16.06.2015 yildagi 16-1507/2204-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “Namangan markaziy Isfarxon supermarket” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — MChJ) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar Namangan viloyati yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi (bundan buyon matnda — kadastr xizmati)ga nisbatan jamiyatga tegishli boʻlgan Namangan shahar, A.Navoiy koʻchasi, 31-uy bino va inshootlariga (podvali bilan) hamda “Oydina” xususiy firmasining “Isparxon” restorani podval qismiga “Namangan markaziy Isfarxon supermarket” MChJning egalik huquqini belgilab kadastr hujjati tuzib, davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimiga asosan “Oydina” koʻp tarmoqli xususiy firmasi (bundan buyon matnda — xususiy firma) ishga uchinchi shaxs sifatida jalb etilgan va unga nisbatan “Isparxon” restorani yertoʻla qismi buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni, qurilish ishlarini amalga oshirilishini taqiqlash tarzida daʼvoni taʼminlash chorasi qoʻllangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 1-apreldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilib, kadastr xizmatiga hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng, 10 kun muddat ichida Namangan shahar, A.Navoiy koʻchasi, 31-uyda joylashgan 2 qavatli bino va inshooti yertoʻla qismini hamda xususiy firmaga qarashli “Isparxon” restorani bino va inshootlarining pastki qismida joylashgan yer toʻla inshootiga boʻlgan xuquqlarni MChJ nomiga roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy firmaning kassatsiya shikoyatida birinchi instansiya sudi ishni koʻrishda dalillarga toʻliq baho bermaganligi, “Isparxon” restorani 1995-yilda, “Namangan markaziy Isfarxon supermarketi” 2000-yilda xususiylashtirilganligiga, “Isparxon” restorani ostidagi yertoʻla “Oydina” firmasiga tegishli deb koʻrsatilib kadastr hujjati qilinganligiga, qolaversa, Namangan viloyati yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonasining 2014-yil 27-noyabrdagi 03-07/270-sonli xatida ushbu yertoʻlaga nisbatan “Namangan markaziy Isfarxon supermarketi” va “Oydina” firmalariga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi koʻrsatilganligiga eʼtibor berilmaganligi, sud tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari buzilganligi toʻgʻrisida vajlar keltirilib, sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Mehnatkashlar deputatlari Namangan shahar soveti ijroiya komitetining 1979-yil 16-noyabrdagi 24/595-sonli qaroriga asosan Gagarin koʻchasida Markaziy univermag qurilishi uchun 1,2 gektar yer maydoni ajratilgan va 1982-yilda Namangansavdo kompaniyasiga qarashli yertoʻla inshootiga ega boʻlgan ikki qavatli Markaziy univermag binosi foydalanishga topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 27-oktabrda “Isparxon” MChJga 4749-sonli mulkiy huquqni tasdiqlovchi order berilgan boʻlib, unda restoran binosi va yordamchi jixozlar boʻlgan mulklarga nisbatan berilgan boʻlib, yertoʻlaga oid maʼlumotlar mavjud boʻlmagan. “Isparxon” MChJ keyinchalik “Oydina” koʻp tarmoqli xususiy firmasiga aylantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyat davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasining 1999-yil 27-sentabrdagi 329/113-0-sonli buyrugʻiga koʻra, Markaziy univermag xususiylashtirilib, “Namangan markaziy Isfarxon supermarket” OAJga 2000-yil 27-aprelda 6960-sonli mulkiy huquqni tasdiqlovchi order berilgan boʻlib, orderga ilova qilingan mulklarni baholash boʻyicha tuzilgan dalolatnomada ikki qavatli yertoʻlasiga ega bino va inshoot koʻrsatilgan. “Namangan markaziy Isfarxon supermarket” OAJ “Namangan markaziy Isfarxon supermarket” MChJga aylantirilgan. Ushbu mulklarga kadastr hujjatlari tayyorlangan vaqtda yertoʻlaga nisbatan kadastr hujjati qilinmasdan qolib ketilganligi bois MChJ tomonidan kadastr xizmatiga murojaat etib ushbu yertoʻla qismiga kadastr hujjati tayyorlab berish soʻralgan. Lekin, kadastr xizmati tomonidan MChJning talablari qanoatlantirilmagan va mazkur holatda mulkka oid nizo mavjud deb hisoblanib, nizoni sudda koʻrib chiqilishi lozimligi bildirilgan. Shu bois MChJ sudga daʼvo arizasi kiritgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvo talablarini qanoatlantirib toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati quyidagilarga asosan kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar bilan kelisha olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Namangan markaziy Isfarxon supermarket” OAJga 2000-yil 27-aprelda 6960-sonli mulkiy huquqni tasdiqlovchi order berilgan boʻlib, orderga ilova qilingan mulklarni baholash boʻyicha tuzilgan dalolatnomada ikki qavatli yertoʻlasiga ega bino va inshoot koʻrsatilganligi, 1995-yil 27-oktabrda “Isparxon” MChJga 4749-sonli mulkiy huquqni tasdiqlovchi order berilgan boʻlib, unda restoran binosi va yordamchi jixozlar boʻlgan mulklarga nisbatan berilgan boʻlib, yertoʻlaga oid maʼlumotlar mavjud boʻlmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2014-yil 28-avgustda berilgan 03-06/2183-sonli maʼlumotnomasida Namangan shahar Umumiy ovqatlanish jamoa korxonasining 1995-yil 23-avgustdagi 48-sonli buyrugʻiga asosan “Isparxon” restorani 355 255 soʻmga “Isparxon” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga sotilgani, hamda Mulk koʻmitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 1995-yil 27-oktabrda 4749-sonli davlat orderi berilgan boʻlib, “Isparxon” restoranining baholash dalolatnomasida bino yertoʻla (podval) qismi bilan sotilganligi koʻrsatilmaganligi, shuningdek, Mulk koʻmitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasining 1999-yil 27-sentabrdagi 239/113-o son buyrugʻiga asosan “Namangansavdo” kompaniyasiga qarashli Namangan shahar Markaziy univermag binosi davlat tasarrufidan chiqarilib, Namangan markaziy Univermag ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgani, Namangan shahar Markaziy Univermag binosining tiklangan balans qiymati 6 612 000 soʻm boʻlib, bino 2 qavatli (podvali bilan), gʻishtli obyekt sifatida koʻrsatilgan hamda hududiy boshqarma tomonidan 2000-yil 27-aprelda 6960-sonli davlat orderi berilganligi, bino yertoʻla qismi bilan birga davlat tasarrufidan chiqarilib, Namangan Markaziy Univermag ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganligi maʼlum qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, viloyat “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tomonidan xususiy firmaga 2014-yil 19-avgustda berilgan 01-07/185-sonli aloqa xatida 1995-yil 27-oktabrdagi 4749-sonli mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga va baholash dalolatnomasiga asosan Namangan shahar A.Navoiy koʻchasi 19-uyda joylashgan restoran binosiga 2005-yilda 642-sonli kadastr ishi tayyorlab berilgani, mazkur kadastr ishi keyinchalik tegishli hujjatlarga asosan xususiy firmaga rasmiylashtirilgani, biroq ushbu obyektga kadastr ishi tayyorlanishi jarayonida texnik xatoga yoʻl qoʻyilib, huquqiy hujjatlarda koʻrsatilgan restoran binosining ostidagi yertoʻla qismi obyektga tegishli boʻlmasada rasmiylashtirib berilgani bois, Namangan shahar, A. Navoiy koʻchasi, 19-uyda joylashgan “Isparxon” restorani bino va inshootlariga tayyorlangan 642-sonli kadastr ishini tayyorlash jarayonida texnik xatoga yoʻl qoʻyilganligi sababli, ushbu obyektning yertoʻla qismi kadastr ishidan chiqarilganligi maʼlum qilingan hamda xususiy firmadagi 642-sonli kadastr ishiga oʻzgartirish kiritish uchun taqdim etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyat “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tomonidan xususiy firmaga 2014-yil 27-noyabrda berilgan 03-07/270-sonli aloqa xatida bino va inshootning nizodagi yer toʻla qismi hech kimga rasmiylashtirilmagani bildirilib, restoran ostidagi nizodagi yer toʻla masalasi sud orqali hal etilishi mumkinligi tavsiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandida koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi, shuningdek ular bilan bogʻliq bitimlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerakligi, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ huquq egasining iltimosnomasiga koʻra amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazishni yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar berish yoʻli bilan yoki roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlashi shartliligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nizomning 42-bandiga koʻra, xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda Mulk koʻmitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan xususiy firma va MChJga berilgan davlat orderi va unga ilova etilgan dalolatnoma ushbu bino-inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga asos boʻluvchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli qarorining 1-bandiga koʻra sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual qonunchilik normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda ishdagi mavjud hujjatlarga huquqiy baho berib, daʼvoni qanoatlantirish haqida qonuniy toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati sudlar tomonidan nizoni hal etishda moddiy va protsessual huquq normalari buzilmaganligi, ularning xulosalari ish holatlariga muvofiq kelganligini inobatga olgan holda kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni asossiz deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar asosida sud qarorlarini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asoslar mavjud emas deb hisoblab, ularni oʻzgarishsiz, shikoyatni esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, oldindan toʻlangan 592 000 soʻm davlat boji va 7000 soʻm pochta xarajatini MChJ zimmasida qoldirib, undan ishni videokonferensaloqa rejimida olib borish bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini Oliy xoʻjalik sudining depozit hisobiga undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 16-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-1507/2204-son