Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 14.04.2004 yildagi 181-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjat 21.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda bozor prinsiplarining yaxlit tizimini joriy etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF–3240-son Farmonida va Hukumatning kapital qurilishda islohotlarga doir keyingi qarorlarida belgilangan kapital qurilishda yangi xoʻjalik munosabatlariga samarali oʻtishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, islohotlarni chuqurlashtirishga doir qabul qilingan qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, pudrat va loyihalash ishlari bozorining shakllantirilishi boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor prinsiplari va mexanizmlarini kapital qurilishda boshqaruv, narx belgilash va xoʻjalik munosabatlari tizimiga keng joriy qilishni, loyihalash va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalarni joylashtirishda tanlov savdolari (tendyerlar) tashkil etish darajasini oshirishni, pudrat shartnomalari rolini kuchaytirishni hamda ularning ijrosi yuzasidan buyurtmachilar va pudratchilarning javobgarligini oshirishni, qurilishda loyiha, smeta va texnologiya intizomini mustahkamlashni taʼminlash;

qurilishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida, qurilishda obyektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga oʻtish, markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan obyektlar qurilishini tashkil etish va moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tugallash, ular negizida asosan xususiy va qoʻshma korxonalar tashkil etish, loyihalash va pudrat ishlari bozorida raqobat muhitini shakllantirishni davom ettirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan monitoring oʻrnatish;

Kapital qurilishda narx belgilashning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash dasturining oʻz vaqtida amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqilgan smeta-normativ hujjatlarni qurilish jarayoni qatnashchilariga yetkazish ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;

qurilish materiallari bozorini yanada kengaytirish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari birja savdosini tashkil etish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish va litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.

3. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qabul qilingan hujjatlarning amalga oshirilishi monitoringi boʻyicha Hukumat komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-iyundagi 278-son qarori bilan tuzilgan Hukumat komissiyasining kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarga doir vazifalari va funksiyalari Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-son

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

Xanov N.M. —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining‎ oʻrinbosari, Komissiya raisi
Xoʻjayev B.A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
Maqsumov N.E. —‎‎ Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, Komissiya kotibi‎

