03.04.2004 yildagi 162-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.06.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OROLBOʻYI GENOFONDINI MUHOFAZA QILISH XAYRIYA JAMGʻARMASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi ekologiyasini yaxshilash, aholisi sogʻligʻini mustahkamlash va atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, 1-ilovaga* muvofiq boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, banklar, xalqaro tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va tuzilmalarning Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etish hamda ularning Jamgʻarma muassislari sifatida qatnashishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqani barqaror rivojlantirishning asosiy sharti sifatida Orolboʻyi aholisi sogʻligʻini saqlash va atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish masalalari boʻyicha tizimli dasturlar va loyihalar ishlab chiqishni tashkil etish va ularni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash mintaqaviy tizimini takomillashtirishda, aholining, ayniqsa bolalar va ayollarning sogʻligʻi darajasini oshirishda, sanitariya-epidemiologiya vaziyatini yaxshilashda, kundalik hayotga oilaviy salomatlik madaniyatini joriy etishda yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhit, shu jumladan Orolboʻyi nabotot va hayvonot dunyosini sogʻlomlashtirish hamda muhofaza qilish muammolarini hal etishga jamoatchilikni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning biologik rangbarangligini saqlashda va tiklashda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muammolar va vazifalarni hal qilishga xalqaro tashkilotlarni keng jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasining Homiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning xodimlari soni 5 nafar boʻlgan ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning, Hukumatga qarashli va Hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlarning, homiylarning homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston va Turkiya hukumatlaridan Orolboʻyidagi ekologik ahvolni yaxshilash uchun tushgan 513854 AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralarning taklifiga koʻra belgilangan tartibda Jamgʻarmaga berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarma muassislariga — bir oy muddatda Jamgʻarma ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarmaning Homiylik kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oldida turgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat, jamoat tuzilmalarining va Hukumatga qarashli boʻlmagan tuzilmalarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning jalb etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizi va Orolboʻyi zonasining biologik rangbarangligini saqlash, aholi sogʻligʻini mustahkamlash, bolalarni sport bilan shugʻullanishga keng jalb qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, mintaqada tarqalgan kasalliklarning oldini olish, aholining yashash va turmush sharoitlarini yaxshilash, davlatning maqsadli dasturlarini bajarish boʻyicha vazifalarning bajarilishini taʼminlovchi aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning moddiy-texnik va moliyaviy bazasini mustahkamlashda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli, qonuniy va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani Hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilot sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus va Urganch shaharlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va Xorazm viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga Jamgʻarma boʻlimlariga jamoatchilik asosida rahbarlik qilishni yuklagan holda, Jamgʻarma boʻlimlarini ochish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, UzGEF agentligi Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etishda faol ishtirok etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-apreldagi 162-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 14-son, 168-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 25-son, 288-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)