18.03.2015 yildagi 18-1406/24816-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida voz kechilayotgan huquqni keltirib chiqaruvchi majburiyat aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi tuzilmagan deb hisoblanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BEXATAR KARVON” MChJ javobgarlar ATB “Agrobank”, ATB “Agrobank” Qashqadaryo viloyat filiali hamda uchinchi shaxs “Sirdaryopaxtasanoat” XABga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, ATB “Agrobank”dan 152 078 000 soʻm asosiy qarz undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorlariga nisbatan “BEXATAR KARVON” MChJ tomonidan kassatsiya shikoyati berilib, unda sud qarorlarining asoslantirilmaganligi haqida vaj keltirilib, ularni bekor qilib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati prokurorning sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirish haqidagi fikrini tinglab, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlari va sud muhokamasida aniqlangan holatlardan koʻrinishicha, “Sirdaryopaxtasanoat” XAB 2011-yil 31-iyuldagi 1632-sonli toʻlov topshiriqnomasi orqali ATB “Agrobank” Qashqadaryo viloyat viloyat filialiga 2 dona “TTZ-80” rusumli traktor sotib olish uchun 152 078 000 soʻm miqdorida pul mablagʻlari oʻtkazib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 17-sentabrda “Sirdaryopaxtasanoat” XAB — “Kreditor” va “BEXATAR KARVON” MChJ — “Yangi kreditor” oʻrtasida “Talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish toʻgʻrisida” shartnoma tuzilib, unga asosan oʻz navbatida “Sirdaryopaxtasanoat” XABning ATB “Agrobank” Qashqadaryo viloyat filialidan 152 078 000 soʻmni undirish hamda ushbu summa boʻyicha neustoykalar undirish hukuqi “BEXATAR KARVON” MChJga oʻtkazilganligi bilan asoslab, “BEXATAR KARVON” MChJ ATB “Agrobank”dan 152 078 000 soʻm qarzni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 234-moddasining ikkinchi qismiga asosan majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda koʻrsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kodeks 313-moddasining birinchi qismiga asosan majburiyat asosida kreditorga tegishli boʻlgan huquq (talab) uning tomonidan bitim boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaxsga oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kodeksning 364-moddasiga asosan agar taraflar oʻrtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan boʻlsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 110-son Qarori 1 va 4-bandlarida talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasiga asosan dastlabki kreditor asosiy majburiyat boʻyicha talab qilish huquqini topshirish, yangi kreditor esa bu huquqlarni qabul qilish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida qanday talablar qaysi majburiyatlarga asosan oʻtayotganligi aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozimligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilayotgan talablar hajmini belgilashda u qanday majburiyatdan kelib chiqqanligi koʻrsatilib, har qanday shartnomaning muhim sharti hisoblangan shartnoma predmeti ham bitim ishtirokchilari tomonidan belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasining predmeti uning muhim shartlaridan biri hisoblanib, taraflar (dastlabki va yangi kreditor) shartnomada oʻtkaziladigan huquq predmetini aniq, ravshan tarzda asosiy majburiyatga bogʻlagan holda koʻrsatishlari shartligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida voz kechilayotgan huquqni keltirib chiqaruvchi majburiyat aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi tuzilmagan deb hisoblanishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, “Sirdaryopaxtasanoat” XAB 2011-yil 31-iyuldagi 1632-sonli toʻlov topshiriqnomasi orqali ATB “Agrobank” Qashqadaryo viloyat filialiga 2 dona “TTZ-80” rusumli traktor sotib olish uchun 152 078 000 soʻm miqdorida pul mablagʻlarini taraflar oʻrtasida fuqarolik huquq va majburiyatlarni vujudga keltiruvchi shartnoma mavjud boʻlmagani holda oʻtkazib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasiga asosan dastlabki kreditor asosiy majburiyat boʻyicha talab qilish huquqini topshirish, yangi kreditor esa bu huquqlarni qabul qilish majburiyatini oladi. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasining tuzilishning zaruriy sharti sifatida voz kechilayotgan huquqni keltirib chiqaruvchi asosiy majburiyatni vujudga keltirishga qaratilgan — shartnomaning mavjudligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, nizoni hal qilishda birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni toʻliq aniqlab, u tomonidan aniqlangan deb hisoblangan holatlar isbotlanib, moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagani holda daʼvoni rad etish haqida xulosaga kelgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa haqli ravishda hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, mazkur ish boʻyicha chiqarilgan sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-1406/24816-son