qoʻshimcha masalalarni kiritish haqida iltimosnoma berish; |
bojxona organlarining va boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovardan namunalar yoki nusxalar tanlab olinayotganda hozir boʻlish; | bojxona organlarining va boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovardan namunalar yoki nusxalar tanlab olinayotganda hozir boʻlish; |
ekspertning xulosasi bilan tanishish va bunday xulosaning koʻchirma nusxasini olish; | ekspertning xulosasi bilan tanishish va bunday xulosaning koʻchirma nusxasini olish; |
bojxona ekspertizasini oʻtkazish haqida iltimosnoma berish huquqiga ega. | bojxona ekspertizasini oʻtkazish haqida iltimosnoma berish huquqiga ega. |
Vakolatli shaxsning iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda bojxona organi tegishli qaror qabul qiladi. Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida bojxona organining mansabdor shaxsi uch ish kuni ichida vakolatli shaxsga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabar qiladi. | Vakolatli shaxsning iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda bojxona organi tegishli qaror qabul qiladi. Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida bojxona organining mansabdor shaxsi uch ish kuni ichida vakolatli shaxsga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabar qiladi. |
215-modda. Bojxona ekspertizasini oʻtkazish asoslari va muddatlari | 215-modda. Bojxona ekspertizasini oʻtkazish asoslari va muddatlari |
Bojxona ekspertizasini oʻtkazish asoslari quyidagilardan iborat: | Bojxona ekspertizasini oʻtkazish asoslari quyidagilardan iborat: |
bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma murojaati; | bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma murojaati; |
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sud ajrimi. | tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sud ajrimi. |
Bojxona ekspertizasi quyidagi hollarda oʻtkaziladi: | Bojxona ekspertizasi quyidagi hollarda oʻtkaziladi: |
bojxona nazorati amalga oshirilayotganda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazish jarayonida; | bojxona nazorati amalga oshirilayotganda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazish jarayonida; |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga binoan tovarning tasniflanishi boʻyicha dastlabki qaror qabul qilishda; | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga binoan tovarning tasniflanishi boʻyicha dastlabki qaror qabul qilishda; |
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining tasdiqlangan faktlari boʻlganda. | bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining tasdiqlangan faktlari boʻlganda. |
Bojxona ekspertizasi bojxona organining binosida yoki, agar bu tekshiruv xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud ekspertiza obyektini bojxona organining binosiga yetkazib berish imkoni boʻlmasa, boshqa joylarda oʻtkaziladi. | Bojxona ekspertizasi bojxona organining binosida yoki, agar bu tekshiruv xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud ekspertiza obyektini bojxona organining binosiga yetkazib berish imkoni boʻlmasa, boshqa joylarda oʻtkaziladi. |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan hollarda bojxona ekspertizasini oʻtkazish muddati oʻttiz kundan oshmasligi lozim. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan hollarda bojxona ekspertizasini oʻtkazish muddati oʻttiz kundan oshmasligi lozim. |
Bojxona ekspertizasining murakkablik darajasini aniqlashda quyidagi mezonlarni hisobga olish kerak: | Bojxona ekspertizasining murakkablik darajasini aniqlashda quyidagi mezonlarni hisobga olish kerak: |
obyektning koʻpligi (tekshiruvga taqdim etilgan uchtadan ortiq obyekt yoki ikki yuz varaqdan ortiq ish materiallari); | obyektning koʻpligi (tekshiruvga taqdim etilgan uchtadan ortiq obyekt yoki ikki yuz varaqdan ortiq ish materiallari); |
qoʻyilgan masalalarning koʻpligi (tekshiruvlar oʻtkazilishini talab etuvchi uchtadan ortiq masala); | qoʻyilgan masalalarning koʻpligi (tekshiruvlar oʻtkazilishini talab etuvchi uchtadan ortiq masala); |
qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun tajribalar oʻtkazishda texnologik reglamenti besh ish kunidan ortiq boʻlgan, koʻp mehnat talab etadigan usullarni va murakkab asbobsozlik vositalarini qoʻllash ehtiyoji; | qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun tajribalar oʻtkazishda texnologik reglamenti besh ish kunidan ortiq boʻlgan, koʻp mehnat talab etadigan usullarni va murakkab asbobsozlik vositalarini qoʻllash ehtiyoji; |
qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun yangi hisob-kitob modellarini va tekshiruvning xususiy uslublarini ishlab chiqish zarurati; | qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun yangi hisob-kitob modellarini va tekshiruvning xususiy uslublarini ishlab chiqish zarurati; |
ekspertizaning komissiyaviy, kompleks yoki takroriy deb hisoblanishi; | ekspertizaning komissiyaviy, kompleks yoki takroriy deb hisoblanishi; |
bojxona laboratoriyasi hududidan tashqarida turgan obyektlarning bojxona koʻzdan kechiruvi oʻtkaziladigan joyga chiqish yoxud tekshiruvni boshqa muassasalarning bazasida oʻtkazish zarurati; | bojxona laboratoriyasi hududidan tashqarida turgan obyektlarning bojxona koʻzdan kechiruvi oʻtkaziladigan joyga chiqish yoxud tekshiruvni boshqa muassasalarning bazasida oʻtkazish zarurati; |
boshqa tashkilotlarning ekspertlarini hamda ekspert muassasalarini jalb qilish zarurati. | boshqa tashkilotlarning ekspertlarini hamda ekspert muassasalarini jalb qilish zarurati. |
Bojxona ekspertizalarini oʻtkazishning eng koʻp muddatlari ularning murakkablik darajasiga koʻra toʻrt toifaga boʻlish orqali belgilanadi: | Bojxona ekspertizalarini oʻtkazishning eng koʻp muddatlari ularning murakkablik darajasiga koʻra toʻrt toifaga boʻlish orqali belgilanadi: |
birinchi toifa — bitta ham murakkablik darajasiga ega boʻlmagan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun uch ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi; | birinchi toifa — bitta ham murakkablik darajasiga ega boʻlmagan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun uch ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi; |
ikkinchi toifa — hech boʻlmaganda bitta murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun besh ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi; | ikkinchi toifa — hech boʻlmaganda bitta murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun besh ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi; |
uchinchi toifa — kamida ikkita murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun oʻn ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi; | uchinchi toifa — kamida ikkita murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun oʻn ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi; |
toʻrtinchi toifa — kamida toʻrtta murakkablik darajasiga ega boʻlgan oʻta murakkab ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun yigirma ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi. | toʻrtinchi toifa — kamida toʻrtta murakkablik darajasiga ega boʻlgan oʻta murakkab ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun yigirma ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi. |
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojxona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyxati xavfni boshqarish tizimini qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. | Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojxona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyxati xavfni boshqarish tizimini qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. |
216-modda. Qoʻshimcha va takroriy bojxona ekspertizalari | 216-modda. Qoʻshimcha va takroriy bojxona ekspertizalari |
Qoʻshimcha bojxona ekspertizasi birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasi xulosasida mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish uchun tayinlanadi va oʻsha ekspertning oʻzi yoki boshqa ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. | Qoʻshimcha bojxona ekspertizasi birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasi xulosasida mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish uchun tayinlanadi va oʻsha ekspertning oʻzi yoki boshqa ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. |
Xulosa asoslanmaganda yoki uning toʻgʻriligi shubha tugʻdirganda yoxud uning asosidagi dalillar haqiqiy emas deb topilganda takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanadi. Birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasining xulosasi ustidan vakolatli shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan shikoyat qilinganda, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilganda ham takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanishi mumkin. | Xulosa asoslanmaganda yoki uning toʻgʻriligi shubha tugʻdirganda yoxud uning asosidagi dalillar haqiqiy emas deb topilganda takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanadi. Birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasining xulosasi ustidan vakolatli shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan shikoyat qilinganda, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilganda ham takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanishi mumkin. |
Takroriy bojxona ekspertizasini tayinlashda ekspertning (ekspertlar komissiyasining) oldiga avval qoʻllanilgan tekshiruv uslublarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin. | Takroriy bojxona ekspertizasini tayinlashda ekspertning (ekspertlar komissiyasining) oldiga avval qoʻllanilgan tekshiruv uslublarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin. |
Takroriy bojxona ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda takroriy bojxona ekspertizasini tayinlagan organning birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasining xulosasidan noroziligi sabablari keltirilishi kerak. | Takroriy bojxona ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda takroriy bojxona ekspertizasini tayinlagan organning birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasining xulosasidan noroziligi sabablari keltirilishi kerak. |
Takroriy bojxona ekspertizasini oʻtkazish boshqa ekspertga yoki ekspertlar komissiyasiga topshiriladi. Birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasini oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy bojxona ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin tekshiruvda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. | Takroriy bojxona ekspertizasini oʻtkazish boshqa ekspertga yoki ekspertlar komissiyasiga topshiriladi. Birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasini oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy bojxona ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin tekshiruvda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. |
217-modda. Ekspertlar komissiyasi tomonidan bojxona ekspertizasini oʻtkazish | 217-modda. Ekspertlar komissiyasi tomonidan bojxona ekspertizasini oʻtkazish |
Bojxona ekspertizasi bitta (komissiyaviy bojxona ekspertizasi) yoki turli ekspert mutaxassisliklarining (kompleks bojxona ekspertizasi) bir nechta eksperti tomonidan oʻtkazilishi mumkin. | Bojxona ekspertizasi bitta (komissiyaviy bojxona ekspertizasi) yoki turli ekspert mutaxassisliklarining (kompleks bojxona ekspertizasi) bir nechta eksperti tomonidan oʻtkazilishi mumkin. |
Bojxona ekspertizasini ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazish bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan belgilanadi. | Bojxona ekspertizasini ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazish bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan belgilanadi. |
Bojxona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda boʻlajak tekshiruvlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. | Bojxona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda boʻlajak tekshiruvlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. |
Bojxona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshiruvlarni mustaqil ravishda va alohida oʻtkazadi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda ilm-fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasidagi oʻz maxsus bilimlari doirasida qoʻyilgan masalalar yuzasidan xulosalarni shakllantiradi. | Bojxona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshiruvlarni mustaqil ravishda va alohida oʻtkazadi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda ilm-fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasidagi oʻz maxsus bilimlari doirasida qoʻyilgan masalalar yuzasidan xulosalarni shakllantiradi. |
Ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan tekshiruvlarning toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan tekshiruvlarning toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Komissiyaviy bojxona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri toʻliq hajmda tekshiruvlar oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil etadi. | Komissiyaviy bojxona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri toʻliq hajmda tekshiruvlar oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil etadi. |
Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari boʻyicha ekspertlar birgalikdagi xulosani tuzadi va imzolaydi. | Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari boʻyicha ekspertlar birgalikdagi xulosani tuzadi va imzolaydi. |
Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. | Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. |
Bojxona ishi uchun ahamiyatga molik vaziyatlarni bilimlarning turli sohalarini qoʻllagan holda bir nechta tekshiruv oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda kompleks bojxona ekspertizasi tayinlanadi. | Bojxona ishi uchun ahamiyatga molik vaziyatlarni bilimlarning turli sohalarini qoʻllagan holda bir nechta tekshiruv oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda kompleks bojxona ekspertizasi tayinlanadi. |
Kompleks bojxona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolatlari doirasida tekshiruvlar oʻtkazadi. Kompleks bojxona ekspertizasining xulosasida har bir ekspert qanday tekshiruvlarni qanday hajmda oʻtkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri kompleks bojxona ekspertizasi xulosasining oʻzi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar aks etgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi. | Kompleks bojxona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolatlari doirasida tekshiruvlar oʻtkazadi. Kompleks bojxona ekspertizasining xulosasida har bir ekspert qanday tekshiruvlarni qanday hajmda oʻtkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri kompleks bojxona ekspertizasi xulosasining oʻzi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar aks etgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi. |
Olingan natijalarga baho berish va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirish uchun vakolatli boʻlgan ekspertlar umumiy xulosa (xulosalar) beradilar. Agar ekspertlar komissiyasining yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun ekspertlardan biri (ayrim ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos boʻlsa, bu haqda kompleks bojxona ekspertizasining xulosasida koʻrsatib oʻtilishi kerak. | Olingan natijalarga baho berish va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirish uchun vakolatli boʻlgan ekspertlar umumiy xulosa (xulosalar) beradilar. Agar ekspertlar komissiyasining yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun ekspertlardan biri (ayrim ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos boʻlsa, bu haqda kompleks bojxona ekspertizasining xulosasida koʻrsatib oʻtilishi kerak. |
Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida-alohida kompleks bojxona ekspertizasi xulosasini beradi. | Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida-alohida kompleks bojxona ekspertizasi xulosasini beradi. |
31-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish | 31-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish |
218-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish talablari hamda shartlari | 218-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish talablari hamda shartlari |
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan tashuvchining javobgarligi ostida tashiladi. | Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan tashuvchining javobgarligi ostida tashiladi. |
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar qaysi tovarlarga va (yoki) transport vositalariga tegishli boʻlsa, oʻsha tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkazib beriladi va taqdim qilinadi. | Tovar kelib tushadigan bojxona organiga topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar qaysi tovarlarga va (yoki) transport vositalariga tegishli boʻlsa, oʻsha tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkazib beriladi va taqdim qilinadi. |
Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va (yoki) transport vositalari: | Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va (yoki) transport vositalari: |
tovar kelib tushadigan bojxona organiga joʻnatuvchi bojxona organi belgilagan muddatlarda va yoʻnalishlar boʻyicha, agar ular ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilangan boʻlsa, tashuvchi tomonidan yetkazib berilishi; | tovar kelib tushadigan bojxona organiga joʻnatuvchi bojxona organi belgilagan muddatlarda va yoʻnalishlar boʻyicha, agar ular ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilangan boʻlsa, tashuvchi tomonidan yetkazib berilishi; |
tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etilishi; | tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etilishi; |
tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, oʻzgarmas holatda qolishi hamda tashishdan boshqa biror maqsadda foydalanilmasligi lozim. | tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, oʻzgarmas holatda qolishi hamda tashishdan boshqa biror maqsadda foydalanilmasligi lozim. |
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berishning eng koʻp muddati quyidagi hisob-kitob bilan belgilanadigan muddatdan oshmasligi kerak: | Tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berishning eng koʻp muddati quyidagi hisob-kitob bilan belgilanadigan muddatdan oshmasligi kerak: |
havo transporti uchun — uch kalendar kundan; | havo transporti uchun — uch kalendar kundan; |
avtomobil va suv transporti uchun — oʻn kalendar kundan; | avtomobil va suv transporti uchun — oʻn kalendar kundan; |
temir yoʻl transporti uchun — ikki ming kilometr uchun oʻttiz kalendar kundan. | temir yoʻl transporti uchun — ikki ming kilometr uchun oʻttiz kalendar kundan. |
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun yetkazib berish muddati tashuvchining arizasidan, tovarlarni tashishning odatiy muddatidan, transport vositasining turi va imkoniyatlaridan, arizachi tomonidan belgilangan harakat yoʻnalishi va boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat doirasida joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi. | Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun yetkazib berish muddati tashuvchining arizasidan, tovarlarni tashishning odatiy muddatidan, transport vositasining turi va imkoniyatlaridan, arizachi tomonidan belgilangan harakat yoʻnalishi va boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat doirasida joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi. |
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddatlari tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda, yetkazish punktidagi bojxona organi tomonidan tashuvchidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi. | Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddatlari tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda, yetkazish punktidagi bojxona organi tomonidan tashuvchidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi. |
Bojxona nazorati ostida turgan ayrim tovarlarni bojxona hududi boʻylab tashish yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona nazorati ostida turgan ayrim tovarlarni bojxona hududi boʻylab tashish yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining asoslangan soʻroviga koʻra oraliq bojxona organi tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga yetkazib berishning dastlab belgilangan muddatini uzaytiradi. | Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining asoslangan soʻroviga koʻra oraliq bojxona organi tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga yetkazib berishning dastlab belgilangan muddatini uzaytiradi. |
Avtomobil transportida tashilayotganda bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni hamda bojxona nazorati ostida turmagan boshqa tovarlarni bitta transport vositasiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Avtomobil transportida tashilayotganda bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni hamda bojxona nazorati ostida turmagan boshqa tovarlarni bitta transport vositasiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Tovarlarning ayrim turlarini tashiyotgan tashuvchilar uchun qonunchilik bilan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin. | Tovarlarning ayrim turlarini tashiyotgan tashuvchilar uchun qonunchilik bilan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin. |
219-modda. Tashuvchining huquq va majburiyatlari | 219-modda. Tashuvchining huquq va majburiyatlari |
Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli, agar: | Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli, agar: |
tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa; | tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa; |
transport vositasiga va tovarlar oʻroviga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga ana shunday taʼminlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa. | transport vositasiga va tovarlar oʻroviga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga ana shunday taʼminlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa. |
Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona hududi boʻylab tashish chogʻida tashuvchi: | Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona hududi boʻylab tashish chogʻida tashuvchi: |
tovarlarning, plombalarning va muhrlarning, yoki, agar foydalanilgan boʻlsa, boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalarining butligini taʼminlashi; | tovarlarning, plombalarning va muhrlarning, yoki, agar foydalanilgan boʻlsa, boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalarining butligini taʼminlashi; |
bojxona organlarining ruxsatisiz tovarlar bilan yuk operatsiyalarini oʻtkazishga yoʻl qoʻymasligi, bundan ushbu Kodeks 225-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tovarni tushirib boshqa transport vositasiga qayta yuklash mustasno; | bojxona organlarining ruxsatisiz tovarlar bilan yuk operatsiyalarini oʻtkazishga yoʻl qoʻymasligi, bundan ushbu Kodeks 225-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tovarni tushirib boshqa transport vositasiga qayta yuklash mustasno; |
tashiladigan tovarlarni bojxona nazorati zonasiga joylashtirishi; | tashiladigan tovarlarni bojxona nazorati zonasiga joylashtirishi; |
transport vositalarini tegishli texnik holatda saqlashi va ushbu Kodeksning 227-moddasiga muvofiq bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashish uchun transport vositalarining jihozlanishiga doir talablarga mosligini taʼminlashi; | transport vositalarini tegishli texnik holatda saqlashi va ushbu Kodeksning 227-moddasiga muvofiq bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashish uchun transport vositalarining jihozlanishiga doir talablarga mosligini taʼminlashi; |
tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻzgarmas holatda, boshqa biror maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi; | tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻzgarmas holatda, boshqa biror maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi; |
tovarlar yoʻqolganda yoki bojxona organlarining roziligisiz boshqa shaxslarga berib yuborilgan taqdirda bojxona toʻlovlarini toʻlashi shart. | tovarlar yoʻqolganda yoki bojxona organlarining roziligisiz boshqa shaxslarga berib yuborilgan taqdirda bojxona toʻlovlarini toʻlashi shart. |
Belgilangan joyga yetib kelgandan soʻng tashuvchi bojxona organini yozma ravishda xabardor qilmasdan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini toʻxtash joylarida qarovsiz qoldirishga, toʻxtash joyini oʻzgartirishga, yoʻlovchilarni tushirib yuborishga, tovarlar bilan biror-bir yuk va oʻrov-joylov operatsiyasini bajarishga, bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirishga, olib tashlashga yoki yoʻq qilishga haqli emas. | Belgilangan joyga yetib kelgandan soʻng tashuvchi bojxona organini yozma ravishda xabardor qilmasdan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini toʻxtash joylarida qarovsiz qoldirishga, toʻxtash joyini oʻzgartirishga, yoʻlovchilarni tushirib yuborishga, tovarlar bilan biror-bir yuk va oʻrov-joylov operatsiyasini bajarishga, bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirishga, olib tashlashga yoki yoʻq qilishga haqli emas. |
Tashuvchi barcha tovarlar toʻgʻrisidagi axborotning yuk kuzatuv hujjatlariga kiritilishini taʼminlash yoki tovarlar toʻgʻrisidagi axborotni bojxona organi eʼtiboriga yetkazish uchun bojxona organi oldida javobgar boʻladi. | Tashuvchi barcha tovarlar toʻgʻrisidagi axborotning yuk kuzatuv hujjatlariga kiritilishini taʼminlash yoki tovarlar toʻgʻrisidagi axborotni bojxona organi eʼtiboriga yetkazish uchun bojxona organi oldida javobgar boʻladi. |
Tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
220-modda. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati | 220-modda. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati |
Tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tranzit deklaratsiyasi yordamida amalga oshiriladi. | Tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tranzit deklaratsiyasi yordamida amalga oshiriladi. |
Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojxona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatdir. | Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojxona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatdir. |
Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari boʻyicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi. | Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari boʻyicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi. |
Olib chiqilayotgan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi (bundan jismoniy shaxslar tomonidan doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaxsiy mol-mulk mustasno). | Olib chiqilayotgan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi (bundan jismoniy shaxslar tomonidan doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaxsiy mol-mulk mustasno). |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda, tranzit deklaratsiyasi sifatida mazkur shartnomalarda belgilangan hujjatlardan foydalaniladi. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda, tranzit deklaratsiyasi sifatida mazkur shartnomalarda belgilangan hujjatlardan foydalaniladi. |
221-modda. Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va transport vositalari hamda ularning hujjatlariga identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanilishi | 221-modda. Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va transport vositalari hamda ularning hujjatlariga identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanilishi |
Joʻnatuvchi bojxona organi bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona identifikatsiyalanishini taʼminlaydi, tovar kelib tushadigan bojxona organi esa qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining mavjudligini va butligini tekshiradi. Oraliq bojxona organlari va tovar kelib tushadigan bojxona organlari tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalari qoʻyilganligi toʻgʻrisida qaydlar qoʻyib chiqishi mumkin. | Joʻnatuvchi bojxona organi bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona identifikatsiyalanishini taʼminlaydi, tovar kelib tushadigan bojxona organi esa qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining mavjudligini va butligini tekshiradi. Oraliq bojxona organlari va tovar kelib tushadigan bojxona organlari tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalari qoʻyilganligi toʻgʻrisida qaydlar qoʻyib chiqishi mumkin. |
Bojxona identifikatsiyalash vositalari transport vositasiga yoki alohida yuk oʻrinlariga qoʻyilishi mumkin. | Bojxona identifikatsiyalash vositalari transport vositasiga yoki alohida yuk oʻrinlariga qoʻyilishi mumkin. |
Bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona identifikatsiyalashining asosiy usuli ularga plombalar va muhrlar bosishdan iborat. Plombalar va muhrlarni qoʻyish imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalari qoʻllaniladi. | Bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona identifikatsiyalashining asosiy usuli ularga plombalar va muhrlar bosishdan iborat. Plombalar va muhrlarni qoʻyish imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalari qoʻllaniladi. |
Agar chet davlatlar bojxona organlarining identifikatsiyalash vositalari ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismida belgilangan talablarga mos emas deb topilsa, joʻnatuvchi bojxona organi tovarni va (yoki) transport vositasini bojxona koʻrigidan oʻtkazib, ularga bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalarini qoʻyadi va bu haqda tovarning kuzatuv hujjatlariga tegishli yozuv kiritiladi. | Agar chet davlatlar bojxona organlarining identifikatsiyalash vositalari ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismida belgilangan talablarga mos emas deb topilsa, joʻnatuvchi bojxona organi tovarni va (yoki) transport vositasini bojxona koʻrigidan oʻtkazib, ularga bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalarini qoʻyadi va bu haqda tovarning kuzatuv hujjatlariga tegishli yozuv kiritiladi. |
Hujjatlarning bojxona identifikatsiyalashini amalga oshirish maqsadida joʻnatuvchi bojxona organi ushbu Kodeks 197-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq bojxona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllaydi. | Hujjatlarning bojxona identifikatsiyalashini amalga oshirish maqsadida joʻnatuvchi bojxona organi ushbu Kodeks 197-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq bojxona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllaydi. |
222-modda. Tovar bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari | 222-modda. Tovar bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari |
Chet el tovari bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: | Chet el tovari bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: |
bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllash; | bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllash; |
tovarning bojxona tashuvchisi tomonidan tashilishi; | tovarning bojxona tashuvchisi tomonidan tashilishi; |
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni taqdim etish. | ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni taqdim etish. |
Agar tovarlarni bojxona nazorati ostida tashiyotgan transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlmasa, joʻnatuvchi bojxona organi tovarlarni bojxona nazorati ostida tashishga transport vositasini lozim darajada jihozlash yoxud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish sharti bilan ruxsat beradi. | Agar tovarlarni bojxona nazorati ostida tashiyotgan transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlmasa, joʻnatuvchi bojxona organi tovarlarni bojxona nazorati ostida tashishga transport vositasini lozim darajada jihozlash yoxud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish sharti bilan ruxsat beradi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi, agar: | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi, agar: |
tovarlar temir yoʻl, havo va quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali tashilayotgan boʻlsa; | tovarlar temir yoʻl, havo va quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali tashilayotgan boʻlsa; |
ushbu chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilangan boʻlsa. | ushbu chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilangan boʻlsa. |
223-modda. Bojxona hamrohligida kuzatib borishning qoʻllanilishi | 223-modda. Bojxona hamrohligida kuzatib borishning qoʻllanilishi |
Bojxona hamrohligida kuzatib borish chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan qoʻllaniladi, bundan quyidagi hollar mustasno: | Bojxona hamrohligida kuzatib borish chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan qoʻllaniladi, bundan quyidagi hollar mustasno: |
tovarlarni tashish XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq amalga oshirilgan taqdirda; | tovarlarni tashish XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq amalga oshirilgan taqdirda; |
milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni tashish tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish uchun jihozlangan transport vositalarida amalga oshirilgan taqdirda; | milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni tashish tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish uchun jihozlangan transport vositalarida amalga oshirilgan taqdirda; |
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlangan taqdirda; | ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlangan taqdirda; |
tovarlar bojxona hududiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmak sifatida, shuningdek xalqaro pochta joʻnatmalari va feldyeger pochtasi sifatida, tasdiqlovchi hujjatlar boʻlgan taqdirda olib kirilganda. | tovarlar bojxona hududiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmak sifatida, shuningdek xalqaro pochta joʻnatmalari va feldyeger pochtasi sifatida, tasdiqlovchi hujjatlar boʻlgan taqdirda olib kirilganda. |
Bojxona hamrohligida kuzatib borish avtotransport vositasi joʻnatuvchi bojxona organiga yetib kelgan paytdan eʼtiboran olti soatdan kechiktirmay boshlanadi. | Bojxona hamrohligida kuzatib borish avtotransport vositasi joʻnatuvchi bojxona organiga yetib kelgan paytdan eʼtiboran olti soatdan kechiktirmay boshlanadi. |
Bojxona hamrohligida kuzatib borish bitta yoki bir nechta avtotransport vositasiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin, lekin ularning soni yigirmatadan oshmasligi kerak. | Bojxona hamrohligida kuzatib borish bitta yoki bir nechta avtotransport vositasiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin, lekin ularning soni yigirmatadan oshmasligi kerak. |
Bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yigʻimi undiriladi. | Bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yigʻimi undiriladi. |
Bojxona hamrohligida kuzatib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona hamrohligida kuzatib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
Bojxona organlari chet el tovarlarini tashiyotgan transport vositalarining xavflarni baholash natijalarini hisobga olgan holda bojxona kuzatuvini amalga oshirishi mumkin. | Bojxona organlari chet el tovarlarini tashiyotgan transport vositalarining xavflarni baholash natijalarini hisobga olgan holda bojxona kuzatuvini amalga oshirishi mumkin. |
224-modda. Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoxud tovarlarni tashishga toʻsqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida koʻriladigan chora-tadbirlar | 224-modda. Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoxud tovarlarni tashishga toʻsqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida koʻriladigan chora-tadbirlar |
Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoxud tovarlarni tayin qilingan joyga tashishga toʻsqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida tashuvchi: | Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoxud tovarlarni tayin qilingan joyga tashishga toʻsqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida tashuvchi: |
tovarning, transport vositasining butligini saqlash va ulardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrishi; | tovarning, transport vositasining butligini saqlash va ulardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrishi; |
eng yaqin bojxona organiga tegishli vaziyatlar, tovarning va transport vositasining turgan joyi toʻgʻrisida darhol xabar berishi; | eng yaqin bojxona organiga tegishli vaziyatlar, tovarning va transport vositasining turgan joyi toʻgʻrisida darhol xabar berishi; |
tovarlarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi koʻrsatgan boshqa joyga olib borishi yoxud, agar uning transport vositasi buzilgan boʻlsa, olib borilishini taʼminlashi shart. | tovarlarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi koʻrsatgan boshqa joyga olib borishi yoxud, agar uning transport vositasi buzilgan boʻlsa, olib borilishini taʼminlashi shart. |
Bojxona organi bojxona nazoratini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan chora-tadbirlarni sodir boʻlgan hodisaning xususiyatiga, tovar sifatining yoʻqotilish darajasi va tovar tashilishini amalga oshirayotgan transport vositasining texnik holatiga bogʻliq ravishda belgilaydi. | Bojxona organi bojxona nazoratini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan chora-tadbirlarni sodir boʻlgan hodisaning xususiyatiga, tovar sifatining yoʻqotilish darajasi va tovar tashilishini amalga oshirayotgan transport vositasining texnik holatiga bogʻliq ravishda belgilaydi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan va bojxona hududida sodir boʻlgan hollar belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan va bojxona hududida sodir boʻlgan hollar belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. |
Ushbu moddada nazarda tutilgan choralar koʻrilishi munosabati bilan tashuvchi qilgan xarajatlarning oʻrni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi. | Ushbu moddada nazarda tutilgan choralar koʻrilishi munosabati bilan tashuvchi qilgan xarajatlarning oʻrni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi. |
225-modda. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari | 225-modda. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari |
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari tovar yetkazib berilgan manzilda shu maqsadlarni amalga oshirish uchun maxsus ajratilgan joylarda va bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi. Yuk operatsiyalarini vakolatli shaxsning yoki tashuvchining yozma arizasiga koʻra boshqa joylarda va (yoki) qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida yuk operatsiyalarini amalga oshirish zarurati tugʻilgan boʻlsa, oʻsha bojxona organining belgilangan ish vaqtidan tashqari paytda oʻtkazishga shu bojxona organining nazorati ostida yoʻl qoʻyiladi. | Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari tovar yetkazib berilgan manzilda shu maqsadlarni amalga oshirish uchun maxsus ajratilgan joylarda va bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi. Yuk operatsiyalarini vakolatli shaxsning yoki tashuvchining yozma arizasiga koʻra boshqa joylarda va (yoki) qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida yuk operatsiyalarini amalga oshirish zarurati tugʻilgan boʻlsa, oʻsha bojxona organining belgilangan ish vaqtidan tashqari paytda oʻtkazishga shu bojxona organining nazorati ostida yoʻl qoʻyiladi. |
Bojxona nazorati ostidagi tovarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda, uni ushbu Kodeksning 84-moddasida belgilangan vaqtincha saqlash joylarida vaqtincha saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunday saqlash muddati bojxona organi tomonidan transport vositasini taʼmirlash uchun ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda belgilanadi, bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng koʻp muddatidan oshmasligi lozim. | Bojxona nazorati ostidagi tovarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda, uni ushbu Kodeksning 84-moddasida belgilangan vaqtincha saqlash joylarida vaqtincha saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunday saqlash muddati bojxona organi tomonidan transport vositasini taʼmirlash uchun ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda belgilanadi, bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng koʻp muddatidan oshmasligi lozim. |
Tovar bilan yuk operatsiyalarining oʻtkazilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki xossalari oʻzgarishiga olib kelishi ehtimoli boʻlgan yoxud shu tovar ustidan bundan buyongi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni boʻlmasligiga sabab boʻlgan taqdirdagina bojxona organi tovar bilan yuk operatsiyalarini oʻtkazishni rad etishi mumkin. | Tovar bilan yuk operatsiyalarining oʻtkazilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki xossalari oʻzgarishiga olib kelishi ehtimoli boʻlgan yoxud shu tovar ustidan bundan buyongi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni boʻlmasligiga sabab boʻlgan taqdirdagina bojxona organi tovar bilan yuk operatsiyalarini oʻtkazishni rad etishi mumkin. |
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar tushirilib, boshqa transport vositasiga qayta ortilgan taqdirda, mazkur bobda bayon etilgan talablar va shartlarga rioya etishga ushbu tovarni bojxona nazorati ostida bundan buyongi tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi javobgar boʻladi. | Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar tushirilib, boshqa transport vositasiga qayta ortilgan taqdirda, mazkur bobda bayon etilgan talablar va shartlarga rioya etishga ushbu tovarni bojxona nazorati ostida bundan buyongi tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi javobgar boʻladi. |
226-modda. Tovarlarni va ularga doir hujjatlarni bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish | 226-modda. Tovarlarni va ularga doir hujjatlarni bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish |
Tovar kelib tushadigan bojxona organi joylashgan yerlarga yoki joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan boshqa joylarga tovar yetkazib beriladi. | Tovar kelib tushadigan bojxona organi joylashgan yerlarga yoki joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan boshqa joylarga tovar yetkazib beriladi. |
Tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda tovar yetkazib berilgan taqdirda, u bojxona nazorati zonasiga joylashtiriladi. Tashuvchi tovar kelib tushadigan bojxona organini tovar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida quyidagilarni taqdim qilish orqali xabardor qiladi: | Tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda tovar yetkazib berilgan taqdirda, u bojxona nazorati zonasiga joylashtiriladi. Tashuvchi tovar kelib tushadigan bojxona organini tovar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida quyidagilarni taqdim qilish orqali xabardor qiladi: |
tranzit deklaratsiyasini; | tranzit deklaratsiyasini; |
tovarning kuzatuv hujjatlarini; | tovarning kuzatuv hujjatlarini; |
yetkazib berilgan tovarlarni. | yetkazib berilgan tovarlarni. |
Xabar qilish tovarlar yetkazib berilganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay, tovarlar tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytida yetkazib berilgan taqdirda esa, bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. | Xabar qilish tovarlar yetkazib berilganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay, tovarlar tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytida yetkazib berilgan taqdirda esa, bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. |
Tovar kelib tushadigan bojxona organi xabarnomani olgan paytdan eʼtiboran uch soat ichida tovarning kuzatuv hujjatlariga belgi qoʻyish orqali tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi faktini tasdiqlaydi. Bojxonaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma tekshirish tugallanguniga qadar toʻxtatib turiladi. | Tovar kelib tushadigan bojxona organi xabarnomani olgan paytdan eʼtiboran uch soat ichida tovarning kuzatuv hujjatlariga belgi qoʻyish orqali tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi faktini tasdiqlaydi. Bojxonaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma tekshirish tugallanguniga qadar toʻxtatib turiladi. |
Yetkazib berilganligi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini oladi. | Yetkazib berilganligi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini oladi. |
Tovar yetkazib berilganidan hamda tovar kelib tushadigan bojxona organiga tegishli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim qilinganidan keyin tovar tushirib olinishi yoki qayta ortilishi, bojxona omboriga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi, muayyan bojxona rejimiga maʼlum qilinishi mumkin. | Tovar yetkazib berilganidan hamda tovar kelib tushadigan bojxona organiga tegishli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim qilinganidan keyin tovar tushirib olinishi yoki qayta ortilishi, bojxona omboriga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi, muayyan bojxona rejimiga maʼlum qilinishi mumkin. |
Ushbu moddaning talablarida nazarda tutilgan harakatlar yoki holatlar oqibatida tashuvchi qilgan xarajatlar tashuvchining hisobiga yoziladi va ularning oʻrni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi. | Ushbu moddaning talablarida nazarda tutilgan harakatlar yoki holatlar oqibatida tashuvchi qilgan xarajatlar tashuvchining hisobiga yoziladi va ularning oʻrni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi. |
32-bob. Transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma | 32-bob. Transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma |
227-modda. Tovarlar bojxona plombalari va muhrlari ostida tashilayotgan transport vositalarining jihozlanishiga doir talablar | 227-modda. Tovarlar bojxona plombalari va muhrlari ostida tashilayotgan transport vositalarining jihozlanishiga doir talablar |
Bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish uchun transport vositalari quyidagi talablarga rioya etilgan holda konstruksiyalangan va jihozlangan boʻlishi kerak: | Bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish uchun transport vositalari quyidagi talablarga rioya etilgan holda konstruksiyalangan va jihozlangan boʻlishi kerak: |
bojxona plombalari va muhrlarini bevosita transport vositasiga oddiy va ishonchli usulda qoʻyish mumkinligi; | bojxona plombalari va muhrlarini bevosita transport vositasiga oddiy va ishonchli usulda qoʻyish mumkinligi; |
tashilayotgan tovarni transport vositasining plombalangan qismidan koʻzga tashlanadigan izlar qoldirmasdan chiqarib olish yoki unga boshqa tovarni joylash yoxud bojxona tamgʻalariga yoki muhrlariga shikast yetkazish imkoniyati yoʻqligi; | tashilayotgan tovarni transport vositasining plombalangan qismidan koʻzga tashlanadigan izlar qoldirmasdan chiqarib olish yoki unga boshqa tovarni joylash yoxud bojxona tamgʻalariga yoki muhrlariga shikast yetkazish imkoniyati yoʻqligi; |
transport vositasi va uning yuk boʻlmalari ularning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan konstruksiyasiga doir texnik talablarga muvofiq boʻlishi kerak va ularda tashilayotgan tovarlarni yashirish uchun moʻljallangan xufiya joylar mavjud boʻlmasligi kerak; | transport vositasi va uning yuk boʻlmalari ularning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan konstruksiyasiga doir texnik talablarga muvofiq boʻlishi kerak va ularda tashilayotgan tovarlarni yashirish uchun moʻljallangan xufiya joylar mavjud boʻlmasligi kerak; |
transport vositasining tovarlar turishi mumkin boʻlgan yuk boʻlmalarining tuzilishi bojxona koʻzdan kechiruvi uchun erkin kirib chiqishni taʼminlashi kerak. | transport vositasining tovarlar turishi mumkin boʻlgan yuk boʻlmalarining tuzilishi bojxona koʻzdan kechiruvi uchun erkin kirib chiqishni taʼminlashi kerak. |
Transport vositasining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) olish yoʻli bilan oldindan tasdiqlanishi mumkin. | Transport vositasining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) olish yoʻli bilan oldindan tasdiqlanishi mumkin. |
Bojxona organlari transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun oldindan ruxsat olinishini talab qilmaydi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar: | Bojxona organlari transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun oldindan ruxsat olinishini talab qilmaydi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar: |
tovarlarni tashish bojxona tashuvchisi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa; | tovarlarni tashish bojxona tashuvchisi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa; |
ruxsat olinishi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa. | ruxsat olinishi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa. |
Guvohnoma bojxona organi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari asosida beriladi hamda yuk tashuvchi avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalar uchun tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishni amalga oshirish uchun ruxsat hisoblanadi. | Guvohnoma bojxona organi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari asosida beriladi hamda yuk tashuvchi avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalar uchun tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishni amalga oshirish uchun ruxsat hisoblanadi. |
Guvohnoma: | Guvohnoma: |
arizachi yuk tashuvchi avtotransport vositalarini, tirkamalarni va yarim tirkamalarni ishlatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlganda — yakka tartibda; | arizachi yuk tashuvchi avtotransport vositalarini, tirkamalarni va yarim tirkamalarni ishlatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlganda — yakka tartibda; |
arizachi ayni bir turdagi konstruksiyaga ega boʻlgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarini, tirkamalarni va yarim tirkamalarni seriyali ishlab chiqaruvchi zavod boʻlganda — konstruksiyaning turi boʻyicha (yuk tashuvchi avtotransport vositalarining, tirkamalarning va yarim tirkamalarning seriyasi) berilishi mumkin. | arizachi ayni bir turdagi konstruksiyaga ega boʻlgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarini, tirkamalarni va yarim tirkamalarni seriyali ishlab chiqaruvchi zavod boʻlganda — konstruksiyaning turi boʻyicha (yuk tashuvchi avtotransport vositalarining, tirkamalarning va yarim tirkamalarning seriyasi) berilishi mumkin. |
Guvohnomaning amal qilish muddati ikki yilni tashkil etadi. | Guvohnomaning amal qilish muddati ikki yilni tashkil etadi. |
228-modda. Guvohnoma olish uchun talablar va shartlar | 228-modda. Guvohnoma olish uchun talablar va shartlar |
Guvohnoma olish uchun transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga va XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasida (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlishi kerak. | Guvohnoma olish uchun transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga va XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasida (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlishi kerak. |
229-modda. Guvohnoma olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar | 229-modda. Guvohnoma olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar |
Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: | Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: |
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani; | guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani; |
transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasini; | transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasini; |
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi. | avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi. |
Konstruksiyaning turi boʻyicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: | Konstruksiyaning turi boʻyicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: |
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani; | guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani; |
transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini; | transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini; |
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi. | avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi. |
Arizachidan ushbu moddada koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Arizachidan ushbu moddada koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun arizachi javobgar boʻladi. | Hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun arizachi javobgar boʻladi. |
230-modda. Arizani koʻrib chiqish va guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish | 230-modda. Arizani koʻrib chiqish va guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish |
Guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun bojxona organi: | Guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun bojxona organi: |
guvohnoma yakka tartibda berilayotganda — taqdim qilingan transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi; | guvohnoma yakka tartibda berilayotganda — taqdim qilingan transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi; |
guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilayotganda — konstruksiyaning maʼlum qilingan turi boʻyicha tayyorlangan bir yoki bir nechta transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi. | guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilayotganda — konstruksiyaning maʼlum qilingan turi boʻyicha tayyorlangan bir yoki bir nechta transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi. |
Bojxona organi tomonidan guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish hamda guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari ariza qabul qilingan sanadan eʼtiboran quyidagi muddatlardan oshmasligi kerak: | Bojxona organi tomonidan guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish hamda guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari ariza qabul qilingan sanadan eʼtiboran quyidagi muddatlardan oshmasligi kerak: |
guvohnoma yakka tartibda berilganda — oʻn ish kunidan; | guvohnoma yakka tartibda berilganda — oʻn ish kunidan; |
guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda — yigirma ish kunidan. | guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda — yigirma ish kunidan. |
Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik va guvohnoma berganlik uchun bojxona yigʻimlari undirilmaydi. | Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik va guvohnoma berganlik uchun bojxona yigʻimlari undirilmaydi. |
Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga guvohnoma berishi (yuborishi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida uni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart. | Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga guvohnoma berishi (yuborishi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida uni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart. |
Arizachi guvohnoma berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali xabarnoma olganidan keyin respublikaning istalgan bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda toʻldirilgan guvohnomani taqdim etadi. Bojxona organi guvohnoma maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali tekshiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi. | Arizachi guvohnoma berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali xabarnoma olganidan keyin respublikaning istalgan bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda toʻldirilgan guvohnomani taqdim etadi. Bojxona organi guvohnoma maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali tekshiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi. |
Guvohnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: | Guvohnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: |
guvohnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning arizachi tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi; | guvohnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning arizachi tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi; |
avtotransport vositasining ushbu Kodeks 227-moddasida belgilangan talablar va shartlarga nomuvofiqligi; | avtotransport vositasining ushbu Kodeks 227-moddasida belgilangan talablar va shartlarga nomuvofiqligi; |
arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi. | arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi. |
Guvohnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Guvohnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan faktlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etilishi mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, bojxona organi ularni bartaraf etish uchun arizachiga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bojxona organi tomonidan bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron shaklda arizachiga yuboriladi. | Ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan faktlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etilishi mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, bojxona organi ularni bartaraf etish uchun arizachiga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bojxona organi tomonidan bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron shaklda arizachiga yuboriladi. |
Xabarnomada taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak. | Xabarnomada taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak. |
Bojxona organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida arizachiga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlarni va dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek guvohnomani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda koʻmaklashishi va zarur maslahatlar berishi kerak, bundan arizachi taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno. | Bojxona organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida arizachiga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlarni va dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek guvohnomani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda koʻmaklashishi va zarur maslahatlar berishi kerak, bundan arizachi taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno. |
Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan taqdirda, guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi. | Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan taqdirda, guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi. |
Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, bojxona organi guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda guvohnoma berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, bojxona organi guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda guvohnoma berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Guvohnoma berish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarda rad etish sabablari va qonunchilikning normalari koʻrsatilishi lozim. | Guvohnoma berish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarda rad etish sabablari va qonunchilikning normalari koʻrsatilishi lozim. |
Arizachi rad etish sabablarini bartaraf qilishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat guvohnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar olingan sanadan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi. | Arizachi rad etish sabablarini bartaraf qilishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat guvohnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar olingan sanadan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi. |
Guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda arizani takroran koʻrib chiqish va (yoki) avtotransport vositasini tekshirish, guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan oshmaydigan muddatda bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Xabarda koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi. | Guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda arizani takroran koʻrib chiqish va (yoki) avtotransport vositasini tekshirish, guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan oshmaydigan muddatda bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Xabarda koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi. |
Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarda ilgari koʻrsatilmagan asoslarga koʻra guvohnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarda ilgari koʻrsatilmagan asoslarga koʻra guvohnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Arizachi bojxona organining guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek bojxona organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. | Arizachi bojxona organining guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek bojxona organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. |
231-modda. Guvohnomaning amal qilishini tugatish | 231-modda. Guvohnomaning amal qilishini tugatish |
Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: | Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: |
avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda; | avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda; |
avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari almashganda; | avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari almashganda; |
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda. | guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi. |
232-modda. Guvohnomani bekor qilish | 232-modda. Guvohnomani bekor qilish |
Guvohnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi: | Guvohnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi: |
arizachining guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi; | arizachining guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi; |
transport vositasining konstruksiyasi oʻzgartirilganligi fakti — guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda; | transport vositasining konstruksiyasi oʻzgartirilganligi fakti — guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda; |
guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda; | guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda; |
bojxona organining guvohnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda. | bojxona organining guvohnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda. |
Guvohnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi. | Guvohnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi. |
Guvohnoma bekor qilingan taqdirda u bojxona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim. | Guvohnoma bekor qilingan taqdirda u bojxona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim. |
Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori arizachiga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. | Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori arizachiga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. |
Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bojxona organining qarori arizachiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali yetkaziladi. | Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bojxona organining qarori arizachiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali yetkaziladi. |
233-modda. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish va uning dublikatini berish | 233-modda. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish va uning dublikatini berish |
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilmaydi. | Guvohnoma qayta rasmiylashtirilmaydi. |
Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach guvohnomaning amal qilishi arizachining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi lozim. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnoma berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach guvohnomaning amal qilishi arizachining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi lozim. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnoma berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi. | Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi. |
Guvohnoma yoʻqotilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda dublikat berilmaydi. Bunda arizachining arizasiga koʻra umumiy asoslarda yangi guvohnoma beriladi. | Guvohnoma yoʻqotilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda dublikat berilmaydi. Bunda arizachining arizasiga koʻra umumiy asoslarda yangi guvohnoma beriladi. |
234-modda. Guvohnomaga qaydlar kiritish tartib-taomili | 234-modda. Guvohnomaga qaydlar kiritish tartib-taomili |
Agar xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan, bunga ruxsat etilgan avtotransport vositasida jiddiy nosozliklar aniqlansa, bojxona organlari avtotransport vositasining harakatlanishini davom ettirishni taqiqlab qoʻyishi yoxud nazorat boʻyicha zarur choralar koʻrib, avtotransport vositasining yurishda davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin. | Agar xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan, bunga ruxsat etilgan avtotransport vositasida jiddiy nosozliklar aniqlansa, bojxona organlari avtotransport vositasining harakatlanishini davom ettirishni taqiqlab qoʻyishi yoxud nazorat boʻyicha zarur choralar koʻrib, avtotransport vositasining yurishda davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin. |
Ruxsat etilgan avtotransport vositasi mumkin qadar qisqa vaqtda va undan yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun qayta foydalanilguniga qadar qoniqarli holatga keltirilishi kerak. | Ruxsat etilgan avtotransport vositasi mumkin qadar qisqa vaqtda va undan yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun qayta foydalanilguniga qadar qoniqarli holatga keltirilishi kerak. |
Avtotransport vositasi taʼmirlash natijasida tashishga ruxsat etish shartlariga mos keladigan holatga keltirilganidan soʻng u guvohnomaning amal qilishini tiklaydigan bojxona organiga taqdim etilishi kerak. | Avtotransport vositasi taʼmirlash natijasida tashishga ruxsat etish shartlariga mos keladigan holatga keltirilganidan soʻng u guvohnomaning amal qilishini tiklaydigan bojxona organiga taqdim etilishi kerak. |
Jiddiy nosozliklar aniqlangan avtotransport vositasidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilanganidek, tegishli taʼmirlash oʻtkazilmaguniga qadar yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yana foydalanilishi mumkin emas. | Jiddiy nosozliklar aniqlangan avtotransport vositasidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilanganidek, tegishli taʼmirlash oʻtkazilmaguniga qadar yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yana foydalanilishi mumkin emas. |
Guvohnomaga kiritilgan har bir qayd uning kiritilish sanasi qoʻyilgan holda, ushbu qaydni kiritgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak. | Guvohnomaga kiritilgan har bir qayd uning kiritilish sanasi qoʻyilgan holda, ushbu qaydni kiritgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak. |
Agar avtotransport vositasida bojxona organlarining fikricha jiddiy xususiyatga ega boʻlmagan va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishiga imkon yaratmaydigan nosozliklar boʻlsa, bu transport vositasidan keyinchalik yuklarni tashish uchun foydalanishga ruxsat etilishi mumkin. Guvohnomaning egasi boʻlgan arizachi mazkur nosozliklar toʻgʻrisida xabardor qilinadi va u oʻzining avtotransport vositasini tegishli tarzda taʼmirlashi kerak. | Agar avtotransport vositasida bojxona organlarining fikricha jiddiy xususiyatga ega boʻlmagan va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishiga imkon yaratmaydigan nosozliklar boʻlsa, bu transport vositasidan keyinchalik yuklarni tashish uchun foydalanishga ruxsat etilishi mumkin. Guvohnomaning egasi boʻlgan arizachi mazkur nosozliklar toʻgʻrisida xabardor qilinadi va u oʻzining avtotransport vositasini tegishli tarzda taʼmirlashi kerak. |
33-bob. Bojxona tashuvchisining faoliyati | 33-bob. Bojxona tashuvchisining faoliyati |
235-modda. Bojxona tashuvchisi | 235-modda. Bojxona tashuvchisi |
Bojxona tashuvchisi ushbu Kodeksning 236-moddasida belgilangan talab va shartlarga javob beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsidir. Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilganidan keyin bojxona tashuvchisi deb eʼtirof etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona tashuvchilarining reyestrini yuritadi va rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlaydi. | Bojxona tashuvchisi: avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan; ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlagan; ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositasiga ega boʻlgan; Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining fuqarolik javobgarligi xavfini sugʻurtalash shartnomasi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsidir. |
Bojxona tashuvchisi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashishni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda amalga oshiradi. | Bojxona tashuvchisi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashishni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda amalga oshiradi. |
Bojxona tashuvchilarining tovarlarni joʻnatuvchilar va oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. | Bojxona tashuvchilarining tovarlarni joʻnatuvchilar va oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. |
236-modda. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsini Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritish shartlari quyidagilardan iborat: avtotransportda yuklarni xalqaro tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi va bojxona organiga ariza berilgan sanaga qadar kamida ikki yil davomida ushbu faoliyat amalga oshirilganligi; ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishining taʼminlanganligi; ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositalarining borligi; Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining fuqarolik javobgarligi xavfini sugʻurtalash shartnomasi borligi. 237-modda. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish uchun zarur boʻladigan hujjatlar Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda yozilgan ariza; ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar. Arizachidan ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bojxona organi aksini isbotlamagunicha, barcha hollarda toʻgʻri deb hisoblanadi. Hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik arizachining zimmasida boʻladi. 238-modda. Bojxona tashuvchilarining reyestridan chiqarilish uchun asos Bojxona tashuvchilarining reyestridan chiqarilish uchun quyidagilar asos boʻladi: bojxona tashuvchisining oʻzini Bojxona tashuvchilarining reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi arizasi; Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish shartlariga rioya etilmaganligi; ushbu Kodeksning 239-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarga bojxona tashuvchisi tomonidan rioya etilmaganligi; bojxona tashuvchisining qayta tashkil etilganligi, bundan uning oʻzgartirilganligi mustasno; bojxona tashuvchisining qonunchilikka muvofiq tugatilganligi. | |
239-modda. Bojxona tashuvchisining huquq va majburiyatlari | 239-modda. Bojxona tashuvchisining huquq va majburiyatlari |
Bojxona tashuvchisi quyidagilarga haqli: | Bojxona tashuvchisi quyidagilarga haqli: |
1) bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda tashishga; | 1) bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda tashishga; |
2) quyidagi hollarda tovarlarni va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka, agar: | 2) quyidagi hollarda tovarlarni va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka, agar: |
tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa; | tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa; |
avtotransport vositasiga va tovarlar oʻroviga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga shunday taʼminlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa. | avtotransport vositasiga va tovarlar oʻroviga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga shunday taʼminlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa. |
Bojxona tashuvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Bojxona tashuvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
Bojxona tashuvchisi: | Bojxona tashuvchisi: |
bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlarning hisobini yuritishi va bojxona organlariga shunday tovarlarni tashish toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi; | bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlarning hisobini yuritishi va bojxona organlariga shunday tovarlarni tashish toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi; |
bazaviy hisoblash miqdori oshgan taqdirda, ushbu Kodeks 236-moddasi uchinchi xatboshisida belgilangan talablarni bajarishni bazaviy hisoblash miqdori oshgan kundan eʼtiboran bir oy ichida taʼminlashi; | bazaviy hisoblash miqdori oshgan taqdirda, ushbu Kodeks 235-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan talablarni bajarishni bazaviy hisoblash miqdori oshgan kundan eʼtiboran bir oy ichida taʼminlashi; |
tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etadigan axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; | tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etadigan axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; |
tovarlarni joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan joyga, yoʻnalishda va muddatlarda, ularning oʻrovini yoki holatini oʻzgartirmasdan, bundan tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar mustasno, yetkazib berishdan boshqa maqsadlarda foydalanmasdan yetkazib berishi; | tovarlarni joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan joyga, yoʻnalishda va muddatlarda, ularning oʻrovini yoki holatini oʻzgartirmasdan, bundan tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar mustasno, yetkazib berishdan boshqa maqsadlarda foydalanmasdan yetkazib berishi; |
tovarlarni va ularga oid hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etishi, ushbu bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra esa tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga amalda taqdim etishi; | tovarlarni va ularga oid hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etishi, ushbu bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra esa tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga amalda taqdim etishi; |
bitta avtotransport vositasida bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi; | bitta avtotransport vositasida bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi; |
tashilayotgan tovarlarning but saqlanishini taʼminlashi; | tashilayotgan tovarlarning but saqlanishini taʼminlashi; |
belgilangan joyga bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda keltirilgan tovarlarni bojxona nazorati zonasiga joylashtirishi; | belgilangan joyga bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda keltirilgan tovarlarni bojxona nazorati zonasiga joylashtirishi; |
tovarlar yetkazib berilganidan keyin ularni tovar kelib tushadigan bojxona organiga xabar bermagan holda toʻxtash joyida qarovsiz qoldirmasligi, tovarlarni oʻramasligi va qayta oʻramasligi, bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirmasligi, olib tashlamasligi va yoʻq qilmasligi. Agar bojxona tashuvchisi transport vositasi ekipajining hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy xavf tahdid solganligini, tovarlarning yoki transport vositasining yoʻq qilinishi, qaytarib boʻlmas holatda yoʻqotilishi yoki jiddiy buzilishi xavfi mavjud boʻlganligini isbotlasa, ushbu majburiyatning buzilishi bojxona tashuvchisining javobgarligiga olib kelmaydi. Mazkur holatlar toʻgʻrisida bojxona tashuvchisi eng yaqin bojxona organini darhol xabardor qilishi shart; | tovarlar yetkazib berilganidan keyin ularni tovar kelib tushadigan bojxona organiga xabar bermagan holda toʻxtash joyida qarovsiz qoldirmasligi, tovarlarni oʻramasligi va qayta oʻramasligi, bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirmasligi, olib tashlamasligi va yoʻq qilmasligi. Agar bojxona tashuvchisi transport vositasi ekipajining hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy xavf tahdid solganligini, tovarlarning yoki transport vositasining yoʻq qilinishi, qaytarib boʻlmas holatda yoʻqotilishi yoki jiddiy buzilishi xavfi mavjud boʻlganligini isbotlasa, ushbu majburiyatning buzilishi bojxona tashuvchisining javobgarligiga olib kelmaydi. Mazkur holatlar toʻgʻrisida bojxona tashuvchisi eng yaqin bojxona organini darhol xabardor qilishi shart; |
oʻz xodimlariga tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish qoidalarini oʻrgatishi; | oʻz xodimlariga tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish qoidalarini oʻrgatishi; |
avtotransport vositalarini tegishli texnik holatda saqlab turishi hamda ularning ushbu Kodeksning 227 va 236-moddalari talablari va shartlariga muvofiqligini taʼminlashi; | avtotransport vositalarini tegishli texnik holatda saqlab turishi hamda ularning ushbu Kodeksning 227 va 235-moddalari belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlashi; |
oʻz kuchi yoki shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning kuchi bilan tovarlar oʻz avtotransport vositalariga ortilishini yoki qayta ortilishini, shu avtotransport vositalaridan tushirilishini yoki qayta ortilishini taʼminlashi; | oʻz kuchi yoki shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning kuchi bilan tovarlar oʻz avtotransport vositalariga ortilishini yoki qayta ortilishini, shu avtotransport vositalaridan tushirilishini yoki qayta ortilishini taʼminlashi; |
tovar kelib tushadigan bojxona organining talabiga koʻra, bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda tovarlarning toʻxtash, tushirish va qayta ortish joyini oʻzgartirishni, tovarlarning va transport vositalarining dastlabki turgan joyi oʻzgartirilishini, bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishini taʼminlashi; | tovar kelib tushadigan bojxona organining talabiga koʻra, bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda tovarlarning toʻxtash, tushirish va qayta ortish joyini oʻzgartirishni, tovarlarning va transport vositalarining dastlabki turgan joyi oʻzgartirilishini, bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishini taʼminlashi; |
avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri chogʻida tovarlarning va transport vositalarining but saqlanishini taʼminlash hamda ulardan biror-bir tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur choralarni koʻrishi. Bunda avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsirining holatlari, tovarlar va oʻzining transport vositalari turgan joy toʻgʻrisida eng yaqin bojxona organiga darhol xabar berishi, tovarlarning va transport vositalarining eng yaqin bojxona organiga tashilishini taʼminlashi hamda ushbu bojxona organi tomonidan bojxona nazoratini taʼminlash uchun belgilanadigan boshqa choralarni koʻrishi; | avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri chogʻida tovarlarning va transport vositalarining but saqlanishini taʼminlash hamda ulardan biror-bir tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur choralarni koʻrishi. Bunda avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsirining holatlari, tovarlar va oʻzining transport vositalari turgan joy toʻgʻrisida eng yaqin bojxona organiga darhol xabar berishi, tovarlarning va transport vositalarining eng yaqin bojxona organiga tashilishini taʼminlashi hamda ushbu bojxona organi tomonidan bojxona nazoratini taʼminlash uchun belgilanadigan boshqa choralarni koʻrishi; |
Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish paytida maʼlum qilingan maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida shunday oʻzgartishlar kiritilgan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida bojxona organini xabardor qilishi shart. | ushbu Kodeks 235-moddasi birinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida belgilangan maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida shunday oʻzgartishlar kiritilgan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida bojxona organini xabardor qilishi shart. |
Bojxona tashuvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Bojxona tashuvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
V boʻlim. Bojxona ishida valyuta nazorati va tashqi savdo operatsiyalarining monitoringi | V boʻlim. Bojxona ishida valyuta nazorati va tashqi savdo operatsiyalarining monitoringi |
34-bob. Valyuta nazorati | 34-bob. Valyuta nazorati |
240-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda nazoratni amalga oshirish | 240-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda nazoratni amalga oshirish |
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan nazorat jismoniy shaxslar bojxona chegarasini kesib oʻtayotganda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan nazorat jismoniy shaxslar bojxona chegarasini kesib oʻtayotganda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. |
241-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda tekshiruvni amalga oshirish | 241-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda tekshiruvni amalga oshirish |
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda jismoniy shaxsni tekshirish valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish maqsadida amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda jismoniy shaxsni tekshirish valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish maqsadida amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda quyidagilar tekshiriladi: | Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda quyidagilar tekshiriladi: |
olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning cheklangan normalariga rioya etilishi; | olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning cheklangan normalariga rioya etilishi; |
olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning belgilangan cheklangan normalaridan ortiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi mavjudligi; | olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning belgilangan cheklangan normalaridan ortiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi mavjudligi; |
jismoniy shaxsda mavjud boʻlgan summaning bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi. | jismoniy shaxsda mavjud boʻlgan summaning bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi. |
242-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish hamda olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar | 242-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish hamda olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar |
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda bojxona organlari noqonuniy olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini olib qoʻyadi, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazadi, maʼmuriy ish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatadi. | Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda bojxona organlari noqonuniy olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini olib qoʻyadi, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazadi, maʼmuriy ish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatadi. |
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi noqonuniy olib kirilganligi va olib chiqilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. | Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi noqonuniy olib kirilganligi va olib chiqilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. |
35-bob. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi | 35-bob. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi |
243-modda. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoringni amalga oshirish | 243-modda. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoringni amalga oshirish |
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari oʻrtasida tuzilgan, tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki chet el valyutasida oʻzaro hisob-kitoblar qilishni nazarda tutuvchi kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini kuzatib borish va tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari oʻrtasida tuzilgan, tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki chet el valyutasida oʻzaro hisob-kitoblar qilishni nazarda tutuvchi kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini kuzatib borish va tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini monitoring qilish jarayonida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud boʻlgan axborot bojxona yuk deklaratsiyasi bilan solishtiriladi, tovarlarning amaldagi miqdori va sifati boʻyicha tavsiflarining hamda assortimentining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi nazorat qilinadi, shuningdek kontraktlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi tekshiriladi hamda mazkur kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) yuzasidan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlar bor-yoʻqligi aniqlanadi. | Kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini monitoring qilish jarayonida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud boʻlgan axborot bojxona yuk deklaratsiyasi bilan solishtiriladi, tovarlarning amaldagi miqdori va sifati boʻyicha tavsiflarining hamda assortimentining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi nazorat qilinadi, shuningdek kontraktlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi tekshiriladi hamda mazkur kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) yuzasidan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlar bor-yoʻqligi aniqlanadi. |
244-modda. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirishda bojxona organlarining boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorligi | 244-modda. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirishda bojxona organlarining boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlardan biri boʻlib, tashqi savdo operatsiyalari sohasida boshqa vakolatli organlar, shuningdek banklar va oʻzga tashkilotlar bilan axborot almashish, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali axborot almashish yoʻli bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlardan biri boʻlib, tashqi savdo operatsiyalari sohasida boshqa vakolatli organlar, shuningdek banklar va oʻzga tashkilotlar bilan axborot almashish, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali axborot almashish yoʻli bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. |
245-modda. Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari bojxona organlari tomonidan aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar | 245-modda. Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari bojxona organlari tomonidan aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar |
Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari aniqlangan taqdirda bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini quyidagi faktlardan xabardor qiladi: | Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari aniqlangan taqdirda bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini quyidagi faktlardan xabardor qiladi: |
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning maʼlum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi; | olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning maʼlum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi; |
tovarlarning kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha kontragent boʻlmagan yetkazib beruvchilardan kelib tushganligi; | tovarlarning kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha kontragent boʻlmagan yetkazib beruvchilardan kelib tushganligi; |
eksport-import operatsiyalari amalga oshirilayotganda qonunchilikni boshqa tarzda buzish hollari. | eksport-import operatsiyalari amalga oshirilayotganda qonunchilikni boshqa tarzda buzish hollari. |
Taqdim etilgan faktlar soliq organlari tomonidan tasdiqlangan, shuningdek valyutani nazorat qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etilganlik faktlari boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan taqdirda bojxona organlari: | Taqdim etilgan faktlar soliq organlari tomonidan tasdiqlangan, shuningdek valyutani nazorat qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etilganlik faktlari boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan taqdirda bojxona organlari: |
Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini kontraktlar boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; | Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini kontraktlar boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; |
qoʻshimcha bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarishga va undirishga; | qoʻshimcha bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarishga va undirishga; |
valyuta tushumlari bilan bogʻliq materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlariga berishga; | valyuta tushumlari bilan bogʻliq materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlariga berishga; |
“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan huquqlar doirasida boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli. | “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan huquqlar doirasida boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli. |
VI boʻlim. Bojxona rasmiylashtiruvi | VI boʻlim. Bojxona rasmiylashtiruvi |
36-bob. Umumiy qoidalar | 36-bob. Umumiy qoidalar |
246-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish | 246-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish |
Vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim. | Vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim. |
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi foydalanilayotgan transportning turlari, tovarlar va transport vositalarini olib oʻtayotgan jismoniy shaxslarning toifalari hisobga olingan holda, bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning turiga qarab qoʻllaniladi. | Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi foydalanilayotgan transportning turlari, tovarlar va transport vositalarini olib oʻtayotgan jismoniy shaxslarning toifalari hisobga olingan holda, bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning turiga qarab qoʻllaniladi. |
Bojxona rasmiylashtiruvi tovarlarning ishlab chiqarilgan, joʻnatilgan va kelib tushgan mamlakatidan, bojxona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadidan va bojxona hududida foydalanilishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi. | Bojxona rasmiylashtiruvi tovarlarning ishlab chiqarilgan, joʻnatilgan va kelib tushgan mamlakatidan, bojxona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadidan va bojxona hududida foydalanilishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi. |
Boshqa davlatlarning bojxona nazorati uchun foydalaniladigan hujjatlari bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻllanilishi mumkin. | Boshqa davlatlarning bojxona nazorati uchun foydalaniladigan hujjatlari bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻllanilishi mumkin. |
247-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish joyi va vaqti | 247-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish joyi va vaqti |
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi. | Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi. |
Bojxona rasmiylashtiruvi deklarantning yoki boshqa vakolatli shaxsning soʻroviga koʻra va uning hisobidan boshqa joylarda hamda bojxona organining ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi mumkin. | Bojxona rasmiylashtiruvi deklarantning yoki boshqa vakolatli shaxsning soʻroviga koʻra va uning hisobidan boshqa joylarda hamda bojxona organining ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi mumkin. |
Bojxona rasmiylashtiruvining bojxona organlari joylashgan yerlarda emas, balki bevosita oʻz hududlarida yoki binolarida amalga oshirilishidan manfaatdor boʻlgan shaxslar bu organlarga xizmat va maishiy binolarni, uskunalarni hamda aloqa vositalarini tekin asosda foydalanish huquqini taqdim etadi. | Bojxona rasmiylashtiruvining bojxona organlari joylashgan yerlarda emas, balki bevosita oʻz hududlarida yoki binolarida amalga oshirilishidan manfaatdor boʻlgan shaxslar bu organlarga xizmat va maishiy binolarni, uskunalarni hamda aloqa vositalarini tekin asosda foydalanish huquqini taqdim etadi. |
248-modda. Bojxona rasmiylashtiruvining boshlanishi va tugallanishi | 248-modda. Bojxona rasmiylashtiruvining boshlanishi va tugallanishi |
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organiga tovarlar va (yoki) transport vositalari xususida hujjatlar taqdim etilgan paytdan, ushbu Kodeksning 162-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, ogʻzaki maʼlum qilingan yoxud jismoniy shaxsning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish niyatidan dalolat beruvchi boshqa harakatlar bajarilgan paytdan eʼtiboran boshlanadi. | Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organiga tovarlar va (yoki) transport vositalari xususida hujjatlar taqdim etilgan paytdan, ushbu Kodeksning 162-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, ogʻzaki maʼlum qilingan yoxud jismoniy shaxsning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish niyatidan dalolat beruvchi boshqa harakatlar bajarilgan paytdan eʼtiboran boshlanadi. |
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi va deklarant yoxud vakolatli shaxs oʻrtasidagi tovarlarni bojxona rejimiga joylashtirish va (yoki) bojxona rejimining amal qilishini tugallash, bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tartibga solinganidan keyin tugallanadi. | Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi va deklarant yoxud vakolatli shaxs oʻrtasidagi tovarlarni bojxona rejimiga joylashtirish va (yoki) bojxona rejimining amal qilishini tugallash, bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tartibga solinganidan keyin tugallanadi. |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi: | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi: |
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va boshqa turdagi davlat nazorati amalga oshirilganidan keyin; | qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va boshqa turdagi davlat nazorati amalga oshirilganidan keyin; |
agar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, mazkur hujjatlarning mavjudligi tasdiqlanganidan keyin tugallanadi. | agar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, mazkur hujjatlarning mavjudligi tasdiqlanganidan keyin tugallanadi. |
Tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat xavflarni boshqarish tizimida belgilangan zarur tadbirlarni, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va (yoki) transport vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olmaydi. | Tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat xavflarni boshqarish tizimida belgilangan zarur tadbirlarni, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va (yoki) transport vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olmaydi. |
249-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar | 249-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar |
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga roʻyxati va topshirilish muddatlari ushbu Kodeksda belgilangan hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilishi kerak. | Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga roʻyxati va topshirilish muddatlari ushbu Kodeksda belgilangan hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilishi kerak. |
Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanganligi (bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga muhlat berilgan hollar bundan mustasno) toʻgʻrisidagi, xizmat koʻrsatuvchi banklar (gʻaznachiliklar) tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. | Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanganligi (bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga muhlat berilgan hollar bundan mustasno) toʻgʻrisidagi, xizmat koʻrsatuvchi banklar (gʻaznachiliklar) tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. |
Tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishini talab etuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organi bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatning mavjudligini tekshiradi. | Tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishini talab etuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organi bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatning mavjudligini tekshiradi. |
Bojxona organlarining axborot tizimida tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda bojxona organlari bojxona rasmiylashtiruvini rad etish huquqiga ega. | Bojxona organlarining axborot tizimida tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda bojxona organlari bojxona rasmiylashtiruvini rad etish huquqiga ega. |
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz tovarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻygan bojxona organining mansabdor shaxsi belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz tovarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻygan bojxona organining mansabdor shaxsi belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim. | Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim. |
250-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda vakolatli shaxslarning hozir boʻlishi | 250-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda vakolatli shaxslarning hozir boʻlishi |
Vakolatli shaxslar tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda hozir boʻlishga hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlarining mansabdor shaxslariga koʻmaklashishga haqli, bojxona organining talabiga koʻra esa hozir boʻlishi va koʻmaklashishi shart. | Vakolatli shaxslar tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda hozir boʻlishga hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlarining mansabdor shaxslariga koʻmaklashishga haqli, bojxona organining talabiga koʻra esa hozir boʻlishi va koʻmaklashishi shart. |
251-modda. Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi | 251-modda. Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi |
Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: |
tovarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan choralarni qoʻllamagan holda yetkazib berishni; | tovarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan choralarni qoʻllamagan holda yetkazib berishni; |
tovarni bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarga joylashtirishni; | tovarni bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarga joylashtirishni; |
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini tovarlar kuzatuv hujjatlarining koʻchirma nusxalari asosida amalga oshirib, keyinchalik ushbu hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishni; | tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini tovarlar kuzatuv hujjatlarining koʻchirma nusxalari asosida amalga oshirib, keyinchalik ushbu hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishni; |
bojxona yuk deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvida hujjatlarni tekshirishni tovarning namunalari va nusxalarini olmagan holda amalga oshirishni. | bojxona yuk deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvida hujjatlarni tekshirishni tovarning namunalari va nusxalarini olmagan holda amalga oshirishni. |
Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. | Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, avariyalar yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatlarini tugatish uchun zarur boʻlgan tovarlarning, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarning, tez buziladigan tovarlarning, tirik hayvonlarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi birinchi navbatda va soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, avariyalar yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatlarini tugatish uchun zarur boʻlgan tovarlarning, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarning, tez buziladigan tovarlarning, tirik hayvonlarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi birinchi navbatda va soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. |
37-bob. Deklaratsiyalash | 37-bob. Deklaratsiyalash |
252-modda. Deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar va (yoki) transport vositalari | 252-modda. Deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar va (yoki) transport vositalari |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda, bojxona rejimi oʻzgartirilayotganda, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda bojxona organlariga deklaratsiyalanishi lozim. | Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda, bojxona rejimi oʻzgartirilayotganda, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda bojxona organlariga deklaratsiyalanishi lozim. |
253-modda. Deklaratsiyalash joyi | 253-modda. Deklaratsiyalash joyi |
Tovarlarga doir bojxona deklaratsiyasi bojxona deklaratsiyasini qabul qilib olish vakolatiga ega boʻlgan istalgan bojxona organiga taqdim etilishi mumkin. | Tovarlarga doir bojxona deklaratsiyasi bojxona deklaratsiyasini qabul qilib olish vakolatiga ega boʻlgan istalgan bojxona organiga taqdim etilishi mumkin. |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tovarlarning va (yoki) transport vositalarining ayrim toifalarini deklaratsiyalash quyidagilarga bogʻliq holda faqat muayyan bojxona organlarida amalga oshirilishi kerakligini belgilaydi: | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tovarlarning va (yoki) transport vositalarining ayrim toifalarini deklaratsiyalash quyidagilarga bogʻliq holda faqat muayyan bojxona organlarida amalga oshirilishi kerakligini belgilaydi: |
madaniy boyliklarning, qurol-yarogʻning, harbiy texnikaning va oʻq-dorilarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun maxsus asbob-uskunalar va (yoki) maxsus bilimlar qoʻllanilishi zarurligiga; | madaniy boyliklarning, qurol-yarogʻning, harbiy texnikaning va oʻq-dorilarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun maxsus asbob-uskunalar va (yoki) maxsus bilimlar qoʻllanilishi zarurligiga; |
tovarlarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan transportning turiga (avtomobil, havo, temir yoʻl, daryo, quvur transporti va elektr uzatish liniyalari); | tovarlarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan transportning turiga (avtomobil, havo, temir yoʻl, daryo, quvur transporti va elektr uzatish liniyalari); |
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning bir necha marta buzilishi hollari qayd etilgan yoki iqtisodiy siyosat choralari belgilangan tovarlarning alohida turlariga; | bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning bir necha marta buzilishi hollari qayd etilgan yoki iqtisodiy siyosat choralari belgilangan tovarlarning alohida turlariga; |
tarkibida intellektual mulk obyektlari boʻlgan tovarlarga. | tarkibida intellektual mulk obyektlari boʻlgan tovarlarga. |
Tovarlarni tashiyotgan transport vositalari tovarlar bilan bir vaqtda deklaratsiyalanadi. | Tovarlarni tashiyotgan transport vositalari tovarlar bilan bir vaqtda deklaratsiyalanadi. |
Yuksiz transport vositalari va yoʻlovchilarni tashiyotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtayotganda deklaratsiyalanadi. | Yuksiz transport vositalari va yoʻlovchilarni tashiyotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtayotganda deklaratsiyalanadi. |
Daryo va havo kemalari bojxona hududiga kelish joyidagi daryo portida yoki aeroportda yoxud bojxona hududidan ketish joyidagi daryo portida yoki aeroportda deklaratsiyalanadi. | Daryo va havo kemalari bojxona hududiga kelish joyidagi daryo portida yoki aeroportda yoxud bojxona hududidan ketish joyidagi daryo portida yoki aeroportda deklaratsiyalanadi. |
254-modda. Deklaratsiyalashning shakli | 254-modda. Deklaratsiyalashning shakli |
Deklaratsiyalash tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi, ularning bojxona rejimlari haqidagi toʻgʻri maʼlumotlarni hamda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni belgilangan shaklda (ogʻzaki, yozma, elektron) maʼlum qilish orqali amalga oshiriladi. | Deklaratsiyalash tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi, ularning bojxona rejimlari haqidagi toʻgʻri maʼlumotlarni hamda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni belgilangan shaklda (ogʻzaki, yozma, elektron) maʼlum qilish orqali amalga oshiriladi. |
255-modda. Bojxona deklaratsiyasi | 255-modda. Bojxona deklaratsiyasi |
Bojxona nazorati maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat bojxona deklaratsiyasidir. | Bojxona nazorati maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat bojxona deklaratsiyasidir. |
Bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxati bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va undirish, bojxona statistikasini shakllantirish va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash maqsadi uchun zarur maʼlumotlar bilangina cheklanadi. Bojxona deklaratsiyasidan bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta nazorati maqsadlari uchun hisobga olish hujjati sifatida foydalanilgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasida shu maqsad uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. | Bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxati bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va undirish, bojxona statistikasini shakllantirish va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash maqsadi uchun zarur maʼlumotlar bilangina cheklanadi. Bojxona deklaratsiyasidan bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta nazorati maqsadlari uchun hisobga olish hujjati sifatida foydalanilgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasida shu maqsad uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. |
Bojxona deklaratsiyalarining shakli, ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlarning roʻyxati, ularni bojxona organlariga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona deklaratsiyalarining shakli, ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlarning roʻyxati, ularni bojxona organlariga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
256-modda. Bojxona deklaratsiyalarining turlari | 256-modda. Bojxona deklaratsiyalarining turlari |
Tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotganida bojxona deklaratsiyalarining quyidagi turlari qoʻllaniladi: | Tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotganida bojxona deklaratsiyalarining quyidagi turlari qoʻllaniladi: |
transport vositasi uchun deklaratsiya; | transport vositasi uchun deklaratsiya; |
tranzit deklaratsiyasi; | tranzit deklaratsiyasi; |
bojxona yuk deklaratsiyasi; | bojxona yuk deklaratsiyasi; |
yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi. | yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi. |
257-modda. Transport vositasi uchun deklaratsiya | 257-modda. Transport vositasi uchun deklaratsiya |
Transport vositasi uchun deklaratsiya transport vositasi, uning yoʻnalishi, tashilayotgan tovarlar, ekipaj va yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasining kelishi yoki ketishi toʻgʻrisidagi hujjatdir. Bojxona organlari tashuvchining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hujjatlarini transport vositasi uchun deklaratsiya sifatida qabul qiladi. Transport vositasi uchun deklaratsiya tashuvchi tomonidan taqdim etiladi. | Transport vositasi uchun deklaratsiya transport vositasi, uning yoʻnalishi, tashilayotgan tovarlar, ekipaj va yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasining kelishi yoki ketishi toʻgʻrisidagi hujjatdir. Bojxona organlari tashuvchining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hujjatlarini transport vositasi uchun deklaratsiya sifatida qabul qiladi. Transport vositasi uchun deklaratsiya tashuvchi tomonidan taqdim etiladi. |
2571-modda. Tranzit deklaratsiyasi | 2571-modda. Tranzit deklaratsiyasi |
Tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib oʻtiladigan tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir. | Tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib oʻtiladigan tovarlarini joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir. |
Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga elektron tarzda taqdim etiladi. | Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga elektron tarzda taqdim etiladi. |
258-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasi | 258-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasi |
Bojxona yuk deklaratsiyasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi toʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatdir. Bojxona yuk deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qogʻozda yozma shaklda taqdim etiladi. Deklaratsiyalash qogʻozda yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holatlar, tovarlar va bojxona tartib-taomillari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar qogʻozda yozma shaklda deklaratsiyalangan taqdirda bunday deklaratsiya uning elektron nusxasi taqdim etilgan holda topshirilishi kerak. | Bojxona yuk deklaratsiyasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi toʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatdir. Bojxona yuk deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qogʻozda yozma shaklda taqdim etiladi. Deklaratsiyalash qogʻozda yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holatlar, tovarlar va bojxona tartib-taomillari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar qogʻozda yozma shaklda deklaratsiyalangan taqdirda bunday deklaratsiya uning elektron nusxasi taqdim etilgan holda topshirilishi kerak. |
Bojxona yuk deklaratsiyasi dastlabki deklaratsiyalash chogʻida, shuningdek qisqa, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida qoʻllanilishi mumkin. | Bojxona yuk deklaratsiyasi dastlabki deklaratsiyalash chogʻida, shuningdek qisqa, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida qoʻllanilishi mumkin. |
259-modda. Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi | 259-modda. Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi |
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan, deklaratsiyalanadigan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtayotgan jismoniy shaxs tomonidan toʻldiriladigan va bojxona organiga taqdim etiladigan hujjatdir. | Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan, deklaratsiyalanadigan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtayotgan jismoniy shaxs tomonidan toʻldiriladigan va bojxona organiga taqdim etiladigan hujjatdir. |
260-modda. Deklaratsiyalash usullari | 260-modda. Deklaratsiyalash usullari |
Tovarlarni deklaratsiyalash: | Tovarlarni deklaratsiyalash: |
a) ogʻzaki shaklda: | a) ogʻzaki shaklda: |
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda; | jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda; |
qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi; | qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi; |
b) yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasidan foydalanilgan holda: | b) yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasidan foydalanilgan holda: |
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining; | jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining; |
jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarning, bundan avtotransport vositalari mustasno; | jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarning, bundan avtotransport vositalari mustasno; |
jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarning; | jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarning; |
ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining; | ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining; |
qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi; | qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi; |
qonunchilikka muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarning; | qonunchilikka muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarning; |
v) bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda: | v) bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda: |
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarning, bundan ushbu moddaning “g” bandida nazarda tutilgan hollar mustasno; | yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarning, bundan ushbu moddaning “g” bandida nazarda tutilgan hollar mustasno; |
jismoniy shaxslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining; | jismoniy shaxslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining; |
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining, bundan ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno; | jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining, bundan ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno; |
g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda: | g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda: |
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib oʻtilayotgan va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar mustasno; | yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib oʻtilayotgan va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar mustasno; |
xorijdagi koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan, ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni olib chiqishda, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; | xorijdagi koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan, ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni olib chiqishda, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; |
qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmogʻida onlayn doʻkonlari orqali eksport qilish chogʻida amalga oshiriladi. | qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmogʻida onlayn doʻkonlari orqali eksport qilish chogʻida amalga oshiriladi. |
d) ushbu moddaning “b”, “v” va “g” bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan foydalangan holda — elektron shaklda; | d) ushbu moddaning “b”, “v” va “g” bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan foydalangan holda — elektron shaklda; |
261-modda. Bojxona deklaratsiyasini berish muddati | 261-modda. Bojxona deklaratsiyasini berish muddati |
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi, bundan ushbu Kodeksning 22, 23 va 25-boblarida nazarda tutilgan hollar mustasno. | Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi, bundan ushbu Kodeksning 22, 23 va 25-boblarida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Agar bojxona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojxona organi ishlamaydigan kunga toʻgʻri kelib qolsa, bojxona organining navbatdagi ish kuni shu muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi. | Agar bojxona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojxona organi ishlamaydigan kunga toʻgʻri kelib qolsa, bojxona organining navbatdagi ish kuni shu muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi. |
Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar yoki kesib oʻtish vaqtida beriladi. | Tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar yoki kesib oʻtish vaqtida beriladi. |
Olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib ketilguniga qadar beriladi. | Olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib ketilguniga qadar beriladi. |
Tovarlarning oʻzini olib chiqmasdan yoki ularni olib kirmasdan bojxona rejimi oʻzgartiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasi avvalgi bojxona rejimi tugallanguniga qadar beriladi. | Tovarlarning oʻzini olib chiqmasdan yoki ularni olib kirmasdan bojxona rejimi oʻzgartiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasi avvalgi bojxona rejimi tugallanguniga qadar beriladi. |
