23.09.2013 yildagi 20-1202/13341-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniyat Arteks” MChJ shaklidagi qoʻshma korxona (bundan buyon matnda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATYK qoshidagi Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi (bundan buyon matnda — javobgar)dan 7 238 620 soʻm kamomadni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2013-yil 3-maydagi ajrimi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATYK javobgar sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona Qoʻmitasi, Toshkent temir yoʻl bekatidagi tarmoq Ichki ishlar boshqarmasi esa nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2012-yil 6-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2012-yil 24-oktabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2013-yil 18-martdagi qarori bilan sud qarorlari bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudining 2013-yil 5-apreldagi 1643-sonli xatiga muvofiq Buxoro viloyat xoʻjalik sudi birinchi instansiyasida kvorum mavjud emasligi sababli, ish birinchi instansiya sudida koʻrish uchun Navoiy viloyat xoʻjalik sudiga oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2013-yil 28-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida daʼvogar tomonidan temir yoʻl orqali vagonga yuklab joʻnatilgan mahsulotda kamomad borligi aniqlanganligi, ushbu kamomadning yuzaga kelishiga javobgar aybdorligi, Rossiya Federatsiyasida IIB tomonidan surishtiruv-tergov harakatlari kamomad aniqlangan vaqtda olib borilganligi, oʻgʻirlik sodir etilmaganligi sababli jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilganligi, biroq Toshkentda esa surishtiruv-tergov harakatlari bir yildan soʻng oʻtkazilganligi, ushbu davr mobaynida kamomad kelib chiqishiga aloqador boʻlgan barcha dalillar yoʻq qilib yuborilganligi, sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar oʻrganilmasdan, asoslantirilmagan qaror qabul qilinganligi bayon etilib, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagilarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, taraflar oʻrtasida 2011-yil 7-fevralda “Temir yoʻlda yuk tashish toʻgʻrisi”da 14-sonli shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga muvofiq, javobgar temir yoʻl vagonida tashilayotgan yuklarning xavfsizligini, toʻliqligini, plombalarning butligini taʼminlash, daʼvogar esa koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar bilan Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahridagi “Uzsibtorg” MChJ savdo uyi (bundan buyon matnda — MChJ) oʻrtasida 2011-yil 23-avgustda tuzilgan “Mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida”gi 7-sonli shartnomaga muvofiq, sof ogʻirligi 10 178,35 kg boʻlgan 672 362 rublga teng qiymatdagi mahsulotlar “eksport” bojxona rejimiga binoan rasmiylashtirilib, 23447287-sonli vagon orqali joʻnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent temir yoʻl mintaqaviy uzeli Keles stansiyasida 2011-yil 13-sentabrda Qozogʻiston Respublikasi vakili va javobgar vakili ishtirokida vagonning birinchi lyuk qopqogʻi ochiq turganligi, vagonga mahsulotlar toʻla toʻldirilganligi, mahsulotlarning joylashuvi notoʻgʻri ekanligi, mahsulotlar shikastlanmaganligi, qonunbuzilish holatlari aniqlanmaganligi, plombalar buzilmaganligi yuzasidan umumiy dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 28-sentabrdagi 5-sonli tijorat dalolatnomasiga muvofiq, 672 362 rublga teng qiymatdagi mahsulotdan 115 118 rubl miqdorida kamomad aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatish yuzasidan Rossiya Federatsiyasi IIV Novosibirsk temir yoʻl bekati tergov boʻlimiga ariza bilan murojaat qilingan. Tergov boʻlimining 2011-yil 10-oktabrdagi qarori bilan oʻgʻirlik Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqarida sodir etilganligi sababli jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ tomonidan daʼvogarga 2011-yil 6-oktabrda 77-sonli ariza bilan murojaat qilinib, unda daʼvogar tomonidan joʻnatilgan mahsulotda kamomad borligi aniqlanganligi bildirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent TIIB JK va UJKKBning 2012-yil 14-sentabrdagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida hech qanday oʻgʻirlik, talon-tarojlik sodir etilmaganligi, jinoyat alomatlari va tarkibi yoʻqligi sababli jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 55-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 162-sonli qarorining 14-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq daʼvogar tomonidan daʼvo talabini asoslovchi holatlar tegishli dalillar bilan isbotlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilib, qayd etilgan holatlar inobatga olingan holda daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida toʻgʻri xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni hamda ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 72386 soʻm davlat boji va 7000 soʻm pochta xarajatlarini daʼvogar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-1202/13341-son