17.08.2015 yildagi 16-1507/4776-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning ishlarini boshqarish tugatish boshqaruvchisiga yuklatiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Namangan yoʻlovchi tashish” davlat unitar korxonasi tugatish sud boshqaruvchisi (bundan buyon matnda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Toʻraqoʻrgʻon neft bazasi” unitar korxonasidan (bundan buyon matnda — javobgar) 402 000 000 soʻm mablagʻlarni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 15-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2015-yil 2-iyuldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirish, javobgardan daʼvogar foydasiga 402 000 000 soʻm undirish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish hujjatlari toʻliq oʻrganilmaganligi, ishdagi mavjud dalillarga eʼtibor berilmaganligi, daʼvogarning bankrot deb eʼtirof etilganligini bilmaganligi va tugatish boshqaruvchisi faoliyat olib bormaganligi, daʼvogar oʻtkazib bergan mablagʻi hisobiga mahsulotni toʻliq olganligiga eʼtibor berilmaganligi bayon qilinib, sud qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagilarga asosan kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan, apellatsiya instansiyasi sudi qarorini oʻz kuchida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, daʼvogar va javobgar oʻrtasida 2014-yil 2-yanvarda 11-sonli “Neft mahsulotlari yetkazib berish toʻgʻrisida” shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlaridan kelib chiqib, javobgar daʼvogarga jami 1 443 000 000 soʻmlik neft mahsulotlari yetkazib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyat xoʻjalik sudining 2014-yil 2-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvogar bankrot deb eʼtirof etilgan. Tugatish boshqaruvchisi nomzodi taqdim etilgunga qadar, uning vazifasini vaqtincha bajarib turish sud boshqaruvchisi I.Abdiraximovga yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2014-yil 9-iyundagi ajrimi bilan tugatish boshqaruvchisi etib Y.Qurbonov tayinlangan. Sud boshqaruvchisi Y.Qurbonov sudning 2014-yil 6-avgustdagi ajrimi bilan vazifasidan ozod etilib, oʻrniga sud boshqaruvchisi etib I.Tojiboyev tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar bankrot deb eʼtirof etilganidan 2014-yilning 7-avgustiga qadar daʼvogarning sobiq rahbari N.Saydullayev olingan neft mahsulotlari uchun 402 000 000 soʻm pul mablagʻini javobgarga oʻtkazib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilinib, ushbu noqonuniy oʻtkazib yuborilgan 402 000 000 soʻm pul mablagʻini qaytarib undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvoni qanoatlantirishni rad etib, barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 124-moddasiga koʻra, xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning 125-moddasiga koʻra, xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning mol-mulkini boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq yoki uning mol-mulkini uchinchi shaxslar foydalanishi uchun topshirishga sabab boʻluvchi bitimlar tuzishga faqat ushbu bobda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning barcha pul majburiyatlarini bajarish muddati, shuningdek kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati boshlangan deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalar hisoblash toʻxtatib turiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxfiy toifaga (shu jumladan tijorat siriga) mansubligini yoʻqotadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga doir barcha cheklovlar olib tashlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi. Pul majburiyatlari, majburiy toʻlovlar boʻyicha barcha talablar, boshqa mulkiy talablar faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida qarzdorga taqdim etilishi mumkin, mulk huquqini eʼtirof etish, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek joriy toʻlovlar boʻyicha talablar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisiga muvofiq ijro etilishi tugatilgan ijro hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga oʻtkazilishi lozim. Qarzdorning barcha majburiyatlari bajarilishiga faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida yoʻl qoʻyiladi. Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning boshqaruv organlari qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish vazifalarini bajarishdan, agar ilgari chetlashtirilmagan boʻlsa, chetlashtiriladi, qarzdor rahbarining vakolatlari tugatiladi (qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi), qarzdorning ishlarini boshqarish tugatish boshqaruvchisiga yuklatiladi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish boʻyicha mulkdorning vakolatlari tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda — XPK)ning 58-moddasida, xujalik sudi koʻrilayotgan ishga daxldor boʻlgan dalillarnigina qabul qilishi, 59-moddasida ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emasligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, ishdagi hujjatlar va taraflarning tushuntirishlaridan, apellatsiya instansiyasi sudi vakolatsiz shaxs tomonidan tasarruf etilgan 402 000 000 soʻm pul mablagʻini qaytarish haqida asosli xulosaga kelib hal qiluv qarorini bekor qilib, javobgardan daʼvogar foydasiga 402 000 000 soʻm pul mablagʻini qaytarish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilib qonuniy toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 186-moddasiga koʻra, xoʻjalik sudi ishni kassatsiya instansiyasida koʻrganida moddiy va protsessual huquq normalari birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudida toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrishda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun toʻlangan 2 010 000 soʻm davlat boji va 7 000 soʻm pochta xarajatini javobgar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-1507/4776-son