‎‎‎Komissiya aʼzolari:‎‎

Hayitov A.A. —‎‎ Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri
Obidov O.O.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri ‎
Asqarov M.A. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi ‎
Toxtayev A.R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi ‎
Hasanov S. S.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
Abdullayev I.B.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Abdurahmonov M.S.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
Gadoyev E.F. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Rogoznikova T.A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Ulashov B.S. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari ‎
Xonazarov B.D.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari ‎
Isayev A.N.‎ —‎‎ “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi ‎
Akramov E.M.‎ —‎‎ “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi ‎
Jumageldiyev M.R.‎ —‎‎ Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Shorahbarov R.Q. —‎‎ “Ipoteka” - bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki raisi
Rustamov Q.Q.‎ —‎‎ “Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi ‎
Hafizov B.Y.‎ —‎‎ “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari ‎
lavozimiga koʻra —‎‎ “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari ‎
Saidov R.T.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining bosh direktori ‎
Teshaboyev B.M.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining bosh direktori ‎
Mirtemirov R.M.‎ —‎‎ Qurilish va qurilish materiallari sanoati xodimlari kasaba uyushmalari markaziy qoʻmitasi raisi ‎
Shayxov A.E. —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
lavozimiga koʻra ‎ —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 289-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya oʻz faoliyatini qurilish munosabatlarini isloh qilishni taʼminlashni tashkil etish, qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini chuqur tahlil qilish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish va takliflar tayyorlash maqsadida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlarining va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududiy komissiyalarning nizomlari va tarkiblari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini va qurilish sohasidagi boshqa qonun hujjatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF–3240-son Farmonini va Hukumatning qurilishda islohotlar boʻyicha qarorlarini, shuningdek kapital qurilishni isloh qilishga yoʻnaltirilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bajarishni taʼminlashga doir ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida hamda Hukumat qarorlarida bayon qilingan talablar va qoidalarning oʻz vaqtida, toʻliq bajarilishi monitoringini muntazam ravishda amalga oshirish, qurilish sohasida yagona davlat siyosati izchil amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor prinsiplari va mexanizmlarini kapital qurilishda boshqaruv, narx belgilash va xoʻjalik munosabatlari tizimiga keng joriy qilishni, loyihalash va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalarni joylashtirishda tanlov savdolari (tendyerlar) tashkil etish darajasini oshirishni, pudrat shartnomalari rolini kuchaytirishni hamda ularning ijrosi yuzasidan buyurtmachilar va pudratchilarning javobgarligini oshirishni, qurilishda loyiha, smeta va texnologiya intizomini mustahkamlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish jarayoni qatnashchilarining joriy xoʻjalik faoliyatiga maʼmuriy aralashuvga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasidagi boshqaruv organlari tashkiliy tuzilmasini xoʻjalik yuritishning bozor shakllari talablariga muvofiq takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tugallash, ular negizida asosan xususiy va qoʻshma korxonalar tashkil etish, loyihalash va pudrat ishlari bozorida raqobat muhitini shakllantirishni davom ettirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan monitoring oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida, qurilishda obyektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga oʻtish, markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan obyektlar qurilishini tashkil etish va moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimining ishlab chiqilishi va joriy etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda narx belgilashning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash dasturining oʻz vaqtida amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqilgan smeta-normativ hujjatlarni qurilish jarayoni qatnashchilariga yetkazish ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ahvolini tahlil qilish, kapital qurilishni yanada isloh qilish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi monitoringini olib borish, ularni qurilish jarayoni qatnashchilariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari bozorini yanada kengaytirish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari birja savdosini tashkil etish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishdagi iqtisodiy islohotlarni doimiy ravishda metodik va huquqiy taʼminlashni, qurilish va qurilish biznesi sohasida xoʻjalik yuritishning zamonaviy metodlarini egallagan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish va litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli idoralar va tashkilotlar, shuningdek hududiy komissiyalar rahbar xodimlarining qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va istiqbolsiz qurilish tashkilotlari va korxonalarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur axborotlarni soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar mutaxassislarini, institutlarning olimlarini hamda qurilish yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarini materiallar tayyorlash uchun jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarning lavozimiga loyiqligini va amaliy faoliyati natijalarini baholash, oʻz vakolatlari doirasida qurilish kompleksini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlashga doir chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalangan faoliyat sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiyaga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi Komissiya ishlarini boshqaradi, majlislarini olib boradi, majlislar protokollarini, ish rejalarini va Komissiyaning boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiyaning koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarori uning uchun Komissiya aʼzolari oddiy koʻpchiligi ovoz berishgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha yozma ravishda oʻz fikrini bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya raisi bilan kelishuvga koʻra Komissiyaning obyektiv sabablar bilan majlisda qatnashmayotgan aʼzolari oʻrniga ularning vakolatli vakillari majlisda ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya raisi qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida Komissiya aʼzolari bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha Komissiya qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Zarurat boʻlganda Komissiya majlisiga koʻrib chiqilayotgan masalalar xarakteriga qarab, vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya har chorakda Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya majlisiga materiallar ishchi organlar tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Komissiyaning ularni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan aʼzolari bilan birgalikda Komissiyaning ish rejasiga muvofiq tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya majlisi kun tartibining har bir masalasi boʻyicha hujjatlar paketida Komissiya qarorini qabul qilish uchun zarur boʻlgan materiallar (tahliliy maʼlumotnomalar, jadvallar va boshqalar) hamda Komissiya qarori loyihasi mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Komissiyaning ishchi organlari va kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Davlat mulki qoʻmitasining yuqori malakali mutaxassislaridan 5 kishidan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruh;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Komissiyaning ishchi organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi boʻyicha ishchi guruhning shaxsiy tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiyaning kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi boʻyicha ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning navbatdagi davr uchun ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarni oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlaydi va vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, korxonalar hamda Komissiya aʼzolaridan zarur materiallarni va ekspert xulosalarni olish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlashni va Komissiya majlislarini oʻtkazishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari monitoringi boʻyicha axborotlar va tahliliy materiallarni koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarga borgan holda hududiy komissiyalar faoliyatini va Komissiyaning qabul qilingan qarorlari bajarilishini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni, tegishli materiallarni yuborgan holda, majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga uning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha ishchi organ Komissiya qarorlariga muvofiq litsenziyalarni rasmiylashtiradi, qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turadi va tiklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha ishchi organ ishlari Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organlar ishlariga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlarining ijrosi monitoringini yuritadi va uning natijalarini Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organlarning Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlashga doir ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi bilan majlisning oʻtkaziladigan muddatlari va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Komissiya aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tuzilmasini yanada qayta tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 13-apreldagi 144-son qarorining 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 23-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band va 7-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1—6-ilovalarning 2-bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi” soʻzlari “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarga ilovalar sifatida berilgan sxemalardagi “Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi” soʻzlari “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y.,8-9-son, 67-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 177-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 8-9-son, 67-modda, 22-son, 159-modda; 2006-y., 30-son, 289-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; 2014-y., 17-son, 196-modda; 2016-y., 18-son, 198-modda, 52-son, 602-modda)