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda qoʻl yukida va kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojxona deklaratsiyasi tovarlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi. | Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda qoʻl yukida va kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojxona deklaratsiyasi tovarlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi. |
Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtganidan soʻng uch soatdan kechiktirmay deklaratsiyalanadi, bojxona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa bojxona chegarasini kesib oʻtishdan kamida uch soat oldin deklaratsiyalanadi. | Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtganidan soʻng uch soatdan kechiktirmay deklaratsiyalanadi, bojxona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa bojxona chegarasini kesib oʻtishdan kamida uch soat oldin deklaratsiyalanadi. |
262-modda. Dastlabki deklaratsiyalash | 262-modda. Dastlabki deklaratsiyalash |
Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash boʻlib, u deklarantning xohishiga koʻra qoʻllanilishi mumkin. | Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash boʻlib, u deklarantning xohishiga koʻra qoʻllanilishi mumkin. |
Agar bojxona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanish nazarda tutilsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinadi va, zarur boʻlgan hollarda, tovarlar bojxona hududiga yetib kelganidan keyin bojxona organi hujjatlarning koʻchirma nusxalarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni hujjatlarning asl nusxasidagi maʼlumotlar bilan taqqoslaydi. | Agar bojxona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanish nazarda tutilsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinadi va, zarur boʻlgan hollarda, tovarlar bojxona hududiga yetib kelganidan keyin bojxona organi hujjatlarning koʻchirma nusxalarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni hujjatlarning asl nusxasidagi maʼlumotlar bilan taqqoslaydi. |
Tovarlar bojxona hududiga kelguniga qadar maʼlumotlarni taqqoslash tugallanganidan va tegishli bojxona toʻlovlari toʻlanganidan yoki ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminoti taqdim etilganidan keyin dastlabki bojxona deklaratsiyasidan tovarlarga bojxona operatsiyalari qoʻllanilishi uchun zarur yagona hujjat sifatida foydalaniladi, bundan deklaratsiyada barcha zarur maʼlumotlarning koʻrsatilmaganligi va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi hollari mustasno. | Tovarlar bojxona hududiga kelguniga qadar maʼlumotlarni taqqoslash tugallanganidan va tegishli bojxona toʻlovlari toʻlanganidan yoki ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminoti taqdim etilganidan keyin dastlabki bojxona deklaratsiyasidan tovarlarga bojxona operatsiyalari qoʻllanilishi uchun zarur yagona hujjat sifatida foydalaniladi, bundan deklaratsiyada barcha zarur maʼlumotlarning koʻrsatilmaganligi va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi hollari mustasno. |
Agar dastlabki bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida unda koʻrsatilgan tovarlar bojxona organiga taqdim etilmagan boʻlsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi. | Agar dastlabki bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida unda koʻrsatilgan tovarlar bojxona organiga taqdim etilmagan boʻlsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi. |
263-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlar | 263-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlar |
Bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga zarur hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasida va taqdim etilgan boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan axborotni tekshirish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli. Mazkur hujjatlarning va qoʻshimcha maʼlumotlarning roʻyxati bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi. | Bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga zarur hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasida va taqdim etilgan boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan axborotni tekshirish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli. Mazkur hujjatlarning va qoʻshimcha maʼlumotlarning roʻyxati bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi. |
Bojxona organiga xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin. | Bojxona organiga xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin. |
Bojxona organi yetishmayotgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilaydi. | Bojxona organi yetishmayotgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilaydi. |
264-modda. Bojxona deklaratsiyasini qabul qilish | 264-modda. Bojxona deklaratsiyasini qabul qilish |
Bojxona organi bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. | Bojxona organi bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. |
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. | Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. |
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi. | Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi. |
265-modda. Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish | 265-modda. Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish |
Bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga deklarant tomonidan oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi, topshirilgan bojxona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin. | Bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga deklarant tomonidan oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi, topshirilgan bojxona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin. |
Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish deklaratsiya qabul qilinguniga qadar amalga oshirilishi mumkin. | Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish deklaratsiya qabul qilinguniga qadar amalga oshirilishi mumkin. |
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan soʻng oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojxona organiga murojaat etganidan keyin yoki bojxona organining talabiga koʻra amalga oshiriladi. | Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan soʻng oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojxona organiga murojaat etganidan keyin yoki bojxona organining talabiga koʻra amalga oshiriladi. |
Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish uning amal qilish doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin emas. | Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish uning amal qilish doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin emas. |
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari oʻz tashabbusi bilan, deklarantning yoki uchinchi shaxslarning topshirigʻiga yoki iltimosiga koʻra yozma bojxona deklaratsiyasini toʻldirishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzgartirishga yoki ularga qoʻshimcha kiritishga haqli emas, bundan bojxona organlarining vakolatiga kiritilgan maʼlumotlarni bojxona deklaratsiyasiga kiritish, shuningdek, agar mashinada ishlov berish uchun foydalaniladigan kodli maʼlumotlar bojxona deklaratsiyasida kodsiz tarzda mavjud boʻlsa, kodli maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki ularga qoʻshimcha kiritish mustasno. | Bojxona organlarining mansabdor shaxslari oʻz tashabbusi bilan, deklarantning yoki uchinchi shaxslarning topshirigʻiga yoki iltimosiga koʻra yozma bojxona deklaratsiyasini toʻldirishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzgartirishga yoki ularga qoʻshimcha kiritishga haqli emas, bundan bojxona organlarining vakolatiga kiritilgan maʼlumotlarni bojxona deklaratsiyasiga kiritish, shuningdek, agar mashinada ishlov berish uchun foydalaniladigan kodli maʼlumotlar bojxona deklaratsiyasida kodsiz tarzda mavjud boʻlsa, kodli maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki ularga qoʻshimcha kiritish mustasno. |
266-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi | 266-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi |
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan va tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin, bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organining talabi bilan yoki vakolatli shaxsning arizasiga koʻra oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish mumkin. | Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan va tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin, bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organining talabi bilan yoki vakolatli shaxsning arizasiga koʻra oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish mumkin. |
Agar bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan koʻrsatilgan sabablarni asosli deb topsa, bojxona yuk deklaratsiyasi tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Olib chiqilayotgan tovarlarga doir bojxona yuk deklaratsiyasi ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin. | Agar bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan koʻrsatilgan sabablarni asosli deb topsa, bojxona yuk deklaratsiyasi tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Olib chiqilayotgan tovarlarga doir bojxona yuk deklaratsiyasi ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin. |
Elektron shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish bojxona yuk deklaratsiyasiga tuzatishlar kiritish shaklini rasmiylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Elektron shakldagi bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish bojxona yuk deklaratsiyasiga tuzatishlar kiritish shaklini rasmiylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Bojxona yuk deklaratsiyalariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish, ularni qaytarib olish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan ushbu moddaga muvofiq belgilanadi. | Bojxona yuk deklaratsiyalariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish, ularni qaytarib olish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan ushbu moddaga muvofiq belgilanadi. |
267-modda. Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi | 267-modda. Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi |
Tovarlar va transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar, shu jumladan bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi qoʻllaniladi. | Tovarlar va transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar, shu jumladan bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi qoʻllaniladi. |
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tashuvchi yoki vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovar bojxona hududiga yetib kelgan joyda tovarni taqdim etish yoki tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarni yetkazib berish bilan bir vaqtda beriladi. Agar tashuvchi yoki vakolatli shaxs uni toʻldirish uchun barcha zarur hujjatlarga ega boʻlmasa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar taqdim etilgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay tashuvchi yoki vakolatli shaxsning arizasi asosida beriladi. | Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tashuvchi yoki vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovar bojxona hududiga yetib kelgan joyda tovarni taqdim etish yoki tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarni yetkazib berish bilan bir vaqtda beriladi. Agar tashuvchi yoki vakolatli shaxs uni toʻldirish uchun barcha zarur hujjatlarga ega boʻlmasa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar taqdim etilgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay tashuvchi yoki vakolatli shaxsning arizasi asosida beriladi. |
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida transport, tijorat hujjatlaridan, shu jumladan xalqaro tashishlar amalga oshirilayotganda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan va quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlardan foydalaniladi: | Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida transport, tijorat hujjatlaridan, shu jumladan xalqaro tashishlar amalga oshirilayotganda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan va quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlardan foydalaniladi: |
transport hujjatlariga muvofiq tovarni joʻnatuvchining (qabul qiluvchining) nomi va joylashgan yeri; | transport hujjatlariga muvofiq tovarni joʻnatuvchining (qabul qiluvchining) nomi va joylashgan yeri; |
tovar joʻnatilgan mamlakat va kelib tushadigan mamlakat; | tovar joʻnatilgan mamlakat va kelib tushadigan mamlakat; |
tovarning nomi; | tovarning nomi; |
tovarning miqdori, shu jumladan tovarlarning brutto/netto ogʻirligi (kilogrammlarda) yoki tovarlarning hajmi (metr kublarda); | tovarning miqdori, shu jumladan tovarlarning brutto/netto ogʻirligi (kilogrammlarda) yoki tovarlarning hajmi (metr kublarda); |
yuk joylarining soni, tovarning oʻrash-joylash hamda tamgʻalash xususiyati va usullari; | yuk joylarining soni, tovarning oʻrash-joylash hamda tamgʻalash xususiyati va usullari; |
tovarning faktura (maʼlum qilingan) qiymati; | tovarning faktura (maʼlum qilingan) qiymati; |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning kamida oltita belgi darajasidagi tasnifiy kodi haqidagi maʼlumotlar. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning kamida oltita belgi darajasidagi tasnifiy kodi haqidagi maʼlumotlar. |
268-modda. Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi | 268-modda. Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi |
Tovarlar bojxona chegarasi orqali quvur transportida yoxud elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotganda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini berish yoʻli bilan tovarlarni dastlabki tarzda deklaratsiyalashga yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar bojxona chegarasi orqali bojxona organi tomonidan belgilangan muddatlarda amalda olib oʻtilganidan keyin deklarant yoki bojxona brokeri bojxona yuk deklaratsiyasini berishi shart. | Tovarlar bojxona chegarasi orqali quvur transportida yoxud elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotganda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini berish yoʻli bilan tovarlarni dastlabki tarzda deklaratsiyalashga yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar bojxona chegarasi orqali bojxona organi tomonidan belgilangan muddatlarda amalda olib oʻtilganidan keyin deklarant yoki bojxona brokeri bojxona yuk deklaratsiyasini berishi shart. |
Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning chamalangan miqdorida olib oʻtish maqsadlaridan, bojxona chegarasidan olib oʻtish rejalashtirilayotgan tovarlarning miqdoriga va (yoki) tovarning kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlarida nazarda tutilgan bahosini aniqlash tartibiga, shuningdek tovarlarning taxminiy sifatiga koʻra aniqlanadigan shartli bojxona qiymatidan (bahosidan) kelib chiqqan holda maʼlumotlarni bayon etishga yoʻl qoʻyiladi. | Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning chamalangan miqdorida olib oʻtish maqsadlaridan, bojxona chegarasidan olib oʻtish rejalashtirilayotgan tovarlarning miqdoriga va (yoki) tovarning kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlarida nazarda tutilgan bahosini aniqlash tartibiga, shuningdek tovarlarning taxminiy sifatiga koʻra aniqlanadigan shartli bojxona qiymatidan (bahosidan) kelib chiqqan holda maʼlumotlarni bayon etishga yoʻl qoʻyiladi. |
269-modda. Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi | 269-modda. Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi |
Agar deklarant yoki bojxona brokeri oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra deklaratsiyani toʻldirish uchun barcha zarur axborotga ega boʻlmasa, toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi tovarni identifikatsiyalash imkoniyati boʻlishi sharti bilan berilishi mumkin. | Agar deklarant yoki bojxona brokeri oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra deklaratsiyani toʻldirish uchun barcha zarur axborotga ega boʻlmasa, toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi tovarni identifikatsiyalash imkoniyati boʻlishi sharti bilan berilishi mumkin. |
Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining “v”, “d” va “e” bandlarida koʻrsatilgan hollarda berilishi mumkin. | Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining “v”, “d” va “e” bandlarida koʻrsatilgan hollarda berilishi mumkin. |
Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasiga deklarant yoki bojxona brokeri, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda alohida maʼlumotlarni taqdim etish uchun boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda yetishmagan maʼlumotlarni va lozim darajada toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish haqidagi yozma majburiyatni ilova qiladi. | Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasiga deklarant yoki bojxona brokeri, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda alohida maʼlumotlarni taqdim etish uchun boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda yetishmagan maʼlumotlarni va lozim darajada toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish haqidagi yozma majburiyatni ilova qiladi. |
Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi qoʻllanilgan holda deklaratsiyalashda lozim darajada toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi avval boshda berilganidagi kabi bojxona organlarining zimmasiga qonunchilikning qaysi talablari va shartlari bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan boʻlsa, oʻsha talablar va shartlar, shu jumladan bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi qoʻllaniladi. | Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi qoʻllanilgan holda deklaratsiyalashda lozim darajada toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi avval boshda berilganidagi kabi bojxona organlarining zimmasiga qonunchilikning qaysi talablari va shartlari bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan boʻlsa, oʻsha talablar va shartlar, shu jumladan bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi qoʻllaniladi. |
270-modda. Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi | 270-modda. Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi |
Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovar kodining oʻnta belgili darajasi bir xil boʻlgan tovarlar ayni bir shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali muntazam ravishda olib oʻtilgan taqdirda qoʻllaniladi. | Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovar kodining oʻnta belgili darajasi bir xil boʻlgan tovarlar ayni bir shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali muntazam ravishda olib oʻtilgan taqdirda qoʻllaniladi. |
Ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib oʻtish deganda, mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan koʻp marta bitta yuk joʻnatuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib oʻtilishi tushuniladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojxona yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng koʻp muddati yoki bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas. | Ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib oʻtish deganda, mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan koʻp marta bitta yuk joʻnatuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib oʻtilishi tushuniladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojxona yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng koʻp muddati yoki bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas. |
38-bob. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish | 38-bob. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish |
271-modda. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish asoslari | 271-modda. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish asoslari |
Quyidagi shartlarga rioya etilishi tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish uchun asos boʻladi: | Quyidagi shartlarga rioya etilishi tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish uchun asos boʻladi: |
bojxona rasmiylashtiruvi va tovarlarni tekshirish vaqtida qonunchilik buzilganligi bojxona organlari tomonidan aniqlanmaganda; | bojxona rasmiylashtiruvi va tovarlarni tekshirish vaqtida qonunchilik buzilganligi bojxona organlari tomonidan aniqlanmaganda; |
bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, sertifikatlar, boshqa davlat organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda, bundan shunday hujjatlarning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilganidan keyin taqdim etilishi hollari mustasno; | bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, sertifikatlar, boshqa davlat organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda, bundan shunday hujjatlarning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilganidan keyin taqdim etilishi hollari mustasno; |
tovarlarni va transport vositalarini tanlangan bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlariga deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan (agar bojxona brokeri bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni shartnoma asosida bajarayotgan boʻlsa) rioya etilganda; | tovarlarni va transport vositalarini tanlangan bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlariga deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan (agar bojxona brokeri bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni shartnoma asosida bajarayotgan boʻlsa) rioya etilganda; |
tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanganda yoxud ularning toʻlanishini taʼminlash taqdim etilganda. | tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanganda yoxud ularning toʻlanishini taʼminlash taqdim etilganda. |
Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish bojxona organlari mansabdor shaxslarining ishtirokisiz, bojxona organlarining axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. | Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish bojxona organlari mansabdor shaxslarining ishtirokisiz, bojxona organlarining axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. |
2711-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanganda tovarlarni chiqarib yuborish | 2711-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanganda tovarlarni chiqarib yuborish |
Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojxona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni chiqarib yuborish, basharti bojxona yuk deklaratsiyasida hisoblangan miqdordagi bojxona toʻlovlari toʻlangan va bojxona ekspertizasi natijalariga koʻra qoʻshimcha ravishda toʻlanishi lozim boʻlgan miqdordagi bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminoti taqdim etilgan boʻlsa, bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. | Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojxona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni chiqarib yuborish, basharti bojxona yuk deklaratsiyasida hisoblangan miqdordagi bojxona toʻlovlari toʻlangan va bojxona ekspertizasi natijalariga koʻra qoʻshimcha ravishda toʻlanishi lozim boʻlgan miqdordagi bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminoti taqdim etilgan boʻlsa, bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. |
Tovarlarga nisbatan taqiqlar va cheklovlar qoʻllanilishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar bojxona organlari tomonidan aniqlangan va ularga rioya qilinganligini isbotlovchi dalillar deklarant tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, tovarlar chiqarib yuborilmaydi. | Tovarlarga nisbatan taqiqlar va cheklovlar qoʻllanilishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar bojxona organlari tomonidan aniqlangan va ularga rioya qilinganligini isbotlovchi dalillar deklarant tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, tovarlar chiqarib yuborilmaydi. |
272-modda. Tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborish | 272-modda. Tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborish |
Ushbu Kodeksning 251-moddasida koʻrsatilgan tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalar yakunlanguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin: | Ushbu Kodeksning 251-moddasida koʻrsatilgan tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalar yakunlanguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin: |
tovarlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etilganda; | tovarlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etilganda; |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq radioaktiv materiallarni chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, sertifikatlar, tegishli davlat organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda; | Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq radioaktiv materiallarni chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, sertifikatlar, tegishli davlat organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda; |
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminlanganda; | ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminlanganda; |
tovarlar chiqarib yuborilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini berish haqida yoki bojxona rasmiylashtiruvini tugatish toʻgʻrisida yozma majburiyat taqdim etilganda. | tovarlar chiqarib yuborilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini berish haqida yoki bojxona rasmiylashtiruvini tugatish toʻgʻrisida yozma majburiyat taqdim etilganda. |
Bojxona yuk deklaratsiyasi berilguniga qadar chiqarib yuborilgan tez buziladigan tovarlardan hamda tirik hayvonlardan foydalanish va ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan sotish yoki boshqacha tarzda oʻzga shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi. | Bojxona yuk deklaratsiyasi berilguniga qadar chiqarib yuborilgan tez buziladigan tovarlardan hamda tirik hayvonlardan foydalanish va ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan sotish yoki boshqacha tarzda oʻzga shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi. |
273-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish | 273-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi aniqlangan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ish yurituv tugallanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin, basharti: | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi aniqlangan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ish yurituv tugallanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin, basharti: |
tovarlar qonunchilikka muvofiq olib qoʻyilmagan yoki xatlanmagan boʻlsa; | tovarlar qonunchilikka muvofiq olib qoʻyilmagan yoki xatlanmagan boʻlsa; |
qonunchilikka muvofiq tovarlar musodara qilinishi yoxud davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlmasa; | qonunchilikka muvofiq tovarlar musodara qilinishi yoxud davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlmasa; |
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hisoblanishi mumkin boʻlgan bojxona toʻlovlarini va jarimalarni toʻlash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa undiruv choralari deklarant tomonidan taʼminlangan boʻlsa. | bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hisoblanishi mumkin boʻlgan bojxona toʻlovlarini va jarimalarni toʻlash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa undiruv choralari deklarant tomonidan taʼminlangan boʻlsa. |
VII boʻlim. Deklarant, bojxona brokeri va bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis | VII boʻlim. Deklarant, bojxona brokeri va bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis |
39-bob. Deklarant | 39-bob. Deklarant |
274-modda. Deklarantga qoʻyiladigan talablar | 274-modda. Deklarantga qoʻyiladigan talablar |
Quyidagilar deklarant boʻlishi mumkin: | Quyidagilar deklarant boʻlishi mumkin: |
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi; | 1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi; |
2) chet ellik shaxs: | 2) chet ellik shaxs: |
tovarlarni notijorat maqsadlarda olib oʻtuvchi jismoniy shaxs; | tovarlarni notijorat maqsadlarda olib oʻtuvchi jismoniy shaxs; |
ushbu Kodeksning X boʻlimiga muvofiq bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi shaxs; | ushbu Kodeksning X boʻlimiga muvofiq bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi shaxs; |
Norezidentning qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi; | Norezidentning qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan vakolatxonaga ega boʻlgan shaxs shunday vakolatxonalarning oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish, reeksport qilish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga, shuningdek erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishni maʼlum qilganda; | Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan vakolatxonaga ega boʻlgan shaxs shunday vakolatxonalarning oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish, reeksport qilish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga, shuningdek erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishni maʼlum qilganda; |
tashuvchi tovarlar bojxona nazorati ostida tashilayotganda. | tashuvchi tovarlar bojxona nazorati ostida tashilayotganda. |
3) tovarlar tranzit bojxona rejimida tashilayotganda: | 3) tovarlar tranzit bojxona rejimida tashilayotganda: |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati — temir yoʻl transportida; | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati — temir yoʻl transportida; |
tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi shaxs (haydovchi yoki vakolatli shaxs) — avtomobil transportida. | tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi shaxs (haydovchi yoki vakolatli shaxs) — avtomobil transportida. |
275-modda. Deklarantning huquqlari | 275-modda. Deklarantning huquqlari |
Tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: | Tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: |
bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirish hamda oʻlchash, ularning namunalari va nusxalarini olish; | bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirish hamda oʻlchash, ularning namunalari va nusxalarini olish; |
tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda, bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan namunalar va nusxalar olinayotganda tovarlarning tekshirilishida hozir boʻlish; | tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda, bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan namunalar va nusxalar olinayotganda tovarlarning tekshirilishida hozir boʻlish; |
bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan olingan namunalar va nusxalarni tekshiruvdan oʻtkazish natijalari bilan tanishish; | bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan olingan namunalar va nusxalarni tekshiruvdan oʻtkazish natijalari bilan tanishish; |
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish; | bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish; |
bojxona masalalari boʻyicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish; | bojxona masalalari boʻyicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish; |
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish; | tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish; |
dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash; | dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash; |
deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish; | deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish; |
tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun moʻljallangan bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanish. | tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun moʻljallangan bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanish. |
Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: | Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: |
bojxona organiga taqdim etilgan, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan maʼlumotlarning ishonchliligini isbotlash; | bojxona organiga taqdim etilgan, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan maʼlumotlarning ishonchliligini isbotlash; |
tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zarurati tugʻilganda, basharti tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlasa yoxud bojxona toʻlovlarini toʻlasa, deklaratsiyalangan tovardan bojxona organining ruxsati bilan foydalanish; | tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zarurati tugʻilganda, basharti tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlasa yoxud bojxona toʻlovlarini toʻlasa, deklaratsiyalangan tovardan bojxona organining ruxsati bilan foydalanish; |
tovarning bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish. | tovarning bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish. |
Deklarant qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Deklarant qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
276-modda. Deklarantning majburiyatlari | 276-modda. Deklarantning majburiyatlari |
Deklarant: | Deklarant: |
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashni amalga oshirishi; | tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashni amalga oshirishi; |
bojxona maqsadlari uchun zarur, shu jumladan deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli organlar tomonidan oʻtkaziladigan veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va davlat nazoratining boshqa turlari talablariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni va (yoki) maʼlumotlarni bojxona organiga taqdim etishi; | bojxona maqsadlari uchun zarur, shu jumladan deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli organlar tomonidan oʻtkaziladigan veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va davlat nazoratining boshqa turlari talablariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni va (yoki) maʼlumotlarni bojxona organiga taqdim etishi; |
bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi; | bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi; |
bojxona organining talabiga koʻra tovarlarni tarozida tortishni hamda boshqacha tarzda ularning miqdori va sifatini aniqlashni, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi; | bojxona organining talabiga koʻra tovarlarni tarozida tortishni hamda boshqacha tarzda ularning miqdori va sifatini aniqlashni, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi; |
bojxona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblab chiqarishi; | bojxona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblab chiqarishi; |
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlashi yoki ularning toʻlanishini taʼminlashni taqdim etishi; | ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlashi yoki ularning toʻlanishini taʼminlashni taqdim etishi; |
tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organining talabiga koʻra hozir boʻlishi hamda bojxona organining mansabdor shaxslariga bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda koʻmaklashishi; | tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organining talabiga koʻra hozir boʻlishi hamda bojxona organining mansabdor shaxslariga bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda koʻmaklashishi; |
tovarlar va (yoki) transport vositalari joylashtirilgan bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etishi; | tovarlar va (yoki) transport vositalari joylashtirilgan bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etishi; |
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashda bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, yoʻq qilinganligi, buzilganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlar va oʻrovlar buzilganligi, tovarlar tovarning kuzatuv hujjatlarida va bojxona nazoratining boshqa hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq emasligi aniqlanganligi haqida bojxona organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart. | tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashda bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, yoʻq qilinganligi, buzilganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlar va oʻrovlar buzilganligi, tovarlar tovarning kuzatuv hujjatlarida va bojxona nazoratining boshqa hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq emasligi aniqlanganligi haqida bojxona organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart. |
Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant: | Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant: |
bojxona organiga tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilishi; | bojxona organiga tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilishi; |
tovarning bojxona qiymatini aniqlashga taalluqli maʼlumotlarni bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi shart. | tovarning bojxona qiymatini aniqlashga taalluqli maʼlumotlarni bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi shart. |
Deklarantda tovarning oʻzi maʼlum qilgan bojxona qiymatini aniqlashtirish yoki bojxona organiga qoʻshimcha maʼlumot taqdim etish tufayli yuzaga kelgan xarajatlar deklarantning zimmasida boʻladi. Tovarning bojxona rasmiylashtiruvi muddatining bojxona qiymatini aniqlash bilan bogʻliq tarzda uzaytirilishidan deklarant bojxona toʻlovlarini amalda kechiktirib toʻlash uchun foydalanishi mumkin emas. | Deklarantda tovarning oʻzi maʼlum qilgan bojxona qiymatini aniqlashtirish yoki bojxona organiga qoʻshimcha maʼlumot taqdim etish tufayli yuzaga kelgan xarajatlar deklarantning zimmasida boʻladi. Tovarning bojxona rasmiylashtiruvi muddatining bojxona qiymatini aniqlash bilan bogʻliq tarzda uzaytirilishidan deklarant bojxona toʻlovlarini amalda kechiktirib toʻlash uchun foydalanishi mumkin emas. |
Deklarantning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Deklarantning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
40-bob. Bojxona brokeri | 40-bob. Bojxona brokeri |
277-modda. Bojxona brokerining faoliyati | 277-modda. Bojxona brokerining faoliyati |
Bojxona brokerining faoliyati bojxona operatsiyalarini deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga koʻra va uning nomidan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishdan iborat. | Bojxona brokerining faoliyati bojxona operatsiyalarini deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga koʻra va uning nomidan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishdan iborat. |
Bojxona brokerining deklarant yoki vakolatli shaxs bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. | Bojxona brokerining deklarant yoki vakolatli shaxs bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. |
Bojxona brokerining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi bojxona brokeri va deklarant oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan cheklanishi mumkin emas. | Bojxona brokerining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi bojxona brokeri va deklarant oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan cheklanishi mumkin emas. |
281-modda. Bojxona brokerining huquqlari | 281-modda. Bojxona brokerining huquqlari |
Bojxona brokeri quyidagi huquqlarga ega: | Bojxona brokeri quyidagi huquqlarga ega: |
deklarantdan yoki vakolatli shaxsdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni va maʼlumotlarni, shu jumladan tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlarni va maʼlumotlarni talab qilish va olish; | deklarantdan yoki vakolatli shaxsdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni va maʼlumotlarni, shu jumladan tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlarni va maʼlumotlarni talab qilish va olish; |
bojxona yuk deklaratsiyasini hamda tovarlarni deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish; | bojxona yuk deklaratsiyasini hamda tovarlarni deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish; |
tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda deklaratsiyalash maqsadida bojxona organlarining axborot resurslaridan foydalanish; | tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda deklaratsiyalash maqsadida bojxona organlarining axborot resurslaridan foydalanish; |
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 275-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq deklarantga berilgan huquqlardan foydalanish; | tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 275-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq deklarantga berilgan huquqlardan foydalanish; |
bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni vakolatli shaxs sifatida bajarish; | bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni vakolatli shaxs sifatida bajarish; |
bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish. | bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish. |
Bojxona brokeri qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Bojxona brokeri qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
282-modda. Bojxona brokerining majburiyatlari | 282-modda. Bojxona brokerining majburiyatlari |
Bojxona brokeri: | Bojxona brokeri: |
deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi oʻz fuqarolik javobgarligini bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida sugʻurtalashi; | deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi oʻz fuqarolik javobgarligini bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida sugʻurtalashi; |
bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organiga bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi; | bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organiga bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi; |
qonunchilikning tovarlarga doir talablariga, taqiqlariga, cheklovlariga rioya etgan holda tovarlarni deklaratsiyalashni amalga oshirishi va bojxona organiga bojxona deklaratsiyasini berishi; | qonunchilikning tovarlarga doir talablariga, taqiqlariga, cheklovlariga rioya etgan holda tovarlarni deklaratsiyalashni amalga oshirishi va bojxona organiga bojxona deklaratsiyasini berishi; |
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilangan deklarantning majburiyatlarini bajarishi; | tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilangan deklarantning majburiyatlarini bajarishi; |
bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organlariga koʻmaklashishi; | bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organlariga koʻmaklashishi; |
tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. | tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Bojxona brokerining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Bojxona brokerining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti bojxona brokerining zimmasiga bojxona rejimining amal qilishini tugallash bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklamaydi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti bojxona brokerining zimmasiga bojxona rejimining amal qilishini tugallash bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklamaydi. |
41-bob. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis | 41-bob. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis |
284-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga qoʻyiladigan talablar | 284-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga qoʻyiladigan talablar |
Bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha ish bajaradigan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisdir. | Bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha ish bajaradigan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisdir. |
286-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning huquqlari | 286-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning huquqlari |
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi huquqlarga ega: | Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi huquqlarga ega: |
a) deklaratsiyalanayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida, tovarlarning namunalari va nusxalari olinayotganda hozir boʻlish; | a) deklaratsiyalanayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida, tovarlarning namunalari va nusxalari olinayotganda hozir boʻlish; |
b) deklaratsiyalanayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirishni, ularni tarozida tortishni va boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashni amalga oshirish, shuningdek bojxona organining ruxsati bilan tovarlarning namunalari va nusxalarini olish; | b) deklaratsiyalanayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirishni, ularni tarozida tortishni va boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashni amalga oshirish, shuningdek bojxona organining ruxsati bilan tovarlarning namunalari va nusxalarini olish; |
v) tovarlardan olingan namunalar va nusxalarning bojxona organlari tomonidan oʻtkazilgan bojxona ekspertizasi (tekshiruvi) natijalari bilan tanishish; | v) tovarlardan olingan namunalar va nusxalarning bojxona organlari tomonidan oʻtkazilgan bojxona ekspertizasi (tekshiruvi) natijalari bilan tanishish; |
g) bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish; | g) bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish; |
d) bojxona masalalari boʻyicha bojxona organlaridan belgilangan tartibda maʼlumotlar va maslahatlar olish; | d) bojxona masalalari boʻyicha bojxona organlaridan belgilangan tartibda maʼlumotlar va maslahatlar olish; |
Dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis quyidagi huquqlarga ham ega: | Dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis quyidagi huquqlarga ham ega: |
a) deklarantning yoki vakolatli shaxsning tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish; | a) deklarantning yoki vakolatli shaxsning tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish; |
b) dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash; | b) dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash; |
v) deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish. | v) deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish. |
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
287-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning majburiyatlari | 287-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning majburiyatlari |
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: | Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: |
a) vakolatli shaxsdan olingan, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish hamda ularni tahlil qilish, shuningdek vakolatli shaxsning tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatlarini tekshirish; | a) vakolatli shaxsdan olingan, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish hamda ularni tahlil qilish, shuningdek vakolatli shaxsning tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatlarini tekshirish; |
b) tovarlarni deklaratsiyalash va bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni berish; | b) tovarlarni deklaratsiyalash va bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni berish; |
v) tovarlarni toʻgʻri deklaratsiyalash, shu jumladan: | v) tovarlarni toʻgʻri deklaratsiyalash, shu jumladan: |
bojxona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblash; | bojxona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblash; |
tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq bojxona maqsadlari uchun toʻgʻri tasniflash; | tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq bojxona maqsadlari uchun toʻgʻri tasniflash; |
tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni toʻgʻri koʻrsatish; | tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni toʻgʻri koʻrsatish; |
tovarlarning miqdorini toʻgʻri koʻrsatish; | tovarlarning miqdorini toʻgʻri koʻrsatish; |
tovarlarning bojxona qiymatini toʻgʻri aniqlash; | tovarlarning bojxona qiymatini toʻgʻri aniqlash; |
g) bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni hamda qoʻshimcha maʼlumotlarni bojxona organiga oʻz vaqtida taqdim etish; | g) bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni hamda qoʻshimcha maʼlumotlarni bojxona organiga oʻz vaqtida taqdim etish; |
d) deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan veterinariya, fitosanitariya nazorati va davlat nazoratining boshqa turlari tugallanganligini qonunchilikda belgilangan hollarda tekshirish; | d) deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan veterinariya, fitosanitariya nazorati va davlat nazoratining boshqa turlari tugallanganligini qonunchilikda belgilangan hollarda tekshirish; |
e) deklarantdan olingan axborotdan faqat bojxona maqsadlari uchun foydalanish; | e) deklarantdan olingan axborotdan faqat bojxona maqsadlari uchun foydalanish; |
j) tovarlarni joʻnatuvchidan, ularni qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmaslik, undan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; | j) tovarlarni joʻnatuvchidan, ularni qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmaslik, undan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; |
z) vakolatli shaxsga bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini tushuntirish; | z) vakolatli shaxsga bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini tushuntirish; |
i) bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgarganligi, buzilganligi, yoʻq qilinganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlari va oʻrovlari buzilganligi, tovarlarning transport, tijorat hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq emasligi va bojxona ishiga taalluqli boʻlgan boshqa shunday holatlar aniqlangan taqdirda bojxona organlarini zudlik bilan xabardor qilish; | i) bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgarganligi, buzilganligi, yoʻq qilinganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlari va oʻrovlari buzilganligi, tovarlarning transport, tijorat hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq emasligi va bojxona ishiga taalluqli boʻlgan boshqa shunday holatlar aniqlangan taqdirda bojxona organlarini zudlik bilan xabardor qilish; |
k) deklaratsiyalanadigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona koʻrigini oʻtkazishda bojxona organining talabiga koʻra ishtirok etish; | k) deklaratsiyalanadigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona koʻrigini oʻtkazishda bojxona organining talabiga koʻra ishtirok etish; |
Tovarlarni tasarruf etish huquqi berilgan taqdirda bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis: | Tovarlarni tasarruf etish huquqi berilgan taqdirda bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis: |
bojxona koʻrigi va rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi; | bojxona koʻrigi va rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi; |
tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanmagan tovarlarga nisbatan ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha shartlarga va cheklovlarga rioya etishi; | tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanmagan tovarlarga nisbatan ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha shartlarga va cheklovlarga rioya etishi; |
deklarantning majburiyatlarini bajarishi va tovarlarni bojxona chegarasi orqali oʻzi mustaqil olib oʻtganidagi kabi javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi shart. | deklarantning majburiyatlarini bajarishi va tovarlarni bojxona chegarasi orqali oʻzi mustaqil olib oʻtganidagi kabi javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi shart. |
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
288-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi | 288-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi |
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan bojxona organlari tomonidan nazorat bevosita bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshiriladi. | Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan bojxona organlari tomonidan nazorat bevosita bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshiriladi. |
Bojxona brokeri yoki oʻz shtatida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis mavjud boʻlgan boshqa yuridik shaxs bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning bojxona organlariga nisbatan majburiyatlarini cheklashi mumkin emas. | Bojxona brokeri yoki oʻz shtatida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis mavjud boʻlgan boshqa yuridik shaxs bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning bojxona organlariga nisbatan majburiyatlarini cheklashi mumkin emas. |
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis va bojxona brokeri yoki boshqa yuridik shaxs oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. | Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis va bojxona brokeri yoki boshqa yuridik shaxs oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. |
VIII boʻlim. Bojxona toʻlovlari | VIII boʻlim. Bojxona toʻlovlari |
42-bob. Asosiy qoidalar | 42-bob. Asosiy qoidalar |
289-modda. Bojxona toʻlovlarining turlari | 289-modda. Bojxona toʻlovlarining turlari |
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona toʻlovlari toʻlanadi: | Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona toʻlovlari toʻlanadi: |
bojxona boji; | bojxona boji; |
qoʻshilgan qiymat soligʻi; | qoʻshilgan qiymat soligʻi; |
aksiz soligʻi; | aksiz soligʻi; |
bojxona yigʻimlari. | bojxona yigʻimlari. |
Qonunchilikda boshqa bojxona toʻlovlari ham belgilanishi mumkin. | Qonunchilikda boshqa bojxona toʻlovlari ham belgilanishi mumkin. |
Ushbu Kodeksning 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi. | Ushbu Kodeksning 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi oʻrniga yagona bojxona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi. |
Bojxona bojlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. | Bojxona bojlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. |
290-modda. Bojxona bojlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi | 290-modda. Bojxona bojlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi |
Bojxona bojlariga import, eksport, alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) va mavsumiy bojxona bojlari kiradi. | Bojxona bojlariga import, eksport, alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) va mavsumiy bojxona bojlari kiradi. |
Import bojxona boji tovar bojxona hududiga olib kirilayotganda toʻlanadi. | Import bojxona boji tovar bojxona hududiga olib kirilayotganda toʻlanadi. |
Eksport bojxona boji tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda toʻlanadi. | Eksport bojxona boji tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda toʻlanadi. |
Alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) bojxona bojlari qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllaniladi. | Alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) bojxona bojlari qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllaniladi. |
Mavsumiy bojxona bojlari tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va bojxona hududidan olib chiqishni tezkor tartibga solib turish uchun qoʻllaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan bojxona bojlarining stavkalari qoʻllanilmaydi. Mavsumiy bojxona bojlarining amal qilish muddati ular belgilangan paytdan eʼtiboran olti oydan oshmasligi kerak. | Mavsumiy bojxona bojlari tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va bojxona hududidan olib chiqishni tezkor tartibga solib turish uchun qoʻllaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan bojxona bojlarining stavkalari qoʻllanilmaydi. Mavsumiy bojxona bojlarining amal qilish muddati ular belgilangan paytdan eʼtiboran olti oydan oshmasligi kerak. |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinadi. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinadi. |
291-modda. Bojxona yigʻimlari | 291-modda. Bojxona yigʻimlari |
Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi: | Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi: |
bojxona rasmiylashtiruvi; | bojxona rasmiylashtiruvi; |
bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi; | bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi; |
tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash; | tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash; |
transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish; | transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish; |
dastlabki qarorni qabul qilish; | dastlabki qarorni qabul qilish; |
intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish; | intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish; |
yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi. | yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojxona rasmiylashtiruvi. |
Bojxona yigʻimlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas. | Bojxona yigʻimlarining miqdori bojxona organlari tomonidan bojxona harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarining taxminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas. |
Bojxona yigʻimlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona yigʻimlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
292-modda. Boj tarifi. Bojxona bojlari qoʻllanilayotgandagi tarif kvotalari | 292-modda. Boj tarifi. Bojxona bojlari qoʻllanilayotgandagi tarif kvotalari |
Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir. | Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir. |
Tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda tovarlarning ayrim turlari uchun tarif kvotalari joriy etilishi mumkin. | Tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda tovarlarning ayrim turlari uchun tarif kvotalari joriy etilishi mumkin. |
