27.04.2015 yildagi 22-1403/6814-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, ish yuritish tugatiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OATB “Mikrokreditbank”ning Bogʻot filiali (bundan buyon matnda — bank) va “BAGAT BREAK” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda — korxona) oʻrtasida 2013-yil 24-sentabrda kredit shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga asosan bank korxonaga 12 oy muddatga yillik 18 foiz ustama toʻlash sharti bilan 135 000 000 soʻm kredit mablagʻi ajratish, korxona esa shartnomada belgilangan muddatda kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini toʻlab berish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit mablagʻi qaytarilishini taʼminoti sifatida 2013-yil 24-sentabrda tuzilgan garov shartnomasiga asosan korxonaga tegishli boʻlgan Bogʻot tumani, Nurafshon shaharchasida joylashgan, umumiy yer maydoni 940,80 kv.m, qurilish osti maydoni 294,51 kv.m, 2 qavatli, xonalar soni 20 ta boʻlgan maishiy xizmat koʻrsatish binosi garovga qoʻyilib, ularning bahosi 2013-yil 14-sentabrdagi baholash dalolatnomasiga asosan 135 000 000 soʻm qilib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona tomonidan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari belgilangan muddatda toʻlab berilmaganligi bois, Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda — Palata) bank manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, korxona va bank oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni, 135 000 000 soʻm asosiy kredit qarz, 6 700 000 soʻm foiz toʻlovini undirishni, undiruvni garovga qoʻyilgan mulkka qaratishni va garov mulkining boshlangʻich bahosini belgilab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida ish javobgar vakili ishtirokisiz koʻrib chiqilganligi, bank filiali yuridik shaxs emasligi, lekin sudning ajrimi bilan “Mikrokreditbank” OATB ishga jalb qilinmasdan javobgardan “Mikrokreditbank” OATBdan javobgar foydasiga asosiy kredit qarz va foizlar undirilib, xatolikka yoʻl qoʻyilganligi bayon qilinib, hal iluv qarorini bekor qilib, qonunga muvofiqlashtirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati prokurorning hal qiluv qarorini oʻzgartirib, qonunga muvofiqlashtirish haqidagi fikrini tinglab, kassatsiya protestida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan hal qiluv qarorini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvo talabini kredit qarz va foiz toʻlovlarini korxonadan OATB “Mikrokreditbank” foydasiga undirish, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish va garov mulkini boshlangʻich bahosini 168 750 000 soʻm etib belgilash haqida toʻgʻri xulosaga kelgan. Biroq, sud bank filiali yuridik shaxs boʻlmaganligi bois, ishga OATB “Mikrokreditbank”ni daʼvogar sifatida jalb etish masalasini hal etgan boʻlsada, filialga nisbatan ish yuritishni tugatish masalasini muhokama etmasdan xatolikka yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasiga asosan vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 162-sonli qarorining 9-bandida agar daʼvo yuridik shaxsning oʻzi emas, balki uning alohida boʻlinmasi (filiali, vakolatxonasi) ishonchnoma asosida murojaat etsa, xoʻjalik sudi daʼvo arizasini qabul qilishni rad etishga haqli emasligi, bunday ishlar boʻyicha vakil sifatida ishtirok etayotgan alohida boʻlinma emas, balki manfaatlarini koʻzlab harakat qilayotgan yuridik shaxs daʼvogar hisoblanishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, sud tomonidan nizoni hal etishda ushbu Plenum qarori talablariga rioya qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 86-moddasi 1-bandiga koʻra nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, ish yuritish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, sud filial yuridik shaxs boʻlmaganligi bois, unga nisbatan XPKning 86-moddasi 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protseyesual kodeksi 188-moddasining birinchi va ikkinchi qismiga koʻra moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, agar bu buzilish notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, hal qiluv qarorini yoki qarorni oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 1-bandida sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak. Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkinligi, sudlar tomonidan barcha masalalarni hal etmaydigan, yuzaki, asoslantirilmagan qarorlarning qabul qilinishi mumkin emasligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, sudlov xayʼati kassatsiya protestini qisman qanoatlantirishni, OATB “Mikrokreditbank” Bogʻot filiali yuridik shaxs boʻlmaganligi bois, unga nisbatan ish yuritishni tugatishni, hal qiluv qarorining qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-1403/6814-son