03.08.2015 yildagi 14-1506/4043-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqiy boʻlmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muqobil yoqilgʻi va energiya korxonalari” Assotsiatsiyasi (keyingi matnlarda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Samarqand texservis metan-propan” MChJdan (keyingi matnlarda — javobgar) 12 000 000 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan. Daʼvogar foydasiga javobgardan 12 000 000 soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning kassatsiya shikoyatida daʼvo talabi javobgarga berilgan “SMART PATRUL” dasturi uchun paushal toʻlovni tashkil etganligini, bu franshizing shartnomasi haqiqiy emasligi oqibatlariga taʼsir koʻrsatmasligini bayon qilib, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov xayʼati quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “Smart Card” elektron plastik kartochkalaridan foydalangan holda mexanik transport vositalaridagi gaz ballon uskunalari holatini xisobga olishning “SMART PATRUL” yagona axborot tizimi dasturiga boʻlgan huquq Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2014-yil 20-oktabrdagi SDG 3/2014 roʻyxatga olish raqamiga koʻra daʼvogarga tegishli boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar (huquq egasi) va javobgar (foydalanuvchi) oʻrtasida tuzilgan 2014-yil 25-iyuldagi franshizing shartnomasiga muvofiq, daʼvogar dasturdan foydalanish huquqini javobgarga taqdim qilgan va dastur javobgarga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga koʻra, huquqdan foydalanilganlik uchun haq 2014-yil 31 dekbargacha toʻlanishi lozim boʻlgan 20 000 000 soʻmdan iborat boʻlgan dastlabki badaldan va har oyning 10 sanasigacha toʻlanishi lozim boʻlgan dasturdan foydalanish bilan koʻrsatilgan xizmatlarning 10 foizi miqdorida royaltidan iborat boʻlgan. Bunda huquq egasi, dasturdan foydalanish uchun tashkil etiladigan texnik koʻrik stansiyalarining lokal xarakteri eʼtiborga olinib, dastlabki badalni 40 foiz miqdorida chegirma taqdim qilishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar vajlariga koʻra, javobgar dasturdan foydalanib kelib, shartnomada belgilangan muddatda dastlabki badalni toʻlamagan. Shunga koʻra, daʼvogar 40 foiz chegirma qoʻllagan holda 12 000 000 soʻm badalni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi matnlarda — FK) 863-moddasiga koʻra, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qoidaga koʻra, nizo franshizing shartnomasidan kelib chiqanligi eʼtiborga olinib, sud ish uchun ahamiyatli holat sifatida, taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma daʼvogarni roʻyxatdan oʻtkazgan organ tomonidan roʻyxatga olinganligi holatini aniqlashi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi instansiya sudining mazkur holatlarni aniqlamasdan daʼvoni qanoatlantirish haqidagi xulosasi notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan holatlarga koʻra, shartnoma tegishli ravishda roʻyxatdan oʻtkazilmagan. Shunga koʻra, taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 114-moddasiga muvofiq haqiqiy boʻlmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan apellatsiya instansiyasi sudi, asosli ravishda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 128-moddasiga asosan bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qoʻshilmasa ham u tuzilgan boʻlar edi, deb taxmin qilish mumkin boʻlsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning boshlangʻich badal toʻlanishi haqidagi qismi, franshizing majburiyatining bir qismi boʻlib, u alohida tartibda tuzilishi mumkin boʻlmagan. Binobarin, taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning barcha qismlari haqiqiy emas boʻlgan. Shu sababli, daʼvogarning undirilishi soʻralgan badal toʻlovi, oldi-sotdi obyekti boʻlgan “SMART PATRUL” dasturi berilganligi uchun toʻlov boʻlib hisoblanishi va bu talab shartnomaning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlmasligi haqidagi vajlarini sudlov xayʼati, qarorni bekor qilish uchun qabul qilib boʻlmaydi deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 187-moddasi 1-bandiga koʻra kassatsiya instansiyasi xoʻjalik sudi ishni koʻrganidan keyin birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellatsiya instansiyasining qarorini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois sudlov hayʼati, qayd etilganlardan kelib chiqib, sud qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos yoʻq deb topib, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, sud xarajatlarini daʼvogar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-1506/4043-son