Tarif kvotasi muayyan davrda tovarning muayyan miqdorini olib kirish va olib chiqishda bojxona bojining boj tarifiga muvofiq qoʻllaniladigan stavkasiga nisbatan pastroq bojxona boji stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi, tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va undan olib chiqishda boj tarifini tartibga soluvchi choradir. | Tarif kvotasi muayyan davrda tovarning muayyan miqdorini olib kirish va olib chiqishda bojxona bojining boj tarifiga muvofiq qoʻllaniladigan stavkasiga nisbatan pastroq bojxona boji stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi, tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va undan olib chiqishda boj tarifini tartibga soluvchi choradir. |
Belgilangan miqdordan (kvotadan) ortiq miqdorda bojxona hududiga olib kiriladigan va bu hududdan olib chiqiladigan tovarlarga bojxona bojining boj tarifiga muvofiq stavkasi qoʻllaniladi. | Belgilangan miqdordan (kvotadan) ortiq miqdorda bojxona hududiga olib kiriladigan va bu hududdan olib chiqiladigan tovarlarga bojxona bojining boj tarifiga muvofiq stavkasi qoʻllaniladi. |
Tarif kvotalari, ularni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash usullari va tartibi qonunchilikda belgilanadi. | Tarif kvotalari, ularni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash usullari va tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
293-modda. Bojxona toʻlovlari stavkalarining turlari va ularni hisoblab chiqarish tartibi | 293-modda. Bojxona toʻlovlari stavkalarining turlari va ularni hisoblab chiqarish tartibi |
Bojxona toʻlovlari stavkalarining turlari quyidagilardan iborat: | Bojxona toʻlovlari stavkalarining turlari quyidagilardan iborat: |
toʻlov undiriladigan tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavka; | toʻlov undiriladigan tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavka; |
toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavka; | toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavka; |
bojxona toʻlovlari stavkalarining advalor va xos turlarini oʻz ichiga oladigan aralash stavka. | bojxona toʻlovlari stavkalarining advalor va xos turlarini oʻz ichiga oladigan aralash stavka. |
Advalor stavka belgilangan tovar boʻyicha bojxona toʻlovlarining summasi bojxona toʻlovlari advalor stavkasining tovarning bojxona qiymatiga koʻpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi. | Advalor stavka belgilangan tovar boʻyicha bojxona toʻlovlarining summasi bojxona toʻlovlari advalor stavkasining tovarning bojxona qiymatiga koʻpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi. |
Xos stavka belgilangan tovar boʻyicha bojxona toʻlovlarining summasi bojxona toʻlovlarining xos stavkasining tovar miqdoriga koʻpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi. | Xos stavka belgilangan tovar boʻyicha bojxona toʻlovlarining summasi bojxona toʻlovlarining xos stavkasining tovar miqdoriga koʻpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi. |
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka qoʻllanilgan, lekin toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavkadan kam boʻlmagan holda qoʻllanilgan taqdirda, bojxona toʻlovlarining summasi advalor va xos stavkalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan summalarning eng koʻpiga tengdir. | Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka qoʻllanilgan, lekin toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavkadan kam boʻlmagan holda qoʻllanilgan taqdirda, bojxona toʻlovlarining summasi advalor va xos stavkalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan summalarning eng koʻpiga tengdir. |
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka va toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavka qoʻllanilgan taqdirda bojxona toʻlovlarining summasi bojxona toʻlovlarining advalor va xos stavkalari boʻyicha hisoblab chiqarilgan summa yigʻindisiga tengdir. | Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka va toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavka qoʻllanilgan taqdirda bojxona toʻlovlarining summasi bojxona toʻlovlarining advalor va xos stavkalari boʻyicha hisoblab chiqarilgan summa yigʻindisiga tengdir. |
294-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyat | 294-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyat |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyat: | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyat: |
tovar bojxona toʻlovlarini toʻlash nazarda tutilgan bojxona rejimiga joylashtirilganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda; | tovar bojxona toʻlovlarini toʻlash nazarda tutilgan bojxona rejimiga joylashtirilganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda; |
ushbu Kodeksning 201-moddasiga muvofiq tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratini amalga oshirish natijasida bojxona toʻlovlari qoʻshimcha hisoblangan taqdirda yuzaga keladi. | ushbu Kodeksning 201-moddasiga muvofiq tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratini amalga oshirish natijasida bojxona toʻlovlari qoʻshimcha hisoblangan taqdirda yuzaga keladi. |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari hollari aniqlanmagan, erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilmagan yoki boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan quyidagi hollarda bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati yuzaga kelmaydi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlari qaytarilishi lozim: | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari hollari aniqlanmagan, erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilmagan yoki boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan quyidagi hollarda bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati yuzaga kelmaydi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlari qaytarilishi lozim: |
agar bunday tovarlar davlat mulkiga oʻtkazilgan yoki yoʻq qilingan yoxud oʻzining isteʼmol xossalarini yoʻqotish holatiga keltirilgan boʻlsa; | agar bunday tovarlar davlat mulkiga oʻtkazilgan yoki yoʻq qilingan yoxud oʻzining isteʼmol xossalarini yoʻqotish holatiga keltirilgan boʻlsa; |
agar bunday tovarlar avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki qaytarib boʻlmas tarzda yoʻqotilgan boʻlsa. Ushbu yoʻq qilinganlik yoki yoʻqotilganlik holatlari vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak; | agar bunday tovarlar avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki qaytarib boʻlmas tarzda yoʻqotilgan boʻlsa. Ushbu yoʻq qilinganlik yoki yoʻqotilganlik holatlari vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak; |
bunday tovarlar tabiiy ravishda kamaygan taqdirda, bunda tabiiy kamayish holati vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. | bunday tovarlar tabiiy ravishda kamaygan taqdirda, bunda tabiiy kamayish holati vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. |
295-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar | 295-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar |
Bojxona toʻlovlarini toʻlovchi (bundan buyon matnda toʻlovchi deb yuritiladi) quyidagilardan iborat: | Bojxona toʻlovlarini toʻlovchi (bundan buyon matnda toʻlovchi deb yuritiladi) quyidagilardan iborat: |
deklarant; | deklarant; |
bojxona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan boʻlsa; | bojxona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan boʻlsa; |
bojxona omborining, erkin omborning, boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi, tashuvchi, ular tomonidan bojxona rejimlarining qoʻllanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda; | bojxona omborining, erkin omborning, boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi, tashuvchi, ular tomonidan bojxona rejimlarining qoʻllanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda; |
xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, basharti bojxona nazorati ostida boʻlgan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolsa yoki bojxona nazoratisiz berilsa. | xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, basharti bojxona nazorati ostida boʻlgan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolsa yoki bojxona nazoratisiz berilsa. |
Har qanday manfaatdor shaxs toʻlovchi uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashga haqli. | Har qanday manfaatdor shaxs toʻlovchi uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashga haqli. |
43-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va tarif preferensiyalari | 43-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va tarif preferensiyalari |
296-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va tarif preferensiyalari berish | 296-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va tarif preferensiyalari berish |
Ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga tarif imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻini, aksiz soligʻini va bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkin. | Ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga tarif imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻini, aksiz soligʻini va bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkin. |
297-modda. Tarif imtiyozlari | 297-modda. Tarif imtiyozlari |
Tashqi savdo siyosati amalga oshirilayotganda ilgari toʻlangan bojxona bojini qaytarish, bojxona boji stavkasini pasaytirish va bojxona bojini toʻlashdan ozod etish tarzida tarif imtiyozlari berilishiga yoʻl qoʻyiladi. | Tashqi savdo siyosati amalga oshirilayotganda ilgari toʻlangan bojxona bojini qaytarish, bojxona boji stavkasini pasaytirish va bojxona bojini toʻlashdan ozod etish tarzida tarif imtiyozlari berilishiga yoʻl qoʻyiladi. |
Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisbatan beriladi: | Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisbatan beriladi: |
1) xalqaro yoʻnalishda yuklar, bagaj va yoʻlovchilar tashishni amalga oshiradigan transport vositalariga, shuningdek ularning yoʻlda qatnov vaqtida, oraliq toʻxtash punktlarida bir maromda ishlashi uchun zarur boʻlgan yoki transport vositalarida yuz bergan avariyalarga (nosozliklarga) barham berish uchun bojxona hududidan tashqarida olingan moddiy-texnika taʼminoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka; | 1) xalqaro yoʻnalishda yuklar, bagaj va yoʻlovchilar tashishni amalga oshiradigan transport vositalariga, shuningdek ularning yoʻlda qatnov vaqtida, oraliq toʻxtash punktlarida bir maromda ishlashi uchun zarur boʻlgan yoki transport vositalarida yuz bergan avariyalarga (nosozliklarga) barham berish uchun bojxona hududidan tashqarida olingan moddiy-texnika taʼminoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka; |
2) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga, chet el valyutasiga (numizmatika maqsadida ishlatiladigan valyuta bundan mustasno), shuningdek qimmatli qogʻozlarga; | 2) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga, chet el valyutasiga (numizmatika maqsadida ishlatiladigan valyuta bundan mustasno), shuningdek qimmatli qogʻozlarga; |
3) dengizda ov bilan band boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi kemalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ijaraga olingan (fraxt qilingan) kemalarning faoliyatini taʼminlash uchun bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy-texnika taʼminoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka, shuningdek ularning bojxona hududiga olib kiriladigan ov mahsulotiga; | 3) dengizda ov bilan band boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi kemalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ijaraga olingan (fraxt qilingan) kemalarning faoliyatini taʼminlash uchun bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy-texnika taʼminoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka, shuningdek ularning bojxona hududiga olib kiriladigan ov mahsulotiga; |
4) davlat mulkiga aylantirilishi lozim boʻlgan tovarlarga; | 4) davlat mulkiga aylantirilishi lozim boʻlgan tovarlarga; |
5) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kiriladigan tovarlarga; | 5) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kiriladigan tovarlarga; |
6) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaxslar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlarga; | 6) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaxslar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlarga; |
7) uchinchi davlatlar uchun moʻljallangan va bojxona nazorati ostida bojxona hududidan bojxona tranziti bojxona rejimida olib oʻtiladigan tovarlarga; | 7) uchinchi davlatlar uchun moʻljallangan va bojxona nazorati ostida bojxona hududidan bojxona tranziti bojxona rejimida olib oʻtiladigan tovarlarga; |
8) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlarga; | 8) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlarga; |
Bunda Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlar boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilmaydi. | Bunda Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlar boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilmaydi. |
10) chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka; | 10) chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka; |
11) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning oʻz ishlab chiqarish mahsuloti boʻlsa; | 11) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning oʻz ishlab chiqarish mahsuloti boʻlsa; |
12) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlar olib borish uchun moʻljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek investor tomonidan bojxona hududidan olib chiqiladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli boʻlgan mahsulotga; | 12) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlar olib borish uchun moʻljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek investor tomonidan bojxona hududidan olib chiqiladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli boʻlgan mahsulotga; |
13) Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga; | 13) Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga; |
14) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalariga; | 14) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalariga; |
141) maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari; | 141) maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari; |
15) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya hamda paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) takliflari asosida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantiriladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha davlat hamda nodavlat sport-taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun xorijdan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus sport kiyim-boshlari (ekipirovkalari), poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalari uchun belgilangan bojxona boji stavkasining ellik foiziga; | 15) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya hamda paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) takliflari asosida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantiriladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha davlat hamda nodavlat sport-taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun xorijdan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus sport kiyim-boshlari (ekipirovkalari), poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalari uchun belgilangan bojxona boji stavkasining ellik foiziga; |
16) tovarlarni qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda. | 16) tovarlarni qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda. |
298-modda. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar | 298-modda. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq beriladi. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq beriladi. |
299-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar | 299-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar |
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi: | Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi: |
1) bojxona chegarasi orqali begʻaraz, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan texnik koʻmak uchun olib oʻtilayotgan tovarlar; | 1) bojxona chegarasi orqali begʻaraz, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan texnik koʻmak uchun olib oʻtilayotgan tovarlar; |
2) notijorat maqsadlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida olib oʻtiladigan tovarlar; | 2) notijorat maqsadlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida olib oʻtiladigan tovarlar; |
4) bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar rasmiy foydalanishi uchun bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek bojxona hududidan olib chiqiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan tovarlar; | 4) bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar rasmiy foydalanishi uchun bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek bojxona hududidan olib chiqiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan tovarlar; |
5) davlat muzeylarining, axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarining fondlarida va Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan davlatga qarashli boshqa joylarda doimiy saqlanadigan, bojxona hududidan vaqtincha olib chiqiladigan va ushbu hududga qaytarib olib kiriladigan madaniy boyliklar; | 5) davlat muzeylarining, axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarining fondlarida va Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan davlatga qarashli boshqa joylarda doimiy saqlanadigan, bojxona hududidan vaqtincha olib chiqiladigan va ushbu hududga qaytarib olib kiriladigan madaniy boyliklar; |
6) koʻrgazmada namoyish etish uchun davlat muzeylari, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlari va davlatga qarashli Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan boshqa joylar tomonidan bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda koʻrgazmalar va shunga oʻxshash boshqa tadbirlar oʻtkazilganidan keyin qaytarib olib chiqiladigan madaniy boyliklar; | 6) koʻrgazmada namoyish etish uchun davlat muzeylari, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlari va davlatga qarashli Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan boshqa joylar tomonidan bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda koʻrgazmalar va shunga oʻxshash boshqa tadbirlar oʻtkazilganidan keyin qaytarib olib chiqiladigan madaniy boyliklar; |
7) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining harbiy yuklari, shuningdek boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan oʻzga idoralarning harbiy yuklari; | 7) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining harbiy yuklari, shuningdek boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan oʻzga idoralarning harbiy yuklari; |
8) yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarini va undan kam miqdorni tashkil etadigan tovarlar. | 8) yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarini va undan kam miqdorni tashkil etadigan tovarlar. |
300-modda. Tarif preferensiyalari | 300-modda. Tarif preferensiyalari |
Tarif preferensiyalari bojxona bojlarini toʻlashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferensial olib kirish yoki ushbu hududdan preferensial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi. | Tarif preferensiyalari bojxona bojlarini toʻlashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferensial olib kirish yoki ushbu hududdan preferensial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona bojlari qoʻllanilmaydi: | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona bojlari qoʻllanilmaydi: |
Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu davlatlardan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga; | Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu davlatlardan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga; |
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va uning bojxona hududidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarga olib chiqilgan tovarlarga. | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va uning bojxona hududidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarga olib chiqilgan tovarlarga. |
Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida xalqaro shartnoma tuzgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, agar tovar erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma ishtirokchilari boʻlgan davlatlardan birining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan boʻlsa va ushbu shartnoma ishtirokchisi boʻlgan davlatning rezidenti tomonidan shartnoma ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatning bojxona hududidan olib kirilgan boʻlsa, bojxona bojlari qoʻllanilmaydi. Bunda rezident deganda shu davlat hududida tashkil etilgan tashkilot yoxud shu davlat hududida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs tushuniladi. Boshqa hollarda boj tarifiga muvofiq bojxona boji stavkasi qoʻllaniladi. | Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida xalqaro shartnoma tuzgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, agar tovar erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma ishtirokchilari boʻlgan davlatlardan birining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan boʻlsa va ushbu shartnoma ishtirokchisi boʻlgan davlatning rezidenti tomonidan shartnoma ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatning bojxona hududidan olib kirilgan boʻlsa, bojxona bojlari qoʻllanilmaydi. Bunda rezident deganda shu davlat hududida tashkil etilgan tashkilot yoxud shu davlat hududida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs tushuniladi. Boshqa hollarda boj tarifiga muvofiq bojxona boji stavkasi qoʻllaniladi. |
Tarif preferensiyalari ushbu Kodeksning 50-bobi qoidalariga rioya etgan holda beriladi. | Tarif preferensiyalari ushbu Kodeksning 50-bobi qoidalariga rioya etgan holda beriladi. |
3001-modda. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllash | 3001-modda. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllash |
Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari, tovarni joʻnatuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi. | Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari, tovarni joʻnatuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi. |
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha bojxona boji undiriladi: | Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha bojxona boji undiriladi: |
bojxona bojining advalor stavkasi turi oʻn foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — besh foiz; | bojxona bojining advalor stavkasi turi oʻn foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — besh foiz; |
bojxona bojining advalor stavkasi oʻn foizdan yigirma foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn foiz; | bojxona bojining advalor stavkasi oʻn foizdan yigirma foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn foiz; |
bojxona bojining advalor stavkasi yigirma foizdan oʻttiz foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn besh foiz; | bojxona bojining advalor stavkasi yigirma foizdan oʻttiz foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn besh foiz; |
bojxona bojining advalor stavkasi oʻttiz foiz va undan yuqori boʻlgan tovarlarga nisbatan — yigirma foiz. | bojxona bojining advalor stavkasi oʻttiz foiz va undan yuqori boʻlgan tovarlarga nisbatan — yigirma foiz. |
44-bob. Tovarning bojxona qiymati | 44-bob. Tovarning bojxona qiymati |
301-modda. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati | 301-modda. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati |
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir. | Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir. |
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati asosini imkon qadar ushbu Kodeksning 303-moddasida belgilangan mazkur tovarning bitim qiymati tashkil etishi kerak. | Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati asosini imkon qadar ushbu Kodeksning 303-moddasida belgilangan mazkur tovarning bitim qiymati tashkil etishi kerak. |
Ushbu bobning qoidalari Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasida hamda Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimda (Marokash, 1994-yil 15-aprel) belgilangan umumiy prinsiplar va qoidalarga asoslanadi. | Ushbu bobning qoidalari Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasida hamda Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimda (Marokash, 1994-yil 15-aprel) belgilangan umumiy prinsiplar va qoidalarga asoslanadi. |
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak. | Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak. |
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillari umum qoʻllaniladigan boʻlishi kerak, yaʼni ular tovarlarni yetkazib berish manbalariga, shu jumladan tovarlarning kelib chiqishiga, tovarlar turiga, bitim ishtirokchilariga va boshqa omillarga qarab farq qilmasligi kerak. | Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillari umum qoʻllaniladigan boʻlishi kerak, yaʼni ular tovarlarni yetkazib berish manbalariga, shu jumladan tovarlarning kelib chiqishiga, tovarlar turiga, bitim ishtirokchilariga va boshqa omillarga qarab farq qilmasligi kerak. |
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillaridan dempingga qarshi kurashish maqsadida foydalanilmasligi kerak. | Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillaridan dempingga qarshi kurashish maqsadida foydalanilmasligi kerak. |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimi VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimning (Marokash, 1994-yil 15-aprel), shu jumladan ushbu bitimga doir sharhlarning tegishli qoidalaridan, shuningdek Jahon savdo tashkilotining Bojxona baholash qoʻmitasi va Jahon bojxona tashkilotining Bojxona baholash boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan tovarlarning bojxona qiymatiga doir hujjatlardan kelib chiqqan holda bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini tanlashda ushbu bob qoidalarining bir xil qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimi VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimning (Marokash, 1994-yil 15-aprel), shu jumladan ushbu bitimga doir sharhlarning tegishli qoidalaridan, shuningdek Jahon savdo tashkilotining Bojxona baholash qoʻmitasi va Jahon bojxona tashkilotining Bojxona baholash boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan tovarlarning bojxona qiymatiga doir hujjatlardan kelib chiqqan holda bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini tanlashda ushbu bob qoidalarining bir xil qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi. |
302-modda. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari | 302-modda. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari |
Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi: | Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi: |
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha; | olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha; |
aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha; | aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha; |
oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha; | oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha; |
qiymatlarni chegirib tashlash asosida; | qiymatlarni chegirib tashlash asosida; |
qiymatlarni qoʻshish asosida; | qiymatlarni qoʻshish asosida; |
zaxira usul. | zaxira usul. |
Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. | Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. |
Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar ketma-ketlikda qoʻllaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qoʻllanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish usullari teskari ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin. | Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar ketma-ketlikda qoʻllaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qoʻllanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish usullari teskari ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin. |
303-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul | 303-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul |
Olib kiriladigan tovarga doir bitim qiymatiga oid usul olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini bitim qiymati boʻyicha, yaʼni olib kirilayotgan tovar bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan paytda tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan, ushbu Kodeksning 304 va 305-moddalari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narx boʻyicha aniqlashni nazarda tutadi. | Olib kiriladigan tovarga doir bitim qiymatiga oid usul olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini bitim qiymati boʻyicha, yaʼni olib kirilayotgan tovar bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan paytda tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan, ushbu Kodeksning 304 va 305-moddalari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narx boʻyicha aniqlashni nazarda tutadi. |
Olib kiriladigan tovarlar uchun sotib oluvchi tomonidan bevosita sotuvchiga yoki sotuvchining foydasi uchun boshqa shaxsga toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlarning umumiy summasi bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deb hisoblanadi. Bunda toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan har qanday shaklda bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi mumkin. | Olib kiriladigan tovarlar uchun sotib oluvchi tomonidan bevosita sotuvchiga yoki sotuvchining foydasi uchun boshqa shaxsga toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlarning umumiy summasi bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deb hisoblanadi. Bunda toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan har qanday shaklda bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi mumkin. |
Bir bitim doirasida koʻp miqdorda sotib olingan tovarlarning bir qismini deklaratsiyalashda bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deklaratsiyalanadigan tovarlarning miqdori va sotib olingan tovarlarning umumiy miqdori bilan teng nisbatda aniqlanadi. | Bir bitim doirasida koʻp miqdorda sotib olingan tovarlarning bir qismini deklaratsiyalashda bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deklaratsiyalanadigan tovarlarning miqdori va sotib olingan tovarlarning umumiy miqdori bilan teng nisbatda aniqlanadi. |
304-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitim narxiga kiritiladigan xarajatlar | 304-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitim narxiga kiritiladigan xarajatlar |
Olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxiga quyidagi xarajatlar kiritiladi, agar bu xarajatlar bitimning narxiga kiritilmagan boʻlsa: | Olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxiga quyidagi xarajatlar kiritiladi, agar bu xarajatlar bitimning narxiga kiritilmagan boʻlsa: |
a) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar: | a) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar: |
tashish qiymati; | tashish qiymati; |
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari; | tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari; |
sugʻurta qiymati; | sugʻurta qiymati; |
b) sotib oluvchi tomonidan qilingan xarajatlar: | b) sotib oluvchi tomonidan qilingan xarajatlar: |
vositachilik va brokerlik haqlari, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno; | vositachilik va brokerlik haqlari, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno; |
konteynerlar va (yoki) koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning qiymati, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa; | konteynerlar va (yoki) koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning qiymati, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa; |
oʻrov-joylov qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati; | oʻrov-joylov qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati; |
v) sotib oluvchi tomonidan bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita koʻrsatiladigan quyidagi xizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati: | v) sotib oluvchi tomonidan bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita koʻrsatiladigan quyidagi xizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati: |
olib kiriladigan tovarlar qaysi xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) boʻlsa, oʻsha xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar; | olib kiriladigan tovarlar qaysi xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) boʻlsa, oʻsha xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar; |
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar; | olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar; |
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar; | olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar; |
bojxona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar; | bojxona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar; |
g) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar; | g) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar; |
d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, oʻzgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak boʻlgan har qanday qismining qiymati. | d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, oʻzgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak boʻlgan har qanday qismining qiymati. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi. |
Ushbu modda birinchi qismining “v” bandida koʻrsatilgan xarajatlar olib kiriladigan tovarlarni bojxona hududiga olib chiqish uchun ishlab chiqarishga va sotishga qaratilishi kerak. | Ushbu modda birinchi qismining “v” bandida koʻrsatilgan xarajatlar olib kiriladigan tovarlarni bojxona hududiga olib chiqish uchun ishlab chiqarishga va sotishga qaratilishi kerak. |
Ushbu moddada koʻrsatilmagan xarajatlarni bitim narxiga qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Ushbu moddada koʻrsatilmagan xarajatlarni bitim narxiga qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi yetkazib berilganda, bojxona hududiga olib kirilgan tovarlardan har birining bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan xarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport xarajatlarini hisobga olishda esa, tovarlarning ogʻirligiga yoxud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. | Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi yetkazib berilganda, bojxona hududiga olib kirilgan tovarlardan har birining bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan xarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport xarajatlarini hisobga olishda esa, tovarlarning ogʻirligiga yoxud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. |
305-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar | 305-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar |
Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar, basharti ular bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan ajratib olingan boʻlsa, chiqarib tashlanadi: | Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar, basharti ular bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan ajratib olingan boʻlsa, chiqarib tashlanadi: |
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari; | sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari; |
tovar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin qilinadigan transport xarajatlari; | tovar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin qilinadigan transport xarajatlari; |
tovarni olib kirish yoki sotish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari va boshqa toʻlovlar, agar kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga koʻra bu toʻlovlar sotuvchi tomonidan toʻlansa. | tovarni olib kirish yoki sotish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari va boshqa toʻlovlar, agar kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga koʻra bu toʻlovlar sotuvchi tomonidan toʻlansa. |
Bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari mustasno, tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi. | Bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari mustasno, tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi. |
Olib kiriladigan tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga tegishli boʻlib, sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga oʻtkaziladigan dividendlar yoki boshqa toʻlovlar, agar ular olib kiriladigan tovarlar bilan bogʻliq boʻlmasa, olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga kiritilmaydi. | Olib kiriladigan tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga tegishli boʻlib, sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga oʻtkaziladigan dividendlar yoki boshqa toʻlovlar, agar ular olib kiriladigan tovarlar bilan bogʻliq boʻlmasa, olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga kiritilmaydi. |
306-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuldan foydalanish boʻyicha cheklovlar | 306-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuldan foydalanish boʻyicha cheklovlar |
Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuldan quyidagi hollarda bojxona qiymatini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin emas, agar: | Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuldan quyidagi hollarda bojxona qiymatini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin emas, agar: |
sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga boʻlgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlsa, bundan qonunchilikda belgilangan cheklovlar yoxud tovar qayta sotilishi mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar mustasno; | sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga boʻlgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlsa, bundan qonunchilikda belgilangan cheklovlar yoxud tovar qayta sotilishi mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar mustasno; |
tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega boʻlmagan bitim boʻyicha olib kirilgan boʻlsa; | tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega boʻlmagan bitim boʻyicha olib kirilgan boʻlsa; |
sotish yoki bitimning bahosi taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari); | sotish yoki bitimning bahosi taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari); |
tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtsa va bunda tovarning qiymatiga ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin boʻlmasa; | tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtsa va bunda tovarning qiymatiga ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin boʻlmasa; |
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlmasa; | tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlmasa; |
bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa, bundan ularning oʻzaro bogʻliqligi bitimning bahosiga taʼsir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim. | bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa, bundan ularning oʻzaro bogʻliqligi bitimning bahosiga taʼsir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim. |
307-modda. Oʻzaro bogʻliq shaxslar | 307-modda. Oʻzaro bogʻliq shaxslar |
Oʻzaro bogʻliq shaxslar deganda quyidagi belgilarning hech boʻlmaganda bittasiga mos keladigan shaxslar tushuniladi: | Oʻzaro bogʻliq shaxslar deganda quyidagi belgilarning hech boʻlmaganda bittasiga mos keladigan shaxslar tushuniladi: |
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) yoki bitim taraflaridan birining mansabdor shaxsi ayni vaqtda bitim boshqa tarafining mansabdor shaxsi boʻlsa; | bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) yoki bitim taraflaridan birining mansabdor shaxsi ayni vaqtda bitim boshqa tarafining mansabdor shaxsi boʻlsa; |
bitim taraflari yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar boʻlsa; | bitim taraflari yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar boʻlsa; |
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) boshqa taraf bilan mehnat munosabatlari boʻyicha bogʻliq boʻlsa; | bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) boshqa taraf bilan mehnat munosabatlari boʻyicha bogʻliq boʻlsa; |
bitim taraflarining biri bitim boshqa ishtirokchisining ustav fondida (ustav kapitalida) ovoz berish huquqi bilan ustav fondining (ustav kapitalining) kamida besh foizini tashkil etuvchi hissaga (payga) egalik qilsa yoki aksiyalarining egasi boʻlsa; | bitim taraflarining biri bitim boshqa ishtirokchisining ustav fondida (ustav kapitalida) ovoz berish huquqi bilan ustav fondining (ustav kapitalining) kamida besh foizini tashkil etuvchi hissaga (payga) egalik qilsa yoki aksiyalarining egasi boʻlsa; |
bitimning har ikkala tarafi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs tomonidan nazorat qilinayotgan boʻlsa; | bitimning har ikkala tarafi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs tomonidan nazorat qilinayotgan boʻlsa; |
bitimning taraflari bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxsni nazorat qilayotgan boʻlsa; | bitimning taraflari bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxsni nazorat qilayotgan boʻlsa; |
bitimning bir tarafi va (yoki) uning mansabdor shaxsi bevosita yoki bilvosita bitimning ikkinchi tarafini nazorat qilayotgan boʻlsa; | bitimning bir tarafi va (yoki) uning mansabdor shaxsi bevosita yoki bilvosita bitimning ikkinchi tarafini nazorat qilayotgan boʻlsa; |
bitim taraflari va (yoki) ularning mansabdor shaxslari qarindosh boʻlsa. | bitim taraflari va (yoki) ularning mansabdor shaxslari qarindosh boʻlsa. |
Shartnoma munosabatlarining taraflari boʻlgan, foyda olish maqsadida faoliyatni amalga oshiradigan hamda ushbu faoliyat davomida barcha xarajatlarni va zararlarni birgalikda oʻz zimmasiga oladigan vakolatli shaxslar yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar deb hisoblanadi. Agar bunday shaxslardan biri boshqasining yagona agenti yoki yagona distribyutori yoxud yagona konsessioneri boʻlsa, ular ushbu moddaning maqsadlari uchun oʻzaro bogʻliq deb hisoblanadi. | Shartnoma munosabatlarining taraflari boʻlgan, foyda olish maqsadida faoliyatni amalga oshiradigan hamda ushbu faoliyat davomida barcha xarajatlarni va zararlarni birgalikda oʻz zimmasiga oladigan vakolatli shaxslar yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar deb hisoblanadi. Agar bunday shaxslardan biri boshqasining yagona agenti yoki yagona distribyutori yoxud yagona konsessioneri boʻlsa, ular ushbu moddaning maqsadlari uchun oʻzaro bogʻliq deb hisoblanadi. |
Shaxs boshqa shaxsning xatti-harakatlarini amaliy yoki huquqiy jihatdan cheklasa yoxud nazorat qilsa, u boshqa shaxsni boshqaruvchi shaxs deb hisoblanadi. | Shaxs boshqa shaxsning xatti-harakatlarini amaliy yoki huquqiy jihatdan cheklasa yoxud nazorat qilsa, u boshqa shaxsni boshqaruvchi shaxs deb hisoblanadi. |
308-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari aniqlanishining oqibatlari | 308-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari aniqlanishining oqibatlari |
Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari boʻlgan taqdirda bojxona organi bitimning amaldagi holatlarini oʻrganib chiqishi kerak. | Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari boʻlgan taqdirda bojxona organi bitimning amaldagi holatlarini oʻrganib chiqishi kerak. |
Agar bojxona organi bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga taʼsir koʻrsatmagan deb topsa, ushbu bitim bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi. Aks holda, bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga mazkur oʻzaro bogʻliqlik bitim narxiga taʼsir koʻrsatmaganligini isbotlovchi dalillarni oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabar qiladi. | Agar bojxona organi bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga taʼsir koʻrsatmagan deb topsa, ushbu bitim bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi. Aks holda, bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga mazkur oʻzaro bogʻliqlik bitim narxiga taʼsir koʻrsatmaganligini isbotlovchi dalillarni oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabar qiladi. |
Deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra amalga oshirilgan bitimning narxi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi, agar deklarant yoki bojxona brokeri bitimning qiymati baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin yoki olib kirilganidan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida tovarning olib kirilayotganda bojxona organi rozi boʻlgan quyidagi qiymatlarning biriga yaqinligini isbotlay olsa: | Deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra amalga oshirilgan bitimning narxi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi, agar deklarant yoki bojxona brokeri bitimning qiymati baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin yoki olib kirilganidan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida tovarning olib kirilayotganda bojxona organi rozi boʻlgan quyidagi qiymatlarning biriga yaqinligini isbotlay olsa: |
Oʻzbekiston Respublikasida oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sotilayotgandagi bitimning qiymatiga; | Oʻzbekiston Respublikasida oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sotilayotgandagi bitimning qiymatiga; |
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini chegirib tashlash usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga; | aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini chegirib tashlash usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga; |
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini qoʻshish usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga. | aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini qoʻshish usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga. |
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslash uchun taqdim etilgan, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan bitimning bahosiga va tovarning bojxona qiymatiga quyidagi mezonlar boʻyicha farqlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi: | Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslash uchun taqdim etilgan, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan bitimning bahosiga va tovarning bojxona qiymatiga quyidagi mezonlar boʻyicha farqlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi: |
tijorat shartlari; | tijorat shartlari; |
miqdori; | miqdori; |
ushbu Kodeksning 304-moddasida sanab oʻtilgan xarajatlar; | ushbu Kodeksning 304-moddasida sanab oʻtilgan xarajatlar; |
oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi bitimda sotuvchining xarajatlari, agar bunday xarajatlar sotuvchi tomonidan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs bilan tuzilgan bitimda amalga oshirilmasa. | oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi bitimda sotuvchining xarajatlari, agar bunday xarajatlar sotuvchi tomonidan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs bilan tuzilgan bitimda amalga oshirilmasa. |
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslashga taqdim etilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bitim bahosidan yoki bojxona qiymatidan baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bitimning bahosi oʻrniga foydalanilishi mumkin emas. | Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslashga taqdim etilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bitim bahosidan yoki bojxona qiymatidan baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bitimning bahosi oʻrniga foydalanilishi mumkin emas. |
309-modda. Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul | 309-modda. Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul |
Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati qabul qilinishini nazarda tutadi. | Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati qabul qilinishini nazarda tutadi. |
Aynan bir xil tovar deganda: | Aynan bir xil tovar deganda: |
baholanayotgan tovar bilan fizik xususiyatlariga, sifatiga va bozordagi qadriga koʻra bir xil boʻlgan; | baholanayotgan tovar bilan fizik xususiyatlariga, sifatiga va bozordagi qadriga koʻra bir xil boʻlgan; |
baholanayotgan tovar qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan boʻlsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan; | baholanayotgan tovar qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan boʻlsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan; |
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni oʻsha shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. | baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni oʻsha shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. |
Agar tovarning bitim qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatini oʻz ichiga olgan boʻlsa, aynan bir xil tovar deb hisoblanmaydi. | Agar tovarning bitim qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatini oʻz ichiga olgan boʻlsa, aynan bir xil tovar deb hisoblanmaydi. |
Tovarning tashqi koʻrinishidagi juzʼiy farqlar, agar bunday tovar qolgan jihatlari bilan ushbu moddaning shartlariga muvofiq boʻlsa, unga aynan bir xil deb qarashni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi. | Tovarning tashqi koʻrinishidagi juzʼiy farqlar, agar bunday tovar qolgan jihatlari bilan ushbu moddaning shartlariga muvofiq boʻlsa, unga aynan bir xil deb qarashni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi. |
Agar aynan bir xil tovar bojxona hududiga: | Agar aynan bir xil tovar bojxona hududiga: |
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan boʻlsa; | baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan boʻlsa; |
taxminan oʻsha miqdorda va (yoki) oʻsha tijorat shartlarida olib kirilgan boʻlsa, aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymati baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinadi. | taxminan oʻsha miqdorda va (yoki) oʻsha tijorat shartlarida olib kirilgan boʻlsa, aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymati baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinadi. |
Agar tovarni oʻsha miqdorda va oʻsha tijorat shartlarida bojxona hududiga olib kirish hollari mavjud boʻlmasa, boshqacha miqdorda va boshqa tijorat shartlarida olib kirilgan aynan bir xil tovarning ushbu farqlar hisobga olinib bitimning narxiga tuzatishlar kiritilgan holdagi qiymatidan foydalanish mumkin. | Agar tovarni oʻsha miqdorda va oʻsha tijorat shartlarida bojxona hududiga olib kirish hollari mavjud boʻlmasa, boshqacha miqdorda va boshqa tijorat shartlarida olib kirilgan aynan bir xil tovarning ushbu farqlar hisobga olinib bitimning narxiga tuzatishlar kiritilgan holdagi qiymatidan foydalanish mumkin. |
Agar aynan bir xil tovar uchun ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlarning qiymati baholanayotgan tovar uchun shunday xarajatlarning qiymatidan masofa va transportning turlaridagi tafovut tufayli ancha farq qilsa, aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra aniqlanadigan bojxona qiymatiga tegishli tarzda tuzatishlar kiritilishi kerak. | Agar aynan bir xil tovar uchun ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlarning qiymati baholanayotgan tovar uchun shunday xarajatlarning qiymatidan masofa va transportning turlaridagi tafovut tufayli ancha farq qilsa, aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra aniqlanadigan bojxona qiymatiga tegishli tarzda tuzatishlar kiritilishi kerak. |
Baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻgʻri va hujjat bilan tasdiqlangan maʼlumotlar asosida amalga oshirilishi lozim. | Baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻgʻri va hujjat bilan tasdiqlangan maʼlumotlar asosida amalga oshirilishi lozim. |
Agar aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli qoʻllanilganda aynan bir xil tovarga doir bir nechta bitim aniqlansa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bahosi eng past boʻlgan aynan bir xil tovarga doir bitim qoʻllaniladi. | Agar aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli qoʻllanilganda aynan bir xil tovarga doir bir nechta bitim aniqlansa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bahosi eng past boʻlgan aynan bir xil tovarga doir bitim qoʻllaniladi. |
310-modda. Oʻxshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul | 310-modda. Oʻxshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul |
Oʻxshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati ushbu moddada koʻrsatilgan shartlarga rioya etgan holda asos sifatida qabul qilinishini nazarda tutadi. | Oʻxshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati ushbu moddada koʻrsatilgan shartlarga rioya etgan holda asos sifatida qabul qilinishini nazarda tutadi. |
Oʻxshash tovar deganda: | Oʻxshash tovar deganda: |
baholanayotgan tovar bilan har jihatdan bir xil boʻlmasa-da, u bilan oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlganligi va tarkib jihatdan oʻxshashligi tufayli bir xil vazifalarni bajara oladigan hamda tijorat nuqtai nazaridan, shu jumladan sifati, bozordagi qadri, tovar belgisining mavjudligiga koʻra uning oʻrnini bosa oladigan; | baholanayotgan tovar bilan har jihatdan bir xil boʻlmasa-da, u bilan oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlganligi va tarkib jihatdan oʻxshashligi tufayli bir xil vazifalarni bajara oladigan hamda tijorat nuqtai nazaridan, shu jumladan sifati, bozordagi qadri, tovar belgisining mavjudligiga koʻra uning oʻrnini bosa oladigan; |
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan; | baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan; |
baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan; | baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan; |
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar oʻxshash tovar sifatida qabul qilinadi. | baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar oʻxshash tovar sifatida qabul qilinadi. |
Agar bitimning qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlarini oʻz ichiga olsa, tovar oʻxshash tovar deb hisoblanmaydi. | Agar bitimning qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlarini oʻz ichiga olsa, tovar oʻxshash tovar deb hisoblanmaydi. |
Oʻxshash tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulidan foydalanilayotganda ushbu Kodeks 309-moddasining beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari qoidalari qoʻllaniladi. | Oʻxshash tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulidan foydalanilayotganda ushbu Kodeks 309-moddasining beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari qoidalari qoʻllaniladi. |
311-modda. Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul | 311-modda. Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul |
Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida: | Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida: |
bojxona hududida dastlabki holati oʻzgarmagan holatda; | bojxona hududida dastlabki holati oʻzgarmagan holatda; |
baholanayotgan tovar bojxona hududiga olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda); | baholanayotgan tovar bojxona hududiga olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda); |
shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxi qabul qilinishini nazarda tutadi. | shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxi qabul qilinishini nazarda tutadi. |
Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi: | Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi: |
toʻlanadigan yoxud toʻlashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan oʻsha klassdagi va turdagi tovarni bojxona hududida sotish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlar; | toʻlanadigan yoxud toʻlashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan oʻsha klassdagi va turdagi tovarni bojxona hududida sotish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlar; |
tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va boshqa toʻlovlarning summalari; | tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va boshqa toʻlovlarning summalari; |
bojxona hududida transportda tashish, sugʻurtalash, yuklash va tushirish uchun sarflangan xarajatlar. | bojxona hududida transportda tashish, sugʻurtalash, yuklash va tushirish uchun sarflangan xarajatlar. |
Oʻsha klassdagi yoki turdagi tovar iqtisodiyotning muayyan tarmogʻi mahsulotiga taalluqli boʻlgan tovarlar guruhini, shu jumladan aynan bir xil va oʻxshash tovarlarni anglatadi. | Oʻsha klassdagi yoki turdagi tovar iqtisodiyotning muayyan tarmogʻi mahsulotiga taalluqli boʻlgan tovarlar guruhini, shu jumladan aynan bir xil va oʻxshash tovarlarni anglatadi. |
Ichki bozorda tovarning sotilish narxini tanlashda koʻrilayotgan tovarning import qilinganidan keyingi birinchi tijorat bosqichidagi narxini, yaʼni olib kirilgan tovarning birinchi marta qayta sotilishidagi narxini hisobga olish kerak boʻladi. | Ichki bozorda tovarning sotilish narxini tanlashda koʻrilayotgan tovarning import qilinganidan keyingi birinchi tijorat bosqichidagi narxini, yaʼni olib kirilgan tovarning birinchi marta qayta sotilishidagi narxini hisobga olish kerak boʻladi. |
Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin toʻqson kalendar kun ichida sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari inobatga olingan holda baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar tovar birligining qaysi narxi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida eng katta turkumda, oʻzgarmas holatda, baholanayotgan tovar olib kirilgan kunga eng yaqin muddatda, lekin baholanayotgan tovar olib kirilgan kundan eʼtiboran toʻqson kundan kechiktirmay sotilayotgan boʻlsa, oʻsha narx qabul qilinadi. | Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin toʻqson kalendar kun ichida sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari inobatga olingan holda baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar tovar birligining qaysi narxi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida eng katta turkumda, oʻzgarmas holatda, baholanayotgan tovar olib kirilgan kunga eng yaqin muddatda, lekin baholanayotgan tovar olib kirilgan kundan eʼtiboran toʻqson kundan kechiktirmay sotilayotgan boʻlsa, oʻsha narx qabul qilinadi. |
Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona hududida oʻzgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga bojxona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narxi asosida, deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra aniqlanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritiladi. | Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona hududida oʻzgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga bojxona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narxi asosida, deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra aniqlanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritiladi. |
312-modda. Qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul | 312-modda. Qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul |
Qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qoʻshish orqali hisoblab chiqarilgan narxi qabul qilinishini nazarda tutadi: | Qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qoʻshish orqali hisoblab chiqarilgan narxi qabul qilinishini nazarda tutadi: |
a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari; | a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari; |
b) ushbu moddaning “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni Oʻzbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda; | b) ushbu moddaning “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni Oʻzbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda; |
v) ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlar. | v) ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlar. |
313-modda. Zaxira usul | 313-modda. Zaxira usul |
Agar tovarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 303, 309, 310, 311 va 312-moddalarida koʻrsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qoʻllash natijasida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan aniqlash mumkin boʻlmasa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlash usullarining muddatlarni qoʻllash, tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatini, aynan bir xilligini yoki oʻxshashligini aniqlashga doir talablarini bir muncha qayishqoqlik bilan qoʻllash orqali aniqlanadi. | Agar tovarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 303, 309, 310, 311 va 312-moddalarida koʻrsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qoʻllash natijasida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan aniqlash mumkin boʻlmasa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlash usullarining muddatlarni qoʻllash, tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatini, aynan bir xilligini yoki oʻxshashligini aniqlashga doir talablarini bir muncha qayishqoqlik bilan qoʻllash orqali aniqlanadi. |
Agar bojxona organi olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatini oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asosan zaxira usuli bilan aniqlasa, u deklarantning soʻroviga koʻra bunday maʼlumotlarning manbalari toʻgʻrisida xabar beradi. Bojxona organi zaxira usulini toʻgʻri qoʻllash maqsadida bunday axborotni yigʻib boradi. | Agar bojxona organi olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatini oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asosan zaxira usuli bilan aniqlasa, u deklarantning soʻroviga koʻra bunday maʼlumotlarning manbalari toʻgʻrisida xabar beradi. Bojxona organi zaxira usulini toʻgʻri qoʻllash maqsadida bunday axborotni yigʻib boradi. |
Zaxira usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir talablar quyidagilarni boshqa usullarga nisbatan bir muncha qayishqoqlikka yoʻl qoʻyadi: | Zaxira usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir talablar quyidagilarni boshqa usullarga nisbatan bir muncha qayishqoqlikka yoʻl qoʻyadi: |
jahon narxlariga doir, ichki bozor narxlariga doir axborot maʼlumotnomalaridan foydalanishni; | jahon narxlariga doir, ichki bozor narxlariga doir axborot maʼlumotnomalaridan foydalanishni; |
vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari umum qabul qilingan darajalarining statistik maʼlumotlaridan foydalanishni. | vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari umum qabul qilingan darajalarining statistik maʼlumotlaridan foydalanishni. |
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollarda, baholanayotgan tovarni yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda maʼlumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart. | Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollarda, baholanayotgan tovarni yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda maʼlumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart. |
Tovarning bojxona qiymatini zaxira usulda aniqlash uchun asos sifatida quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi: | Tovarning bojxona qiymatini zaxira usulda aniqlash uchun asos sifatida quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi: |
a) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oʻxshash tovarning sotilish narxidan; | a) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oʻxshash tovarning sotilish narxidan; |
b) ikki muqobil qiymatdan eng yuqorisi bojxona baholash maqsadlari uchun qabul qilinishini nazarda tutuvchi tizimdan; | b) ikki muqobil qiymatdan eng yuqorisi bojxona baholash maqsadlari uchun qabul qilinishini nazarda tutuvchi tizimdan; |
v) eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozoridagi tovar narxidan; | v) eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozoridagi tovar narxidan; |
g) bojxona qiymatini aniqlash uchun qiymatlarni qoʻshish usulini qoʻllashda foydalanilmaydigan ishlab chiqarish chiqimlaridan; | g) bojxona qiymatini aniqlash uchun qiymatlarni qoʻshish usulini qoʻllashda foydalanilmaydigan ishlab chiqarish chiqimlaridan; |
d) eksport qilayotgan mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilayotgan tovarning narxidan; | d) eksport qilayotgan mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilayotgan tovarning narxidan; |
e) eng past bojxona qiymatlaridan; | e) eng past bojxona qiymatlaridan; |
j) tovarning oʻzboshimchalik bilan belgilangan yoki toʻgʻri tasdiqlanmagan narxidan. | j) tovarning oʻzboshimchalik bilan belgilangan yoki toʻgʻri tasdiqlanmagan narxidan. |
Bojxona organi ushbu moddaga muvofiq aniqlangan tovarning bojxona qiymati hamda shunday qiymatni aniqlash uchun foydalanilgan usul toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra unga axborot beradi. | Bojxona organi ushbu moddaga muvofiq aniqlangan tovarning bojxona qiymati hamda shunday qiymatni aniqlash uchun foydalanilgan usul toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra unga axborot beradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun ekspert baholash qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi, uni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun ekspert baholash qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi, uni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi. |
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning bir nechta usulini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, ularni qoʻllashning ketma-ketligiga amal qilinishi zarur. | Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning bir nechta usulini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, ularni qoʻllashning ketma-ketligiga amal qilinishi zarur. |
Olib kiriladigan tovarlarning ushbu moddaga muvofiq belgilangan bojxona qiymati imkon qadar avval belgilangan bojxona qiymatlariga asoslanishi kerak. | Olib kiriladigan tovarlarning ushbu moddaga muvofiq belgilangan bojxona qiymati imkon qadar avval belgilangan bojxona qiymatlariga asoslanishi kerak. |
314-modda. Axborot tashuvchi jismning bojxona qiymatini aniqlash | 314-modda. Axborot tashuvchi jismning bojxona qiymatini aniqlash |
Axborot tashuvchi jismning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlashning ushbu bobda koʻrsatilgan usullari qoʻllanilgan holda axborotning qiymati belgilanganidan keyin aniqlanadi. | Axborot tashuvchi jismning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlashning ushbu bobda koʻrsatilgan usullari qoʻllanilgan holda axborotning qiymati belgilanganidan keyin aniqlanadi. |
Bojxona hududiga olib kirilayotgan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha uskunalar uchun dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan axborot tashuvchi jismning bojxona qiymatini aniqlashda, agar baholanayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan dasturiy taʼminotning qiymati va (yoki) axborot tashuvchi jismning qiymati ajratib chiqarilsa, faqat axborot tashuvchi jismning qiymati hisobga olinadi. | Bojxona hududiga olib kirilayotgan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha uskunalar uchun dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan axborot tashuvchi jismning bojxona qiymatini aniqlashda, agar baholanayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan dasturiy taʼminotning qiymati va (yoki) axborot tashuvchi jismning qiymati ajratib chiqarilsa, faqat axborot tashuvchi jismning qiymati hisobga olinadi. |
Agar dasturiy taʼminot axborot tashuvchi jism boʻlmagan tovarning tarkibiga kirsa hamda u bunday dasturiy taʼminotsiz oʻziga xos boʻlgan vazifalarni bajara olmaydigan ushbu tovarning ishlashiga qaratilgan boʻlsa, dasturiy taʼminotning qiymati tovarning qiymatidan ajratib chiqarilmaydi. | Agar dasturiy taʼminot axborot tashuvchi jism boʻlmagan tovarning tarkibiga kirsa hamda u bunday dasturiy taʼminotsiz oʻziga xos boʻlgan vazifalarni bajara olmaydigan ushbu tovarning ishlashiga qaratilgan boʻlsa, dasturiy taʼminotning qiymati tovarning qiymatidan ajratib chiqarilmaydi. |
315-modda. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash | 315-modda. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash |
Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati u eksportga sotilganda amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitimning bahosi asosida aniqlanadi. | Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati u eksportga sotilganda amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitimning bahosi asosida aniqlanadi. |
Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda ushbu Kodeks 306-moddasining yettinchi xatboshisida, shuningdek 307 va 308-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi. | Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda ushbu Kodeks 306-moddasining yettinchi xatboshisida, shuningdek 307 va 308-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi. |
Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday tovarning bojxona qiymati bojxona organida mavjud boʻlgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarga oid maʼlumotlar asosida aniqlanadi. | Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday tovarning bojxona qiymati bojxona organida mavjud boʻlgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarga oid maʼlumotlar asosida aniqlanadi. |
Ilgari olib kirilgan tovarlarni oʻzgarmas holatda bojxona hududidan olib chiqishda bojxona qiymati tovarning u olib kirilgan paytdagi bojxona qiymatining hamda bojxona hududida qilingan xarajatlarning, shu jumladan bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona toʻlovlarini toʻlash (tovarlar reeksport qilinishi munosabati bilan qaytarilishi kerak boʻlgan toʻlovlarni chegirgan holda), tovarlarni saqlash, sugʻurtalash uchun qilingan xarajatlarning, bojxona hududida qilingan boshqa xarajatlarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi. | Ilgari olib kirilgan tovarlarni oʻzgarmas holatda bojxona hududidan olib chiqishda bojxona qiymati tovarning u olib kirilgan paytdagi bojxona qiymatining hamda bojxona hududida qilingan xarajatlarning, shu jumladan bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona toʻlovlarini toʻlash (tovarlar reeksport qilinishi munosabati bilan qaytarilishi kerak boʻlgan toʻlovlarni chegirgan holda), tovarlarni saqlash, sugʻurtalash uchun qilingan xarajatlarning, bojxona hududida qilingan boshqa xarajatlarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi. |
Olib chiqiladigan tovarning deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymatini aniqlash toʻgʻri ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan yoxud deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni notoʻgʻri yoki yetarli emas deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda bojxona organi deklarant yoki bojxona brokerining yozma arizasiga koʻra unga olib chiqiladigan tovarning deklarant yoki bojxona brokeri maʼlum qilgan bojxona qiymati bojxona organi tomonidan qabul qilinmaganligining sabablari koʻrsatilgan yozma tushuntirish berishi shart. | Olib chiqiladigan tovarning deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymatini aniqlash toʻgʻri ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan yoxud deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni notoʻgʻri yoki yetarli emas deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda bojxona organi deklarant yoki bojxona brokerining yozma arizasiga koʻra unga olib chiqiladigan tovarning deklarant yoki bojxona brokeri maʼlum qilgan bojxona qiymati bojxona organi tomonidan qabul qilinmaganligining sabablari koʻrsatilgan yozma tushuntirish berishi shart. |
Bojxona organi oʻz ixtiyorida boʻlgan yoki deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan, ushbu Kodeksning 316 va 317-moddalarida koʻrsatilgan axborotdan foydalanishi mumkin. | Bojxona organi oʻz ixtiyorida boʻlgan yoki deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan, ushbu Kodeksning 316 va 317-moddalarida koʻrsatilgan axborotdan foydalanishi mumkin. |
Bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bojxona organi: | Bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bojxona organi: |
1) baholanayotgan, aynan bir xil va (yoki) oʻxshash tovarlarni sotish shartlarining mumkin qadar taqqoslana olinishini taʼminlashi, shu jumladan quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha taʼminlashi: | 1) baholanayotgan, aynan bir xil va (yoki) oʻxshash tovarlarni sotish shartlarining mumkin qadar taqqoslana olinishini taʼminlashi, shu jumladan quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha taʼminlashi: |
a) import amalga oshirilayotgan mamlakat yoki geografik mintaqa; | a) import amalga oshirilayotgan mamlakat yoki geografik mintaqa; |
b) olib chiqiladigan tovarlarning miqdori; | b) olib chiqiladigan tovarlarning miqdori; |
v) sotuvning tijorat shartlari, shu jumladan bozor konyunkturasi (asosan xom ashyo tovarlarni eksport qilishda); | v) sotuvning tijorat shartlari, shu jumladan bozor konyunkturasi (asosan xom ashyo tovarlarni eksport qilishda); |
2) sotib oluvchining barcha sarf-xarajatlarini xarajatlarning bojxona qiymatiga kiritish nuqtai nazaridan hisobga olishi lozim. | 2) sotib oluvchining barcha sarf-xarajatlarini xarajatlarning bojxona qiymatiga kiritish nuqtai nazaridan hisobga olishi lozim. |
Agar kontraktda (shartnomada, kelishuvda) qatʼiy belgilab qoʻyilgan narxlar mavjud boʻlmasa va faqat tovarning uzil-kesil narxini belgilash shartlari aks ettirilgan boʻlsa yoxud kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga muvofiq uzil-kesil narx sotib oluvchi tomonidan tovarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olish natijalariga koʻra aniqlansa, olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymati muvaqqat (shartli) bahoni hisobga olgan holda aniqlanadi. | Agar kontraktda (shartnomada, kelishuvda) qatʼiy belgilab qoʻyilgan narxlar mavjud boʻlmasa va faqat tovarning uzil-kesil narxini belgilash shartlari aks ettirilgan boʻlsa yoxud kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga muvofiq uzil-kesil narx sotib oluvchi tomonidan tovarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olish natijalariga koʻra aniqlansa, olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymati muvaqqat (shartli) bahoni hisobga olgan holda aniqlanadi. |
Deklarant yoki bojxona brokeri oʻzida mavjud boʻlgan, bojxona qiymatining muvaqqat (shartli) bahosi xolis ekanligini taʼminlaydigan hujjatlarni taqdim etishga haqli. | Deklarant yoki bojxona brokeri oʻzida mavjud boʻlgan, bojxona qiymatining muvaqqat (shartli) bahosi xolis ekanligini taʼminlaydigan hujjatlarni taqdim etishga haqli. |
Olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymatini muvaqqat (shartli) bahosi uchun asos sifatida quyidagilar qabul qilinadi: | Olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymatini muvaqqat (shartli) bahosi uchun asos sifatida quyidagilar qabul qilinadi: |
kontraktda (shartnomada, kelishuvda) qayd etilgan dastlabki narx; | kontraktda (shartnomada, kelishuvda) qayd etilgan dastlabki narx; |
kontraktda (shartnomada, kelishuvda) belgilangan, uni hisob-kitob qilish shartlariga muvofiq tovar yuklab joʻnatilgan sanada aniqlangan hisob-kitob bahosi. | kontraktda (shartnomada, kelishuvda) belgilangan, uni hisob-kitob qilish shartlariga muvofiq tovar yuklab joʻnatilgan sanada aniqlangan hisob-kitob bahosi. |
Ushbu moddaning oʻninchi qismida koʻrsatilgan hisob-kitoblarni oʻtkazish mumkin boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini muvaqqat (shartli) baholash bojxona organining ixtiyorida mavjud boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi tegishli axborot asosida amalga oshirilishi mumkin. | Ushbu moddaning oʻninchi qismida koʻrsatilgan hisob-kitoblarni oʻtkazish mumkin boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini muvaqqat (shartli) baholash bojxona organining ixtiyorida mavjud boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi tegishli axborot asosida amalga oshirilishi mumkin. |
Deklarant yoki bojxona brokerining yozma arizasi boʻyicha bojxona organi koʻrib chiqilayotgan bitim shartlaridan hamda bojxona va valyutaga oid qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan, bojxona qiymatini tasdiqlaydigan va (yoki) aniqlashtiradigan zarur hujjatlarning deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilish muddatini belgilaydi. Maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlash va (yoki) aniqlashtirish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilganidan keyin unga tuzatishlar kiritiladi. | Deklarant yoki bojxona brokerining yozma arizasi boʻyicha bojxona organi koʻrib chiqilayotgan bitim shartlaridan hamda bojxona va valyutaga oid qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan, bojxona qiymatini tasdiqlaydigan va (yoki) aniqlashtiradigan zarur hujjatlarning deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilish muddatini belgilaydi. Maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlash va (yoki) aniqlashtirish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilganidan keyin unga tuzatishlar kiritiladi. |
Bojxona qiymati olib chiqilayotgan tovarga doir bitimning qiymati asosida quyidagi hollarda aniqlanishi mumkin emas, agar: | Bojxona qiymati olib chiqilayotgan tovarga doir bitimning qiymati asosida quyidagi hollarda aniqlanishi mumkin emas, agar: |
kontraktda (shartnomada, kelishuvda) bitimning qiymatiga taʼsir koʻrsatgan cheklovlar va (yoki) shartlar mavjud boʻlsa; | kontraktda (shartnomada, kelishuvda) bitimning qiymatiga taʼsir koʻrsatgan cheklovlar va (yoki) shartlar mavjud boʻlsa; |
taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga sotish va bitimning qiymati bogʻliq boʻlsa; | taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga sotish va bitimning qiymati bogʻliq boʻlsa; |
bitim ishtirokchilari oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa va bu omilning bitim qiymatiga taʼsirini qiymat tarzida ifodalash mumkin boʻlmasa; | bitim ishtirokchilari oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa va bu omilning bitim qiymatiga taʼsirini qiymat tarzida ifodalash mumkin boʻlmasa; |
bojxona qiymatini maʼlum qilishda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan yoxud notoʻgʻri boʻlsa. | bojxona qiymatini maʼlum qilishda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan yoxud notoʻgʻri boʻlsa. |
316-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar | 316-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar |
Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning bahosiga quyidagi xarajatlar kiritiladi, agar bu xarajatlar bitimning bahosiga kiritilmagan boʻlsa: | Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning bahosiga quyidagi xarajatlar kiritiladi, agar bu xarajatlar bitimning bahosiga kiritilmagan boʻlsa: |
a) tovarni bojxona hududidan olib chiqiladigan joygacha yetkazib berish xarajatlari: | a) tovarni bojxona hududidan olib chiqiladigan joygacha yetkazib berish xarajatlari: |
transportda tashish qiymati; | transportda tashish qiymati; |
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va tushirish-ortish xarajatlari; | tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va tushirish-ortish xarajatlari; |
sugʻurtalash qiymati; | sugʻurtalash qiymati; |
b) sotuvchi tomonidan qilingan xarajatlar: | b) sotuvchi tomonidan qilingan xarajatlar: |
vositachilik va brokerlik haqi, bundan tovarni xarid qilish boʻyicha vositachilik haqi mustasno; | vositachilik va brokerlik haqi, bundan tovarni xarid qilish boʻyicha vositachilik haqi mustasno; |
konteynerlarning va (yoki) boshqa koʻp marta ishlatiladigan idishlarning qiymati, agar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq ularga baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa; | konteynerlarning va (yoki) boshqa koʻp marta ishlatiladigan idishlarning qiymati, agar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq ularga baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa; |
oʻrov-joylashning qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati; | oʻrov-joylashning qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati; |
v) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish shartlari sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar; | v) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish shartlari sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar; |
g) sotuvchining baholanayotgan tovarni keyinchalik bojxona hududidan tashqarida har qanday tarzda qayta sotish, oʻtkazish yoki undan foydalanishdan olingan bevosita yoki bilvosita daromadining bir qismi. | g) sotuvchining baholanayotgan tovarni keyinchalik bojxona hududidan tashqarida har qanday tarzda qayta sotish, oʻtkazish yoki undan foydalanishdan olingan bevosita yoki bilvosita daromadining bir qismi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimning bahosiga qoʻshiladigan komponentlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurtalash, sertifikatlashtirish, brokerlik xizmatlari) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimning bahosiga qoʻshiladigan komponentlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurtalash, sertifikatlashtirish, brokerlik xizmatlari) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi. |
317-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar | 317-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar |
Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar chiqarib tashlanadi, basharti ular ilgari bitimning narxiga kiritilgan boʻlsa va hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin boʻlsa: | Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar chiqarib tashlanadi, basharti ular ilgari bitimning narxiga kiritilgan boʻlsa va hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin boʻlsa: |
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududidan olib chiqilganidan soʻng amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari; | sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududidan olib chiqilganidan soʻng amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari; |
tovar bojxona hududidan olib chiqilgandan keyingi uni yetkazib berish xarajatlari; | tovar bojxona hududidan olib chiqilgandan keyingi uni yetkazib berish xarajatlari; |
tovar bojxona hududidan olib chiqilganidan keyingi uni yetkazib berishni sugʻurtalash qiymati; | tovar bojxona hududidan olib chiqilganidan keyingi uni yetkazib berishni sugʻurtalash qiymati; |
import qilingan mamlakatda sotuvchi tomonidan toʻlanadigan bojxona toʻlovlari. | import qilingan mamlakatda sotuvchi tomonidan toʻlanadigan bojxona toʻlovlari. |
Bitimning narxi mavjud boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati eksport qilayotgan sotuvchining olib chiqiladigan tovarni ishlab chiqarish yoki olish, saqlash va tashish bilan bogʻliq xarajatlari toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan xarajatlar ham hisobga olinadi. | Bitimning narxi mavjud boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati eksport qilayotgan sotuvchining olib chiqiladigan tovarni ishlab chiqarish yoki olish, saqlash va tashish bilan bogʻliq xarajatlari toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan xarajatlar ham hisobga olinadi. |
318-modda. Tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilish | 318-modda. Tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilish |
Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga maʼlum qilinadi. | Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga maʼlum qilinadi. |
Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona yuk deklaratsiyasining ajralmas qismi boʻlib, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir paytda topshiriladigan hujjat hisoblanadi. | Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona yuk deklaratsiyasining ajralmas qismi boʻlib, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir paytda topshiriladigan hujjat hisoblanadi. |
Bojxona qiymati deklaratsiyasining shakli va uni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona qiymati deklaratsiyasining shakli va uni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilinadigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan maʼlumotlar toʻgʻri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak. | Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilinadigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan maʼlumotlar toʻgʻri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak. |
Deklarant yoki bojxona brokeri deklaratsiyalanadigan tovarning bojxona qiymati maʼlum qilinguniga qadar aniqlangan tovar turkumining tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi hajmlariga mos birlikka keltirilgan bojxona qiymatini maʼlum qilish huquqiga ega. Tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi fakti ekspertiza xulosasi va bojxona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. | Deklarant yoki bojxona brokeri deklaratsiyalanadigan tovarning bojxona qiymati maʼlum qilinguniga qadar aniqlangan tovar turkumining tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi hajmlariga mos birlikka keltirilgan bojxona qiymatini maʼlum qilish huquqiga ega. Tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi fakti ekspertiza xulosasi va bojxona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. |
Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona toʻlovlarini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona rejimlari maʼlum qilinganda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun toʻldiriladi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. | Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona toʻlovlarini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona rejimlari maʼlum qilinganda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun toʻldiriladi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Bojxona qiymati deklaratsiyasi quyidagi hollarda toʻldirilmaydi va bojxona qiymati bojxona yuk deklaratsiyasida maʼlum qilinadi, agar: | Bojxona qiymati deklaratsiyasi quyidagi hollarda toʻldirilmaydi va bojxona qiymati bojxona yuk deklaratsiyasida maʼlum qilinadi, agar: |
bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar turkumining bojxona qiymati bir ming AQSH dollariga teng ekvivalent summadan oshmasa, bundan bitta kontrakt (shartnoma, kelishuv) doirasida bir necha marta tovar yetkazib berish, shuningdek turli kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha ayni oʻsha tovarni bir joʻnatuvchi tomonidan ayni oʻsha bitta oluvchining manziliga takror-takror yetkazib berish mustasno; | bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar turkumining bojxona qiymati bir ming AQSH dollariga teng ekvivalent summadan oshmasa, bundan bitta kontrakt (shartnoma, kelishuv) doirasida bir necha marta tovar yetkazib berish, shuningdek turli kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha ayni oʻsha tovarni bir joʻnatuvchi tomonidan ayni oʻsha bitta oluvchining manziliga takror-takror yetkazib berish mustasno; |
olib oʻtiladigan tovarlar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa; | olib oʻtiladigan tovarlar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa; |
tovarlar bojxona tranziti, vaqtincha saqlash, bojxona ombori, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga joylashtirilgan boʻlsa. | tovarlar bojxona tranziti, vaqtincha saqlash, bojxona ombori, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga joylashtirilgan boʻlsa. |
319-modda. Tovarning bojxona qiymatini nazorat qilish | 319-modda. Tovarning bojxona qiymatini nazorat qilish |
Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tanlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulining va maʼlum qilingan bojxona qiymati hisoblab chiqarilishining toʻgʻriligini quyidagilar asosida aniqlaydi: | Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tanlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulining va maʼlum qilingan bojxona qiymati hisoblab chiqarilishining toʻgʻriligini quyidagilar asosida aniqlaydi: |
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan bojxona qiymati deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlar; | deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan bojxona qiymati deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlar; |
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalaniladigan, oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan axborot. | tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalaniladigan, oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan axborot. |
Tovarning bojxona qiymatini nazorat qilishda bojxona organi quyidagilarning toʻgʻriligini ketma-ketlikda tekshiradi: | Tovarning bojxona qiymatini nazorat qilishda bojxona organi quyidagilarning toʻgʻriligini ketma-ketlikda tekshiradi: |
tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati tuzilishi va miqdorining; | tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati tuzilishi va miqdorining; |
tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini aniqlash usulini tanlash va qoʻllashning; | tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini aniqlash usulini tanlash va qoʻllashning; |
tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanganligining. | tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanganligining. |
Bojxona organi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun tanlangan usulga quyidagi hollarda rozi boʻlmaslikka va deklarantga yoki bojxona brokeriga bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usulidan foydalanib, bojxona qiymatini aniqlashni taklif etishga haqli: | Bojxona organi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun tanlangan usulga quyidagi hollarda rozi boʻlmaslikka va deklarantga yoki bojxona brokeriga bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usulidan foydalanib, bojxona qiymatini aniqlashni taklif etishga haqli: |
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmasa; | deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmasa; |
tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bojxona organi tomonidan soʻralgan zarur qoʻshimcha hujjatlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilmagan boʻlsa; | tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bojxona organi tomonidan soʻralgan zarur qoʻshimcha hujjatlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilmagan boʻlsa; |
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligining belgilari aniqlansa. | deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligining belgilari aniqlansa. |
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi va deklarant yoki bojxona brokeri oʻrtasida tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulini tanlash xususida maslahatlashuvlar oʻtkazilishi mumkin. | Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi va deklarant yoki bojxona brokeri oʻrtasida tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulini tanlash xususida maslahatlashuvlar oʻtkazilishi mumkin. |
Agar deklarant yoki bojxona brokeri tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga rozi boʻlmasa, deklarant yoki bojxona brokeri oʻzi maʼlum qilgan bojxona qiymati qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini tushuntirib berishni bojxona organidan soʻrashga haqli, bundan shartli bojxona qiymatining qoʻllanilishi holati mustasno. | Agar deklarant yoki bojxona brokeri tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga rozi boʻlmasa, deklarant yoki bojxona brokeri oʻzi maʼlum qilgan bojxona qiymati qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini tushuntirib berishni bojxona organidan soʻrashga haqli, bundan shartli bojxona qiymatining qoʻllanilishi holati mustasno. |
Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymati nima uchun bojxona organi tomonidan qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga binoan yozma shaklda yoxud elektron shaklda tushuntirish berishi shart. | Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymati nima uchun bojxona organi tomonidan qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga binoan yozma shaklda yoxud elektron shaklda tushuntirish berishi shart. |
Bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilayotganda aniqlangan va bojxona organi tomonidan qabul qilingan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usuli va bojxona qiymati summasining hisob-kitobi faqat ushbu Kodeksning 320-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish zarurligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin. | Bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilayotganda aniqlangan va bojxona organi tomonidan qabul qilingan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usuli va bojxona qiymati summasining hisob-kitobi faqat ushbu Kodeksning 320-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish zarurligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin. |
Ushbu bobning qoidalari tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun taqdim etilgan har qanday maʼlumotning, hujjatning yoki deklaratsiyaning toʻgʻriligini yoxud aniqligini tasdiqlash boʻyicha bojxona organlarining huquqini cheklamaydi yoki shubha ostiga qoʻymaydi. | Ushbu bobning qoidalari tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun taqdim etilgan har qanday maʼlumotning, hujjatning yoki deklaratsiyaning toʻgʻriligini yoxud aniqligini tasdiqlash boʻyicha bojxona organlarining huquqini cheklamaydi yoki shubha ostiga qoʻymaydi. |
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini nazorat qilishning oʻziga xos xususiyatlari, shu jumladan tovarning bojxona qiymatini notoʻgʻri aniqlash belgilari, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni notoʻgʻri deb topish asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini nazorat qilishning oʻziga xos xususiyatlari, shu jumladan tovarning bojxona qiymatini notoʻgʻri aniqlash belgilari, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni notoʻgʻri deb topish asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
320-modda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish | 320-modda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish |
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: | Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: |
bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida; | bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida; |
tovar chiqarib yuborilganidan keyin. | tovar chiqarib yuborilganidan keyin. |
Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar: | Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar: |
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usuli va miqdori ularni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarga mos emasligi aniqlangan boʻlsa; | deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usuli va miqdori ularni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarga mos emasligi aniqlangan boʻlsa; |
bojxona qiymati deklaratsiyasida tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari miqdoriga taʼsir etgan texnik xatolar aniqlangan boʻlsa. | bojxona qiymati deklaratsiyasida tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari miqdoriga taʼsir etgan texnik xatolar aniqlangan boʻlsa. |
Tovar chiqarib yuborilganidan keyin uning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar: | Tovar chiqarib yuborilganidan keyin uning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar: |
shartli chiqarib yuborilgan tovarga nisbatan uning uzil-kesil bojxona qiymati deklarantning yoki bojxona brokerining qoʻshimcha axboroti asosida aniqlansa yoxud deklarant yoki bojxona brokeri ushbu Kodeksning 321-moddasiga muvofiq bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatini qabul qilsa; | shartli chiqarib yuborilgan tovarga nisbatan uning uzil-kesil bojxona qiymati deklarantning yoki bojxona brokerining qoʻshimcha axboroti asosida aniqlansa yoxud deklarant yoki bojxona brokeri ushbu Kodeksning 321-moddasiga muvofiq bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatini qabul qilsa; |
tovarni deklaratsiyalashda sodir etilgan, tovarning bojxona qiymatining va (yoki) bojxona toʻlovlarining miqdoriga taʼsir koʻrsatgan texnik xatolar aniqlangan boʻlsa; | tovarni deklaratsiyalashda sodir etilgan, tovarning bojxona qiymatining va (yoki) bojxona toʻlovlarining miqdoriga taʼsir koʻrsatgan texnik xatolar aniqlangan boʻlsa; |
hujjatlarning keyingi tekshiruvi paytida tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlarining miqdoriga taʼsir koʻrsatgan notoʻgʻri deklaratsiyalash aniqlangan boʻlsa; | hujjatlarning keyingi tekshiruvi paytida tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlarining miqdoriga taʼsir koʻrsatgan notoʻgʻri deklaratsiyalash aniqlangan boʻlsa; |
maʼlum qilingan bojxona qiymatining bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududdan olib chiqilgan tovarning miqdori va (yoki) sifati kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlaridan chetga chiqishi tufayli tovarning haqiqiy qiymatiga mos emasligi bojxona deklaratsiyasini qabul qilish sanasida aniqlangan boʻlsa. Bojxona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi, shuningdek kontrakt (shartnoma, kelishuv) taraflari oʻrtasida kelishilgan, bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovar boʻyicha — tovarning miqdoriga oid eʼtiroz yoki bojxona toʻlovlari undiriladigan tovarlar boʻyicha — ekspertiza xulosasi tovarning mos emasligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi; | maʼlum qilingan bojxona qiymatining bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududdan olib chiqilgan tovarning miqdori va (yoki) sifati kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlaridan chetga chiqishi tufayli tovarning haqiqiy qiymatiga mos emasligi bojxona deklaratsiyasini qabul qilish sanasida aniqlangan boʻlsa. Bojxona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi, shuningdek kontrakt (shartnoma, kelishuv) taraflari oʻrtasida kelishilgan, bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovar boʻyicha — tovarning miqdoriga oid eʼtiroz yoki bojxona toʻlovlari undiriladigan tovarlar boʻyicha — ekspertiza xulosasi tovarning mos emasligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi; |
bojxona toʻlovlarining summalari qaytarilishiga yoki qoʻshimcha toʻlanishiga olib keladigan yoki tovarning bojxona qiymati miqdoriga taʼsir koʻrsatgan boshqa asoslar yuzaga kelgan boʻlsa. | bojxona toʻlovlarining summalari qaytarilishiga yoki qoʻshimcha toʻlanishiga olib keladigan yoki tovarning bojxona qiymati miqdoriga taʼsir koʻrsatgan boshqa asoslar yuzaga kelgan boʻlsa. |
Agar tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning paydo boʻlishiga olib kelgan boʻlsa, ana shu qarzdorlik summasiga ushbu Kodeksning 349-moddasida nazarda tutilgan tartibda penya hisoblanadi. | Agar tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning paydo boʻlishiga olib kelgan boʻlsa, ana shu qarzdorlik summasiga ushbu Kodeksning 349-moddasida nazarda tutilgan tartibda penya hisoblanadi. |
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish qaysi tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilayotgan boʻlsa, faqatgina oʻsha tovarga nisbatan amalga oshiriladi. | Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish qaysi tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilayotgan boʻlsa, faqatgina oʻsha tovarga nisbatan amalga oshiriladi. |
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. | Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. |
Agar deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga kiritilgan tuzatishlarga rozi boʻlmasa, tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish sabablarini yozma ravishda tushuntirib berishni bojxona organidan soʻrab olishga haqli. | Agar deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga kiritilgan tuzatishlarga rozi boʻlmasa, tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish sabablarini yozma ravishda tushuntirib berishni bojxona organidan soʻrab olishga haqli. |
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga soʻrov yuborilishi deklarantni yoki bojxona brokerini bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etmaydi. | Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga soʻrov yuborilishi deklarantni yoki bojxona brokerini bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etmaydi. |
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun hujjatlar qabul qilinganidan keyin bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilishi ustidan deklarant yoki bojxona brokeri belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. | Bojxona rasmiylashtiruvi uchun hujjatlar qabul qilinganidan keyin bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilishi ustidan deklarant yoki bojxona brokeri belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. |
321-modda. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda tovarning shartli chiqarib yuborilishi | 321-modda. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda tovarning shartli chiqarib yuborilishi |
Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda uni shartli chiqarib yuborish deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bojxona organi ushbu bobda belgilangan tartibda tovarning shartli bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi. | Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda uni shartli chiqarib yuborish deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bojxona organi ushbu bobda belgilangan tartibda tovarning shartli bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi. |
Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda uni shartli chiqarib yuborish, agar bojxona organi tomonidan aniqlangan tovarning bojxona qiymatiga muvofiq ravishda hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlari summasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻlansa yoki toʻlanishi taʼminlansa, amalga oshiriladi. | Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda uni shartli chiqarib yuborish, agar bojxona organi tomonidan aniqlangan tovarning bojxona qiymatiga muvofiq ravishda hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlari summasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻlansa yoki toʻlanishi taʼminlansa, amalga oshiriladi. |
Bojxona organi ariza kelib tushgan kundan keyingi uch ish kuni ichida deklarantga yoki bojxona brokeriga tovarning shartli bojxona qiymatining va talab qilinayotgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash miqdorlari toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabar qiladi. | Bojxona organi ariza kelib tushgan kundan keyingi uch ish kuni ichida deklarantga yoki bojxona brokeriga tovarning shartli bojxona qiymatining va talab qilinayotgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash miqdorlari toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabar qiladi. |
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning amal qilish muddati tovar chiqarib yuborilgan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kunni tashkil etadi. | Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning amal qilish muddati tovar chiqarib yuborilgan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kunni tashkil etadi. |
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganidan keyin bojxona qiymati va tegishli bojxona toʻlovlari tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shaklini toʻldirgan holda qaytadan hisob-kitob qilinadi. | Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganidan keyin bojxona qiymati va tegishli bojxona toʻlovlari tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shaklini toʻldirgan holda qaytadan hisob-kitob qilinadi. |
Tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddat oʻtgach Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshirilib, u tovarning bojxona qiymatiga nisbatan uzil-kesil qaror hisoblanadi. | Tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddat oʻtgach Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshirilib, u tovarning bojxona qiymatiga nisbatan uzil-kesil qaror hisoblanadi. |
45-bob. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash | 45-bob. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash |
322-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun asos | 322-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun asos |
Qoʻllaniladigan stavka turlariga bogʻliq holda bojxona bojini, aksiz soligʻini va tegishli bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati va (yoki) uning miqdori asos boʻladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. | Qoʻllaniladigan stavka turlariga bogʻliq holda bojxona bojini, aksiz soligʻini va tegishli bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati va (yoki) uning miqdori asos boʻladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona boji summasi, aksiz toʻlanadigan tovar boʻyicha esa, toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi summasining yigʻindisi asos boʻladi. | Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona boji summasi, aksiz toʻlanadigan tovar boʻyicha esa, toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi summasining yigʻindisi asos boʻladi. |
323-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish tartibi | 323-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish tartibi |
Bojxona toʻlovlari deklarant tomonidan hisoblab chiqariladi. | Bojxona toʻlovlari deklarant tomonidan hisoblab chiqariladi. |
Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 66-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. | Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 66-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
324-modda. Bojxona toʻlovlari stavkalarining qoʻllanilishi | 324-modda. Bojxona toʻlovlari stavkalarining qoʻllanilishi |
Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun: | Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun: |
bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan, bundan ushbu Kodeksning 172 va 325-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno; | bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan, bundan ushbu Kodeksning 172 va 325-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno; |
bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlarini toʻlashda bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar qoʻllaniladi. | bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlarini toʻlashda bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar qoʻllaniladi. |
325-modda. Tovarlar bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganda yoxud belgilangan talab va shartlar boshqacha tarzda buzilganda bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish | 325-modda. Tovarlar bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganda yoxud belgilangan talab va shartlar boshqacha tarzda buzilganda bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish |
Tovarlar bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganda yoxud ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlar boshqacha tarzda buzilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari: | Tovarlar bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganda yoxud ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlar boshqacha tarzda buzilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari: |
belgilangan talablar va shartlar buzilgan holda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona toʻlovlari toʻlanmagan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa — shunday tovarlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha; | belgilangan talablar va shartlar buzilgan holda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona toʻlovlari toʻlanmagan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa — shunday tovarlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha; |
noqonuniy olib chiqilgan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlash imkoni boʻlmasa — shunday faktlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha; | noqonuniy olib chiqilgan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlash imkoni boʻlmasa — shunday faktlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha; |
tranzit bojxona rejimida olib oʻtilayotgan yoki bojxona nazorati ostida saqlanayotganda yoʻqotilgan, yetkazib berilmagan yoki bojxona organi bilan kelishilmagan holda berib yuborilgan tovarlarga nisbatan — tovarlar tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha; | tranzit bojxona rejimida olib oʻtilayotgan yoki bojxona nazorati ostida saqlanayotganda yoʻqotilgan, yetkazib berilmagan yoki bojxona organi bilan kelishilmagan holda berib yuborilgan tovarlarga nisbatan — tovarlar tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha; |
shartli chiqarib yuborilgan va bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan tovarlarga nisbatan — bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqariladi. | shartli chiqarib yuborilgan va bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan tovarlarga nisbatan — bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqariladi. |
326-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish | 326-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish |
Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish: | Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish: |
bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda — bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni; | bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda — bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni; |
toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun — bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha amalga oshiriladi. | toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun — bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha amalga oshiriladi. |
Tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda davriy bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish hamda tovarlarni quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtishda bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish ushbu Kodeksning 66 va 172-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. | Tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda davriy bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish hamda tovarlarni quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtishda bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish ushbu Kodeksning 66 va 172-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. |
46-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibi va muddatlari | 46-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibi va muddatlari |
327-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari | 327-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari |
Bojxona toʻlovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda toʻlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. | Bojxona toʻlovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda toʻlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash muddati quyidagicha belgilanadi: | Tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash muddati quyidagicha belgilanadi: |
quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar uchun — ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq; | quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar uchun — ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq; |
shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilishidan koʻzlanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda — tovarlardan foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha cheklovlarga rioya etilmagan birinchi kun; | shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilishidan koʻzlanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda — tovarlardan foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha cheklovlarga rioya etilmagan birinchi kun; |
bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilayotgan tovarlar uchun — bojxona chegarasi kesib oʻtilgan kun. Agar bu kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa, tovarlarni bojxona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish fakti bojxona organlari tomonidan aniqlangan kun bojxona toʻlovlarini toʻlash kuni hisoblanadi; | bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilayotgan tovarlar uchun — bojxona chegarasi kesib oʻtilgan kun. Agar bu kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa, tovarlarni bojxona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish fakti bojxona organlari tomonidan aniqlangan kun bojxona toʻlovlarini toʻlash kuni hisoblanadi; |
bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan tovarlar uchun — ushbu Kodeksning 66-moddasiga muvofiq. | bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan tovarlar uchun — ushbu Kodeksning 66-moddasiga muvofiq. |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan taqdirda, bojxona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlashga imkoniyat berilgan oxirgi toʻlash kuni bojxona toʻlovlarini toʻlash muddati hisoblanadi. | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan taqdirda, bojxona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlashga imkoniyat berilgan oxirgi toʻlash kuni bojxona toʻlovlarini toʻlash muddati hisoblanadi. |
Toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona yigʻimlari bojxona organlari tomonidan tegishli harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilguniga qadar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq bojxona hududida toʻlanadi. | Toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona yigʻimlari bojxona organlari tomonidan tegishli harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilguniga qadar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq bojxona hududida toʻlanadi. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda bojxona toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun ushbu Kodeksning 349-moddasiga muvofiq penya hisoblanadi. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda bojxona toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun ushbu Kodeksning 349-moddasiga muvofiq penya hisoblanadi. |
328-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibi | 328-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibi |
Bojxona toʻlovlari bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga toʻlovchi tomonidan toʻlanadi. | Bojxona toʻlovlari bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga toʻlovchi tomonidan toʻlanadi. |
Bojxona organlari toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarining, shuningdek penyalar va jarimalarning hisobini bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻida aks ettirish orqali yuritadi. Toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona organlari toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarining, shuningdek penyalar va jarimalarning hisobini bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻida aks ettirish orqali yuritadi. Toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
Toʻlangan bojxona toʻlovlaridan olingan mablagʻlar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida avtomatik ravishda bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. | Toʻlangan bojxona toʻlovlaridan olingan mablagʻlar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida avtomatik ravishda bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. |
Bojxona toʻlovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, milliy valyutada toʻlanadi. | Bojxona toʻlovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, milliy valyutada toʻlanadi. |
329-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish shartlari | 329-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish shartlari |
