28.10.2013 yildagi 19-1308/3459-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahar “Suvoqova” ishlab chiqarish va sotish korxonasi (bundan buyon matnda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Saodat” xususiy ishlab chiqarish korxonasi (bundan buyon matnda — javobgar)dan 452 916 soʻm asosiy qarz, 181 200 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2013-yil 8-maydagi hal qiluv qarori bilan javobgardan daʼvogarga 452 916 soʻm asosiy qarz va 60 000 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismii rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2013-yil 24-maydagi qarori bilan javobgar rahbari I.Safarovga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks (bundan buyon matnda — MJtK)ning 1761-moddasiga asosan eng kam ish haqining 10 baravari, yaʼni 795 900 soʻm miqdorda jarima solingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2013-yil 10-iyuldagi qarori bilan qaror oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sudning hal qiluv qaroriga asosan undirilgan 452 916 soʻm asosiy qarz javobgar tomonidan toʻliq toʻlab berilganligi, qoʻllanilgan jarima korxonaning moliyaviy ahvolini yomonlashuviga olib kelishi mumkinligi bayon etilib, sud qarorlarini oʻzgartirish va qoʻllanilgan jarima miqdorini eng kam ish haqining bir yoki ikki baravari miqdorida kamaytirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagilarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan, sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, taraflar oʻrtasida 2010-yil 4-mayda toza ichimlik suvi yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga muvofiq, daʼvogar toza ichimlik suvi yetkazib berish, javobgar esa yetkazib berilgan toza ichimlik suvi uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 6.2-bandiga muvofiq daʼvogar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun javobgar har oyning 25 — 28-sanasidan kechiktirmasdan toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, daʼvogarning 2013-yil 1-fevral holatiga yetkazib bergan 452 916 soʻm toza ichimlik suvi haqi javobgar tomonidan toʻlab berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan javobgarga koʻrsatilgan 452 916 soʻmlik xizmatlar ishdagi mavjud shartnoma va hisob-fakturalar bilan oʻz tasdigʻini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning javobgarga yoʻllagan talabnomalari eʼtiborsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmasdan, oʻz vaqtida toʻlov amalga oshirilmaganligi sababli, sudning 2013-yil 8-maydagi hal qiluv qarori bilan javobgardan daʼvogarga 452 916 soʻm asosiy qarz va 60 000 soʻm penya undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2013-yil 24-maydagi qarori bilan javobgar rahbari I.Safarovgaga nisbatan MJtKning 1761-moddasiga asosan eng kam ish haqining 10 baravari yaʼni 795 900 soʻm miqdorida jarima solingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, javobgar rahbari mansabdor shaxs boʻla turib, shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan va toʻlov intizomini buzgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtKning 1761-moddasiga muvofiq, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi “Xoʻjalik sudining xususiy ajrimi toʻgʻrisida”gi 172-sonli qarorning 8.1-bandida MJtKning 242, 2451-moddalariga muvofiq xoʻjalik sudlari nizolarni hal etish chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda qayd etilgan Kodeks 175-moddasining uchinchi qismida, 1761, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishlari haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, birinchi instansiya sudi qayd etilgan Plenum qarori talablariga rioya qilgan holda javobgar rahbari I.Safarovga nisbatan MJtKning 1761-moddasiga muvofiq eng kam ish haqining 10 baravari, yaʼni 795 900 soʻm miqdorida maʼmuriy jarima solish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa — qarorni oʻzgarishsiz qoldirish haqida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-1308/3459-son