07.10.2013 yildagi 19-0801/703-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa xoʻjalik sudi kelishuv bitimini tasdiqlamaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Daxana” koʻp ixtisosli kichik korxonasi (bundan buyon matnda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat etib, “Surxonpaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi (bundan buyon matnda — birlashma), “Denov paxta tozalash zavodi” xissadorlik jamiyati tugatish komissiyasi (bundan buyon matnda — javobgar)dan 3 300 000 soʻm asosiy qarz, 1 650 000 soʻm penya va 976 800 soʻm jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 26-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 3 300 000 soʻm asosiy qarz, 825 000 soʻm penya undirilgan, birlashma esa javobgarlikdan ozod etilgan. Hal qiluv qaroriga asosan 2008-yil 26-martda ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, javobgar bilan 2009-yil 24-mayda tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2009-yil 7-oktabrdagi ajrimi bilan daʼvogarning huquqiy vorisi — “XOJABARKU SUMBULA” MChJ va javobgarning huquqiy vorisi — “Xayrabod paxta” OAJ oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimi tasdiqlanib, ish yuritish tugatilgan. Taraflar oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimi shartlariga koʻra, javobgar oʻziga tegishli boʻlgan “quritish sexi” binosini 4 132 000 soʻm (3 300 000 soʻm asosiy qarz, 825 000 soʻm penya, 7000 soʻm pochta xarajatlari) qarz hisobiga daʼvogarga berishga, daʼvogar esa mulkni qabul qilib olishga kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, taraflar oʻrtasida 2009-yil 24-mayda tuzilgan kelishuv bitimi javobgar rahbari M. Abdullayev tomonidan emas balki boshqa shaxs tomonidan imzolanganligi, ushbu holat sud-ekspertiza xulosasi bilan oʻz isbotini topganligini asos qilib, sudning 2009-yil 7-oktabrdagi ajrimini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2013-yil 14-fevraldagi ajrimi bilan ariza qanoatlantirilib, sudning 2009-yil 7-oktabrdagi ajrimi bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2013-yil 22-fevraldagi ajrimi bilan daʼvogarning taraflar oʻrtasida 2009-yil 24-mayda tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2013-yil 14-avgustdagi qarori bilan sudning ajrimi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida, javobgarning sud xujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizasi toʻrt yildan keyin koʻrib chiqilganligi, apellatsiya instansiya sudi tomonidan ushbu holatlarga baho berilmasdan apellatsiya shikoyati besh oy oʻtganidan soʻng koʻrib chiqilganligi bayon qilinib, daʼvogarning buzilgan qonuniy huquq va manfaatlarini ximoya qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra, sud hujjatlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, birinchi instansiya sudining 2008-yil 26-fevraldagi hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida daʼvogar va javobgar oʻrtasida 2009-yil 24-may kuni kelishuv bitimi tuzilib, unda javobgar daʼvogar oldidagi 4 132 000 soʻm qarzi evaziga oʻziga tegishli boʻlgan “paxta quritish sexi” binosini berishga, oʻz navbatida daʼvogar 4 132 000 soʻm debitor qarzi hisobiga javobgarga tegishli boʻlgan “paxta quritish sexi” binosini qabul qilib olishga kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi taraflar oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirishni rad etish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan. Chunki, kelishuv bitimi javobgarning vakolatli shaxsi tomonidan imzolanmagan. Surxondaryo viloyat IIB sud-ekspertiza boʻlimining 2012-yil 17-dekabrdagi xulosasiga koʻra, 2009-yil 14-mayda tuzilgan kelishuv bitimidagi “Xayrabod paxta” OAJ rahbari M.Abdullayev tomonidan qoʻyilgan imzo unga tegishli emasligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi “Kelishuv bitimini tasdqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi 204-sonli qarorining 9-bandida, kelishuv bitimi yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar yoki kelishuv bitimini tuzish vakolati maxsus nazarda tutilgan XPK 52-moddasining talablariga muvofiq berilgan ishonchnoma mavjud boʻlgan holda, ularning vakillari tomonidan imzolanishi, bunday ishonchnoma kelishuv bitimiga ilova qilinishi va ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyilishi lozimligi, 11-bandida, kelishuv bitimining shartlari aniq, ravshan bayon qilinishi va uning ijro etilishida kelishuv bitimining mazmuni boʻyicha har xil talqin qilinishiga va kelgusida nizolarning kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi kerakligi, kelishuv bitimi taraflarning bir-biri oldidagi oʻzaro majburiyatlarining shartlari, miqdori va bajarish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozimligi, kelishuv bitimi, xususan: majburiyatlar bajarilishining kechiktirilishi yoki boʻlib-boʻlib bajarilishi toʻgʻrisidagi; qarzni, neustoykani tan olish yoki ularning miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi; sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shartlarni oʻz ichiga olishi lozimligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, taraflar oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimi javobgarning vakolatli shaxsi tomonidan imzolanmagan Bundan tashqari, kelishuv bitimi “Daxana” KIKKning huquqiy vorisi “XOJABARKU SUMBULA” MChJ rahbari O. Mansurov tomonidan imzolangan boʻlsada, ish hujjatlarida MChJ KIKKning huquqiy vorisi ekanligini tasdiqlovchi dalillar ish hujjatlarida mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda – XPK) 40-moddasi toʻrtinchi qismiga koʻra, agar daʼvogarning daʼvodan voz kechishi, javobgarning daʼvoni tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, xoʻjalik sudi daʼvodan voz kechishni, daʼvo talablari miqdorini kamaytirishni, daʼvoni tan olishni qabul qilmaydi, kelishuv bitimini tasdiqlamaydi. Bunday hollarda xoʻjalik sudi ishni mazmunan koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllanilishi haqida”gi 204-sonli qarorining 13 va 14-bandlarida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qonun normasini qoʻllagan holda birinchi instansiya sudi daʼvogar va javobgar oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlamasdan toʻgʻri xulosaga kelganligi sababli apellatsiya instansiyasi sudi sud ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish haqida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, sudlov hayʼati sud hujjatlarini oʻzgarishsiz qoldirishni, kassatsiya shikoyatini esa – qanoatlantirmaslikni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-0801/703-son