Bojxona organining qaroriga asosan toʻlovchiga bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkin. | Bojxona organining qaroriga asosan toʻlovchiga bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkin. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatining qoʻshimcha davrga uzaytirilishi bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashdir. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatining qoʻshimcha davrga uzaytirilishi bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashdir. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatini qoʻshimcha davrga uzaytirib, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasini shu davr ichida qismlarga boʻlib toʻlash bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlashdir. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatini qoʻshimcha davrga uzaytirib, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasini shu davr ichida qismlarga boʻlib toʻlash bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlashdir. |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi, lekin oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu moddaning beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi, lekin oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu moddaning beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yuz yigirma kalendar kun muddatga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi: | Bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yuz yigirma kalendar kun muddatga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi: |
ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha; | ishlab chiqaruvchi korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha; |
moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona bojini toʻlash boʻyicha. | moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona bojini toʻlash boʻyicha. |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bojxona toʻlovlarining bitta yoki bir nechta turiga, shuningdek toʻlanishi lozim boʻlgan butun summaga yoki uning bir qismiga nisbatan berilishi mumkin. | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bojxona toʻlovlarining bitta yoki bir nechta turiga, shuningdek toʻlanishi lozim boʻlgan butun summaga yoki uning bir qismiga nisbatan berilishi mumkin. |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 330-moddasida nazarda tutilgan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda bojxona organi tomonidan qabul qilinadi. | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 330-moddasida nazarda tutilgan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda bojxona organi tomonidan qabul qilinadi. |
Bojxona organining qarorida bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan muddat, bunday imkoniyat berish rad etilgan taqdirda esa rad etish sabablari koʻrsatiladi. | Bojxona organining qarorida bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan muddat, bunday imkoniyat berish rad etilgan taqdirda esa rad etish sabablari koʻrsatiladi. |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu Kodeksning 47-bobida nazarda tutilgan tartibda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sharti bilan beriladi. | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu Kodeksning 47-bobida nazarda tutilgan tartibda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sharti bilan beriladi. |
Tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq vaqtdan buyon shugʻullanayotgan, bojxona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini yaxshi (yoki oʻz vaqtida) bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmagan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi. Bunda bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati oxirgi uch yil davomida toʻlangan bojxona toʻlovlari summasining ellik foizidan oshmaydigan summa miqdorida, olti oy muddatga bojxona toʻlovlarini taʼminlash qoʻllanilmagan holda berilishi mumkin. | Tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq vaqtdan buyon shugʻullanayotgan, bojxona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini yaxshi (yoki oʻz vaqtida) bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmagan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi. Bunda bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati oxirgi uch yil davomida toʻlangan bojxona toʻlovlari summasining ellik foizidan oshmaydigan summa miqdorida, olti oy muddatga bojxona toʻlovlarini taʼminlash qoʻllanilmagan holda berilishi mumkin. |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzoqroq muddatlarga va bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda berilishi mumkin. | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzoqroq muddatlarga va bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda berilishi mumkin. |
330-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar | 330-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun toʻlovchi bojxona organiga: | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun toʻlovchi bojxona organiga: |
bojxona toʻlovlari summalarini toʻlash boʻyicha yozma majburiyatni oʻz ichiga olgan arizani; | bojxona toʻlovlari summalarini toʻlash boʻyicha yozma majburiyatni oʻz ichiga olgan arizani; |
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi. | ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi. |
331-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish asosi | 331-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish asosi |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: |
ushbu Kodeksning 330-moddasi talablariga rioya etilmaganligi; | ushbu Kodeksning 330-moddasi talablariga rioya etilmaganligi; |
bojxona organlariga ariza taqdim etilgan paytda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik mavjudligi; | bojxona organlariga ariza taqdim etilgan paytda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik mavjudligi; |
332-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun foizlar | 332-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun foizlar |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining ellik foizi miqdorida, bir kun uchun qayta hisob-kitob qilingan hisoblab chiqariladigan foizlar undiriladi. | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining ellik foizi miqdorida, bir kun uchun qayta hisob-kitob qilingan hisoblab chiqariladigan foizlar undiriladi. |
Foizlar kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojxona toʻlovlarining summasi toʻlanguniga qadar yoki toʻlash bilan bir vaqtda, lekin kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaydigan kundan keyingi kundan kechiktirmay toʻlanadi. | Foizlar kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojxona toʻlovlarining summasi toʻlanguniga qadar yoki toʻlash bilan bir vaqtda, lekin kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaydigan kundan keyingi kundan kechiktirmay toʻlanadi. |
Bojxona toʻlovlarini vakolatli iqtisodiy operatorlarga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda hamda ushbu Kodeks 329-moddasining beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati oʻn toʻrt kalendar kunga berilganda ushbu muddat uchun foizlar hisoblanmaydi va toʻlanmaydi. | Bojxona toʻlovlarini vakolatli iqtisodiy operatorlarga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda hamda ushbu Kodeks 329-moddasining beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati oʻn toʻrt kalendar kunga berilganda ushbu muddat uchun foizlar hisoblanmaydi va toʻlanmaydi. |
Bojxona toʻlovlari boʻyicha kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun foizlarni toʻlash, undirish va qaytarish ushbu bobda, shuningdek ushbu Kodeksning 48 va 49-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Bojxona toʻlovlari boʻyicha kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun foizlarni toʻlash, undirish va qaytarish ushbu bobda, shuningdek ushbu Kodeksning 48 va 49-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
333-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ularning summalarini toʻlash muddatlari | 333-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ularning summalarini toʻlash muddatlari |
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda toʻlovchi tomonidan ularning summalarini toʻlash: | Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda toʻlovchi tomonidan ularning summalarini toʻlash: |
kechiktirib toʻlash imkoniyati berilganda — kechiktirib toʻlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay; | kechiktirib toʻlash imkoniyati berilganda — kechiktirib toʻlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay; |
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan toʻlovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. | boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan toʻlovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. |
Kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojxona toʻlovlarining summalari toʻlovchi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sugʻurta polisi yoki kafillik bilan taʼminlangan pul mablagʻlari hisobidan undirib olish choralarini koʻradi. | Kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojxona toʻlovlarining summalari toʻlovchi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sugʻurta polisi yoki kafillik bilan taʼminlangan pul mablagʻlari hisobidan undirib olish choralarini koʻradi. |
334-modda. Kelgusi bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun pul mablagʻlari | 334-modda. Kelgusi bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun pul mablagʻlari |
Toʻlovchi bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar kelgusi bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun pul mablagʻlarini dastlabki tarzda (bundan buyon matnda dastlabki pul mablagʻlari deb yuritiladi) bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazishi mumkin. | Toʻlovchi bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar kelgusi bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun pul mablagʻlarini dastlabki tarzda (bundan buyon matnda dastlabki pul mablagʻlari deb yuritiladi) bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazishi mumkin. |
Toʻlovchining koʻrsatmasiga koʻra dastlabki pul mablagʻlaridan: | Toʻlovchining koʻrsatmasiga koʻra dastlabki pul mablagʻlaridan: |
bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun; | bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun; |
penya, foizlar toʻlash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb; | penya, foizlar toʻlash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb; |
bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun; | bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun; |
bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash uchun foydalanilishi mumkin. | bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash uchun foydalanilishi mumkin. |
Toʻlovchi bojxona organiga mazkur dastlabki pul mablagʻlariga bojxona toʻlovlari sifatida qarash haqida koʻrsatma bermaguniga qadar ushbu mablagʻlarga bojxona toʻlovlari sifatida qaralishi mumkin emas. Toʻlovchining bojxona deklaratsiyasini topshirishi yoki dastlabki pul mablagʻlaridan penya, foizlar toʻlash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash yoxud bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun foydalanish haqidagi arizasini berish toʻlovchining koʻrsatmasi hisoblanadi. | Toʻlovchi bojxona organiga mazkur dastlabki pul mablagʻlariga bojxona toʻlovlari sifatida qarash haqida koʻrsatma bermaguniga qadar ushbu mablagʻlarga bojxona toʻlovlari sifatida qaralishi mumkin emas. Toʻlovchining bojxona deklaratsiyasini topshirishi yoki dastlabki pul mablagʻlaridan penya, foizlar toʻlash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash yoxud bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun foydalanish haqidagi arizasini berish toʻlovchining koʻrsatmasi hisoblanadi. |
335-modda. Dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish tartibi | 335-modda. Dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish tartibi |
Toʻlovchi dastlabki pul mablagʻlari ushbu mablagʻlardan oxirgi foydalanilgan kunning ertasidan eʼtiboran uch yil ichida qaytarib berilishini talab qilishga haqli. | Toʻlovchi dastlabki pul mablagʻlari ushbu mablagʻlardan oxirgi foydalanilgan kunning ertasidan eʼtiboran uch yil ichida qaytarib berilishini talab qilishga haqli. |
Dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib olish uchun toʻlovchi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga koʻrsatilgan pul mablagʻlari oʻtkazib berilgan bojxona organiga dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi. Toʻlovchi bojxona organiga ariza bilan bir vaqtda toʻlovchi va bojxona organi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini taqdim etadi. | Dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib olish uchun toʻlovchi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga koʻrsatilgan pul mablagʻlari oʻtkazib berilgan bojxona organiga dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi. Toʻlovchi bojxona organiga ariza bilan bir vaqtda toʻlovchi va bojxona organi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini taqdim etadi. |
Bojxona organi oʻn besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni solishtirib chiqadi. | Bojxona organi oʻn besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni solishtirib chiqadi. |
Oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi bojxona organining mansabdor shaxsi va toʻlovchi tomonidan imzolangan kunning ertasidan eʼtiboran uch ish kuni ichida bojxona organi dastlabki pul mablagʻlari qaytarilishini amalga oshiradi. | Oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi bojxona organining mansabdor shaxsi va toʻlovchi tomonidan imzolangan kunning ertasidan eʼtiboran uch ish kuni ichida bojxona organi dastlabki pul mablagʻlari qaytarilishini amalga oshiradi. |
Toʻlovchida bojxona toʻlovlarini, shuningdek penya yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik boʻlgan taqdirda, dastlabki pul mablagʻlari toʻlovchining roziligi bilan ushbu qarzdorlik chegirib qolingan holda qaytarib beriladi. | Toʻlovchida bojxona toʻlovlarini, shuningdek penya yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik boʻlgan taqdirda, dastlabki pul mablagʻlari toʻlovchining roziligi bilan ushbu qarzdorlik chegirib qolingan holda qaytarib beriladi. |
Agar dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish haqidagi ariza ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida taqdim etilmagan boʻlsa, ushbu pul mablagʻlari bojxona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. | Agar dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish haqidagi ariza ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida taqdim etilmagan boʻlsa, ushbu pul mablagʻlari bojxona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. |
47-bob. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash | 47-bob. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash |
336-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning qoʻllanilishi | 336-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning qoʻllanilishi |
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash bojxona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar yoxud shunday taʼminlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim etilishi kerak. | Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash bojxona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar yoxud shunday taʼminlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim etilishi kerak. |
337-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori | 337-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori |
Quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilinganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasiga mos boʻlishi kerak: | Quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilinganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasiga mos boʻlishi kerak: |
ushbu Kodeksning 222 va 223-moddalarida nazarda tutilgan, bojxona hududida bojxona nazorati ostida olib oʻtiladigan tovarlarga; | ushbu Kodeksning 222 va 223-moddalarida nazarda tutilgan, bojxona hududida bojxona nazorati ostida olib oʻtiladigan tovarlarga; |
bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarda saqlanayotgan tovarlarga; | bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarda saqlanayotgan tovarlarga; |
shartli bojxona qiymati qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga; | shartli bojxona qiymati qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga; |
bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga; | bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga; |
bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuboriladigan tovarlarga. | bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuboriladigan tovarlarga. |
338-modda. Nazorat qilinishi bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirishda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori | 338-modda. Nazorat qilinishi bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirishda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori |
Nazorat qilinishi bojxona organlariga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi: | Nazorat qilinishi bojxona organlariga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi: |
agar bojxona ombori yoki erkin ombor sifatida ochiq maydoncha maʼlum qilinayotgan boʻlsa, bir kvadrat metr maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida yoki agar bojxona ombori yoxud erkin ombor sifatida bino maʼlum qilinayotgan boʻlsa, binoning bir kub metr hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan kam boʻlmagan summasi miqdorida — bojxona ombori yoki erkin ombor egalari uchun; | agar bojxona ombori yoki erkin ombor sifatida ochiq maydoncha maʼlum qilinayotgan boʻlsa, bir kvadrat metr maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida yoki agar bojxona ombori yoxud erkin ombor sifatida bino maʼlum qilinayotgan boʻlsa, binoning bir kub metr hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan kam boʻlmagan summasi miqdorida — bojxona ombori yoki erkin ombor egalari uchun; |
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravari miqdorida — boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining egalari uchun; | bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravari miqdorida — boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining egalari uchun; |
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravari miqdorida — bojxona tashuvchisi uchun. | bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravari miqdorida — bojxona tashuvchisi uchun. |
339-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash usullari | 339-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash usullari |
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash toʻlovchining tanloviga koʻra quyidagi istalgan usullar orqali amalga oshiriladi: | Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash toʻlovchining tanloviga koʻra quyidagi istalgan usullar orqali amalga oshiriladi: |
pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish; | pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish; |
tovarlarni garovga qoʻyish; | tovarlarni garovga qoʻyish; |
bank kafolatini taqdim etish; | bank kafolatini taqdim etish; |
bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash; | bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash; |
kafillik. | kafillik. |
3391-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminoti | 3391-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminoti |
Agar ayni bir shaxs tomonidan muayyan vaqt ichida bir necha bojxona operatsiyasi amalga oshirilsa, barcha bunday bojxona operatsiyalarini bajarish chogʻida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlash uchun ushbu Kodeksning 339-moddasida belgilangan usullardan biri bilan bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminoti taqdim etilishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 339-moddasining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar mustasno. | Agar ayni bir shaxs tomonidan muayyan vaqt ichida bir necha bojxona operatsiyasi amalga oshirilsa, barcha bunday bojxona operatsiyalarini bajarish chogʻida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlash uchun ushbu Kodeksning 339-moddasida belgilangan usullardan biri bilan bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminoti taqdim etilishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 339-moddasining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar mustasno. |
Bojxona organi bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini, agar bojxona toʻlovlari bunday taʼminot hisobidan ushbu bojxona organi tomonidan undirilishi mumkin boʻlsa, qabul qiladi. | Bojxona organi bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini, agar bojxona toʻlovlari bunday taʼminot hisobidan ushbu bojxona organi tomonidan undirilishi mumkin boʻlsa, qabul qiladi. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminoti tovarlarni chiqarib yuboruvchi bojxona organiga taqdim etiladi. | Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminoti tovarlarni chiqarib yuboruvchi bojxona organiga taqdim etiladi. |
Toʻlovchi bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini ushbu Kodeksning 336, 337 va 338-moddalarida belgilangan hollarda yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlashga doir bir yoki bir necha majburiyat boʻyicha taqdim etadi. | Toʻlovchi bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini ushbu Kodeksning 336, 337 va 338-moddalarida belgilangan hollarda yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlashga doir bir yoki bir necha majburiyat boʻyicha taqdim etadi. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminoti toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan muddatga bojxona organlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda bojxona toʻlovlarini toʻlash bosh taʼminotining amal qilish muddati toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan muddat ichida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlashga doir majburiyatlarni toʻlovchi tomonidan bajarish muddatlaridan koʻp boʻlishi kerak. | Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminoti toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan muddatga bojxona organlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda bojxona toʻlovlarini toʻlash bosh taʼminotining amal qilish muddati toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan muddat ichida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarini toʻlashni taʼminlashga doir majburiyatlarni toʻlovchi tomonidan bajarish muddatlaridan koʻp boʻlishi kerak. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taʼminotini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
340-modda. Pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish va ularni qaytarish shartlari | 340-modda. Pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish va ularni qaytarish shartlari |
Toʻlovchi bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash uchun bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ushbu Kodeksning 337 va 338-moddalarida belgilangan miqdorda pul mablagʻlari summasini kiritadi. | Toʻlovchi bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash uchun bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ushbu Kodeksning 337 va 338-moddalarida belgilangan miqdorda pul mablagʻlari summasini kiritadi. |
Pul mablagʻlari bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga (bundan buyon matnda depozit deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida kiritiladi. | Pul mablagʻlari bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga (bundan buyon matnda depozit deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida kiritiladi. |
Saqlangan vaqt uchun depozit summasiga foizlar hisoblanmaydi. | Saqlangan vaqt uchun depozit summasiga foizlar hisoblanmaydi. |
Depozitni qaytarish toʻlovchining arizasi bojxona organi tomonidan olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay mazkur arizaga koʻra amalga oshiriladi. | Depozitni qaytarish toʻlovchining arizasi bojxona organi tomonidan olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay mazkur arizaga koʻra amalga oshiriladi. |
Depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza toʻlovchi tomonidan bojxona organiga majburiyat bajarilganidan keyin, lekin majburiyat bajarilgan kunning ertasidan eʼtiboran uch yildan kechiktirmay beriladi. Agar depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza belgilangan muddatda berilmagan boʻlsa, depozit summasi bojxona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi. | Depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza toʻlovchi tomonidan bojxona organiga majburiyat bajarilganidan keyin, lekin majburiyat bajarilgan kunning ertasidan eʼtiboran uch yildan kechiktirmay beriladi. Agar depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza belgilangan muddatda berilmagan boʻlsa, depozit summasi bojxona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi. |
Toʻlovchi tomonidan depozit bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, kiritilgan pul mablagʻlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga depozit summasidan olinadi. | Toʻlovchi tomonidan depozit bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, kiritilgan pul mablagʻlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga depozit summasidan olinadi. |
341-modda. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish | 341-modda. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish |
Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza depozit qaysi bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga yoxud bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organiga beriladi. | Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza depozit qaysi bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga yoxud bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organiga beriladi. |
Tovarlarni tashish majburiyatlari bajarilganligi bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organi tomonidan tasdiqlanganidan keyin ikki ish kuni ichida bojxona organi bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozit qaytarilishini amalga oshiradi. | Tovarlarni tashish majburiyatlari bajarilganligi bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organi tomonidan tasdiqlanganidan keyin ikki ish kuni ichida bojxona organi bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozit qaytarilishini amalga oshiradi. |
Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻlov qaysi valyutada kiritilgan boʻlsa, oʻsha valyutada bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. | Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻlov qaysi valyutada kiritilgan boʻlsa, oʻsha valyutada bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. |
342-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlar garovini qoʻllash | 342-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlar garovini qoʻllash |
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida garov toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tovarlar garovi qoʻllanilishi mumkin. | Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida garov toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tovarlar garovi qoʻllanilishi mumkin. |
Har qanday tovar garov narsasi boʻlishi mumkin, bundan quyidagilar mustasno: | Har qanday tovar garov narsasi boʻlishi mumkin, bundan quyidagilar mustasno: |
elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari; | elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari; |
korxonalar, binolar, qurilmalar, inshootlar, yer uchastkalari, fazoviy obyektlar; | korxonalar, binolar, qurilmalar, inshootlar, yer uchastkalari, fazoviy obyektlar; |
boshqa majburiyatlarni taʼminlash uchun garovga qoʻyib boʻlingan tovarlar; | boshqa majburiyatlarni taʼminlash uchun garovga qoʻyib boʻlingan tovarlar; |
intellektual mulk obyektlari; | intellektual mulk obyektlari; |
bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar; | bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar; |
tez buziladigan tovarlar; | tez buziladigan tovarlar; |
jonivorlar; | jonivorlar; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan tovarlar; | Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan tovarlar; |
realizatsiya qilish imkoniyati cheklangan tovarlar; | realizatsiya qilish imkoniyati cheklangan tovarlar; |
joylashgan yeri va foydalanilishi ustidan bojxona organi doimiy nazoratni taʼminlay olmaydigan tovarlar; | joylashgan yeri va foydalanilishi ustidan bojxona organi doimiy nazoratni taʼminlay olmaydigan tovarlar; |
qonunchilikka muvofiq erkin realizatsiya qilinishi taqiqlangan ishlab chiqarish mahsulotlari va chiqindilari. | qonunchilikka muvofiq erkin realizatsiya qilinishi taqiqlangan ishlab chiqarish mahsulotlari va chiqindilari. |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan va sertifikatlanishi yoki davlatning boshqa organlari nazoratida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar sertifikatlar, ruxsatnomalar va tovarlar chiqarib yuborilayotganda zarur boʻlgan boshqa hujjatlar boʻlgan taqdirdagina garov narsasi boʻlishi mumkin. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan va sertifikatlanishi yoki davlatning boshqa organlari nazoratida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar sertifikatlar, ruxsatnomalar va tovarlar chiqarib yuborilayotganda zarur boʻlgan boshqa hujjatlar boʻlgan taqdirdagina garov narsasi boʻlishi mumkin. |
Garov narsasining bozor qiymatini aniqlash uchun uning baholanishi garovga qoʻyuvchi hisobidan baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi. | Garov narsasining bozor qiymatini aniqlash uchun uning baholanishi garovga qoʻyuvchi hisobidan baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi. |
Garov narsasining bozor qiymati toʻlanishi garov narsasi bilan taʼminlanadigan bojxona toʻlovlariga doir majburiyatlar, shu jumladan tovarlarning ularni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha zarur xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun bozor qiymatidan oʻn besh foizi qoʻshib hisoblangandagi majburiyatlar miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. | Garov narsasining bozor qiymati toʻlanishi garov narsasi bilan taʼminlanadigan bojxona toʻlovlariga doir majburiyatlar, shu jumladan tovarlarning ularni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha zarur xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun bozor qiymatidan oʻn besh foizi qoʻshib hisoblangandagi majburiyatlar miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. |
Ushbu Kodeksning 93 va 236-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor faoliyatini litsenziyalashda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlarni garovga qoʻyish qoʻllanilmaydi. | Ushbu Kodeksning 93 va 235-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor faoliyatini litsenziyalashda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlarni garovga qoʻyish qoʻllanilmaydi. |
343-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlarni garovga qoʻyishga doir talablar | 343-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlarni garovga qoʻyishga doir talablar |
Tovarlarni garovga qoʻyish bojxona organi va kafolat shartnomasi boʻyicha toʻlovchi yoki boshqa shaxs boʻlishi mumkin boʻlgan garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi garov toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. | Tovarlarni garovga qoʻyish bojxona organi va kafolat shartnomasi boʻyicha toʻlovchi yoki boshqa shaxs boʻlishi mumkin boʻlgan garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi garov toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. |
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak. | Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak. |
Garovga qoʻyuvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli. | Garovga qoʻyuvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli. |
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. | Garov toʻgʻrisidagi shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. |
344-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida bank kafolatini qoʻllash | 344-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida bank kafolatini qoʻllash |
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida Oʻzbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan bankning kafolati qoʻllanilishi mumkin. | Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida Oʻzbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan bankning kafolati qoʻllanilishi mumkin. |
Bank kafolatida koʻrsatilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak. | Bank kafolatida koʻrsatilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak. |
Toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar qonunchilikka muvofiq soʻzsiz tartibda kafolat bergan bankdan bojxona organi tomonidan undirib olinadi. | Toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar qonunchilikka muvofiq soʻzsiz tartibda kafolat bergan bankdan bojxona organi tomonidan undirib olinadi. |
345-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida sugʻurta majburiyatini qoʻllash | 345-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida sugʻurta majburiyatini qoʻllash |
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida toʻlovchining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash shartnomasiga koʻra sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi qoʻllanilishi mumkin. | Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida toʻlovchining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash shartnomasiga koʻra sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi qoʻllanilishi mumkin. |
Sugʻurta polisi bilan tasdiqlanadigan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak. | Sugʻurta polisi bilan tasdiqlanadigan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak. |
Sugʻurta polisi bilan taʼminlangan majburiyat toʻlovchi tomonidan bajarilmagan taqdirda bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar sugʻurta polisini bergan sugʻurtalovchidan bojxona organi tomonidan soʻzsiz tartibda qonunchilikka muvofiq undirib olinadi. | Sugʻurta polisi bilan taʼminlangan majburiyat toʻlovchi tomonidan bajarilmagan taqdirda bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar sugʻurta polisini bergan sugʻurtalovchidan bojxona organi tomonidan soʻzsiz tartibda qonunchilikka muvofiq undirib olinadi. |
346-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida kafillikning qoʻllanilishi | 346-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida kafillikning qoʻllanilishi |
Kafilning bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs oʻrniga bojxona toʻlovlari va foizlarning toʻlanishini taʼminlash niyati toʻgʻrisidagi yozma majburiyati bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida qoʻllanilishi mumkin. | Kafilning bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs oʻrniga bojxona toʻlovlari va foizlarning toʻlanishini taʼminlash niyati toʻgʻrisidagi yozma majburiyati bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida qoʻllanilishi mumkin. |
Kafil sifatida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin. | Kafil sifatida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin. |
Kafil ushbu Kodeksning 340-moddasiga muvofiq bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga taʼminlash summalarini kiritish orqali bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni amalga oshiradi. | Kafil ushbu Kodeksning 340-moddasiga muvofiq bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga taʼminlash summalarini kiritish orqali bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni amalga oshiradi. |
Kafillik bilan taʼminlanadigan majburiyat bajarilmaganligi uchun kafil va toʻlovchi bojxona organi oldida solidar javobgar boʻladi. | Kafillik bilan taʼminlanadigan majburiyat bajarilmaganligi uchun kafil va toʻlovchi bojxona organi oldida solidar javobgar boʻladi. |
48-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik | 48-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik |
347-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning yuzaga kelishi | 347-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning yuzaga kelishi |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik ushbu Kodeksning 327-moddasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasidan, shuningdek uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan foizlardan iborat. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik ushbu Kodeksning 327-moddasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasidan, shuningdek uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan foizlardan iborat. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik quyidagi hollarda yuzaga keladi: | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik quyidagi hollarda yuzaga keladi: |
bojxona toʻlovlari ularni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmaganda. Kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagan kunning ertasidan qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi; | bojxona toʻlovlari ularni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmaganda. Kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagan kunning ertasidan qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi; |
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratini oʻtkazish natijasida bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda. Agar toʻlovchining bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanishiga eʼtirozlari boʻlmasa, bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma taqdim etilgan kun, toʻlovchi eʼtiroz bildirgan taqdirda esa, sudning bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirgan sana qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi; | tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratini oʻtkazish natijasida bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda. Agar toʻlovchining bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanishiga eʼtirozlari boʻlmasa, bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma taqdim etilgan kun, toʻlovchi eʼtiroz bildirgan taqdirda esa, sudning bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirgan sana qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi; |
toʻlovchining tashabbusi bilan bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilgan kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi; | toʻlovchining tashabbusi bilan bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilgan kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi; |
ushbu Kodeks 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlarda bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddati tugagan kundan keyingi kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi. | ushbu Kodeks 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlarda bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddati tugagan kundan keyingi kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi. |
Agar bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa, u shakllanmaydi. | Agar bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa, u shakllanmaydi. |
348-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma | 348-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bojxona organi tomonidan toʻlovchiga mazkur qarzdorlikni majburiy tartibda undirish choralari koʻrilguniga qadar yozma ravishda qoʻyiladi. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bojxona organi tomonidan toʻlovchiga mazkur qarzdorlikni majburiy tartibda undirish choralari koʻrilguniga qadar yozma ravishda qoʻyiladi. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
talabnoma qoʻyilishi asoslari; | talabnoma qoʻyilishi asoslari; |
bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning talabnoma qoʻyilgan paytdagi summasi; | bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning talabnoma qoʻyilgan paytdagi summasi; |
talabnomani bajarish uchun belgilangan muddat; | talabnomani bajarish uchun belgilangan muddat; |
toʻlovchi tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni sud tartibida undirish toʻgʻrisidagi ogohlantirish. | toʻlovchi tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni sud tartibida undirish toʻgʻrisidagi ogohlantirish. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bunday qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay, toʻlovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligi faktini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda toʻlovchiga yuborilishi kerak. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bunday qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay, toʻlovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligi faktini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda toʻlovchiga yuborilishi kerak. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma toʻlovchiga topshirilgan yoki u toʻlovchi tomonidan olingan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma toʻlovchiga topshirilgan yoki u toʻlovchi tomonidan olingan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi. |
Toʻlovchi tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organi undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratiladigan miqdordagi bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzning summasini koʻrsatgan holda garov reyestriga yozuv kiritadi. Yozuv bojxona toʻlovlari boʻyicha qarz toʻliq qoplanganidan yoki hisobdan chiqarilganidan keyin garov reyestridan oʻchiriladi. | Toʻlovchi tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organi undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratiladigan miqdordagi bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzning summasini koʻrsatgan holda garov reyestriga yozuv kiritadi. Yozuv bojxona toʻlovlari boʻyicha qarz toʻliq qoplanganidan yoki hisobdan chiqarilganidan keyin garov reyestridan oʻchiriladi. |
Bojxona toʻlovlari ularni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmagan taqdirda bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning soʻzsiz tartibda undirilishini bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisida toʻlovchiga talabnoma yubormagan holda amalga oshiradi. | Bojxona toʻlovlari ularni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmagan taqdirda bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning soʻzsiz tartibda undirilishini bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisida toʻlovchiga talabnoma yubormagan holda amalga oshiradi. |
349-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penya | 349-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penya |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun toʻlovchi tomonidan penya toʻlanadi. Penya, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasini istisno etganda, uni undirish boʻyicha majburiy choralar, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun boshqa javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar, toʻlanadi. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun toʻlovchi tomonidan penya toʻlanadi. Penya, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasini istisno etganda, uni undirish boʻyicha majburiy choralar, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun boshqa javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar, toʻlanadi. |
Toʻlovchining penyani toʻlash boʻyicha majburiyati bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik yuzaga kelgan kundan eʼtiboran paydo boʻladi hamda bojxona toʻlovlari va penyani toʻlash boʻyicha qarzdorlik amalda toʻlangan kunda tugatiladi. | Toʻlovchining penyani toʻlash boʻyicha majburiyati bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik yuzaga kelgan kundan eʼtiboran paydo boʻladi hamda bojxona toʻlovlari va penyani toʻlash boʻyicha qarzdorlik amalda toʻlangan kunda tugatiladi. |
Penyaning foiz stavkasi uni toʻlash boʻyicha majburiyat bajarilmagan har bir kalendar kun uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasining shu paytda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida hisoblanadi. | Penyaning foiz stavkasi uni toʻlash boʻyicha majburiyat bajarilmagan har bir kalendar kun uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasining shu paytda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida hisoblanadi. |
Penyaning umumiy summasi bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning miqdoridan oshmasligi kerak. | Penyaning umumiy summasi bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning miqdoridan oshmasligi kerak. |
Penyani toʻlash, undirish va qaytarish ushbu Kodeksning 46, 48 va 49-boblarida bojxona toʻlovlarini toʻlash va qaytarish hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirishga nisbatan nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Penyani toʻlash, undirish va qaytarish ushbu Kodeksning 46, 48 va 49-boblarida bojxona toʻlovlarini toʻlash va qaytarish hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirishga nisbatan nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
350-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish | 350-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish |
Toʻlovchi tomonidan eʼtiroz mavjud boʻlgan, qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlarini undirish sudning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida amalga oshiriladi. | Toʻlovchi tomonidan eʼtiroz mavjud boʻlgan, qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlarini undirish sudning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida amalga oshiriladi. |
Jismoniy shaxslardan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno. | Jismoniy shaxslardan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno. |
Toʻlovchi bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlashni bojxona organiga yozma yoki elektron shaklda xabar yuborib, quyidagi hollarda olti oy davomida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli: | Toʻlovchi bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlashni bojxona organiga yozma yoki elektron shaklda xabar yuborib, quyidagi hollarda olti oy davomida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli: |
bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda, agar toʻlovchi bojxona organining qaroriga rozi boʻlsa — bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran; | bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda, agar toʻlovchi bojxona organining qaroriga rozi boʻlsa — bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran; |
toʻlovchining tashabbusi bilan bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda — tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shakli rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran. | toʻlovchining tashabbusi bilan bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda — tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shakli rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran. |
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bojxona toʻlovlari toʻlanmagan tovarlarga nisbatan undiruvni qaratish bojxona toʻlovlarini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani yubormasdan yoki bunday yuborishga qadar amalga oshirilishi mumkin. | Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bojxona toʻlovlari toʻlanmagan tovarlarga nisbatan undiruvni qaratish bojxona toʻlovlarini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani yubormasdan yoki bunday yuborishga qadar amalga oshirilishi mumkin. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek penyani toʻlash toʻlovchi tomonidan bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan dastlabki pul mablagʻlari yoxud ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek penyani toʻlash toʻlovchi tomonidan bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan dastlabki pul mablagʻlari yoxud ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin. |
351-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish | 351-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish bojxona organi tomonidan bankka pul mablagʻlarining soʻzsiz tartibda undirilishi toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish bojxona organi tomonidan bankka pul mablagʻlarining soʻzsiz tartibda undirilishi toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi quyidagilar toʻlanmagan taqdirda bojxona organi tomonidan besh ish kunidan kechiktirmay qoʻyiladi: | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi quyidagilar toʻlanmagan taqdirda bojxona organi tomonidan besh ish kunidan kechiktirmay qoʻyiladi: |
bojxona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagach, bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda; | bojxona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagach, bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda; |
ushbu Kodeks 350-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlovchida eʼtiroz mavjud boʻlmagan qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda; | ushbu Kodeks 350-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlovchida eʼtiroz mavjud boʻlmagan qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda; |
tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishiga doir talablar buzilgan holda yoʻqotilgan yoxud foydalanilgan yoki berib yuborilgan tovarlar boʻyicha hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda; | tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishiga doir talablar buzilgan holda yoʻqotilgan yoxud foydalanilgan yoki berib yuborilgan tovarlar boʻyicha hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda; |
ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda davriy bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda. | ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda davriy bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda. |
Toʻlovchining hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatayotgan bank bojxona organining bojxona toʻlovlarini undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilikda belgilangan navbat tartibida bajaradi. | Toʻlovchining hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatayotgan bank bojxona organining bojxona toʻlovlarini undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilikda belgilangan navbat tartibida bajaradi. |
352-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish | 352-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojxona organining inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan paytdan eʼtiboran olti oydan koʻproq muddatda pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojxona organining inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan paytdan eʼtiboran olti oydan koʻproq muddatda pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi. |
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish bojxona organining daʼvo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi, bundan undiruvni bojxona organiga garov narsasi sifatida berilgan mol-mulkka qaratish bojxona organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma shartlariga qarab amalga oshiriladigan hollar mustasno. | Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish bojxona organining daʼvo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi, bundan undiruvni bojxona organiga garov narsasi sifatida berilgan mol-mulkka qaratish bojxona organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma shartlariga qarab amalga oshiriladigan hollar mustasno. |
3521-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni umidsiz deb eʼtirof etish | 3521-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni umidsiz deb eʼtirof etish |
Majburiyatning sud qaroriga koʻra tugatilganligi oqibatida yoxud qarzdor toʻlovga qobiliyatsiz boʻlganligi, tugatilganligi yoki vafot etganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik umidsiz qarz deb hisoblanadi. | Majburiyatning sud qaroriga koʻra tugatilganligi oqibatida yoxud qarzdor toʻlovga qobiliyatsiz boʻlganligi, tugatilganligi yoki vafot etganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik umidsiz qarz deb hisoblanadi. |
Bojxona organlarining qaroriga koʻra bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik quyidagi hollarda umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi: | Bojxona organlarining qaroriga koʻra bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik quyidagi hollarda umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi: |
1) yuridik shaxs tugatilganda — uning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda ushbu yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha; | 1) yuridik shaxs tugatilganda — uning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda ushbu yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha; |
2) yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb eʼtirof etilganda — bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzning qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha; | 2) yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb eʼtirof etilganda — bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzning qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha; |
3) jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoxud jismoniy shaxs bankrot deb topilganda — uning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda uzilmay qolgan qismi boʻyicha; | 3) jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoxud jismoniy shaxs bankrot deb topilganda — uning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda uzilmay qolgan qismi boʻyicha; |
4) chet el yuridik shaxsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda — uning bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorligining doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha. Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan mazkur qarzdorlik ushbu chet el yuridik shaxsi soliq organida qaytadan hisobga qoʻyilganda tiklanishi lozim. | 4) chet el yuridik shaxsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda — uning bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorligining doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha. Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan mazkur qarzdorlik ushbu chet el yuridik shaxsi soliq organida qaytadan hisobga qoʻyilganda tiklanishi lozim. |
Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. | Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. |
49-bob. Bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish | 49-bob. Bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish |
353-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish | 353-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan summadan oshadigan miqdorda bojxona toʻlovlari sifatida toʻlangan yoki undirilgan pul mablagʻlarining summalari ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalari hisoblanadi. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan summadan oshadigan miqdorda bojxona toʻlovlari sifatida toʻlangan yoki undirilgan pul mablagʻlarining summalari ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalari hisoblanadi. |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari shunday toʻlovlar toʻlangan yoxud undirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida qaytarilishi yoki dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hollar mustasno. | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari shunday toʻlovlar toʻlangan yoxud undirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida qaytarilishi yoki dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hollar mustasno. |
Eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilgan (tiklangan) taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari ushbu toʻlovlar toʻlangan yoki undirilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida, bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etish sharti bilan qaytarilishi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi kerak. | Eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilgan (tiklangan) taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari ushbu toʻlovlar toʻlangan yoki undirilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida, bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etish sharti bilan qaytarilishi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi kerak. |
Qaytarilishi reeksport va reimport bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak boʻlgan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasini qaytarish ushbu Kodeksning 35 va 59-moddalarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim. | Qaytarilishi reeksport va reimport bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak boʻlgan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasini qaytarish ushbu Kodeksning 35 va 59-moddalarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim. |
Tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish sanasi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarining toʻlanish yoki undirilish paytidir. | Tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish sanasi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarining toʻlanish yoki undirilish paytidir. |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: |
toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish toʻgʻrisida ariza berilganda; | toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish toʻgʻrisida ariza berilganda; |
