14.10.2014 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida Daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Davlatlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitimga (bundan keyingi oʻrinlarda “Bitim” deb ataluvchi) muvofiq,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish hamda soliqlarning samarali va toʻgʻri undirilishini taʼminlash uchun soliqlar sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning 26-moddasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26-modda
Maʼlumot almashinuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitimni amalga oshirish uchun yoki Ahdlashuvchi Davlat yoxud uning maʼmuriy-hududiy tuzilmalaridan biri nomidan Ahdlashuvchi Davlatlar milliy qonunchiligi boʻyicha soliq solinishi mazkur Bitimga zid boʻlmagan qismiga oid undiriladigan har qanday koʻrinishdagi va nomlanishdagi soliqlarga nisbatan ushbu qonunchilikni qoʻllash yoki unga amal qilish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni almashadilar. Maʼlumot almashinuvi mazkur Bitimning 1- va 2-moddalari qoidalari bilan cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning1-bandiga muvofiq olingan har qanday maʼlumot ushbu Davlatning milliy qonunchiligiga asosan olingan maʼlumot kabi maxfiy deb hisoblanishi lozim hamda faqat mazkur moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan soliqlarni hisoblash yoki undirish, majburiy undirish yoki jinoyatni taʼqib qilish, ushbu soliqlarga nisbatan eʼtiroz va shikoyatlar boʻyicha qarorlar qabul qilish yoxud bunday faoliyatni nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (sud va maʼmuriy idoralar shular jumlasidan) taqdim qilinishi mumkin. Ushbu shaxslar yoki idoralar maʼlumotdan faqatgina koʻrsatilgan maqsadlardagina foydalanishlari mumkin. Koʻrsatilgan maqsadlarda maʼlumot maʼmuriy yoki jinoiy ishlar boʻyicha dastlabki tergov jarayonida, ochiq sud muhokamasi yoki sud qarorida oshkor qilinishi mumkin. Avvalgi qoidalardan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olingan maʼlumot boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin, basharti bunday maʼlumot har ikki Davlat qonunchiligiga koʻra boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin boʻlsa hamda maʼlumotni taqdim etayotgan Davlat vakolatli organining bunday foydalanishga roziligi mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Mazkur moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari Ahdlashuvchi Davlatni quyidagilarga majburlovchi meʼyor sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralarni koʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunlari yoki mavjud maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan maʼlumot taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) har qanday ishlab chiqarish, tijorat, tadbirkorlik, savdo yoki kasbiy sirni yoxud ishbilarmonlik jarayonlarini oshkor qiluvchi yoki taqdim qilinishi jamoat tartibiga (ordre public) zid boʻlgan maʼlumot taqdim qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Agar Ahdlashuvchi Davlat mazkur modda qoidalariga muvofiq maʼlumot soʻrayotgan boʻlsa, unda boshqa Ahdlashuvchi Davlat oʻzining soliq maqsadlari uchun bunday maʼlumotga muhtoj boʻlmagan holda ham soʻralayotgan maʼlumotni olish uchun oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan choralarni koʻradi. Mazkur bandning birinchi jumlasida nazarda tutilgan majburiyatga nisbatan ushbu moddaning 3-bandida belgilangan cheklovlar qoʻllaniladi, lekin bunday cheklovlar Ahdlashuvchi Davlatga faqatgina u oʻzining milliy soliq tizimi maqsadlarida bunday maʼlumot olishdan manfaatdor emasligi asosida maʼlumot taqdim qilishni rad etishga imkoniyat sifatida talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) Mazkur moddaning 3-bandi Ahdlashuvchi Davlatga bunday maʼlumot faqatgina bank, boshqa kredit tashkiloti, nominal egasi, agent yoki ishonchli boshqaruvchilar ixtiyorida ekanligi yoxud bunday maʼlumot biror bir shaxsga nisbatan ulushli mulkiy manfaatlarga taalluqliligi asosida maʼlumot taqdim qilishni rad etishga imkoniyat sifatida talqin qilinmasligi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim quyidagi mazmundagi 26a-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26a-modda
Soliqlarni undirishda maʼmuriy yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Ahdlashuvchi Davlatlar soliq talabnomalari summalarini undirishda bir-birlariga maʼmuriy yordam koʻrsatadilar. Bunday maʼmuriy yordam mazkur Bitimning 1- va 2-moddalari qoidalari bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qoʻllash tartibini kelishish yoʻli bilan oʻrnatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Mazkur moddada “soliq talabnomasi” atamasi Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy tuzilmalaridan biri nomidan mazkur Bitimga yoki Ahdlashuvchi Davlatlar ishtirokchisi boʻlgan boshqa biron-bir xalqaro shartnomalarga zid boʻlmagan qismida har qanday koʻrinishdagi va nomlanishdagi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini, shuningdek bunday summaga tegishli foizlar, maʼmuriy jarimalar hamda ijro qilish yoki taʼminlash choralariga oid xarajatlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Basharti Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi ushbu Davlatning qonunchiligi boʻyicha bajarilishi mumkin boʻlsa hamda agarda ushbu Davlat qonunchiligiga binoan ijro etilishi paytida uning bajarilishiga qarshilik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, bu holda ushbu Davlatning vakolatli organi soʻrovnomasiga asosan bunday soliq talabnomasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan undirish maqsadida qabul qilinadi. Soliq talabnomasi summasini undirish ushbu boshqa Davlat tomonidan uning majburiy ijro etish va oʻz soliqlarini undirish toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalariga muvofiq bu soliq talabnomasi ushbu boshqa Davlatning soliq talabnomasi boʻlgani kabi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Agarda Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi ushbu Davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini koʻrishni taqozo qiladigan talabnoma boʻlsa, bunday soliq talabnomasi ushbu Davlatning vakolatli organi soʻrovnomasi asosida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan taʼminlash choralarini koʻrish maqsadida qabul qilinadi. Ushbu boshqa Davlat bunday soliq talabnomasiga nisbatan, hatto dastlabki koʻrsatilgan Davlatda bunday choralarni koʻrish paytida soliq talabnomasi bajarilishining imkoni boʻlmagan yoki uni ijro etilishiga toʻsqinlik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan taqdirda ham, oʻz qonunchiligi qoidalariga muvofiq oʻzining soliq talabnomasiga nisbatan belgilangan taʼminlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) Mazkur moddaning 3- va 4-bandlari qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 3- yoki 4- bandlari maqsadlarida qabul qilingan soliq talabnomasiga nisbatan ushbu Davlatdagi soliq talabnomasiga boʻlgani kabi daʼvo muddatlari yoki ushbu Davlatning qonunchiligiga muvofiq soliq talabnomasini birinchi navbatda koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi qoidalar tatbiq qilinmaydi. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 3- yoki 4-bandlari maqsadlari uchun qabul qilingan soliq talabnomasi, ushbu Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga koʻra bunday soliq talabidan farq qiladigan soliq talabnomasidan ustuvor maqomga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi mavjudligi, haqiqiyligi va summasi yuzasidan huquqiy jarayonlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning sudlari yoki maʼmuriy organlarida qoʻzgʻatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) Agar tegishli soliq talabnomasi Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 3- yoki 4-bandlariga muvofiq soʻrovnoma taqdim qilish paytida hamda boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan tegishli soliq talabnomasi summasi undirilishi amalga oshirilgunga va uni birinchi aytib oʻtilgan Davlatga oʻtkazilguniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrovnomaga nisbatan mazkur moddaning 3-bandiga binoan birinchi aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi xususiyatini yoʻqotsa hamda u ushbu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga koʻra bajarilishi mumkin va ijro etilishi paytida uni bajarishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlmagan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrovnomaga nisbatan mazkur moddaning 4-bandiga binoan dastlabki aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatning soliq talabnomasi xususiyatini yoʻqotsa va unga nisbatan ushbu Ahdlashuvchi Davlat oʻz qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin boʻlsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki taʼkidlab oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organini bunday fakt yuzasidan zudlik bilan xabardor qiladi va boshqa Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organining murojaatiga muvofiq oʻz soʻrovnomasini toʻxtatib turadi yoki bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8) Mazkur moddaning qoidalari hech qanday koʻrinishda Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlarni yuklash sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoxud maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jamoat tartibiga (ordre public) zid boʻlishi mumkin boʻlgan choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) boshqa Ahdlashuvchi Davlat uning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga binoan oʻzining soliq talabnomasiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan undirish yoki taʼminlash choralarini qabul qilishi boʻyicha har qanday tegishli choralarni batamom qoʻllab boʻlmagan hollarda maʼmuriy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Ahdlashuvchi Davlatning maʼmuriy xarajatlari boshqa Ahdlashuvchi Davlat bunday yordamdan oladigan foydasi bilan taqqoslansa nomutanosib darajada yuqori boʻlganda maʼmuriy yordam koʻrsatish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitim Bayonnomasining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. 