Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.04.2004 yildagi 167-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.02.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MALAYZIYA BILAN INVESTITSIYa HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malayziya bilan investitsiya hamkorligi dasturlarini samarali tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorligi doirasida Investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining Malayziya bilan hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining uglevodorod resurslarini keng koʻlamda razvedka qilish va qazib chiqarish boʻyicha neft-gaz tarmogʻidagi loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika, elektron, kon qazib chiqarish, yengil sanoat, mebel, kimyo, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatida, turizm sohasida va xizmatlar koʻrsatishning boshqa turlarida (sogʻliqni saqlash, taʼlim) qoʻshma korxonalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohasida va moliya xizmatlari sektorida telekommunikatsiyalarning zamonaviy tizimlarini va ilgʻor axborot texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malayziya kompaniyalarini Oʻzbekistonning real va moliya sektorlari korxonalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnika hamkorligi, taʼlim va madaniyat sohalarida oʻzaro foydali aloqalarni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoralararo ishchi guruh 2004-yil 1-sentabrgacha Malayziya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini, shu jumladan birgalikda amalga oshirish uchun ustuvor investitsiya loyihalari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlash doirasida qoʻshma biznes-seminarlar oʻtkazish, Oʻzbekistonning investitsiya va eksport salohiyati koʻrgazmalarini tashkil etish, Oʻzbekiston va Malayziya tadbirkorlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-apreldagi 167-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorlik doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha Idoralararo ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Azimov R.S.‎ ‎—‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Iqtisodiyot vaziri, ishchi guruh rahbari‎
2.‎ Gʻaniyev E.M.‎ ‎—‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari‎
3.‎ Rozuqulov U.U. ‎—‎ Vazirlar Mahkamasi Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
4.‎ Akbarxoʻjayev R.Sh. ‎—‎ Vazirlar Mahkamasi Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
5.‎ Qurbonov Sh.E. ‎—‎ Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri‎
6.‎ Ahmedov N.A.‎ ‎—‎ Davlat geologiya qoʻmitasi raisi‎
7.‎ Neʼmatov I.T.‎ ‎—‎ Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari‎
8.‎ Yakovlev I.G.‎ ‎—‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
9.‎ Ashrafxonov B.B.‎ ‎—‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
10.‎ Hasanov S.S.‎ ‎—‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
11.‎ Abdullayeva Sh.R.‎ ‎—‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari‎
12.‎ Tishchenko S.P.‎ ‎—‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari‎
13.‎ Mahmudov M.M.‎ ‎—‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari‎
14.‎ Bahromov A.U.‎ ‎—‎ “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
15.‎ Ibragimov Gʻ.I.‎ ‎—‎ “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
16.‎ Majitov Sh.X.‎ ‎—‎ “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining bosh muhandisi — bosh menejeri‎
17.‎ Husanboyev B.M.‎ ‎—‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
18.‎ Umarov Sh.X.‎ ‎—‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi‎
19.‎ Azimova M.A.‎ ‎— “Fayz” xolding kompaniyasi raisi‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 14-son, 170-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2007-y., 19-20-son, 196-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda, 36-son, 412-modda)