Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarining 4-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-yanvarda 2416-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 921-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 27-dekabrdagi 14 n-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2416, 2013-yil 29-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarining 4-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“HKning yurish, koʻtarilish va qoʻnish vaqtida elektron va aloqa vositalaridan foydalanishi, jumladan HK bortida turib fotosuratga va video tasvirga olishi;”.
2. Mazkur buyruq “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 8-yanvar,
67-N-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2016-yil 8-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 2-son, 17-modda)