26-moddaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qabul qiluvchi muassasa maʼlumotlardan 26-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq faqat taqdim etuvchi muassasa koʻrsatgan maqsadlarda foydalanishi mumkin va bunda taqdim etuvchi muassasa tomonidan belgilangan hamda 26-moddada koʻrsatib oʻtilgan shartlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Maʼlumot 26-moddaning 2-bandi 4-jumlasida nazarda tutilgan taqdim etuvchi Davlat vakolatli organining oldindan olingan roziligisiz boshqa maqsadlar uchun muayyan vaziyatda mavjud boʻlgan hayot, jismoniy daxlsizlik yoki shaxsning shaxsiy erkinligiga yoxud koʻp miqdordagi mulkiy boyliklarga bevosita xavfning oldini olish zaruriyati boʻlgan hollarda va kechiktirib boʻlmaydigan hollarda foydalanilishi mumkin. Mazkur holatda zudlik bilan taqdim etuvchi Davlat vakolatli organiga maqsadni oʻzgartirishga ruxsat berishni soʻrab keyinchalik murojaat qilinadi. Ruxsat berish rad etilgan taqdirda maʼlumotdan keyinchalik oʻzga maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas; maʼlumotdan oʻzga maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq ravishda yuzaga kelgan zarar qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Taqdim etuvchi muassasa, berilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi va ularning 26-moddaning 1-bandida nazarga tutilgan maʼnoga mos ekanligini, shuningdek maʼlumotlarni berishdan koʻzlangan maqsadlarga muvofiqligini kuzatib borishi shart. Basharti aniq holatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat soliqqa tortish huquqiga ega ekanligining jiddiy imkoniyati mavjud boʻlsa hamda ushbu maʼlumotlar boshqa Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organiga ayon ekanligi uchun hamda bunday maʼlumot berilmasa boshqa Ahdlashuvchi Davlat vakolatli organi soliqqa tortishning predmeti toʻgʻrisida bilib olishi uchun asoslar mavjud boʻlmasa maʼlumot muhim hisoblanishi mumkin. Agarda taqdim qilinishi mumkin boʻlmagan ishonchsiz maʼlumot berilganligi aniqlansa, bu haqda qabul qiluvchi muassasa zudlik bilan xabardor qilinishi lozim. Qabul qiluvchi muassasa bu kabi maʼlumotlarni tuzatish yoki yoʻq qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Qabul qiluvchi muassasa maʼlumotlarni taqdim etuvchi muassasani uning iltimosiga koʻra aniq holatda berilgan maʼlumotlarning qoʻllanilishi va ular yordamida olingan natijalar haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Qabul qiluvchi muassasa taqdim etilayotgan muassasa tomondan maʼlumotlar toʻplanishi yuzasidan manfaatdor shaxsni xabardor qiladi. Basharti davlatning maʼlumot berishni rad etishdan manfaatdorligi koʻrsatib oʻtilgan shaxsning maʼlumot olishga boʻlgan manfaatdorligidan ustun boʻlsa maʼlumot berish majburiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) Arizaga binoan manfaatdor shaxsga unga tegishli maʼlumotlarning yuborilishi, shuningdek, undan foydalanishning taxminiy maqsadlari toʻgʻrisida xabar beriladi. “e” bandning ikkinchi jumlasi qoidalari tegishli tarzda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Agarda mazkur Bitim doirasida maʼlumot almashinuvi boʻyicha maʼlumotlarni berish bilan bogʻliq holda biror kimsaga noqonuniy zarar yetkazilsa, qabul qiluvchi muassasa uning oldida oʻz davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladi. U zarar koʻrgan shaxsga nisbatan zarar maʼlumot taqdim etuvchi muassasa tomonidan yetkazilganligiga havola qilib oʻzini oqlay olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) Taqdim etuvchi va qabul qiluvchi muassasalar jismoniy shaxslarga taalluqli maʼlumotlarning taqdim etilishi va qabul qilinishini hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Agarda taqdim etuvchi muassasa faoliyatini tartibga soladigan milliy qonunchilik jismoniy shaxslarga oid berilayotgan maʼlumotlarni yoʻq qilish boʻyicha alohida qoidalarni nazarda tutsa, taqdim etuvchi muassasa qabul qiluvchi muassasani bu haqda xabardor qiladi. Har qanday holatda ham jismoniy shaxslarga oid berilayotgan maʼlumotlar, agarda ulardan taqdim etishda koʻzlangan maqsadlar uchun qayta foydalanish talab qilinmasa, yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Taqdim etuvchi va qabul qiluvchi muassasalar jismoniy shaxslarga oid taqdim etilgan maʼlumotlarni ulardan foydalanish, ularni oʻzgartirish va oshkora qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarning qoʻliga tushishidan himoya qilishga majburdirlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnoma ratifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnoma ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan kundan kuchga kiradi va uning qoidalari har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda Bayonnoma kuchga kirgan kalendar yildan keyingi keladigan kalendar yilning 1-yanvaridan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Bitimning amal qilish muddati tugagan sanadan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Bayonnomani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berlin shahrida 2014-yil 14-oktabrda ikki asl nusxada har biri oʻzbek, nemis va rus tillarda tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Oʻzbek va nemis tillaridagi matnlarni talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)