18.03.2015 yildagi 15-1410/11113-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahar hokimligi (bundan buyon matnda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Fargʻona shahar “Markaziy dehqon bozori” AJ hududida joylashgan “Imkon Ezgulik sari” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda — javobgar)ga tegishli boʻlgan liter 0001 (27,2 kv.m), liter 0002 (17,6 kv.m) goʻzallik saloni binosi buzilishi munosabati bilan daʼvogar tomonidan ajratilgan yer maydonini va “Markaziy dehqon bozori” AJ tomonidan toʻlab beriladigan kompensatsiya pullarini olish hamda buzish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2014-yil 17-iyuldagi ajrimi bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida “Markaziy dehqon bozori” AJ hamda Fargʻona shahar “Yermulkkadastr” xizmati DUK jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 28-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Javobgarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, Fargʻona shahar Markaziy dehqon bozori hududida joylashgan goʻzallik saloni bino va inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan shartlar bajarilgan holda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda majburiy buzish haqida qaror qilgan. Daʼvoning bino-inshootlarni buzish majburiyatini mulkdorga yuklash haqidagi qismi qanoatlantirishdan rad etilib, daʼvo talablarining qolgan qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 18-sentabrdagi ajrimi bilan taraflar oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimi, javobgarga tegishli boʻlgan bozor hududida joylashgan 2-qavatli goʻzallik saloni va savdo doʻkoni binosiga hisoblangan 50 970 301 soʻm kompensatsiya toʻlovini sudning qaroriga asosan dastlab 50% 25 485 150 soʻm mablagʻni “Dehqon bozori” AJ bilan javobgar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan mulkdorni tanlashiga asosan bankdagi hisob raqami yoki ochilgan omonat hisob raqami oʻtkazib berilishi qolgan mablagʻ bino-inshootlari buzilishidan chiqqan qurilish materiallarini mulkdor tomonidan oʻz hisobidan qoldirilishi munosabati bilan bino-inshootlardan chiqqan yaroqli qurilish materiallari bozor maʼmuriyati tomonidan baholanib, kompensatsiya toʻlovidan chegirgan holda toʻlab berilishi, javobgar tomonidan 3 kun muddat ichida oʻziga tegishli boʻlgan bino-inshootlarini buzish hamda “Dehqon bozori” AJ tomonidan mulkdorga hisoblangan kompensatsiya toʻlovini ushbu kelishuv bitimi 3-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlovini 5 kun muddat ichida dastlab 50% 25 485 150 soʻm mablagʻini oʻtkazib, huquqiy hujjatsiz foydalanib kelayotgan liter 0001-ikki qavatli goʻzallik saloni va savdo doʻkoni 12,21 kv.m, liter 0002-ikki qavatli goʻzallik saloni va savdo doʻkoni maydoni 17,6 kv.m. yer maydonida joylashgan 28 041 816 soʻmlik bino-inshootlariga toʻlovlar “Markaziy dehqon bozori” AJ tomonidan toʻlab berilishi sharti bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiya sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markaziy dehqon bozori” AJ kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, unda ishni koʻrishda moddiy va protsessual huquq normalari buzilganligi, hal qiluv qarori bilan kompensatsiya pulini olish majburiyatini yuklash talabi boʻyicha nizo xoʻjalik sudi sudloviga tegishli emasligi sababli daʼvoning mazkur qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan boʻlsada, keyinchalik hal qiluv qaroriga zid ravishda undan javobgarga kompensatsiya pulini undirish haqidagi kelishuv bitimi tasdiqlanganligi bayon qilinib, ajrimni bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati prokuraturasi kassatsiya protesti bilan murojaat qilib, unda ishni koʻrishda moddiy va protsessual huquq normalari buzilganligi, kelishuv bitimining shartlari shartli boʻlsada, tasdiqlanganligi bayon qilinib, ajrimni bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyati va protestida bayon qilingan holatlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud ajrimini bekor qilib, yangi qaror bilan kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi iltimosnomani rad etishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Fargʻona shahar “Markaziy dehqon bozori” AJ hududida joylashgan javobgarga tegishli boʻlgan liter 0001 (27,2 kv.m), liter 0002 (17,6 kv.m) goʻzallik saloni binosi buzilishi munosabati bilan daʼvogar tomonidan ajratilgan