27.07.2015 yildagi 13-1209/14992-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning notarial shakliga yoki uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MBU ZIYO TARQATUVChI” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi matnlarda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Jizzax pedagogika kollejidan (keyingi matnlarda — javobgar) 12 863 000 soʻm asosiy qarz, 6 431 500 soʻm penya jami 19 294 500 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining oktyabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning kassatsiya shikoyatida shartnoma 2009-yil tuzilganligi, uni Gʻaznachilikda roʻyxatga olinishi belgilanmaganligi, javobgarga shartnomaga muvofiq obuna gazetalari yetkazib berilganligi, oʻzaro ishonch asosida gazetlar yetkazib borilganligi sababli buni tasdiqlash uchun hujjatlar tuzilmaganligi, buni javobgarning oʻsha vaqtda maʼsul boʻlgan xodimlari tasdiqlashi mumkinligi, lekin sud ularni chaqirtirish choralarini koʻrmaganligi bayon qilinib, sud qarorlarini bekor qilish hamda daʼvoni qanoatlantirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov xayʼati quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, daʼvogar va javobgar oʻrtasida 2009-yil 21-oktabrda 29-sonli shartnoma imzolangan. Shartnoma shartlariga koʻra, daʼvogarning obuna buyurtmasiga muvofiq javobgar matbuot nashrlarini yetkazib berish xizmatini koʻrsatishi lozim boʻlgan. Daʼvogar vajlariga koʻra, javobgarga 5 turdagi jami 272 nusxada 12 863 000 soʻmlik gazeta va jurnallar yetkazib berilgan, javobgar esa ushbu mahsulotlarning toʻlovini amalga oshirmagan. Shunga koʻra, daʼvogar javobgardan 12 863 000 soʻm asosiy qarz va toʻlov kechiktirilganligi uchun 6 431 500 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi javobgar budjet tashkiloti boʻlganligi sababli, shartnoma Gʻaznachilikdan roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi asosida, shartnomani oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim deb topgan va shartnomaga muvofiq bildirilgan daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-sonli Qarorining 6-bandiga koʻra, budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, hizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda Gʻaznachilikda roʻyxatga olinishi shartligi va faqat u amalga oshirilgandan keyin kuchga kirishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi matnlarda — FK) 112-moddasiga asosan bitimning notarial shakliga yoki uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 114-moddasiga asosan haqiqiy boʻlmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga muvofiq, birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy huquq normasi toʻgʻri qoʻllanilib hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning kassatsiya shikoyati vajlarida, yetkazib berilgan obuna nashrlari javobgarning sobiq xodimlari tomonidan tasdiqlanishi, lekin bu holatlar aniqlanmaganligi koʻrsatilgan. Sudlov xayʼati, javobgarning mazkur vaji sud tomonidan asosli ravishda qabul qilinmagan deb hisoblaydi. Chunki, shartnomaga muvofiq ishlar bajarilganligi, xizmatlar koʻrsatilganligi yoki tovar yetkazib berilganligi holatlari taraflarning vakolatli shaxslari oʻrtasida tuzilgan muayyan hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda XPK) 59-moddasiga muvofiq esa, ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 187-moddasining 1-bandiga koʻra kassatsiya instansiyasi xoʻjalik sudi ishni koʻrganidan keyin birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellatsiya instansiyasining qarorini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov xayʼati qayd etilganlardan kelib chiqib, asosli ravishda birinchi instansiya sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan, apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan esa hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlov xayʼati sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni hamda ishni videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida koʻrib chiqilishi bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini daʼvogardan undirishni, daʼvogarning kassatsiya shikoyati uchun toʻlagan davlat bojini uning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-1209/14992-son