Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-avgustdagi PQ-2384-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek avtomobil transportini safarbarlik vaziyatiga tayyorlashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-yanvar,
2-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining markaziy apparati
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 10-martdagi 118-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 27-modda):
3-bandning birinchi xatboshidagi “35 nafar” va “25 nafar” soʻzlari tegishli ravishda “37 nafar” va “27 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi “Oʻzbekiston avtomobilchisi” gazetasi tahririyati” bloki chiqarib tashlansin;
3-ilovaning 2-bandidagi “Oʻzbekiston avtomobilchisi” gazetasi tahririyati” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-sentabrdagi PQ-1615-son qarori)” 2011-yil 6-dekabrdagi 318-son qarorining 1-bandi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 12-son, 93-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 4-modda)