21.10.2013 yildagi 10-1310/9890-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, uni javobgarlikdan ozod qilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar adliya boshqarmasi “BERUNIY TALK” MChJ (bundan buyon mantda — daʼvogar) manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Bunyodkor Invest Oltin” MChJ (bundan buyon mantda — javobgar)dan 50 000 000 soʻm asosiy qarz va 5 000 000 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiya sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida jamiyatga ijara shartnomasi asosida foydalanish uchun berilgan omborxonada saqlanayotgan 382 mln soʻmlik xlor mahsuloti talon-toroj qilinganligi, ushbu holat jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmi bilan oʻz tasdigʻini topganligi, shu sababli shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasdan qolganligi, lekin sud tomonidan ushbu holatlar inobatga olinmaganligi bayon qilinib, sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, 2012-yil 3-sentabrda daʼvogar va javobgar oʻrtasida 416-sonli oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga koʻra, javobgar 50 000 000 soʻmlik mahsulotlarni yetkazib berish, daʼvogar esa mahsulotni qabul qilish va uni haqini toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar shartnomaviy majburiyatlarini bajarib, 100% oldindan toʻlov uchun 2012-yil 4-sentabrdagi 58-sonli toʻlov topshiriqnomasiga asosan javobgar hisobiga 50 000 000 soʻm pul malagʻi oʻtkazib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda – FK)ning 386-moddasiga koʻra oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 4.1.-bandida sotuvchining hisobraqamiga pul mablagʻi kelib tushgandan 10 bank kuni ichida mahsulot yetkazib berilishi, mahsulot xaridorga topshirilgandan va hisob-varaq xaridor tomonidan imzolangandan mahsulot yetkazib berilgan deb hisoblanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan mahsulot uchun 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirilgan boʻlsa-da, javobgar tomonidan mahsulot yetkazib berilmagan. Daʼvogarning 50 000 000 soʻm qarzni ixtiyoriy ravishda toʻlab berishni soʻrab, javobgarga yuborgan 2013-yil 29-martdagi talabnomasi oqibatsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, birinchi instansiya sudi daʼvoning 50 000 000 soʻm asosiy qarzni undirish talabini qanoatlantirish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 5.2.1-bandida sotuvchi tomonidan tovar xaridorga vaqtida yetkazib berilmasa, sotuvchi tovarlarni yetkazib berish muddati kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida, ammo yetkazib berilmagan tovar bahosining 10 foizidan oshmagan holda penya toʻlashi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan mahsulotlar yetkazib berilmaganligi sababli daʼvogar shartnomaning 5.2.1-bandiga asosan (50 000 000 x 0,1% =50 000 x 100 kun) = 5 000 000 soʻm penya hisoblagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 333-moddasi birinchi qismida qarzdor aybi boʻlgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajrmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan choralarni koʻrganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganligi, shartnomada koʻrsatilgan mahsulotlar yetkazib berilmaganligi bois, birinchi instansiya sudi daʼvoning 5 000 000 soʻm penya undirish talabini qanoatlantirish haqida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli apellatsiya instansiya sudi hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirib, qonuniy toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garchand, javobgar kassatsiya shikoyatida “jamiyatga ijara shartnomasi asosida foydalanish uchun berilgan omborxonada saqlanayotgan 382 mln soʻmlik xlor mahsuloti talon-toroj qilinganligi, ushbu holat jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmi bilan oʻz tasdigʻini topganligi, shu sababli shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasdan qolganligini” vaj qilib keltirgan boʻlsada, sudlov hayʼati javobgarning ushbu vajlari bilan kelisha olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, FKning 333-moddasi uchinchi qismiga asosan qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yoʻqligi, qarzdorda zarur pul mablagʻlarining boʻlmaganligi uni javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, sudlov hayʼati sud instansiyalari tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan sud qarorlari qabul qilingan deb hisoblab, sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya tartibida koʻrish bilan bogʻliq toʻlangan 275 000 soʻm davlat bojini javobgar zimmasida qoldirishni, 7000 soʻm pochta xarajatini esa undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1310/9890-son