Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-yanvarda 2590-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2014-yil 8-maydagi 92/1 va 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590, 2014-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 274-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalarining 6-bandidagi “2000-yil 31-iyuldagi 293-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-yanvar,
13-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-yanvar,
20-son
Kelishilgan:
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2016-yil 8-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 2-son, 20-modda)