bojxona toʻlovlari summalarining ortiqcha toʻlanganligi yoki undirilganligi fakti aniqlanganda. | bojxona toʻlovlari summalarining ortiqcha toʻlanganligi yoki undirilganligi fakti aniqlanganda. |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasi bojxona organlari tomonidan quyidagi hollarda qaytarilmaydi, agar: | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasi bojxona organlari tomonidan quyidagi hollarda qaytarilmaydi, agar: |
uni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida belgilangan tegishli muddatlar tugaganidan keyin berilgan boʻlsa; | uni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida belgilangan tegishli muddatlar tugaganidan keyin berilgan boʻlsa; |
uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa. | uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa. |
354-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish shartlari | 354-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish shartlari |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazilgan bojxona toʻlovlarining summalari quyidagi hollarda dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi yoki bojxona organlari tomonidan toʻlovchiga qaytarib beriladi: | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazilgan bojxona toʻlovlarining summalari quyidagi hollarda dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi yoki bojxona organlari tomonidan toʻlovchiga qaytarib beriladi: |
tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilishi munosabati bilan bojxona toʻlovlari summalari qayta hisoblanganda; | tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilishi munosabati bilan bojxona toʻlovlari summalari qayta hisoblanganda; |
agar bojxona rejimi shartlarida ilgari toʻlangan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa; | agar bojxona rejimi shartlarida ilgari toʻlangan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa; |
agar tovarning bojxona toʻlovlarini toʻlash ularni hisoblab chiqarishning belgilangan tartibini buzgan holda amalga oshirilgan boʻlsa; | agar tovarning bojxona toʻlovlarini toʻlash ularni hisoblab chiqarishning belgilangan tartibini buzgan holda amalga oshirilgan boʻlsa; |
bojxona toʻlovlarining stavkalari oʻzgargan boʻlsa; | bojxona toʻlovlarining stavkalari oʻzgargan boʻlsa; |
bojxona hududiga olib kirilgan tovarga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz tiklangan boʻlsa; | bojxona hududiga olib kirilgan tovarga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz tiklangan boʻlsa; |
agar bojxona toʻlovlari toʻlangan tovarlar bojxona nazorati ostida yoʻq qilinishi lozim boʻlsa; | agar bojxona toʻlovlari toʻlangan tovarlar bojxona nazorati ostida yoʻq qilinishi lozim boʻlsa; |
egasi bojxona organi boʻlgan bojxona ombori tugatilishi munosabati bilan tovarlar berilayotganda saqlash uchun toʻlangan bojxona yigʻimlari summalarining bir qismi qaytarilganda; | egasi bojxona organi boʻlgan bojxona ombori tugatilishi munosabati bilan tovarlar berilayotganda saqlash uchun toʻlangan bojxona yigʻimlari summalarining bir qismi qaytarilganda; |
bojxona toʻlovlarini hisoblashda ortiqcha toʻlovga olib kelgan texnik xatoliklar aniqlanganda. | bojxona toʻlovlarini hisoblashda ortiqcha toʻlovga olib kelgan texnik xatoliklar aniqlanganda. |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham qaytarib berilishi mumkin. | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham qaytarib berilishi mumkin. |
Bojxona organining xatosi tufayli ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish ustuvor tartibda amalga oshiriladi. | Bojxona organining xatosi tufayli ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish ustuvor tartibda amalga oshiriladi. |
355-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza | 355-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari kiritilgan bojxona organiga topshiriladi. Toʻlovchi bojxona organiga ariza bilan birga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish huquqini yuzaga keltiruvchi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari kiritilgan bojxona organiga topshiriladi. Toʻlovchi bojxona organiga ariza bilan birga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish huquqini yuzaga keltiruvchi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. |
356-modda. Bojxona organining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi qarori | 356-modda. Bojxona organining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi qarori |
Bojxona organi ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida toʻlovchining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra qaror qabul qiladi. | Bojxona organi ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida toʻlovchining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra qaror qabul qiladi. |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizada va taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning bojxona organi tomonidan qoʻshimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tugʻilganda, arizani koʻrib chiqish oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi. | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizada va taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning bojxona organi tomonidan qoʻshimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tugʻilganda, arizani koʻrib chiqish oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi. |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bojxona organi arizachini yozma shaklda xabardor qiladi. Yozma xabardan keyin arizachi bojxona organi bilan birga oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi. | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bojxona organi arizachini yozma shaklda xabardor qiladi. Yozma xabardan keyin arizachi bojxona organi bilan birga oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi. |
Bojxona organi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror haqida rad etishning asoslantirilgan sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. | Bojxona organi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror haqida rad etishning asoslantirilgan sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. |
357-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish tartib-taomili | 357-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish tartib-taomili |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish mazkur summalarni quyidagi tartibda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi: | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish mazkur summalarni quyidagi tartibda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi: |
toʻlovchining arizada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga; | toʻlovchining arizada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga; |
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga; | ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga; |
toʻlov amalga oshirilgan valyutada; | toʻlov amalga oshirilgan valyutada; |
dastlabki pul mablagʻlari hisobiga; | dastlabki pul mablagʻlari hisobiga; |
bojxona organlari oldidagi boshqa majburiyat boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash uchun. | bojxona organlari oldidagi boshqa majburiyat boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash uchun. |
Toʻlovchida bojxona toʻlovlarini, shuningdek penyani yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik boʻlgan taqdirda, bojxona organi qarzdorlikni toʻlovchining roziligi bilan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summasi hisobidan toʻlanishini amalga oshiradi. Bunda ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasi toʻlovchiga ushbu qarzdorlik miqdoridagi bojxona toʻlovlarini, penyani yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik chegirib tashlangan holda qaytariladi. | Toʻlovchida bojxona toʻlovlarini, shuningdek penyani yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik boʻlgan taqdirda, bojxona organi qarzdorlikni toʻlovchining roziligi bilan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summasi hisobidan toʻlanishini amalga oshiradi. Bunda ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasi toʻlovchiga ushbu qarzdorlik miqdoridagi bojxona toʻlovlarini, penyani yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik chegirib tashlangan holda qaytariladi. |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari qaytarilayotganda ular uchun foizlar toʻlanmaydi va qaytarilayotgan toʻlov summasi indeksatsiyalanmaydi. | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari qaytarilayotganda ular uchun foizlar toʻlanmaydi va qaytarilayotgan toʻlov summasi indeksatsiyalanmaydi. |
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish bojxona toʻlovlari turi boʻyicha bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan, tovarlari bojxona jihatidan rasmiylashtirilgan boshqa toʻlovchilarning mablagʻlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlardan amalga oshiriladi. | Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish bojxona toʻlovlari turi boʻyicha bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan, tovarlari bojxona jihatidan rasmiylashtirilgan boshqa toʻlovchilarning mablagʻlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlardan amalga oshiriladi. |
50-bob. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash | 50-bob. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash |
358-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakat | 358-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakat |
Tovar toʻliq ishlab chiqarilgan yoki ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va (yoki), tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib koʻrsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin. | Tovar toʻliq ishlab chiqarilgan yoki ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va (yoki), tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib koʻrsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin. |
359-modda. Muayyan mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan tovarlar | 359-modda. Muayyan mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan tovarlar |
Quyidagi tovarlar muayyan mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi: | Quyidagi tovarlar muayyan mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi: |
1) uning hududidan, hududiy suvlaridan, qitʼa shelfidan yoki dengiz tubidan qazib olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat ushbu yer qaʼri boyliklarini qidirish va qazib olish uchun mutlaq huquqqa ega boʻlsa; | 1) uning hududidan, hududiy suvlaridan, qitʼa shelfidan yoki dengiz tubidan qazib olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat ushbu yer qaʼri boyliklarini qidirish va qazib olish uchun mutlaq huquqqa ega boʻlsa; |
2) mamlakat hududida yetishtirilgan yoki yigʻib olingan oʻsimlik mahsulotlari; | 2) mamlakat hududida yetishtirilgan yoki yigʻib olingan oʻsimlik mahsulotlari; |
3) mamlakatda tugʻilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar; | 3) mamlakatda tugʻilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar; |
4) mamlakatda yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlaridan va hayvonlardan olingan mahsulot; | 4) mamlakatda yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlaridan va hayvonlardan olingan mahsulot; |
5) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti; | 5) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti; |
6) mamlakat kemalarida yoki ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarida jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsuloti; | 6) mamlakat kemalarida yoki ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarida jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsuloti; |
7) mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning mahsuli boʻlgan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar; | 7) mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning mahsuli boʻlgan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar; |
8) mamlakatga tegishli boʻlgan yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq koinotdan olingan yuqori texnologiyalar mahsuloti; | 8) mamlakatga tegishli boʻlgan yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq koinotdan olingan yuqori texnologiyalar mahsuloti; |
9) mamlakatda ushbu moddada koʻrsatilgan mahsulotdangina ishlab chiqarilgan tovarlar. | 9) mamlakatda ushbu moddada koʻrsatilgan mahsulotdangina ishlab chiqarilgan tovarlar. |
360-modda. Tovarni yetarli darajada qayta ishlash mezonlari | 360-modda. Tovarni yetarli darajada qayta ishlash mezonlari |
Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan boʻlsa, tovarning ishlab chiqarilgan joyi yetarli darajada qayta ishlash mezonlariga muvofiq aniqlanadi. | Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan boʻlsa, tovarning ishlab chiqarilgan joyi yetarli darajada qayta ishlash mezonlariga muvofiq aniqlanadi. |
Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash uchun tovarni yetarli darajada qayta ishlashning quyidagi mezonlaridan biri qoʻllaniladi: | Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash uchun tovarni yetarli darajada qayta ishlashning quyidagi mezonlaridan biri qoʻllaniladi: |
tovarni muayyan mamlakatda qayta ishlash yoki tayyorlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish natijasida uning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasidagi oʻrni dastlabki toʻrtta belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi; | tovarni muayyan mamlakatda qayta ishlash yoki tayyorlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish natijasida uning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasidagi oʻrni dastlabki toʻrtta belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi; |
advalor ulush qoidasi — foydalanilgan materiallarning va (yoki) qoʻshilgan qiymatning foizli ulushi yakuniy mahsulotning narxida qayd etilgan belgilangan ulushiga yetganda tovar qiymatining oʻzgarishi. | advalor ulush qoidasi — foydalanilgan materiallarning va (yoki) qoʻshilgan qiymatning foizli ulushi yakuniy mahsulotning narxida qayd etilgan belgilangan ulushiga yetganda tovar qiymatining oʻzgarishi. |
Quyidagilar tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlariga javob bermaydi: | Quyidagilar tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlariga javob bermaydi: |
saqlash yoki tashish vaqtida tovarlarning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha operatsiyalar; | saqlash yoki tashish vaqtida tovarlarning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha operatsiyalar; |
tovarlarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari (tovar turkumini maydalash, tovarlarni joʻnatishni tashkil etish, saralash, qaytadan oʻrash va boshqalar); | tovarlarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari (tovar turkumini maydalash, tovarlarni joʻnatishni tashkil etish, saralash, qaytadan oʻrash va boshqalar); |
oddiy yigʻuv operatsiyalari; | oddiy yigʻuv operatsiyalari; |
tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jiddiy farqlantiradigan xususiyatlarni bermaslik; | tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jiddiy farqlantiradigan xususiyatlarni bermaslik; |
ushbu qismning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan operatsiyalarning ikkitasini yoki undan ortigʻini bir vaqtda amalga oshirish; | ushbu qismning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan operatsiyalarning ikkitasini yoki undan ortigʻini bir vaqtda amalga oshirish; |
chorva mollarini soʻyish. | chorva mollarini soʻyish. |
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlarining qoʻllanilish xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi. | Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlarining qoʻllanilish xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi. |
361-modda. Tovarlarni turkumlab yetkazishda ular ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash | 361-modda. Tovarlarni turkumlab yetkazishda ular ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash |
Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga koʻra tovarlarni bitta turkum qilib joʻnatishning imkoni boʻlmaganligi sababli ular boʻlib-boʻlib yoki yigʻilmagan holda bir necha turkumda yetkazib berilsa, shuningdek bir turkum tovar notoʻgʻri taqsimlanishi natijasida bir necha turkumga boʻlingan boʻlsa, tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda bunday tovarlar deklarantning xohishiga koʻra yagona tovar deb qaralishi kerak. Ushbu qoidaning qoʻllanilish sharti quyidagilardan iborat: | Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga koʻra tovarlarni bitta turkum qilib joʻnatishning imkoni boʻlmaganligi sababli ular boʻlib-boʻlib yoki yigʻilmagan holda bir necha turkumda yetkazib berilsa, shuningdek bir turkum tovar notoʻgʻri taqsimlanishi natijasida bir necha turkumga boʻlingan boʻlsa, tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda bunday tovarlar deklarantning xohishiga koʻra yagona tovar deb qaralishi kerak. Ushbu qoidaning qoʻllanilish sharti quyidagilardan iborat: |
boʻlaklarga boʻlingan yoki yigʻilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini bunday taqsimlash sabablarini, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlarning kodlarini, har bir turkumga kiradigan tovarlar qiymati va tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni koʻrsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini bojxona organiga oldindan yozma ravishda maʼlum qilish; | boʻlaklarga boʻlingan yoki yigʻilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini bunday taqsimlash sabablarini, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlarning kodlarini, har bir turkumga kiradigan tovarlar qiymati va tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni koʻrsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini bojxona organiga oldindan yozma ravishda maʼlum qilish; |
tovar bir necha turkumga notoʻgʻri taqsimlanganligining hujjatlar bilan tasdiqlanganligi; | tovar bir necha turkumga notoʻgʻri taqsimlanganligining hujjatlar bilan tasdiqlanganligi; |
barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta yetkazib beruvchi orqali yetkazib berilganligi; | barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta yetkazib beruvchi orqali yetkazib berilganligi; |
tovarlarning barcha turkumlari bitta bojxona organi orqali olib kirilganligi; | tovarlarning barcha turkumlari bitta bojxona organi orqali olib kirilganligi; |
barcha turkumdagi tovarlarning kontraktda (shartnomada, bitimda) koʻrsatilgan muddat ichida yetkazib berilganligi. | barcha turkumdagi tovarlarning kontraktda (shartnomada, bitimda) koʻrsatilgan muddat ichida yetkazib berilganligi. |
362-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashdagi oʻziga xos xususiyatlar | 362-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashdagi oʻziga xos xususiyatlar |
Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda ularni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun foydalaniladigan energiya, mashinalar, uskunalar va asboblarning qayerda ishlab chiqarilganligi hisobga olinmaydi. | Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda ularni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun foydalaniladigan energiya, mashinalar, uskunalar va asboblarning qayerda ishlab chiqarilganligi hisobga olinmaydi. |
Mashinalar, uskunalar, apparatlarda yoki transport vositalarida foydalanish uchun moʻljallangan buyumlar, ehtiyot qismlar hamda asboblar, basharti ushbu buyumlar, ehtiyot qismlar hamda asboblar kuzatuv hujjati sifatida ilova qilingan texnik pasportda, texnik formulyarda va boshqa texnik hujjatlarda koʻrsatilgan toʻplamga hamda miqdorga muvofiq holda oʻsha mashinalar, uskunalar, apparatlar yoki transport vositalari bilan bir toʻplamda olib kirilsa va sotilsa, mazkur mashinalar, uskunalar, apparatlar yoki transport vositalari ishlab chiqarilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi. | Mashinalar, uskunalar, apparatlarda yoki transport vositalarida foydalanish uchun moʻljallangan buyumlar, ehtiyot qismlar hamda asboblar, basharti ushbu buyumlar, ehtiyot qismlar hamda asboblar kuzatuv hujjati sifatida ilova qilingan texnik pasportda, texnik formulyarda va boshqa texnik hujjatlarda koʻrsatilgan toʻplamga hamda miqdorga muvofiq holda oʻsha mashinalar, uskunalar, apparatlar yoki transport vositalari bilan bir toʻplamda olib kirilsa va sotilsa, mazkur mashinalar, uskunalar, apparatlar yoki transport vositalari ishlab chiqarilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi. |
Bojxona hududiga uchinchi mamlakatlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlaridan olib kiriladigan tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi. | Bojxona hududiga uchinchi mamlakatlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlaridan olib kiriladigan tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi. |
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning oʻrovi tovarning oʻzi kabi oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi, bundan oʻrovi tovardan alohida deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan hollar mustasno. Bunday hollarda oʻrov ishlab chiqarilgan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakatdan alohida aniqlanadi. | Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning oʻrovi tovarning oʻzi kabi oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi, bundan oʻrovi tovardan alohida deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan hollar mustasno. Bunday hollarda oʻrov ishlab chiqarilgan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakatdan alohida aniqlanadi. |
363-modda. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat | 363-modda. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat |
Tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligi tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi. | Tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligi tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi. |
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydigan, eksport yoki reeksport qiluvchi mamlakatda belgilangan tartib va shaklga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan, shu jumladan elektron shaklda berilgan hujjatdir. | Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydigan, eksport yoki reeksport qiluvchi mamlakatda belgilangan tartib va shaklga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan, shu jumladan elektron shaklda berilgan hujjatdir. |
Tovarlarni bojxona hududidan olib chiqishda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat, agar mazkur sertifikat kontrakt (shartnoma, bitim) shartlariga, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalariga koʻra zarur boʻlsa yoki koʻrsatilgan sertifikatning mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek eksport qiluvchining talabiga koʻra zarur boʻlsa, qonunchilikka muvofiq sertifikat berishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan beriladi. | Tovarlarni bojxona hududidan olib chiqishda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat, agar mazkur sertifikat kontrakt (shartnoma, bitim) shartlariga, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalariga koʻra zarur boʻlsa yoki koʻrsatilgan sertifikatning mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek eksport qiluvchining talabiga koʻra zarur boʻlsa, qonunchilikka muvofiq sertifikat berishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan beriladi. |
364-modda. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etish | 364-modda. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etish |
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Sertifikat yoʻqolgan taqdirda uni bergan organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi. | Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Sertifikat yoʻqolgan taqdirda uni bergan organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi. |
Tovarni bojxona hududiga olib kirishda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat quyidagi hollarda majburiy tartibda taqdim etiladi: | Tovarni bojxona hududiga olib kirishda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat quyidagi hollarda majburiy tartibda taqdim etiladi: |
Oʻzbekiston Respublikasi tarif preferensiyalari beradigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga; | Oʻzbekiston Respublikasi tarif preferensiyalari beradigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga; |
muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga; | muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga; |
bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoxud tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar deklaratsiya qilinayotganligiga bojxona organida asoslar mavjud boʻlganda; | bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoxud tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar deklaratsiya qilinayotganligiga bojxona organida asoslar mavjud boʻlganda; |
agar bu talab Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa. | agar bu talab Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa. |
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki undagi maʼlumotlarning, shu jumladan tovar ishlab chiqarilgan mamlakat haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilsa, bojxona organi qoʻshimcha yoki aniqlik kiritadigan maʼlumot berishni soʻrab ushbu sertifikatni bergan organlarga yoki sertifikatda tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sifatida koʻrsatilgan mamlakatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin. | Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki undagi maʼlumotlarning, shu jumladan tovar ishlab chiqarilgan mamlakat haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilsa, bojxona organi qoʻshimcha yoki aniqlik kiritadigan maʼlumot berishni soʻrab ushbu sertifikatni bergan organlarga yoki sertifikatda tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sifatida koʻrsatilgan mamlakatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin. |
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan hollarda, lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki soʻralgan maʼlumotlar taqdim etilmaguniga qadar tovar muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi. | Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan hollarda, lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki soʻralgan maʼlumotlar taqdim etilmaguniga qadar tovar muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi. |
Bojxona organlarida tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat blanklari namunalari, tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni tasdiqlash va berishga vakolatli boʻlgan organlar muhrlarining izlari va shaxslarning imzolari mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan erkin savdo rejimi oʻrnatilgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni bojxona organlari tomonidan qabul qilish shartidir. | Bojxona organlarida tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat blanklari namunalari, tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni tasdiqlash va berishga vakolatli boʻlgan organlar muhrlarining izlari va shaxslarning imzolari mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan erkin savdo rejimi oʻrnatilgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni bojxona organlari tomonidan qabul qilish shartidir. |
365-modda. Tovarni bojxona hududiga olib kirishni uning kelib chiqishi asosida rad etish | 365-modda. Tovarni bojxona hududiga olib kirishni uning kelib chiqishi asosida rad etish |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlari bojxona hududiga olib kirilishi mumkin boʻlmagan mamlakatda ishlab chiqarilganligiga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi tovarni bojxona hududiga olib kirishni rad etishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlari bojxona hududiga olib kirilishi mumkin boʻlmagan mamlakatda ishlab chiqarilganligiga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi tovarni bojxona hududiga olib kirishni rad etishi mumkin. |
366-modda. Tovarni kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda chiqarib yuborish | 366-modda. Tovarni kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda chiqarib yuborish |
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos boʻlmaydi. | Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos boʻlmaydi. |
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 3001-moddasida belgilangan qoʻshimcha bojxona boji qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 365-moddasida nazarda tutilgan hol mustasno. | Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 3001-moddasida belgilangan qoʻshimcha bojxona boji qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 365-moddasida nazarda tutilgan hol mustasno. |
Tovarlar bojxona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilishi yoki qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda bojxona toʻlovlarining toʻlangan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi. | Tovarlar bojxona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilishi yoki qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda bojxona toʻlovlarining toʻlangan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi. |
51-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi | 51-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi |
367-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining asosiy qoidalari | 367-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining asosiy qoidalari |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tovarlarning tizimlashtirilgan roʻyxati boʻlib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, oʻlchov birliklarini hamda izohlarni oʻz ichiga oladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tovarlarning tizimlashtirilgan roʻyxati boʻlib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, oʻlchov birliklarini hamda izohlarni oʻz ichiga oladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda joriy etiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda joriy etiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tashqi savdoni hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini tarif va notarif tartibga solish choralarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish uchun qoʻllaniladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tashqi savdoni hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini tarif va notarif tartibga solish choralarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish uchun qoʻllaniladi. |
368-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish | 368-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: |
1) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining andaza nusxasini hamda unga doir sharhlarni ishlab chiqish va saqlab turish; | 1) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining andaza nusxasini hamda unga doir sharhlarni ishlab chiqish va saqlab turish; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga doir sharhlarning va uni talqin etish boʻyicha tasnifiy yechimlarning nashr etilishini taʼminlash; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga doir sharhlarning va uni talqin etish boʻyicha tasnifiy yechimlarning nashr etilishini taʼminlash; |
3) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining xalqaro asosiga doir oʻzgartish va qoʻshimchalarni, mazkur asosni talqin etishga doir xalqaro tushuntirishlarni hamda qarorlarni kuzatib borish; | 3) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining xalqaro asosiga doir oʻzgartish va qoʻshimchalarni, mazkur asosni talqin etishga doir xalqaro tushuntirishlarni hamda qarorlarni kuzatib borish; |
4) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, kiritish, shu jumladan bu oʻzgartish va qoʻshimchalarni mazkur nomenklaturaning xalqaro asosiga muvofiq ishlab chiqish, kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash; | 4) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, kiritish, shu jumladan bu oʻzgartish va qoʻshimchalarni mazkur nomenklaturaning xalqaro asosiga muvofiq ishlab chiqish, kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash; |
5) tovarlarning kodlarini kichik subpozitsiyalar darajasida aniqlashtirish; | 5) tovarlarning kodlarini kichik subpozitsiyalar darajasida aniqlashtirish; |
6) ayrim tovarlarni tasniflash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va eʼlon qilish. | 6) ayrim tovarlarni tasniflash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va eʼlon qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. |
369-modda. Tovarlarni tasniflash | 369-modda. Tovarlarni tasniflash |
Tovarlarni tasniflash: | Tovarlarni tasniflash: |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini talqin etishning asosiy qoidalariga; | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini talqin etishning asosiy qoidalariga; |
tasniflashning har qanday darajasidagi kichik subpozitsiyalarga doir izohlarga muvofiq amalga oshiriladi. | tasniflashning har qanday darajasidagi kichik subpozitsiyalarga doir izohlarga muvofiq amalga oshiriladi. |
Tovarlarni tasniflashda Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga doir tushuntirishlar tovar kodini uning xususiyatlari boʻyicha aniqlashtirish imkonini beradigan qoʻshimcha material sifatida qoʻllaniladi. | Tovarlarni tasniflashda Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga doir tushuntirishlar tovar kodini uning xususiyatlari boʻyicha aniqlashtirish imkonini beradigan qoʻshimcha material sifatida qoʻllaniladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining bir xil talqin etilishini taʼminlash maqsadida bojxona organi ayrim turdagi tovarlarni tasniflash boʻyicha qarorni chop etadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining bir xil talqin etilishini taʼminlash maqsadida bojxona organi ayrim turdagi tovarlarni tasniflash boʻyicha qarorni chop etadi. |
Bojxona rasmiylashtiruvida tovarlar notoʻgʻri tasniflanganligi aniqlangan taqdirda bojxona organi tovarlarni tasniflashni mustaqil amalga oshiradi va ularning tasnifi boʻyicha qaror qabul qiladi. | Bojxona rasmiylashtiruvida tovarlar notoʻgʻri tasniflanganligi aniqlangan taqdirda bojxona organi tovarlarni tasniflashni mustaqil amalga oshiradi va ularning tasnifi boʻyicha qaror qabul qiladi. |
Bojxona organlarining tovarlarni bojxona maqsadlarida tasniflash boʻyicha qarorlari majburiydir. | Bojxona organlarining tovarlarni bojxona maqsadlarida tasniflash boʻyicha qarorlari majburiydir. |
Bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | Bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. |
52-bob. Dastlabki qarorlar | 52-bob. Dastlabki qarorlar |
370-modda. Tovarlarning tasniflanishi boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish | 370-modda. Tovarlarning tasniflanishi boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish |
Bojxona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qilishi mumkin. | Bojxona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qilishi mumkin. |
Bojxona organlari tovarlarning kelib chiqish mamlakatini va tovarlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlashga doir dastlabki qarorni qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega. | Bojxona organlari tovarlarning kelib chiqish mamlakatini va tovarlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlashga doir dastlabki qarorni qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega. |
Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiydir. | Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiydir. |
Dastlabki qarorning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Dastlabki qarorning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
371-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisida soʻrov | 371-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisida soʻrov |
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi soʻrovda (bundan buyon matnda soʻrov deb yuritiladi) tovarlarning toʻliq tijorat nomi, firma nomi, asosiy texnik, tijorat tavsiflari va tovarni bir maʼnoda tasniflash imkonini beruvchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Zarur hollarda, mahsulotning fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, pasportlari hamda ushbu dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etiladi. | Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi soʻrovda (bundan buyon matnda soʻrov deb yuritiladi) tovarlarning toʻliq tijorat nomi, firma nomi, asosiy texnik, tijorat tavsiflari va tovarni bir maʼnoda tasniflash imkonini beruvchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Zarur hollarda, mahsulotning fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, pasportlari hamda ushbu dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etiladi. |
Yuridik shaxsdan kelib tushadigan soʻrov tashkilot rahbari tomonidan familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda imzolangan hamda tashkilot joylashgan yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. | Yuridik shaxsdan kelib tushadigan soʻrov tashkilot rahbari tomonidan familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda imzolangan hamda tashkilot joylashgan yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. |
Jismoniy shaxsdan kelib tushadigan soʻrov ushbu shaxs tomonidan imzolangan va uning yashash manzili haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. | Jismoniy shaxsdan kelib tushadigan soʻrov ushbu shaxs tomonidan imzolangan va uning yashash manzili haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. |
Soʻrov bojxona organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi. | Soʻrov bojxona organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi. |
Arizachi tomonidan maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish uchun toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan taqdirda, bojxona organi dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida bojxona organiga ariza berilgan kundan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida qoʻshimcha maʼlumotlarni, hujjatlarni va materiallarni berish zarurligi toʻgʻrisida arizachini xabardor qiladi. Bunda aynan qanday qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni taqdim etish zarurligi koʻrsatilishi shart. | Arizachi tomonidan maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish uchun toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan taqdirda, bojxona organi dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida bojxona organiga ariza berilgan kundan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida qoʻshimcha maʼlumotlarni, hujjatlarni va materiallarni berish zarurligi toʻgʻrisida arizachini xabardor qiladi. Bunda aynan qanday qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni taqdim etish zarurligi koʻrsatilishi shart. |
Qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar arizachi xabardor qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kun ichida taqdim etilishi lozim. Agar maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqmasdan qoldiriladi. | Qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar arizachi xabardor qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kun ichida taqdim etilishi lozim. Agar maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqmasdan qoldiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarning kodini aniqlash borasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda va ularni hal etish qiyin boʻlganda, bojxona organi tovarlarning namunalarini yoki nusxalarini hamda tegishli hujjatlarni Umumjahon bojxona tashkilotiga tegishli tekshirishlar yoki sinovlar oʻtkazish uchun yuborishi mumkin. Bunda tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror bojxona organi tomonidan oʻz soʻroviga javob olinganidan keyin qabul qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarning kodini aniqlash borasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda va ularni hal etish qiyin boʻlganda, bojxona organi tovarlarning namunalarini yoki nusxalarini hamda tegishli hujjatlarni Umumjahon bojxona tashkilotiga tegishli tekshirishlar yoki sinovlar oʻtkazish uchun yuborishi mumkin. Bunda tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror bojxona organi tomonidan oʻz soʻroviga javob olinganidan keyin qabul qilinadi. |
Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida arizachini tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak. | Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida arizachini tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak. |
Soʻrovning rad etilishi uni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda arizachining dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida qayta murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. | Soʻrovning rad etilishi uni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda arizachining dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida qayta murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. |
372-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning amal qilish muddati | 372-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning amal qilish muddati |
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror, agar u oʻzgartirilgan, qaytarib olingan yoki bekor qilingan boʻlmasa, qabul qilingan kunidan eʼtiboran bir yil ichida amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, dastlabki qaror oʻz kuchini yoʻqotadi, bu manfaatdor shaxsning yangi dastlabki qaror berish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. | Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror, agar u oʻzgartirilgan, qaytarib olingan yoki bekor qilingan boʻlmasa, qabul qilingan kunidan eʼtiboran bir yil ichida amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, dastlabki qaror oʻz kuchini yoʻqotadi, bu manfaatdor shaxsning yangi dastlabki qaror berish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. |
373-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish | 373-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish |
Bojxona organlari tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. | Bojxona organlari tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. |
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: | Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi oʻzgartirilganda; | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi oʻzgartirilganda; |
dastlabki qarorni qabul qilishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va xatolar aniqlanganda. | dastlabki qarorni qabul qilishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va xatolar aniqlanganda. |
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning oʻzgarishi shu qarorda koʻrsatilgan muddatda kuchga kiradi. | Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning oʻzgarishi shu qarorda koʻrsatilgan muddatda kuchga kiradi. |
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning shartlariga amal qilinmagan taqdirda u qaytarib olinadi. | Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning shartlariga amal qilinmagan taqdirda u qaytarib olinadi. |
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni qaytarib olish toʻgʻrisidagi qaror tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning oʻzgarishi eʼlon qilinganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay qabul qilinishi kerak va bir vaqtda kuchga kiradi. | Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni qaytarib olish toʻgʻrisidagi qaror tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning oʻzgarishi eʼlon qilinganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay qabul qilinishi kerak va bir vaqtda kuchga kiradi. |
Agar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar asosida qabul qilingan boʻlsa, bunday qaror bekor qilinadi. | Agar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar asosida qabul qilingan boʻlsa, bunday qaror bekor qilinadi. |
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror dastlabki qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror dastlabki qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror dastlabki qaror berilgan shaxsga qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda yuboriladi. | Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror dastlabki qaror berilgan shaxsga qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda yuboriladi. |
374-modda. Dastlabki qarorlarning oshkoraligi. Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritish | 374-modda. Dastlabki qarorlarning oshkoraligi. Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritish |
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorlar ochiq axborot boʻlib, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ularning yozma soʻrovlariga koʻra hech bir cheklovlarsiz taqdim etilishi kerak, bundan tijorat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan axborot mustasno. | Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorlar ochiq axborot boʻlib, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ularning yozma soʻrovlariga koʻra hech bir cheklovlarsiz taqdim etilishi kerak, bundan tijorat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan axborot mustasno. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritadi va uning davriy ravishda eʼlon qilinishini taʼminlaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritadi va uning davriy ravishda eʼlon qilinishini taʼminlaydi. |
IX boʻlim. Bojxona statistikasi. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish | IX boʻlim. Bojxona statistikasi. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish |
53-bob. Bojxona organlari tomonidan bojxona statistikasini yuritish | 53-bob. Bojxona organlari tomonidan bojxona statistikasini yuritish |
375-modda. Bojxona statistikasi | 375-modda. Bojxona statistikasi |
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan uslubiyot va tartibga muvofiq bojxona statistikasini yuritadi va shakllantiradi. | Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan uslubiyot va tartibga muvofiq bojxona statistikasini yuritadi va shakllantiradi. |
Bojxona statistikasi maʼlumotlaridan bojxona organlari tomonidan bojxona maqsadlari va bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi. | Bojxona statistikasi maʼlumotlaridan bojxona organlari tomonidan bojxona maqsadlari va bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi. |
Bojxona statistikasini yuritish uchun shaxslar tomonidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar hamda maʼlumotlardan, shuningdek bojxona organlari ixtiyoridagi hujjatlar va maʼlumotlardan foydalaniladi. | Bojxona statistikasini yuritish uchun shaxslar tomonidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar hamda maʼlumotlardan, shuningdek bojxona organlari ixtiyoridagi hujjatlar va maʼlumotlardan foydalaniladi. |
Bojxona organlari davlat, tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan bojxona statistikasi maʼlumotlarini oshkor etmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. | Bojxona organlari davlat, tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan bojxona statistikasi maʼlumotlarini oshkor etmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Bojxona statistikasi tashqi savdo bojxona statistikasi va maxsus bojxona statistikasiga boʻlinadi. | Bojxona statistikasi tashqi savdo bojxona statistikasi va maxsus bojxona statistikasiga boʻlinadi. |
376-modda. Tashqi savdo bojxona statistikasi | 376-modda. Tashqi savdo bojxona statistikasi |
Tashqi savdo bojxona statistikasi Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo tovar aylanmasi boʻyicha uning miqdori va qiymati ifodalangan, tizimlashtirilgan maʼlumotlar yigʻindisidan iboratdir. | Tashqi savdo bojxona statistikasi Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo tovar aylanmasi boʻyicha uning miqdori va qiymati ifodalangan, tizimlashtirilgan maʼlumotlar yigʻindisidan iboratdir. |
Tashqi savdo bojxona statistikasining asosiy vazifalari davlat organlarini Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo tovar aylanmasining holati toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga bojxona toʻlovlarining tushishini nazorat qilish, valyuta nazoratini va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini taʼminlashdan iborat. | Tashqi savdo bojxona statistikasining asosiy vazifalari davlat organlarini Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo tovar aylanmasining holati toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga bojxona toʻlovlarining tushishini nazorat qilish, valyuta nazoratini va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini taʼminlashdan iborat. |
377-modda. Maxsus bojxona statistikasi | 377-modda. Maxsus bojxona statistikasi |
Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlari faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha tizimlashtirilgan, tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlar yigʻindisidan iboratdir. | Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlari faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha tizimlashtirilgan, tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlar yigʻindisidan iboratdir. |
Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlarining faoliyatini oʻrganish, boshqaruvini tashkil etish va ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash uchun yuritiladi. | Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlarining faoliyatini oʻrganish, boshqaruvini tashkil etish va ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash uchun yuritiladi. |
54-bob. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari | 54-bob. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari |
378-modda. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish | 378-modda. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish |
Bojxona ishi, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida amalga oshiriladi. | Bojxona ishi, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida amalga oshiriladi. |
Yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar bojxona ishida boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanishi mumkin. | Yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar bojxona ishida boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanishi mumkin. |
Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. | Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. |
379-modda. Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari | 379-modda. Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari |
Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari bojxona organlarining axborot tizimlarida yaratiladigan, ishlov beriladigan va toʻplab boriladigan maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan hujjatlashtirilgan axborotning tashkil etilgan majmuidir. | Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari bojxona organlarining axborot tizimlarida yaratiladigan, ishlov beriladigan va toʻplab boriladigan maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan hujjatlashtirilgan axborotning tashkil etilgan majmuidir. |
Bojxona organlarining ixtiyorida boʻlgan axborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin foydalanishi mumkin, bundan ulardagi axborotdan foydalanish qonunchilikka muvofiq cheklangan hollar mustasno. | Bojxona organlarining ixtiyorida boʻlgan axborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin foydalanishi mumkin, bundan ulardagi axborotdan foydalanish qonunchilikka muvofiq cheklangan hollar mustasno. |
55-bob. Axborot va maslahat berish | 55-bob. Axborot va maslahat berish |
380-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik toʻgʻrisida axborot berish | 380-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik toʻgʻrisida axborot berish |
Bojxona organlari umumjahon Internet tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishini taʼminlaydi. | Bojxona organlari umumjahon Internet tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishini taʼminlaydi. |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik haqida axborot berish boshqa usul orqali ham amalga oshirilishi mumkin. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik haqida axborot berish boshqa usul orqali ham amalga oshirilishi mumkin. |
381-modda. Bojxona organlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha maslahat berish | 381-modda. Bojxona organlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha maslahat berish |
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari manfaatdor shaxslarga bojxona ishi masalalari va bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi. | Bojxona organlarining mansabdor shaxslari manfaatdor shaxslarga bojxona ishi masalalari va bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi. |
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maslahat berish bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi. | Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maslahat berish bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi. |
Bojxona organlari tomonidan maslahat berish ogʻzaki, elektron yoxud yozma shaklda bepul amalga oshiriladi. | Bojxona organlari tomonidan maslahat berish ogʻzaki, elektron yoxud yozma shaklda bepul amalga oshiriladi. |
Maslahat berishda manfaatdor shaxslarga taqdim etilgan axborot tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organlari tomonidan qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos boʻlmaydi. | Maslahat berishda manfaatdor shaxslarga taqdim etilgan axborot tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organlari tomonidan qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos boʻlmaydi. |
56-bob. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish | 56-bob. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish |
382-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish borasida bojxona organlari tomonidan koʻriladigan choralar | 382-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish borasida bojxona organlari tomonidan koʻriladigan choralar |
Bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish choralarini koʻradi. | Bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish choralarini koʻradi. |
Bojxona hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqiladigan, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini taʼminlash uchun bojxona organlari: | Bojxona hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqiladigan, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini taʼminlash uchun bojxona organlari: |
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turishi; | intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turishi; |
intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishi mumkin. | intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishi mumkin. |
3821-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha bojxona organlarining harakatlari | 3821-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha bojxona organlarining harakatlari |
Bojxona organlari olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligi belgilarini aniqlagan taqdirda: | Bojxona organlari olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligi belgilarini aniqlagan taqdirda: |
huquq egasini bu haqda bir ish kuni ichida xabardor qiladi; | huquq egasini bu haqda bir ish kuni ichida xabardor qiladi; |
xabardor qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kuni ichida huquq egasidan ariza kelib tushgan taqdirda — ularning huquqlarini himoya qilish boʻyicha ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq choralar koʻradi; | xabardor qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kuni ichida huquq egasidan ariza kelib tushgan taqdirda — ularning huquqlarini himoya qilish boʻyicha ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq choralar koʻradi; |
huquq egalaridan ariza bojxona organlariga kelib tushmagan taqdirda — tovarni ushbu Kodeksga muvofiq chiqarib yuborishni amalga oshiradi. | huquq egalaridan ariza bojxona organlariga kelib tushmagan taqdirda — tovarni ushbu Kodeksga muvofiq chiqarib yuborishni amalga oshiradi. |
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari tovarlarning bojxona nazorati shakllari qoʻllanilgan holdagi bojxona rasmiylashtiruvi chogʻidagi xavfni boshqarish tizimi natijalariga koʻra aniqlanadi. | Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari tovarlarning bojxona nazorati shakllari qoʻllanilgan holdagi bojxona rasmiylashtiruvi chogʻidagi xavfni boshqarish tizimi natijalariga koʻra aniqlanadi. |
3822-modda. Bojxona organlarining intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning bojxona nazoratini amalga oshirishdagi qoʻshimcha huquqlari | 3822-modda. Bojxona organlarining intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning bojxona nazoratini amalga oshirishdagi qoʻshimcha huquqlari |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda bojxona organlari Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilmagan intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, huquq egasining intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizasisiz toʻxtatib turishga haqli. | Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda bojxona organlari Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilmagan intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, huquq egasining intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizasisiz toʻxtatib turishga haqli. |
Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish va bekor qilish ushbu moddaga muvofiq bojxona organi rahbarining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning koʻrsatmasiga asosan amalga oshiriladi. | Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish va bekor qilish ushbu moddaga muvofiq bojxona organi rahbarining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning koʻrsatmasiga asosan amalga oshiriladi. |