yer maydonini va “Markaziy dehqon bozori” AJ tomonidan toʻlab beriladigan kompensatsiya pullarini olish hamda buzish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 28-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan. Javobgarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, Fargʻona shahar Markaziy dehqon bozori hududida joylashgan goʻzallik saloni bino va inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan shartlar bajarilgan holda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda majburiy buzish haqida qaror qilgan. Daʼvoning bino-inshootlarni buzish majburiyatini mulkdorga yuklash haqidagi qismi qanoatlantirishdan rad etilib, daʼvo talablarining qolgan qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 10-sentabrda daʼvogar, javobgar va “Markaziy dehqon bozori” AJ oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin daʼvogar xoʻjalik sudiga murojaat qilib, taraflar oʻrtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimining 3-bandida javobgarga tegishli bulgan bozor xududida joylashgan 2-kavatli goʻzallik saloni va savdo doʻkoni binosiga hisoblangan 50 970 301 soʻm kompensatsiya toʻlovini sudning qaroriga asosan dastlab 50 % foiz 25 485 150 soʻm mablagʻni “Markaziy dehqon bozori” AJ bilan javobgar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan mulkdorni tanlashiga asosan bankdagi hisob raqami yoki ochilgan omonat hisob raqamiga oʻtkazib berilishi qolgan mablagʻ bino-inshootlari buzilishidan chiqqan qurilish materiallarini mulkdor tomonidan oʻz hisobidan qoldirilishi munosabati Bilan bino-inshootlaridan chiqqan yarokli qurilish materiallari bozor maʼmuriyati tomonidan dalolatnoma asosida eskirishini hisobga olgan holda baholovchi tomonidan baholanib, kompensatsiya toʻlovidan chegirgan holda toʻlab berilishi hamda hozirda huquqiy hujjatsiz foydalanib kelayotgan liter 0001-ikki kavatli goʻzallik saloni va savdo doʻkoni 12,21 kv.m, liter 0002-ikki qavatli goʻzallik saloni va savdo doʻkoni maydoni 17,60 kv.m yer maydonida joylashgan bino-inshootlariga mulk huquqini sud tomonidan eʼtirof etilganidan soʻng belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan soʻng kompensatsiya toʻlovi “Markaziy dehqon bozori” AJ tomonidan toʻlab berish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, kelishuv bitimining 4-bandida kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangandan soʻng mulkdor javobgar tomonidan 3 kun muddat ichida oʻziga tegishli boʻlgan bino-inshootlarini buzish xamda “Markaziy dehqon bozori” AJ tomonidan mulkdorga hisoblangan kompensatsiya toʻlovini ushbu kelishuv bitimi 3-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlovini 5 kun muddat ichida dastlab 50% foiz 25 485 150 soʻm mablagʻini oʻtkazib, huquqiy hujjatsiz foydalanib kelayotgan liter 0001-ikki qavatli goʻzallik saloni va savdo doʻkoni 12,21 kv.m, liter 0002-ikki qavatli goʻzallik saloni va savdo doʻkoni maydoni 17,60 kv.m. yer maydonida joydashgan 28 041 816 soʻmlik bino-inshootlariga mulk huquqini sud tomonidan eʼtirof etilib, bino-inshootlari toʻliq buzilgandan soʻng toʻlab berishga kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda kelishuv bitimi shartli tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi 204-sonli qarorining 7-bandida kelishuv bitimining shakli va mazmuni, uni tuzish tartibiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilgan holda tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash sudning huquqi emas, balki majburiyati ekanligi, shartli tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmasligi haqida tushuncha berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 40-moddasining uchinchi qismiga koʻra taraflar har qanday instansiyada ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, kelishuv bitimi sudga taqdim qilingan paytda mazkur xoʻjalik ishi hech qaysi instansiyada boʻlmagan, ijro ishi yuritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 188-moddasining birinchi qismiga koʻra moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, sud ajrimini bekor qilib, yangi qaror bilan Fargʻona shahar hokimining 2014-yil 12-sentabrdagi kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi 2581-01-22-sonli arizasini rad etishni, toʻlangan pochta xarajatini “Markaziy dehqon bozori” AJ zimmasida qoldirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-1410/11113-son