Bojxona organlari qoʻshimcha huquqlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organining davlat reyestridagi Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan tovar belgilari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanadi. | Bojxona organlari qoʻshimcha huquqlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organining davlat reyestridagi Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan tovar belgilari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanadi. |
Tovarlarni chiqarib yuborish ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq toʻxtatib turilgan taqdirda, bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini va deklarantni xabardor qilish yuzasidan barcha zarur choralar koʻriladi. | Tovarlarni chiqarib yuborish ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq toʻxtatib turilgan taqdirda, bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini va deklarantni xabardor qilish yuzasidan barcha zarur choralar koʻriladi. |
Bojxona organlari intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish maqsadida tovar belgisining huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili) aniqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organiga soʻrov yuboradi. | Bojxona organlari intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish maqsadida tovar belgisining huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili) aniqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organiga soʻrov yuboradi. |
Soʻrovda himoya qilish choralari tatbiq etilayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatiladi. | Soʻrovda himoya qilish choralari tatbiq etilayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatiladi. |
Bojxona organlari va Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining manzilini aniqlash va uni xabardor qilish uchun yigirma toʻrt soat ichida barcha zarur choralarni koʻradi. | Bojxona organlari va Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining manzilini aniqlash va uni xabardor qilish uchun yigirma toʻrt soat ichida barcha zarur choralarni koʻradi. |
Bojxona organlari tomonidan yigirma toʻrt soat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoni boʻlmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish bekor qilinadi va tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi. | Bojxona organlari tomonidan yigirma toʻrt soat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoni boʻlmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish bekor qilinadi va tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi. |
Intellektual mulk obyektining Oʻzbekiston Respublikasidagi huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlangan taqdirda ularga xabar yuboriladi, shuningdek tovarlarni chiqarib yuborish uch ish kuniga toʻxtatib turiladi. | Intellektual mulk obyektining Oʻzbekiston Respublikasidagi huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlangan taqdirda ularga xabar yuboriladi, shuningdek tovarlarni chiqarib yuborish uch ish kuniga toʻxtatib turiladi. |
Agar mazkur muddat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili bojxona organiga: | Agar mazkur muddat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili bojxona organiga: |
tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish muddatini oʻn ish kunigacha uzaytirish toʻgʻrisida ariza bermaganda; | tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish muddatini oʻn ish kunigacha uzaytirish toʻgʻrisida ariza bermaganda; |
tovarlarning chiqarib yuborilishini toʻxtatib turishni bekor qilish haqida ariza berganda, bojxona organlari ushbu Kodeksga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborishni amalga oshiradi. | tovarlarning chiqarib yuborilishini toʻxtatib turishni bekor qilish haqida ariza berganda, bojxona organlari ushbu Kodeksga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborishni amalga oshiradi. |
Agar ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddatda bojxona organlariga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizasi kelib tushgan boʻlsa, ularni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻxtatib turilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuniga qadar toʻxtatib turiladi. Bunda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili oʻn ish kuni ichida quyidagilarni bojxona organiga taqdim etishi kerak: | Agar ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddatda bojxona organlariga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizasi kelib tushgan boʻlsa, ularni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻxtatib turilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuniga qadar toʻxtatib turiladi. Bunda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili oʻn ish kuni ichida quyidagilarni bojxona organiga taqdim etishi kerak: |
1) intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi haqidagi ish boʻyicha sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimi; | 1) intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi haqidagi ish boʻyicha sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimi; |
2) tovarga nisbatan intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi holati mavjud emasligi toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, deklarantga va boshqa shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararning, shuningdek bojxona organlari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarning oʻrnini qoplash boʻyicha majburiyat. Bunda mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi majburiyatda har bir intellektual mulk obyekti boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi pul mablagʻlari tegishli bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi; | 2) tovarga nisbatan intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi holati mavjud emasligi toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, deklarantga va boshqa shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararning, shuningdek bojxona organlari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarning oʻrnini qoplash boʻyicha majburiyat. Bunda mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi majburiyatda har bir intellektual mulk obyekti boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi pul mablagʻlari tegishli bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi; |
3) ushbu Kodeksning 385-moddasida belgilangan tartibda intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar. | 3) ushbu Kodeksning 385-moddasida belgilangan tartibda intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar. |
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrish tayinlanganligi haqidagi sud qarorini bojxona organlariga tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻxtatib turilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida taqdim etgan taqdirda, mazkur muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining iltimosnomasiga koʻra uzaytirilishi, lekin koʻpi bilan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin, bundan sudning qarorida koʻrsatilgan boshqa muddatlar mustasno. | Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrish tayinlanganligi haqidagi sud qarorini bojxona organlariga tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻxtatib turilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida taqdim etgan taqdirda, mazkur muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining iltimosnomasiga koʻra uzaytirilishi, lekin koʻpi bilan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin, bundan sudning qarorida koʻrsatilgan boshqa muddatlar mustasno. |
Ushbu moddada belgilangan talablar tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻxtatib turilgan kundan eʼtiboran huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish bekor qilinadi hamda ularni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi. Bunda deklarantning va bojxona organlarining tovarlarni chiqarib yuborishni oʻn ish kuniga toʻxtatib turish boʻyicha xarajatlarining oʻrnini huquq egasi yoki uning vakolatli vakili qoplaydi. | Ushbu moddada belgilangan talablar tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻxtatib turilgan kundan eʼtiboran huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish bekor qilinadi hamda ularni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi. Bunda deklarantning va bojxona organlarining tovarlarni chiqarib yuborishni oʻn ish kuniga toʻxtatib turish boʻyicha xarajatlarining oʻrnini huquq egasi yoki uning vakolatli vakili qoplaydi. |
383-modda. Bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrilmaydigan tovarlar | 383-modda. Bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrilmaydigan tovarlar |
Bojxona organlari: | Bojxona organlari: |
1) jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun, shu jumladan ularning manziliga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan; | 1) jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun, shu jumladan ularning manziliga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan; |
2) bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq; | 2) bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq; |
3) diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xorijiy davlatlarning boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, ushbu vakolatxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan rasmiy va shaxsiy foydalanish uchun; | 3) diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xorijiy davlatlarning boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, ushbu vakolatxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan rasmiy va shaxsiy foydalanish uchun; |
4) insonparvarlik yordami va texnik koʻmak sifatida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrmaydi. | 4) insonparvarlik yordami va texnik koʻmak sifatida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrmaydi. |
384-modda. Intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquqlar egasi | 384-modda. Intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquqlar egasi |
Intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquqlarga ega shaxs yoki uning vakolatli vakili intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquq egasi (huquq egasi) boʻladi. | Intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquqlarga ega shaxs yoki uning vakolatli vakili intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquq egasi (huquq egasi) boʻladi. |
385-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun ariza | 385-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun ariza |
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan elektron shaklda bojxona organlarining axborot tizimi orqali bojxona organiga beriladi. | Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan elektron shaklda bojxona organlarining axborot tizimi orqali bojxona organiga beriladi. |
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: | Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: |
huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi, uning nomini, rekvizitlarini, shuningdek, agar mavjud boʻlsa, elektron pochta manzilini koʻrsatgan holda; | huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi, uning nomini, rekvizitlarini, shuningdek, agar mavjud boʻlsa, elektron pochta manzilini koʻrsatgan holda; |
huquq egasi yoki uning vakolatli vakili himoya qilish toʻgʻrisida murojaat etayotgan intellektual mulk obyektining tavsifi; | huquq egasi yoki uning vakolatli vakili himoya qilish toʻgʻrisida murojaat etayotgan intellektual mulk obyektining tavsifi; |
vakolatli organ tomonidan berilgan intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning amal qilish muddati haqidagi; | vakolatli organ tomonidan berilgan intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning amal qilish muddati haqidagi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi kodi va intellektual mulk obyektini oʻz ichiga olgan tovarning nomi toʻgʻrisidagi; | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi kodi va intellektual mulk obyektini oʻz ichiga olgan tovarning nomi toʻgʻrisidagi; |
intellektual mulk obyektini ishlab chiqaruvchi haqidagi (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili); | intellektual mulk obyektini ishlab chiqaruvchi haqidagi (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili); |
huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi; | huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi; |
intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga qaysi muddatga kiritilayotgan boʻlsa, oʻsha muddat haqidagi, lekin bu muddat intellektual mulk obyekti ushbu reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran uch yildan koʻp boʻlmasligi kerak; | intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga qaysi muddatga kiritilayotgan boʻlsa, oʻsha muddat haqidagi, lekin bu muddat intellektual mulk obyekti ushbu reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran uch yildan koʻp boʻlmasligi kerak; |
himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan intellektual mulk obyektlari mavjud boʻlgan tovarlarning tavsifi (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, mahsulotlarning pasportlari va boshqa maʼlumotlar). | himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan intellektual mulk obyektlari mavjud boʻlgan tovarlarning tavsifi (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, mahsulotlarning pasportlari va boshqa maʼlumotlar). |
Agar Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza vakil tomonidan berilsa, ushbu arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi. | Agar Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza vakil tomonidan berilsa, ushbu arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi. |
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizaga intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning mavjudligi va mansubligini tasdiqlovchi mavjud hujjatlarning (patentning, guvohnomaning, litsenziya shartnomasining yoki boshqa hujjatlarning) huquq egasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. | Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizaga intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning mavjudligi va mansubligini tasdiqlovchi mavjud hujjatlarning (patentning, guvohnomaning, litsenziya shartnomasining yoki boshqa hujjatlarning) huquq egasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. |
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilganidan keyin intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini taʼminlash uchun intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini himoya qilib bojxona organlariga bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish boʻyicha choralar koʻrilishi uchun murojaat qilishi mumkin. | Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilganidan keyin intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini taʼminlash uchun intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini himoya qilib bojxona organlariga bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish boʻyicha choralar koʻrilishi uchun murojaat qilishi mumkin. |
386-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani koʻrib chiqish | 386-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani koʻrib chiqish |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va mazkur reyestrga kiritish toʻgʻrisida yoki kiritishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va mazkur reyestrga kiritish toʻgʻrisida yoki kiritishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. |
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi vakolatli organlardan taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi qoʻshimcha axborot va hujjatlarni soʻrab olishga haqli. | Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi vakolatli organlardan taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi qoʻshimcha axborot va hujjatlarni soʻrab olishga haqli. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huquq egasiga yoki uning vakolatli vakiliga Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida yoki kiritish rad etilganligi haqida, rad etilishi sabablarini asoslantirgan holda xabar yuboradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huquq egasiga yoki uning vakolatli vakiliga Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida yoki kiritish rad etilganligi haqida, rad etilishi sabablarini asoslantirgan holda xabar yuboradi. |
387-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish | 387-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar qoʻllanilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan intellektual mulk obyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritiladi. | Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar qoʻllanilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan intellektual mulk obyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritadi va keyinchalik uni doimiy ravishda yangilab borgan holda oʻz rasmiy veb-saytida vaqti-vaqti bilan eʼlon qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritadi va keyinchalik uni doimiy ravishda yangilab borgan holda oʻz rasmiy veb-saytida vaqti-vaqti bilan eʼlon qiladi. |
Intellektual mulk obyektlari quyidagi hollarda Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilishi kerak: | Intellektual mulk obyektlari quyidagi hollarda Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilishi kerak: |
huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining reyestrdan chiqarilish toʻgʻrisidagi murojaatiga koʻra; | huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining reyestrdan chiqarilish toʻgʻrisidagi murojaatiga koʻra; |
ushbu Kodeksning 385-moddasida koʻrsatilgan hujjatlardagi notoʻgʻri maʼlumotlar bojxona organi tomonidan aniqlanganda; | ushbu Kodeksning 385-moddasida koʻrsatilgan hujjatlardagi notoʻgʻri maʼlumotlar bojxona organi tomonidan aniqlanganda; |
intellektual mulk obyektining huquqiy muhofazasi belgilangan tartibda tugatilganda; | intellektual mulk obyektining huquqiy muhofazasi belgilangan tartibda tugatilganda; |
intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtgach; | intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtgach; |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashining qarori asosida. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashining qarori asosida. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini intellektual mulk obyektlari Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini intellektual mulk obyektlari Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi. |
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish tartibi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish tartibi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
388-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi ariza | 388-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi ariza |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bojxona organlariga beriladi. | Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bojxona organlariga beriladi. |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak: | Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak: |
himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan, intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning tavsifi; | himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan, intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning tavsifi; |
huquq egasining fikricha, uning intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarini buzayotgan tovarlarning, bojxona organlari bunday tovarlarni aniqlay olishi uchun yetarlicha batafsil tavsifi, agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili shunday maʼlumotlarga ega boʻlsa; | huquq egasining fikricha, uning intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarini buzayotgan tovarlarning, bojxona organlari bunday tovarlarni aniqlay olishi uchun yetarlicha batafsil tavsifi, agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili shunday maʼlumotlarga ega boʻlsa; |
taxmin qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlashga koʻmaklashadigan har qanday boshqa axborot (eksport qiluvchi, import qiluvchi yoki yukni qabul qiluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar). | taxmin qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlashga koʻmaklashadigan har qanday boshqa axborot (eksport qiluvchi, import qiluvchi yoki yukni qabul qiluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar). |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizaga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish tufayli deklarantga yetkazilishi mumkin boʻlgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi yozma shakldagi majburiyati ilova qilinadi. | Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizaga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish tufayli deklarantga yetkazilishi mumkin boʻlgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi yozma shakldagi majburiyati ilova qilinadi. |
Mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi majburiyatda har bir intellektual mulk obyekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablagʻlar tegishli bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. | Mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi majburiyatda har bir intellektual mulk obyekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablagʻlar tegishli bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. |
389-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish | 389-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish |
Bojxona organi intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi va tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda uni rad etish haqida uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi, bu haqda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini xabardor qiladi. | Bojxona organi intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi va tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda uni rad etish haqida uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi, bu haqda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini xabardor qiladi. |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu bobga muvofiq huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilingan, shuningdek ushbu Kodeksning 388-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan taqdirda qabul qilinadi. | Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu bobga muvofiq huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilingan, shuningdek ushbu Kodeksning 388-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan taqdirda qabul qilinadi. |
390-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish | 390-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish ushbu Kodeksning 385 va 388-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining sud organlariga murojaat qilishi va sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimini bojxona organlariga taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi. | Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish ushbu Kodeksning 385 va 388-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining sud organlariga murojaat qilishi va sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimini bojxona organlariga taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi. |
Bojxona organi deklarantni va huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish sabablari va muddatlari toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qiladi. | Bojxona organi deklarantni va huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish sabablari va muddatlari toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qiladi. |
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish natijasida deklarantga yetkazilgan zarar uchun, agar sud intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq buzilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarmasa, belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish natijasida deklarantga yetkazilgan zarar uchun, agar sud intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq buzilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarmasa, belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborish oʻn ish kuniga qadar toʻxtatib turilgan taqdirda, bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritilgan pul mablagʻlarining oʻttiz foizi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. | Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborish oʻn ish kuniga qadar toʻxtatib turilgan taqdirda, bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritilgan pul mablagʻlarining oʻttiz foizi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. |
391-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning namunalari va nusxalarini tanlab olish | 391-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning namunalari va nusxalarini tanlab olish |
Huquq egasi, uning vakolatli vakili yoki deklarant intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan qaysi tovarlarga nisbatan chiqarib yuborilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, oʻsha tovarlarning namunalari va nusxalarini bojxona nazorati ostida tanlab olishi, ularni tekshirishni amalga oshirishi, shuningdek koʻzdan kechirishi, fotosuratga olishi yoki shunday tovarlarni boshqacha tarzda qayd etishi mumkin. | Huquq egasi, uning vakolatli vakili yoki deklarant intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan qaysi tovarlarga nisbatan chiqarib yuborilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, oʻsha tovarlarning namunalari va nusxalarini bojxona nazorati ostida tanlab olishi, ularni tekshirishni amalga oshirishi, shuningdek koʻzdan kechirishi, fotosuratga olishi yoki shunday tovarlarni boshqacha tarzda qayd etishi mumkin. |
392-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish muddati | 392-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish muddati |
Huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining arizasiga koʻra, bojxona organlari intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turishni ularni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshiradi. | Huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining arizasiga koʻra, bojxona organlari intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turishni ularni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshiradi. |
Agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimini bojxona organlariga taqdim etgan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining soʻroviga koʻra uzaytirilishi, lekin koʻpi bilan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin. | Agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimini bojxona organlariga taqdim etgan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining soʻroviga koʻra uzaytirilishi, lekin koʻpi bilan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin. |
Sudning tovarlarni olib qoʻyish, xatlash yoxud daʼvoni taʼminlashning boshqa choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi (qarori) ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish sudning ajrimiga (qaroriga) muvofiq amalga oshiriladi. | Sudning tovarlarni olib qoʻyish, xatlash yoxud daʼvoni taʼminlashning boshqa choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi (qarori) ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish sudning ajrimiga (qaroriga) muvofiq amalga oshiriladi. |
393-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish | 393-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish |
Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda bekor qilinadi: | Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda bekor qilinadi: |
amal qilish muddati tugagach; | amal qilish muddati tugagach; |
Bojxona organiga huquq egasidan yoki uning vakolatli vakilidan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish haqida ariza kelib tushganda; | Bojxona organiga huquq egasidan yoki uning vakolatli vakilidan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish haqida ariza kelib tushganda; |
intellektual mulk obyekti ushbu Kodeks 387-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganda; | intellektual mulk obyekti ushbu Kodeks 387-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganda; |
sudning tovarlarni olib qoʻyish, xatlash yoxud daʼvoni taʼminlashning boshqa choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi (qarori) ushbu Kodeks 392-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilmaganda. | sudning tovarlarni olib qoʻyish, xatlash yoxud daʼvoni taʼminlashning boshqa choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi (qarori) ushbu Kodeks 392-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilmaganda. |
Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi. | Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi. |
X boʻlim. Chet ellik shaxslarning ayrim toifalari uchun bojxona imtiyozlari | X boʻlim. Chet ellik shaxslarning ayrim toifalari uchun bojxona imtiyozlari |
57-bob. Chet davlatlarning vakolatxonalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari | 57-bob. Chet davlatlarning vakolatxonalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari |
394-modda. Chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari uchun bojxona imtiyozlari | 394-modda. Chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari uchun bojxona imtiyozlari |
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik vakolatxonalari bojxona chegarasidan olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatxonalar va muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. | Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik vakolatxonalari bojxona chegarasidan olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatxonalar va muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. |
395-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agenti uchun bojxona imtiyozlari | 395-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agenti uchun bojxona imtiyozlari |
Diplomatik vakolatxonaning diplomatik agentlari (diplomatik vakolatxonaning boshligʻi va aʼzolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolari oʻzlarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlab taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasidan bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan va olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda, bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. | Diplomatik vakolatxonaning diplomatik agentlari (diplomatik vakolatxonaning boshligʻi va aʼzolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolari oʻzlarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlab taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasidan bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan va olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda, bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki bojxona hududiga olib kirilishi yoxud bu hududdan olib chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona koʻrigidan ozod etilmaydi. Bojxona koʻrigi diplomatik agent yoki uning vakolatli vakili ishtirokida oʻtkaziladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki bojxona hududiga olib kirilishi yoxud bu hududdan olib chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona koʻrigidan ozod etilmaydi. Bojxona koʻrigi diplomatik agent yoki uning vakolatli vakili ishtirokida oʻtkaziladi. |
396-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari | 396-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari |
Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, roʻzgʻorni dastlab taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod qilingan holda bojxona hududiga olib kirishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. | Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, roʻzgʻorni dastlab taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod qilingan holda bojxona hududiga olib kirishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. |
397-modda. Diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlarining chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tatbiq etilishi | 397-modda. Diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlarining chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tatbiq etilishi |
Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 395-moddasiga muvofiq diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin. | Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 395-moddasiga muvofiq diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin. |
398-modda. Chet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari | 398-modda. Chet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari |
Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga, shuningdek ularning oila aʼzolariga chet davlatning diplomatik vakolatxonalari hamda diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Chet davlat konsullik muassasasining boshqa xodimlariga (konsullik xizmatchilariga, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga), shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga nisbatan har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda chet davlat diplomatik vakolatxonasining tegishli xodimlariga (maʼmuriy-texnik xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga) ushbu bobda beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin. | Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga, shuningdek ularning oila aʼzolariga chet davlatning diplomatik vakolatxonalari hamda diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Chet davlat konsullik muassasasining boshqa xodimlariga (konsullik xizmatchilariga, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga), shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga nisbatan har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda chet davlat diplomatik vakolatxonasining tegishli xodimlariga (maʼmuriy-texnik xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga) ushbu bobda beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin. |
399-modda. Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish | 399-modda. Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish |
Diplomatik pochtani va konsullik pochta qoplarini oʻz ichiga olgan joylar ushbu joylarning xususiyatini koʻrsatadigan koʻzga tashlanuvchi tashqi belgilarga ega boʻlishi kerak. | Diplomatik pochtani va konsullik pochta qoplarini oʻz ichiga olgan joylar ushbu joylarning xususiyatini koʻrsatadigan koʻzga tashlanuvchi tashqi belgilarga ega boʻlishi kerak. |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan chet davlatlarning diplomatik pochta va konsullik pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bojxona organi bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida tegishli chet davlatning vakolatli shaxslari tomonidan konsullik pochta qopi ochilishini talab qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi joʻnatilgan joyiga qaytarib yuboriladi. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan chet davlatlarning diplomatik pochta va konsullik pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bojxona organi bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida tegishli chet davlatning vakolatli shaxslari tomonidan konsullik pochta qopi ochilishini talab qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi joʻnatilgan joyiga qaytarib yuboriladi. |
Diplomatik pochtada faqat diplomatik hujjatlar va rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlar, konsullik pochta qopida esa, faqat rasmiy xat-xabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar yoki tovarlar boʻlishi kerak. | Diplomatik pochtada faqat diplomatik hujjatlar va rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlar, konsullik pochta qopida esa, faqat rasmiy xat-xabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar yoki tovarlar boʻlishi kerak. |
58-bob. Chet ellik boshqa shaxslar uchun bojxona imtiyozlari | 58-bob. Chet ellik boshqa shaxslar uchun bojxona imtiyozlari |
400-modda. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona imtiyozlari | 400-modda. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona imtiyozlari |
Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni oʻzaro kelishuv asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazishdan va bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishi va ushbu hududdan olib chiqishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. | Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni oʻzaro kelishuv asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazishdan va bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishi va ushbu hududdan olib chiqishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. |
401-modda. Chet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari | 401-modda. Chet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari |
Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolariga, shuningdek oʻzaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining aʼzolariga chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari uchun ushbu boʻlimda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur shaxslarga hamroh boʻlib kelgan oila aʼzolariga ham beriladi. | Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolariga, shuningdek oʻzaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining aʼzolariga chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari uchun ushbu boʻlimda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur shaxslarga hamroh boʻlib kelgan oila aʼzolariga ham beriladi. |
402-modda. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida oʻtadigan diplomatik agentlar, konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari | 402-modda. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida oʻtadigan diplomatik agentlar, konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari |
Chet davlatning diplomatik agentlariga va konsullik mansabdor shaxslariga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 401-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga bojxona hududidan tranzit tarzida oʻtayotganda chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. | Chet davlatning diplomatik agentlariga va konsullik mansabdor shaxslariga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 401-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga bojxona hududidan tranzit tarzida oʻtayotganda chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. |
403-modda. Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari | 403-modda. Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari |
Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatxonalarning xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi. | Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatxonalarning xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi. |
59-bob. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari | 59-bob. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari |
404-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun bojxona imtiyozlari | 404-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun bojxona imtiyozlari |
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bunday vakolatxonalar va muassasalar tomonidan rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqadi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. | Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bunday vakolatxonalar va muassasalar tomonidan rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqadi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. |
405-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari uchun bojxona imtiyozlari | 405-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari uchun bojxona imtiyozlari |
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari (diplomatik vakolatxonaning boshligʻi va aʼzolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlabki taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. | Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari (diplomatik vakolatxonaning boshligʻi va aʼzolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlabki taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki olib kirilishi va olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki olib kirilishi va olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi mumkin. |
406-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari | 406-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari |
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlabki taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. | Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlabki taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. |
XI boʻlim. Nazorat ostida yetkazib berish | XI boʻlim. Nazorat ostida yetkazib berish |
407-modda. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish | 407-modda. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish |
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni bojxona chegarasi orqali nazorat ostida yetkazib berish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ijozati hamda nazorati ostida bojxona hududiga ularni olib kirish, ushbu hududdan olib chiqish yoki olib kirilgan ashyolarni undan olib oʻtishga yoʻl qoʻyiladigan tezkor-qidiruv tadbiridir. | Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni bojxona chegarasi orqali nazorat ostida yetkazib berish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ijozati hamda nazorati ostida bojxona hududiga ularni olib kirish, ushbu hududdan olib chiqish yoki olib kirilgan ashyolarni undan olib oʻtishga yoʻl qoʻyiladigan tezkor-qidiruv tadbiridir. |
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar xalqaro qonunga xilof muomalada boʻlishining oldini olish, shuningdek bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar har bir alohida holda chet davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishuvlarga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanadi, yaʼni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning, shuningdek boshqa ashyolarning oʻz nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyadi. | Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar xalqaro qonunga xilof muomalada boʻlishining oldini olish, shuningdek bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar har bir alohida holda chet davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishuvlarga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanadi, yaʼni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning, shuningdek boshqa ashyolarning oʻz nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyadi. |
Nazorat ostida yetkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi boʻlgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarga nisbatan oʻzi bilan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etish kontrabanda deb hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin. | Nazorat ostida yetkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi boʻlgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarga nisbatan oʻzi bilan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etish kontrabanda deb hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin. |
Nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda har bir alohida holda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan qabul qilinadi. | Nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda har bir alohida holda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan qabul qilinadi. |
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bojxona organlari bilan kelishilgan holda tovarlarni nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiradi. | Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bojxona organlari bilan kelishilgan holda tovarlarni nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiradi. |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalari, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishi qoʻzgʻatilmaydi. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalari, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishi qoʻzgʻatilmaydi. |
Nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiruvchi organ rahbari qabul qilingan qaror haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini darhol xabardor qiladi. | Nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiruvchi organ rahbari qabul qilingan qaror haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini darhol xabardor qiladi. |
408-modda. Nazorat ostida yetkazib berish amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni olib qoʻyish yoki almashtirish | 408-modda. Nazorat ostida yetkazib berish amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni olib qoʻyish yoki almashtirish |
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalasiga qonunchilikka muvofiq litsenziya yoki ruxsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar nazorat ostida yetkazib berilayotganda bu tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi yoki almashtirilishi mumkin. | Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalasiga qonunchilikka muvofiq litsenziya yoki ruxsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar nazorat ostida yetkazib berilayotganda bu tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi yoki almashtirilishi mumkin. |
Odamlarning sogʻligʻi, atrof muhit uchun katta xavf tugʻdiradigan yoxud ommaviy qirgʻin quroli tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan ashyolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak. | Odamlarning sogʻligʻi, atrof muhit uchun katta xavf tugʻdiradigan yoxud ommaviy qirgʻin quroli tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan ashyolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak. |
409-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilganda musodara qilingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni tasarruf etish | 409-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilganda musodara qilingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni tasarruf etish |
Oʻzbekiston Respublikasining va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qoʻyish paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha musodara qilingan pul mablagʻlari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qoʻllashda ishtirok etgan davlatlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va chet davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasining va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qoʻyish paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha musodara qilingan pul mablagʻlari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qoʻllashda ishtirok etgan davlatlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va chet davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi. |
XI1 boʻlim. Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish | XI1 boʻlim. Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish |
4091-modda. Shikoyat qilish huquqi | 4091-modda. Shikoyat qilish huquqi |
Vakolatli shaxslar bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. | Vakolatli shaxslar bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan, bojxona organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga doir koʻrsatmasi mavjud boʻlgan hujjat bojxona organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan qarori deb eʼtirof etiladi. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan, bojxona organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga doir koʻrsatmasi mavjud boʻlgan hujjat bojxona organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan qarori deb eʼtirof etiladi. |
4092-modda. Shikoyat berish tartibi va muddatlari | 4092-modda. Shikoyat berish tartibi va muddatlari |
Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat qilish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat qilish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Bojxona organlarining tekshiruvlar va bojxona auditi natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlari ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat shaxs oʻz huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin. | Bojxona organlarining tekshiruvlar va bojxona auditi natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlari ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat shaxs oʻz huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin. |
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha yuqori turuvchi bojxona organi tomonidan tiklanishi mumkin. | Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha yuqori turuvchi bojxona organi tomonidan tiklanishi mumkin. |
4093-modda. Shikoyatning shakli va mazmuni | 4093-modda. Shikoyatning shakli va mazmuni |
Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar yozma yoki elektron tarzda yuborilishi mumkin. | Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar yozma yoki elektron tarzda yuborilishi mumkin. |
Shikoyatda quyidagilar koʻrsatiladi: | Shikoyatda quyidagilar koʻrsatiladi: |
1) shikoyat berilayotgan bojxona organining nomi; | 1) shikoyat berilayotgan bojxona organining nomi; |
2) shikoyat berayotgan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaxsning nomi va manzili; | 2) shikoyat berayotgan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaxsning nomi va manzili; |
3) shikoyatdagi eʼtirozlarni asoslantiruvchi holatlar; | 3) shikoyatdagi eʼtirozlarni asoslantiruvchi holatlar; |
4) ilova qilingan hujjatlar roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda); | 4) ilova qilingan hujjatlar roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda); |
5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari; | 5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari; |
6) shikoyat berilgan sana. | 6) shikoyat berilgan sana. |
Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. | Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. |
Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. | Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. |
Shikoyat shaxsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. | Shikoyat shaxsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. |
4094-modda. Shikoyatni koʻrib chiqishni rad etish | 4094-modda. Shikoyatni koʻrib chiqishni rad etish |
Bojxona organi quyidagi hollarda shikoyatni koʻrib chiqishni rad etadi: | Bojxona organi quyidagi hollarda shikoyatni koʻrib chiqishni rad etadi: |
shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilganda va uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma mavjud boʻlmaganda; | shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilganda va uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma mavjud boʻlmaganda; |
shikoyat ushbu Kodeksning 4093-moddasida belgilangan talablarga mos boʻlmaganda; | shikoyat ushbu Kodeksning 4093-moddasida belgilangan talablarga mos boʻlmaganda; |
shikoyat bergan shaxsdan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar kelib tushganda; | shikoyat bergan shaxsdan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar kelib tushganda; |
shikoyat bunga vakolatli boʻlmagan shaxs tomonidan berilganda; | shikoyat bunga vakolatli boʻlmagan shaxs tomonidan berilganda; |
ilgari aynan oʻsha asoslar boʻyicha shikoyat berilganda; | ilgari aynan oʻsha asoslar boʻyicha shikoyat berilganda; |
shikoyat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida yoki sudga berilganda. | shikoyat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida yoki sudga berilganda. |
Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojxona organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida shikoyatni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi. | Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojxona organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida shikoyatni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi. |
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar qilinadi. | Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar qilinadi. |
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shikoyatni koʻrib chiqishni rad etishi shaxsning ushbu Kodeksning 4092-moddasida belgilangan muddat doirasida takroran shikoyat berish yoki sudga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi. | Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shikoyatni koʻrib chiqishni rad etishi shaxsning ushbu Kodeksning 4092-moddasida belgilangan muddat doirasida takroran shikoyat berish yoki sudga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi. |
4095-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish tartibi | 4095-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish tartibi |
Shikoyat bergan shaxs oʻz dalillarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli. | Shikoyat bergan shaxs oʻz dalillarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli. |
Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojxona organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin. | Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojxona organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin. |
Bojxona organi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shikoyat roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kalendar kuni ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshiruv oʻtkazish, qoʻshimcha hujjatlarni talab qilib olish zarur boʻlgan taqdirda esa bir oyga qadar boʻlgan muddatda asoslantirilgan qaror chiqaradi. | Bojxona organi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shikoyat roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kalendar kuni ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshiruv oʻtkazish, qoʻshimcha hujjatlarni talab qilib olish zarur boʻlgan taqdirda esa bir oyga qadar boʻlgan muddatda asoslantirilgan qaror chiqaradi. |
4096-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror chiqarish | 4096-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror chiqarish |
Bojxona organi shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasini tashkil etadi. | Bojxona organi shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasini tashkil etadi. |
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va shikoyatni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. | Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va shikoyatni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. |
Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: | Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: |
shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; | shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; |
ustidan shikoyat qilingan qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida; | ustidan shikoyat qilingan qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida; |
qarorni bekor qilish va, zarur hollarda, yangi qaror qabul qilish toʻgʻrisida; | qarorni bekor qilish va, zarur hollarda, yangi qaror qabul qilish toʻgʻrisida; |
bojxona organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb eʼtirof etish va ishning mohiyati boʻyicha qaror chiqarish haqida. | bojxona organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb eʼtirof etish va ishning mohiyati boʻyicha qaror chiqarish haqida. |
Apellyatsiya komissiyasining qarori shikoyat bergan shaxsga uch kun ichida yozma shaklda yuboriladi yoki topshiriladi, koʻchirma nusxasi esa tegishli bojxona organiga yuboriladi. | Apellyatsiya komissiyasining qarori shikoyat bergan shaxsga uch kun ichida yozma shaklda yuboriladi yoki topshiriladi, koʻchirma nusxasi esa tegishli bojxona organiga yuboriladi. |
Apellyatsiya komissiyasining ushbu Kodeksda belgilangan asosda va tartibda chiqarilgan qarori bojxona organlari tomonidan ijro etilishi shart. | Apellyatsiya komissiyasining ushbu Kodeksda belgilangan asosda va tartibda chiqarilgan qarori bojxona organlari tomonidan ijro etilishi shart. |
4097-modda. Bojxona organiga yoki sudga shikoyat berish oqibatlari | 4097-modda. Bojxona organiga yoki sudga shikoyat berish oqibatlari |
Bojxona organlarining qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi. | Bojxona organlarining qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi. |
Ariza sudga berilgan taqdirda, bojxona organi qarorining shikoyat qilinayotgan qismini ijro etish ariza sud tomonidan ish yurituvga qabul qilingan kundan eʼtiboran va sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turiladi. | Ariza sudga berilgan taqdirda, bojxona organi qarorining shikoyat qilinayotgan qismini ijro etish ariza sud tomonidan ish yurituvga qabul qilingan kundan eʼtiboran va sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turiladi. |
XII boʻlim. Yakunlovchi qoidalar | XII boʻlim. Yakunlovchi qoidalar |
410-modda. Bojxona organlarining bayrogʻi va farqlash belgisi | 410-modda. Bojxona organlarining bayrogʻi va farqlash belgisi |
Bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo kemalari oʻz bayrogʻiga ega boʻladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega boʻladi. | Bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo kemalari oʻz bayrogʻiga ega boʻladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega boʻladi. |
Bayroq va farqlash belgisi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | Bayroq va farqlash belgisi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. |
411-modda. Nizolarni hal etish | 411-modda. Nizolarni hal etish |
Bojxona ishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Bojxona ishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
412-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 412-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |